48
o’tkazuvchanlik oralig`ini oshirish yoki tizimlarni murakkablashtirish hisobiga
erishish mumkin, bundan tashqari telekommunikatsiya
tizimlari berilgan
parametrlar bo’yicha chegaralanishga ega (bu erda quvvat va o’tkazuvchanlik
oralig`i nazarda tutiladi). Boshqa tomondan esa tizimlarning ko’proq qo’llanilishini
ta`minlash lozim. Foydalanuvchilarning maksimal soni,
xizmatga chidamli
imkoniyatga, kichkina kechikishga va interferentsiyadan maksimal himoyaga ega
bo’lishi lozim.
Afsuski ayrim narsalar yuqorida ta`kidlanganidek chegaralanishga ega.
Bularga quyidagilar kiradi:
minimal o’tkazuvchanlik oralig`i;
quvvatning chegaralanishi;
ajratiladigan chastota diapazonining chegaralanishi;
texnologik
tomondan chegaralanishi, masalan komponentlarning
murakkabligi.
Bundan tashqari ADSL ning tezkorligi, uning sifatini va abonent liniyasining
uzunligini chegaralaydi; operatorlarga esa qurilmalar lozim.
Hozirgi paytda juda yuqori o’tkazuvchanlik oralig`iga va uzoqaloqa
masofasiga ega bo’lgan ADSL qurilmasi yo’q, operatorlar
esa uncha yuqori
tezlikka ega bo’lmagan, lekin yaxshi, zamonaviy
tarmoq arxitekturasiga ega
bo’lgan texnologiyani talab qiladi, masalan IDSL bazasidagi (128 Kbit/s) DSL ni
va ikki sim orqali 768 Kbit/s gacha tezlikni ta`minlovchi HDSL ni (yuqori tezlikli
DSL), Foydalanuvchilar uchun esa aloqa masofasining uzunligi bilan bog`liq
bo’lgan muammolarni hal qilish lozim.
Agar ADSL xizmati, ATS operatoridan uncha katta bo’lmagan masofagacha
qo’llanilsa, ko’pgina mijozlar xizmatdan bebaxra qoladilar.
ADSL ni qo’llagandama`lumotlar,
dupleks shaklda, kabelning umumiy
juftliklari bo’yicha uzatiladi. Uzatiladigan va qabul qilinadigan ma`lumotlar
oqimini ajratish uchun
ikki usuldan foydalaniladi; kanallarni chastota bo’yicha
ajratish (FDM) va aks sado kompensatsiya (Echo Cfnceiation - EC) si. Kanallari
chastota bo’yicha ajratilgan ADSL quydagi 11–rasmda
Dostları ilə paylaş: