Mavzu: mikrobiologiya fani


Foydalaniladigan adabiyotlar



Yüklə 0,71 Mb.
səhifə10/14
tarix18.05.2018
ölçüsü0,71 Mb.
#44658
1   ...   6   7   8   9   10   11   12   13   14

Foydalaniladigan adabiyotlar. 1.A.B.G’anixo’jayeva, H.A.Nazarova “Mikrobiologiya “ 2.N.A.Bakulina ,E.L.Kraeva “ Mikrobiologiya “ 3.E.H.Ehboyev “ Mikrobiologiyadan amaliy mashg’ulotlar “


15.Mavzu:Viruslar.



Reja: 1.Viruslarni asosiy hossalarini ; 2.Virislar keltirib chgiqaradigan kasalliklarni; 3.Kasalliklarni oldini olish davosini
Virusli kasalliklar juda qadim zamondan ma'lum bo'lsada,virusologiya alohida fan sifatida XIX asr oxirlaridan rivojlana boshladi. 1892-yilda rus botanik olimi D.I. Ivanovskiy tamaki barglarining mozaik kasalligini o'rganayotganida bu kasallikni bakteriologik filtrdan ham o'tib ketadigan juda mayda mikroorganizmlar keltirib chiqarishini aniqladi. Bu mikroorganizmlar filtrlanuvchi viruslar (lotincha virus—zahar) nomini oldi. Keyinchalik bakteriologik filtrlardan o'quvchi boshqa mikroorganizmlar ham aniqlanadi va shundan so'ng filtrlanuvchi barcha viruslarni „Viruslar" deb umumiy

nom bilan atala boshlandi.

Viruslarni o'rganishda ko'pgina tekshirishlar va munozaralar bo'lib o'tgan. Ayrim olimlar viruslarni hujayrasiz parazit, tirik mikroorganizmlarning avlodi desalar, boshqalari bu hujayrali mikroorganizmlarning evolutsion o'zgarishi natijasida ytizaga kelgan, viruslar hujayra elementlaridan ajralib cliiqqan sistemalardir deb taxmin qilishgan. Viruslarni o'rganishda M.A. Morozov, N.F. Gamaleya, L.A. Zilber, M.P. Chumakov, A.A. Smorodinsev, V.M. Jdanov va boshqa olimlar o'zlarining katta hissalarini qo'shganlar. Viruslar — tirik materiyaning hujayrasiz shakldagi mavjudotidir. Ular juda ham mayda mikroorganizmlardir. V.M. Jdanov viruslar bilan o'rta kattalikdagi bakteriyalarni fil bilan sichqonga solishtiradi. Viruslar elektron mikroskop yaratilganidan so'ng to’liq o'rganila boshlandi.Hozirgi vaqtda vimslar kimyoviy, fizik, molekular-biologik,immunobioiogik va genetik usullarda o'rganilmoqda. Viruslar olami odamlarni, hayvonlarni, qurt-qumursqalarni, bakteriyalarni va o’simliklarni zararlovchi virusga bo'linadi. Viruslar tarkibidagi nuklein kislotasiga ko'ra RNK saqlovchi virus va DNK saqlovchi viruslarga bo'linadi. DNK saqlovchi viruslarga 5 ta, RNK saqlovchi viruslarga 19 ta oila kiradi. Viruslarni 1892-yilda D.I. Ivanovskiy aniqladi. Hozirgi vaqtda 3 mingdan ortiq viruslar aniqlangan. Kasalliklarning 80 %ni viruslar keltirib chiqaradi. Ular quyidagi belgilari bilan tavsiflanadi:

- juda mayda, kattaligi nanometrlarda o'lchanadi;

- hujayraviy tuzilishiga ega emas; - tarkibida faqat bitta nuklein kislotasi, DNK yoki RNK bor;

- chin parazit, faqat tirik hujayralarda ko'payadi.



Viruslar tasnifi.

Viruslar tarkibida bitta ipchali RNK va ikkita ipchali DNK mavjud. Viruslar tarkibidagi nyklein kislotasiga qarab tasniflanadi. Bu tasnif 1971 — 1975-yillarda qabul qilingan. Ular quydagilarga bo'linadi:

DNK — saqlovchi viruslar.

RNK — saqlovchi viruslar.

Tasniflanmaydigan viruslar.

Tabiatda viruslar uch xil shaklda uchraydi.



  • yetilgan viruslar — hujayradan ajralib chiqqan viruslar virion.

  • vegetativ viruslar — hujayra ichida ko'payadigan viruslar.

poksiviruslar—hajayraning genetik apparatga bog'lanib yashaydigan viruslar.

Bir dona virasga virion deyiladi. Virionlar quyidagi shakllarda uch­raydi:



  • sharsimon viruslar — masalan, gripp virusi;

  • tayoqchasimon viruslar — masalan, qutirish virusi;

  • ipsimon viruslar — masalan, gripp virusi;

  • kubsimon viruslar — masalan, chechak virusi;

  • itbaliq shaklidagi virus — masalan, fag virusi.

Viruslar quyidagi usullar bilan aniqlanadi:

  • Ultrafiltrlash usuli bilan.

  • Ultrasentrifugalash yordamida yirik viruslar tez cho'kadi.

  • Elektron mikroskop yordamida.

Mayda viruslar 17—30 nm bo'lib, elektron mikroskop ostida 'rinadi. Yirik viruslar esa 150—350 nm.ga yetishi mumkin. Bularni i axsus usulda qayta ishlangandan keyin (kumush preparatlarida) oddiy mikroskopda ko'rish mumkin. Pashen chechak kasalligini aniqlaganda tanachalarni topdi va ularning o'z nomi bilan Pashen tanachalari deb nomladi. Ba'zi bir viruslar odam organizmida kiritmalar hosil qiladi ,quturish kasalligida miya, nerv hujayralarida Babesh — Negri tanachalari aniqlandi.

Virusiarning oichami. Viruslar nanometrlarda oichanadi. Ularning o'lchami 15—20 dan 350—400 nm. gacha boradi.

Virusiarning katta-kichikligini o'lchash usullari: 1) teshiklari ma'lum bo'lgan bakteriologik filtrlarda filtrlash usuli; 2) ultrasentrifugalash (yirik viruslar tez cho'kadi); 3) elektron mikroskopda suratga olish usuli. Virusiarning kimyoviy tarkibi. Viruslarda DN К va RNK tuzilishi va miqdori turlichadir. DNK ning molekular massasi 1 —106 dan 1,6-108 gacha, RNK da 2—106 dan 9,0-106 gacha bo'ladi.

Virionlarda oqsillar kam miqdorda bo'lib, ular 16—20 ta amino-kislotadan tashkil topgan. Kapsid oqsilidan tashqari, nuklein kislotasi bilan bog'lanuvchi ichki oqsil ham mavjud. Oqsillar virusiarning antigenlik xossasini namoyon qiladi. Shuningdek, polipeptid zanjiri zich joylashganligi sababli u viruslarni xo'jayinning hujayra fermentlaridan himoyalab turadi.

Murakkab virionlarning tashqi qobig'ida yog'lar va uglevodlar aniqlangan. Yog' va uglevod manbayi bo'lib hujayra qobig'i hisoblanadi. Ayrim viruslar tarkibiga kiruvchi polisaxaridlar eritrotsitlarni agglyuti-natsiyaga uchratish xossasiga egadirlar.



Virusiarning fermentlari. Viruslar o'zlarining metabolizmiga (modda almashinish) ega emas va shuning uchun ham modda almashinuvida ishtirok etadigan fermentlarga muhtojligi yo'q. Lekin ayrim viruslarda fermentlar borligi aniqlangan bo'lib, ular virusiarning xo’jayin hujayrasiga kirishida yordamlashadi. Masalan, A gripp virusidagi paraminidaza, hayvon hujayrasi qobig'ida saqlanadigan neytramin kislotasini parchalash xossasiga ega. Faglarida hujayra qobig'ini parchalovchi lizotsim, fosfataza va boshqa fermentlar aniqlangan.Viruslarni hujayra bilan o'zaro ta'siri. Bu jarayon bir necha davrda kechadi.

I davr. Virus va hujayra retseptorlari hisobiga adsorbsiya jarayoni boshlanadi. Murakkab vinonlarda retseptorlar qobiq yuzasida tikanga o'xshab (gripp virusi), oddiy virioniarda esa kapsid yuzasida joylashgan bo'ladi.

II davr. Virusni xo'jayin hujayrasiga kirishi. Bu turli viruslarda turlicha o'tadi. Masalan, ayrim faglar o'zlarining o'simtalari bilan hujayra qobig'ini zararlaydi va nukiein kislotasini hujayra ichiga kiritib yuboradi. Boshqa viruslar xo'jayin hujayrasiga vakuola yordamida tortilish yo'li bilan kiradi, ya'ni virus kirayotgan joyning hujayra qobig'ida chuqurcha. hosil bo'ladi. So'ngra chuqurchaning chetlari birikadi va virus hujayra ichida qqjadi. Bunday tortilish yo'lini viropeksis deyiladi.

III davr. „Virusni yechintirish" (dezintegratsiya). Nukiein kislotasi o'zini himoya qilib turiivchi oqsil qavatidan (qobiq va kapsid) qutuladi. Yechinish jarayoni adsorbsiya vaqlida yoki vims hujayra ichiga tushganda kechishi mumkin.

IV davr. Bu davrda nukiein kislotalarining replikatsiyasi (nusxa ko'chirish) va viruslar oqsilining sintezlanishi boshlanadi. Bu davrda xo'jayin hujayrasining DNK yoki RNKsi ishtirok etadi.

V davr. Virionni to'plash. Bu jarayon viruslarning nukiein kislotasi atrofida'oqsil bo'laklarini o'zlaricha to'planishi bilan o'tadi. Oqsillar sintezi virus nukiein kislotasining sintezidan so'ng bir necha soat yoki daqiqa oralig'ida boshlanishi mumkin. Ayrim viruslarda o'zlaricha to'planish sitoplazmada, boshqalarida xo'jayinning yadro hujayrasida yuzaga keiishi mumkin. Tashqi qobig'i (peplos) doimo sitoplazmada hosil bo'ladi.

VI davr. Xo'jayin hujayrasidan virionlar uning qobig'i orqali siqib chiqariladi yoki ular xo'jayin hujayrasida hosil bo'ladigan teshik orqali (bu holda xo'jayin hujayrasi nobud bo'ladi) chiqadi.

Virus va hujayraning o'zaro ta'sir turlari.



Birinchl turi — samarali infeksiya — xo'jayin hujayrasida virion-larning yangidan hosil bo'lishi bilan tavsiflanadi. Ikkinchi turi — abortiv infeksiya — nukiein kislotasi replikatsiyasining uzilishi bilan kechadi. Uchinchi turi — xo'jayin hujayrasida DNK nukiein kislota­sining yaratilishi bilan tavsiflanadi. Bunda xo'jayin hujayrasi va virusning birgalikda yashash shakli (virogeniya) yuzaga keladi. Bunday holdavims va hujayra DN К replikatsiyasining sinxronligi ta'rninlanadi. Faglarda esa bu jarayon lizogeniya deb yuritiladi.

Mikroskopik tekshirish. Ayrim virusli infeksiyalarda organizm hujayra sitoplazmasi yoki yadrosida maxsus hujayra ichidagi tanachalar, ya'ni kiritmalar (quturishda Babesh — Negri, chechakda Gvarniyer tana-chalari) kuzatiladi va bu hoi diagnostikada katta ahamiyatga ega. Virus bo'laklari va tanacha — kiritmalarni sun'iy ravishda, maxsus usullarda ishlov berish yordamida kattalashtirib mikroskop immersion sistemasida o'rganiladi. Mayda virionlar esa elektron mikroskop ostida kuzatiladi. Hujayra ichidagi kiritmalar haqida turlicha nuqtayi nazarlar mavjud. Ayrim olimlar ularni viruslarning to'planishi natijasi desalar, boshqalari virusni hujayra ichiga kirishi natijasida hosil bo'lgan reaksiya natijasidir

deb hisoblaydilar.

Viruslarning chidamliligi. Ko'pgina viruslar yuqori harorat ta'sirida parchalanadi. Lekin, ayrim viruslar, masalan, gepatit virusi yuqori

haroratga chidamlidir.

Past haroratga viruslar sezuvchan emas. Quyoshning ultrabinafsha nurlari viruslarga parchalovchi ta'sir ko'rsatadi. Quyoshning tarqoq nurlari esa ularga kamroq ta'sir ko'rsatadi. Viruslar glitseringa chidamli bo'lib, bu ularni glitserinda uzoq vaqt saqlanishiga imkon yaratadi. Ular antibiotikka chidamli (viruslarni kultivatsiya qilishda ularni qo'shimcha mikrofloradan ozod qilish uchun antibiotiklar bilan ishlov beriladi).

Ishqor, kislota va dezinfeksiyalovchi moddalar viruslarga halokatli ta'sir ko'rsatadi. Lekin, ayrim viruslar formalin ta'sirida parchalansa ham immunogenlik xossasini saqlab qoladi. Bu vaziyat vaksinalar olishda formalindan foydalanishga imkon beradi (quturishga qarshi vaksina).

PatogenSigi. Ayrim viruslarga sezuvchan hayvonlar katta doirani tashkil etadi. Masalan, quturish virusiga ko'p hayvonlar sezuvchan bo'ladi. Ayrim viruslar esa faqat bitta tur hayvonni zararlaydi. Masalan, it toun virusi faqat itlarni zararlaydi. Shunday viruslar borki, hayvonlar ularga umuman sezuvchan emas (masalan, qizamiq virusi).



Viruslarning tashqi muhitga chiqishi va tarqalishi

Bemor organizmidan poliomiyelit virusi va boshqa enteroviruslar najas bilan, quturish virusi so'lak bilan, gripp virusi va boshqalar nafas shilliq pardalari orqali tashqariga chiqadi. Viruslar havo-tomchi (gripp, chechak), alimentar (gepatit, poliomiyelit), bilvosita kontakt (quturish), transmissiv (ensefalit) yo'llar bilan tarqaladi.

rivojlanishida ularni tovuq embrionida, odam va hayvon kuft to'qimalarida o'stirish katta natijalar berdi. Viruslarni undirish usullari:

Tovuq embrionini zararlash. Virusiar bilan zararlash uchun 7 kunlik tovuq embrioni olinadi va u 37°C li termostatda qoldiri havodagi namlik yetarli bo'lishi uchun esa termostatga quyiladi.

Tovuq embrionining tajribaga yaroqliligi embrionning harakar lanishi va xorion-allantois qobig'idagi qon tomirlarining ko'rinishisa qarab aniqlanadi. Buning uchun ovoskopdan foydalaniladi.Tovuq embrionining quyidagi qatiamlariga zararli materiallar yuboriladi:


  1. xorion — alkmtois qobig'iga;

  2. allantois bo'shlig'iga;

  3. amniotik bo'shlig'iga;

  4. sariqlik qopchasiga.

Tovuq embrionini zararlash bokslarda, steril sharoitda, steril asboblar yordamida olib boriladi. Ishni boshlashdan avval tovuq embrioni ikki marta spirtga namlangan paxta bilan artib yuborilishi lozim.

Xorion—allantois qobig'ini zararlash. Tuxum spirt bilan zararsizlantirilgandan so'ng lining to'mtoq qismini po'stlog'i, so'ngra po'stloq ostidagi parda olinadi va shunda xorion—allantois qobig'i ko'rinadi. Zararli materialdan steril shpris yoki pipetka yordamida 0,1—0,2 ml olib xorion—allantois qobig'iga yuboriladi. So'ng tuxum po'stog'i yana yopilib ustidan eritilgan parafin quyiladi.Tuxumning boshqa butun joyiga unga qanday zararli material yuborilganligi oddiy qalamda yoziladi.

Amniotik bo'shlig'ini zararlash. Tuxum ovoskopga qo'yilib uning
yon tomonidan qon tomirlari kam bo'lgan xorion—allantois qavati qatlam bilan belgilab olinadi. Tuxum gorizontal holatda zararsizlantiriJadi. Maxsus steril nayza bilan uning po'sti 2—3 mm chuqurlikda teshiladi va shu teshik orqali steril shpris yordamida zararli material amniotik bo'shlig'iga yuboriladi. Yuborilayotgan suyuqlik toshib ketmasligi uchun tuxumni havo qopi tomonidan teshib qo'yish lozim.
Zararli material yuborilgandan so'ng ikkala teshik parafin bilan bekitiladi.

Allantois bo'shlig'iga yuborish. Zararlash qorong'ilashtin boksda olib boriladi. Tuxumning havo qatlami belgilab olina zararsizlantiriladi. So'ngra uning po'stidan bo'shliq ochib, steril snpI -jrarli material embrion tomon harakatlantiriladi. Agarda igna allantois bo'shlig'iga yetgan bo'lsa embrion soyasi o'z joyini o'zgartiradi. Zararli material yuborilgandan so'ng teshik parafin bilan bekitiladi. Virusning biologik xossasiga qarab zararlangan tuxumni saqlash vaqti va harorati belgilanadi. Embrionning tirikligi tekshiriladi. Embrion birinchi kuniyoq nobud bo'lsa, u zararli material yuborilayotganda shikastlangan degan xulosaga kelinadi. Bunday tuxumlar tajribadan chetlashtiriladi.Embrionning har bir qatlamini o'rganish talab qilinadi. Buning uchun material ma'lum tartibda to'planadi. Dastlab allantois suyuqligi,so'ngra amniotik suyuqligi pipetkada so'rib olinadi, xorion allantois

qobig'i, amniotik qobig'i, embrion sariqlik qopchasi va shundan so'ng xorion allantois qobig'i ajratiladi. Xorion allantois qobig'idagi o'zgarishlarning tavsifiga qarab zararlangan embrionda virus borligi aniqlanadi.
Nazorat uchun savollar.
1.Viruslarni kim birinchi bo’lib aniqlagan? 2.Kasallikni necha foizini viruslar keltirib chiqaradi? 3.Viruslar qanday ko’rinishda bo’ladi?

4.Viruslar tarkibida qanday nuklein kislotalar saqlaydi? 5.Viruslar qaerlarda ko’payadi?

6.Viruslar qaysi usullarda aniqlanadi?

7.Virion nima?


Tayanch so’z va iboralar:
1.Parazitlar-tayyor maxsulotlar xisobiga kun kechiradi

2. Dezintegratsiya- Virusni yechintirish; 3.Fagositoz-bakteriyalarni organizm himoya hujayralari tomonidan yutish jarayoni; 4. Virus— lotincha zahar; 5.DNK-dezoksiribonuklein kislota ;

6.RNK-Ribonuklein kislota; 7.Diplokokk -loitncha diploos—ikkita, hujayra, bir tekislikda bo'linib ikkitadan joylashadi;

8. Mikrokokklar - lotincha micros—kichkina, hujayralar turli xil tekisliklarda bo'linadi ;

9.Trepo - lotincha buramoq;

10.Nemo – lotincha ip:

11.Rozeollalar - teri va shilliq qavatlarda toshmalar;

12.Diffuziya ozuqa moddalarni baktwriya hujayrasi ichida o’z holicha konsentrasiyaga bog’liq ravishda o’sishi;

13.Anotoksin - toksik xossalarini yo’qotilgan,antigenlik xossalari saqlangan moddalar;

14.Yallig’lanish - organizmni begona moddalarga nisbatan qarshi reksiyasi;

Foydalaniladigan adabiyotlar;

1.A.B.G’anixo’jayeva “Mikrobiologiya”

2.E.Eshboyev “Mikrobiologiyadan amaliy mashg’ulotlar”

PATOGEN KLOSTRIDIYLAR.GAZLIGANGRENA QO'ZG'ATUVCHILARI

Reja

1.Infeksiya qo’zg’atuvchisining xosssalari;

2.Yuqish mexanizmi;

3.Tekshirish materialini olish va laboratoriyaga yuborish;

4.Profilaktika va davosi.

Gazli gangrena polimikrob infeksiya, bir, ya'ni bir necha guruh mikroorganizmlar ta'sirida yuzaga keladi. Ular Bacillaceae oilasiga. Clostridium avlodiga kiradi. Mikrob guruhlarining asosiy a'zolari С perfringens, С novyi, C.septicum, С histofyticum hisoblanadi. Kasallik odamda organizmga bitta yoki ikkita qo'zg'atuvchi yoki qo'shimcha aerob stafilokokk yoki streptokokk tushishi natijasida yuzaga keladi.



Clostridium perfrinqens

С perfringens 1892-yilda Uelch va Nettolm tomonidan aniq-langan.

Morfologiyasi. С perfringens — yirik polimorf tayoqchasimon, 3—9x0, <- 9—1,2 mkm kattalikdagi mikroblar. Harakatsiz. Organizm-dan ajratib olingan yangi kulturada kapsula aniqlanadi. Noqulay sharoitga tushganda ovalsimon spora hosil qiladi, markaziy yoki sub-terminal holatda joylashadi. Gram musbat bo'yaladi, eski kulturalar Gram usulida bo'yalish xossasidan mahrum.

Kultural xossasi. C. perfringens — anaerob, lekin kislorodga sezuvchan emas. Go'sht va kazein qo'shilgan muhitda yaxshi o'sadi. 37—42°C haroratda, pH 7,2—7,4 sharoitida 3—8 soatdan keyin ko'P miqdorda gaz hosil qilib pHni kislotali sharoit tomonga o'zgartirib o'sadi. Zich oziqa muhitida C. perfringens R shaklli, g'adir-budur, S shaklli silliq va shilliq, M shaklli koloniya hosil qilib o'sadi. Suyuq oziqa muhitida bir tekis loyqalanib va gaz hosil qilib o'sadi. Qonli agarda koloniya atrofida gemoliz zonasi hosil qilib o'sadi.

Fermentativ xossasi С perfringens letsitinaza, gialuronidaza, jelatinaza, kollagenaza va boshqa patogen fermentlarni ishlab chiqaradi Toksigenligi. С perfringens murakkab tarkibli toksin ajratadi. U hir qancha toksinlardan iborat bo'lib grekcha a, y, /3 va boshqa harflar bilan belgilanadi. Bulardan asosan a —toksini aktiv toksigenlik xossasini

saqlaydi-



Antigenligi. С perfringens beshta serovarlarga boiinadi va ular A,

35 C, D, E kabi lotin harflari bilan belgilanadi. Bular bir-biridan antigenlik va biokimyoviy xossasiga ko'ra farqlanadi.

A—serovari odam ichagida doimo uchraydi va toksikoinfeksiya (ovqatdan zaharlanish) keltirib chiqarishi mumkin. В — serovari qo'zichoqlarda ichak funksiyasining buzilishini, С — serovari ayrim odamlarda nekrotik enteritni va yirik shoxli hayvonlarda kasallik keltirib chiqaradi. D — serovari hayvonlarda enterotoksemiyani keltirib chiqaradi.

Chidamliligi. Vegetativ shakli tashqi muhitga uncha chidamli emas, ularga dezinfeksiyalovchi moddalar o'ldiruvchan ta'sir ko'rsatadi. Ayrim shtammlarining sporalari qaynatilganda bir necha daqiqagacha saqlanadi. A — serovari ancha chidamlidir.

Patogenligi. Tabiiy sharoitda C. perfringens uy hayvonlarida kasallik keltirib chiqaradi. Laboratoriya hayvonlaridan dengiz cho'chqachasi, quyonlar, kaptar, sichqonlar sezuvchandir. Laboratoriya hayvonlariga zararli material yuborilgan joyda yallig'lanish (nekroz) hosil boiadi. Qonda klostridiylar uchrashi mumkin.

Clostridium novyi

С novyinx 1874-yili Novi aniqlagan.

Morfologiyasi. C.novyi — yirik, to'g'ri yoki biroz bukilgan.

4—22x1 <- 4—1,6 mkm kattalikdagi tayoqchasimonlardir. Ko'pincha zanjirsimon boiib joylashadi. Harakatchan, xivchinlari, peretrix joylashgan. Tashqi muhitda ovalsimon spora hosil qiladi, subterminal joylashadi (sporaning kattaligi hujayradan kattaroqbo'lishi mumkin).



Kultural xossasi C. novyi — jiddiy anaerob. Kislorodga juda sezgir. Kazeinli uglevodli, go'sht-peptonli muhitlarda, 37—43°C da, pH 7,4—7,6 sharoitda yaxshi o'sadi. Zich oziqa muhitida 48 soatdan keyin yumaloq, yarimtiniq, yuzasi donador, chetlari g'adir-budur koloniya hosil qilib o'sadi. Tik agarda esa markazi kesakka o'xshash sharsimon koloniya hosil qilib o'sadi. Suyuq oziqa muhitida gaz chiqaradi va cho'kkan parda holida o'sadi. Qonli agarda koloniya atrofida gemoliz

zonasi hosil qiladi.



Fermentativ xossasi. С novyi C. perfringensga nisbatan kam aktivdir. U faqat glukoza hamda maltozani kislota va gazgacha parchalaydi. Proteolitik xossasiga ko'ra sutni sekin-asta ivitadi, jelatinani sekin suyultiradi. Indol va vodorod suffidini hosil qilmaydi. Patogen fosfalipaza fermentini ajratadi. Toksigenligi. С perfringens murakkab tarkibli toksin ajratadi. U hir qancha toksinlardan iborat bo'lib grekcha a, y, /3 va boshqa harflar bilan belgilanadi. Bulardan asosan a —toksini aktiv toksigenlik xossasini saqlaydi

Antigenligi. С perfringens beshta serovarlarga boiinadi va ular A,

35 C, D, E kabi lotin harflari bilan belgilanadi. Bular bir-biridan antigenlik va biokimyoviy xossasiga ko'ra farqlanadi.

A—serovari odam ichagida doimo uchraydi va toksikoinfeksiya (ovqatdan zaharlanish) keltirib chiqarishi mumkin. В — serovari qo'zichoqlarda ichak funksiyasining buzilishini, С — serovari ayrim odamlarda nekrotik enteritni va yirik shoxli hayvonlarda kasallik keltirib chiqaradi. D serovari hayvonlarda enterotoksemiyani keltirib chiqaradi.

Chidamliligi. Vegetativ shakli tashqi muhitga uncha chidamli emas, ularga dezinfeksiyalovchi moddalar o'ldiruvchan ta'sir ko'rsatadi. Ayrim shtammlarining sporalari qaynatilganda bir necha daqiqagacha saqlanadi. A — serovari ancha chidamlidir.

Patogenligi. Tabiiy sharoitda C. perfringens uy hayvonlarida kasallik keltirib chiqaradi. Laboratoriya hayvonlaridan dengiz cho'chqachasi, quyonlar, kaptar, sichqonlar sezuvchandir. Laboratoriya hayvonlariga zararli material yuborilgan joyda yallig'lanish (nekroz) hosil boiadi. Qonda klostridiylar uchrashi mumkin.

Clostridium novyi

С novyinx 1874-yili Novi aniqlagan.

Morfologiyasi. C.novyi — yirik, to'g'ri yoki biroz bukilgan.4—22x1 <- 4—1,6 mkm kattalikdagi tayoqchasimonlardir. Ko'pincha zanjirsimon boiib joylashadi. Harakatchan, xivchinlari, peretrix joylashgan. Tashqi muhitda ovalsimon spora hosil qiladi, subtermina joylashadi (sporaning kattaligi hujayradan kattaroq bo'lishi mumkin.

Kultural xossasi C. novyi — jiddiy anaerob. Kislorodga juda sezgir. Kazeinli uglevodli, go'sht-peptonli muhitlarda, 37—43°C da, pH 7,4—7,6 sharoitda yaxshi o'sadi. Zich oziqa muhitida 48 soatdan keyin yumaloq, yarimtiniq, yuzasi donador, chetlari g'adir-budur koloniya hosil qilib o'sadi. Tik agarda esa markazi kesakka o'xshash sharsimon koloniya hosil qilib o'sadi. Suyuq oziqa muhitida gaz chiqaradi va cho'kkan parda holida o'sadi. Qonli agarda koloniya atrofida gemoliz zonasi hosil qiladi.

Fermentativ xossasi. С novyi C. perfringensga nisbatan kam aktivdir. U faqat glukoza hamda maltozani kislota va gazgacha parchalaydi. Proteolitik xossasiga ko'ra sutni sekin-asta ivitadi, jelatinani sekin suyultiradi. Indol va vodorod suffidini hosil qilmaydi. Patogen fosfalipaza fermentini ajratadi.

Toksigenligi. C.septicum ekzotoksini a, /3, у va boshqa ■Lbstansiyalardan tashkil topgan. Filtratida fibrinolizin va kollagena-zalar aniqlangan. Bu omillarning barchasi kasallik patogenezida katta ahamiyatga ega.



Chidamliligi. Kislorod ta'sirida vegetativ shakli tez nobud bo'ladi. Sporasi ham boshqa turlarining sporalariga nisbatan kam chidamli.Patogenligi. Tabiiy sharoitda uy hayvonlari — yirik va mayda shoxli hayvonlar kasallanadi.

Laboratoriya hayvonlaridan dengiz cho'chqachasi sezgir. Ularning oyoq muskuli orasiga C. septicum kulturasi yuborilganda shish hosil bo'ladi va u keyinchalik qorinning oldingi qismiga tarqaladi va hayvon 24—48 soatdan keyin nobud bo'ladi. Shikastlangan to'qima ezilganda qon — ko'pik aralash suyuqlik ajraladi.



Clostridium histolyticum

С histolyticum 1916-yili Vaynberg tomonidan aniqlangan.Morfologiyasi. Yirik bo'lmagan 1,6—3,1, 1x0,6—1 mkm kattalikdagi tayoqchasimonlardir. Harakatchan, xivchinlari peretrix joylashgan. Spora hosil qiladi, subterminal holda joylashadi. Grammusbat bo'lib bo'yaladi

Knltnral xossasi. C. histolyticum — fakultativ anaerob. Go'shtli va kazeinli muhitlarda o'sadi. Qonli agarda o'rta o'lchamli, yaltiroq, tekis koloniya atrofida gemoliz zonasi hosil qilib o'sadi.

Toksigenligi. Filtratda а toksin aniqlangan va у organizmga o'ldiruvchan, nekrozga uchratuvchi ta'sir ko'rsatadi. Bundan tashqari, filtratda b — omili ham aniqlangan, u kollagenazani parchalaydi. Bu toksin oshqozon osti bezining to'qimalariga tanlab ta'sir ko'rsatadi. C. histolyticumning odam patologiyasidagi ahamiyati toiiq aniq-lanmagan.

Clostridium sordellii C.sordellii 1922-yilda Sordelli tomonidan ajratib olingan va o'rganilgan.


Yüklə 0,71 Mb.

Dostları ilə paylaş:
1   ...   6   7   8   9   10   11   12   13   14




Verilənlər bazası müəlliflik hüququ ilə müdafiə olunur ©genderi.org 2024
rəhbərliyinə müraciət

    Ana səhifə