Mavzu menejmentning rivojlanish tarixi va hozirgi holati (2 soat) reja



Yüklə 181 Kb.
səhifə3/5
tarix23.12.2023
ölçüsü181 Kb.
#156617
1   2   3   4   5
1-mavzu

X (iks) nazariyasiga ko‘ra, namunaviy yollanma xodim - tabiatan yolqov bo‘lgan kishi, shu sababli u topshirilgan ishdan bo‘yin tovlashga urinadi, unda izzat talablik, mas’uliyat sezish, faxm - farosat etishmaydi. Bunday xolatda xodimni doimo majburlash, nazorat qilish, jazolash va jarima solish bilan qo‘rqitib turish zarur.
U (igrik) nazariyasi birinchisiga qarama-qarshi: yollanma ishchilar tabiatan faol, ularga tashabbuskorlik va uddaburonlik, o‘z zimmasiga mas’uliyat olish saloxiyati xosdir. Bunday xolda menejerlik vazifasi kishilar o‘z maqsadiga va qiziqishlariga g‘oyat maqbul tarzda erishadigan shart-sharoitni barpo etishdan iborat. Kompaniyaning siyosati va istiqboli esa xodimlarning xulq atvoriga asoslangan xolda tashkil etilishi kerak. Bu nazariyaga muvofiq keluvchi ishchini rag‘batlantirish va unga qulay muxit yaratib berishgina kifoya qiladi.
Albatta, xar ikkala nazariya ham faqat nazariyadir. Amaliyotda ular sof ko‘rinishda bo‘lmaydi. Inson murakkab va ziddiyatli mavjudot. U o‘zida xam birinchi, xam ikkinchi modellar sifatini mujassamlashtiradi. Boshqarishning yuksak san’at ekanligi xam ana shu ikki jixatni uyg‘unlashtirishda. Inson omili boshqarish tamoyillari tarkibida eng asosiysi bo‘lib qoladi.


Axloqiy fanlar yoki bixevioristik maktab.


Menejment-fani bоshqarish to‘g’risidagi bilimlar majmuasidir. U ijtimоiy iqtisоdiy, sоtsial, хuquqiy, kibernetika va bоshqa fanlar bilan alоqadоrdir.
Menejment, dastavval iqtisоdiy nazariya fani bilan yaqindan bоg’liqdir. U iqtisоdiy qоnunlarni bilib оlishga va ularga mоs ravishda bоshqarish jarayonida iqtisоdiy metоdlarni qo‘llashga, хar bir хоdimga va jamоaga ta’sir ko‘rsatishga asоslanadi. Bir qatоr iqtisоdiy fanlar: makrоiqtisоdiyot, mikrоiqtisоdiyot, statistika, istiqbоlni belgilash, meхnat iqtisоdiyoti kabilar хam menejment fani bilan chambarchas bоg’liqdir.
Bоshqarish fani bilan yuridik fanlari o‘rtasida muayyan munоsabatlar mavjuddir. Yuridik fan bоshqaruv faоliyati qanday dоirada amalga оshirilishi lоzimligini, хuquqiy nоrmalarni qanday qo‘llash хamda хo‘jalik yuritish jarayonida bоshqaruv оrganlari, raхbarlar va ayrim kishilarning me’yoriy хujjatlardan, qоnunlardan fоydalanishini belgilab beradi.
Sоtsiоlоgiya, psiхоlоgiya va meхnat fiziоlоgiyasi bоshqaruv muammоlarini ishlab chiqishda juda katta rоl o‘ynaydi.
Menejment fani bоshqarishning umumiy qоnuniyatlarini o‘rganuvchi kibernetika fani bilan uzviy bоg’langandir. U bоshqaruv qarоrlarini qabul qilish uchun zarur bo‘lgan aхbоrоtlarni idrоk qilish va qayta ishlash jarayonlarini o‘rganadi. Kibernetika yutuqlari:

  • bоshqaruvdagi aхbоrоt tizimini takоmillashtirishga;

  • bоshqarish jarayonini kоmpyuterlashtirishga;

  • avtоmatlashtirilgan bоshqaruv tizimini yaratishga keng yo‘l оchib beradi.

Qayd qilingan alоqadоr fanlarni mukammal o‘rganish bоshqarishning sir-asrоrlarini chuqur anglashga va uni samarali qo‘llashga imkоn beradi.

XX asrning 60-80 - yillarida G‘arbda zamonaviy menejment rivojlana boshlanadi. G‘arb nazariyotchilari ijtimoiy tizimlar maktabi boshqaruvini tashkil qilish maqsadida:



  • tizimli yondoshuv asoslarini ishlab chiqishadi;

  • yaxlit tizim bilan uning qismlari munosabatlari masalalarini ko‘rib chiqishadi;

  • bir qancha o‘zgaruvchi omillarning boshqaruvga bo‘lgan ta’sirini o‘rganishadi.

Bu maktab namoyandalari (amerikalik Ch.Barnard, G.Saymon) zamonaviy menejmentda qo‘yidagi to‘rt yondoshuvni asoslab beradilar.

“Tizimli” yoki zamonaviy menejment



Tizimli yondoshuv

  • Tizim - bu bir-biri bilan o‘zaro bog‘langan qismlar. ¥ar bir qism yaxlit tizimning o‘zgarishiga o‘z xissasini qo‘shadi. Tashkilot - bu yaxlit ochiq tizimdir. Uning taqdiri tashqi va ichki muxitga bog‘liq.

Tizimli yondoshuvda tashkilotni boshqarishda asosan uni ichidagi, tarkibidagi muxitga (iqtisodiy, ilmiy-texnik, ijtimoiy-siyosiy) e’tibor beriladi.

Vaziyatli yondoshuv

  • Garchi tizimli yondoshuvda yaxlit tashkilot qanday qismlardan tashkil topgan degan savolga javob topaolsak-da, biroq bu qismlarning qaysi biri muxim, qaysi biri ikkinchi yoki uchinchi darajali ekanligiga e’tibor qaratilmaydi.

Yaxlitning qaysi bir qismi o‘ta muxim degan savolga vaziyatli taxlil javob beradi. Bunda tashkilotning ichki tarkibidagi o‘zgarishlar tashqi muxitning ta’siri bilan bog‘lab o‘rganiladi. Ammo turli darajadagi vaziyat turli darajadagi bilimni talab qiladi.

Funktsional yondoshuv

  • Boshqaruvga tashkiliy mexanizmlarning eng oqilona yo‘llarini ishlab chiqish imkonini beradi. Shu nuqtai nazardan boshqarish quyidagi funksiyalarni bajaradi:

  • rejalashtirish;

  • tashkillashtirish;

  • raxbarlik qilish;

  • muvofiqlashtirish;

  • nazorat qilish va x.k.

Miqdorli yondoshuv

  • Bunday yondoshuvga asosan:

Menejmentning operatsion tamoyiliga;
¡aror qabul qilish nazariyasi tamoyillariga
Matematik yoki ilmiy menejment kabilarga e’tibor qaratiladi.
Endi boshqarish jarayonida nafaqat matematika; statistika, kibernetika, muxandislik fanlari, shuningdek sotsialogiya, ruxshunoslik, tizimlar nazariyasi kabi fanlar xam keng qo‘llanila boshlanadi.

Zamonaviy menejmentning maqsadi qaror qabul qilish jarayonini, elektron xisoblash texnikasini xamda eng yangi matematik usullar va vositalarni qo‘llagan xolda tadqiqotni o‘tkazishdir. Tizimli menejment qarorlarning oqilonaligini yuksaltirish kabi vazifani qo‘yadi.
Menejment nazariyasini sobiq ittifoqda rivojlantirishda A.K. Gastev, P.M. Kerjentsev, V.G. Afanasev, D.V. Gvishiani, S.E. Kamenitser, O.V. Kozlova, D.M. Kruk, A.M. Omarov, G.X. Popov kabilar o‘zlarining salmoqli xissalarini qo‘shganlar. Sobiq ittifoqda mexnatni ilmiy tashkil qilish va boshqarish soxasini ilmiy tadqiq qilish 1920 yillarda boshlangan. £sha yillari mexnatning markaziy instituti (TsIT) tashkil etilib, mexnatni ilmiy tashkil qilish bo‘yicha qator konferentsiyalar o‘tkazildi. Maxsus jurnallar chop etilishi yo‘lga qo‘yildi. £quv yurtalarida “Mexnatni ilmiy tashkil qilish” fani o‘qitila boshlandi.
A.K.Gastev (1882-1941) o‘zining “¡anday ishlash kerak?”, “Mexnatni me’yorlash va tashkil qilish” kabi qator asarlarini chop etdi. Markaziy mexnat instituti (TsIT)ning tashkilotchisi xam Gastev bo‘lgan. TsIT va Gastevning ilmiy ishlanmalari negizida mamlakatda mexnatni ilmiy asosida tashkil qilishda qator muvaffaqiyatlarga erishildi. Chunonchi:

  • mexnatni ilmiy asosda tashkil qilish bo‘yicha o‘qitish va xodimlarning malakasini oshirish tizimi yaratildi;

  • mexnatni ilmiy tashkil qilishning ilg‘or tajribalarini nafaqat mamlakat ichida, shuningdek, chet davlatlarda xam ommalashtirishga erishildi.


Yüklə 181 Kb.

Dostları ilə paylaş:
1   2   3   4   5




Verilənlər bazası müəlliflik hüququ ilə müdafiə olunur ©genderi.org 2024
rəhbərliyinə müraciət

    Ana səhifə