Mavzu: mikrobiologiya fani



Yüklə 0,71 Mb.
səhifə8/14
tarix18.05.2018
ölçüsü0,71 Mb.
#44658
1   ...   4   5   6   7   8   9   10   11   ...   14

Chidamliligi.

C.botulinumn'mg vegetativ shakli 80°C harorat ta'sirida 30 daqiqadan so'ng nobud boiadi. Sporasi chidamli. Qaynatilganda bir necha soat (5 soatgacha) saqlanadi. Go'shtning katta bo'laklarida, katta hajmli konserva bankalarida avtoklavda sterilizatsiya qilingan hollarda ham saqlanib qoladi, 5 %li fenol ta'sirida sporalarbir kuchgacha saqlanadi. Botulizm toksini qaynatilganda 10 daqiqadan so'ng parchalanadi. U tik quyosh nuriga, past haroratgava dezinfeksiyalovchi moddalarga chidamli.

Patogenligi.

Botulizm qo'zg'atuvchisiga yirik va mayda shoxli hayvonlar, kemiruvchilar, qushlar sezgir. Laboratoriya hayvonlaridan oq sichqonlar, dengiz cho'chqachalari, quyonlar, mushuklar sezgirdir. Infeksiya manbayi.

Botulizm qo'zg'atuvchisi tashqi muhitda keng tarqalgan: hayvon va baliq chiqindilari bilan tuproqqa, suvga va boshqa yerlarga tushadi. Tuproqqa ular hatto bo'linib ko'payadi ham. Odam botulizm qo'zg'atuvchisini saqlovchi mahsulotlarni iste'mol qilishi natijasida zararlanadi.

Tarqalish yo'li.

Alimentar, ya'ni go'sht, baliq, qo'ziqorin va sabzavotlardan tayyorlangan konservalarni iste'mol qilish natijasida yuqadi. Ayniqsa, uy sharoitida tayyorlangan konservalar xavfli hisoblanadi.



Patogenezi.

Kirish darvozasi bo'lib og'iz shilliq pardasi hisoblanadi. Botulizm qo'zg'atuvchisi bo'linib ko'payishi natijasida hosil bo'lgan neytrotoksin oshqozon ichak sistemasida ishlab chiqargan proteolitik fermentlarga sezuvchan emas. Patologik jarayonlar neytrotoksin ta'sirida yuzaga keladi. Neytrotoksin ichakdan so'riladi, butun a'zolarga tarqaladi va markaziy nerv sistemasi uzunchoq miya, yurak tomir sistemasini shikastlaydi. Ko'rish a'zolari ,nafas olish va yutish funksiyalarida o'zgarish yuzaga keladi.



Kasallanish belgilari 12—24 soatdan so'ng namoyon bo'ladi.Zaharlangan kishilarda ko'z soqqasi muskullarining chala falaji, halqum-yutqun falaji kuzatiladi, ovoz chiqmaydi, ko'z qovoqlari osilib qoladi ко' g'ilay bo'ladi. Bemor boshi aylanayotganini, narsalar ko'ziga ikkita bo'lib ko'rinayotganligini aytadi. So'ngra ich qotishi, ba'zan ich ketishi, tana muskullarining kuchsizligi qo'shiladi. Bemorning hushi joyida bo'ladi, puls tezlashadi, tana harorati normal qolishi yoki birmuncha pasayishi mumkin. Bemorlar nafas falajidan yoki yurak falajidan nobud bo'ladi.

Immuniteti.

Odatnda tabiiy immunitet yo'q. Odam C. botulinum toksiniga juda sezgir. Kasallikdan so'ng immunitet yuzaga kelmaydi.



Profilaktikasi.

Oziq-ovqatlar ifloslanishining oldini olish, konserva mahsulotlarini tayyorlash, ayniqsa, uyda tayyorlanadigan konservalarni tayyorlash texnikasiga rioya qilish. Uyda tayyorlangan konservalarni iste'mol qilishdan avval 15—20 daqiqa suv hammomida sterilizatsiya qilib, so'ng iste'mol qilish lozim, chunki botulizm toksini qaynatganda neytrallanadi.

Maxsus profilaktikasi yuzasidan botulizm qo'zg'atuvchisi yoki toksini bo'lgan mahsulotlarni ite'mol qilgan odamga botulizmga qarshi polivalent A, B, E antitoksin zardobi yuboriladi. Qo'zg'atuvchining turi aniqlangandan so'ng esa, shu turga xos botulizmga qarshi zardob yuboriladi.

Nazorat uchun savollar 1. Patogen anaeroblar Bacillaceae oilasining qaysi avlodiga kiradi?

2.Anaeroblarga qaysi guruh mikroorganizmlar kiradi?

3. Patogen anaeroblar odam va hayvonning qaysi a’zolarida yashovchi mikroorganizmlar hisoblanadi?

4.Patogen anaeroblar tashqi muhitga qanday tushadi?

5.Ular qanday shaklda tuproqda, dengiz va ariq suvlarida uchrab turadi?

Patogen anaeroblar sporalari qanday holatda joylashadi?

6. Anaeroblar xivchinlari qanday joylashgan?

7. Klostridiylar biologik faol bo'lgan qanday toksin ishlab chiqaradi? Foydalaniladigan adabiyotlar. 1.A.B.G’anixo’jayeva, H.A.Nazarova “Mikrobiologiya “ 2.N.A.Bakulina ,E.L.Kraeva “ Mikrobiologiya “ 3.E.H.Ehboyev “ Mikrobiologiyadan amaliy mashg’ulotlar “






12.Mavzu: Havo-tomchi infeksiyalari, ularning xossalari, keltirib chiqaradigan kasalliklari.
Reja:

1. Havo-tomchi infeksiyalar asosiy hossasini;

2.Havo-tomchi infeksiyalari keltirib chiqaradigan kasalliklarini;

3. Kasalliklarni oldini olish va davosini


Havo-tomchi infeksiyalar asosan bemor organizmida ko’payib rivojlanadi. Qo'zg'atuvchi nafas yo'lida joylashadi va u aksirganda, yo'talganda gaplashganda tashqi muhitga chiqaradi. Masalan, bo'g'ma, ko'kyo'ti gripp va boshqalar. Bo'g'rna qo'zg'atuvchisi korinebakteriya avlodiga kirib patogen va patogen bo'lmagan qo'zg'atuvchilarga bo’lindi, bo'g'ma qo'zg'atuvchisi va defteriodlar. Bo'g'ma qozg'atuvchisini 1883-yili T. Klebs aniqlagan, sof kulturasini 1884-yili Lyoffler ajratib olgan. Tayoqchasimon bakteriyalar bo'lib, 3—6x0,3—0,5 mkm kattalikda, uchlari biroz kengaygan, uchlarida volyutin donasini saqlaydi (Babesh—Ernst donachasi). Harakatsiz, spora va kapsuia hosil qilmaydi. Gram musbat bo'lib, volyutin donachalari biroz to'qroq bo'yaladi.Surtmada ular X yoki V raqamiga o'xshab joylashadi. Soxta bo'g'ma Fakultativ anaerob, pH 7,4—7,8. Oziqa muhitiga talabchan, qon, zardobli muhitlarda yaxshi rivojlanadi. Kultural va biokimyoviy xossasiga ko'ra bo'g'ma qo'zg'atuvchisi 3 ta serovarlarga bo'linadi.

1. Gravis (gravis).2. Mitis (mitis).3. Intermedius (intermedius). Ularning hammasi glyukoza va maltozani kislotagacha parchalaydi,indol hosil qilmaydi, mochevinani parchalamaydi. Neyraminidaza, gialuronidaza va boshqa fermentlarni hosil qiladi,ekzotoksin ishlab chiqaradi. Bu toksin buyrak osti beziga, yurak muskullariga ta'sir ko'rsatadi. Bo'g'ma toksini kam chidamli. U yuqori harorat, nur va kislorod ta'sirida tez parchalanadi. Bo'g'ma qo'zg'atuvchisining yuzaki, oqsil tabiatli termolabil antigeni va turlarning spetsifik polisaxarid O—antigeni mavjud. Tashqi muhitga chidamli. Infeksiya manbayi bo’lib kasal odam va bakteriya tashuvchilardir.Havo-tomchi yo'li, maishiy kontakt (idish-tovoq, o'yinchoq, kitob, sochiq va boshqa) yo'l orqali tarqaladi.

Odamda tomoq, burun bo'g'masini keltirib chiqaradi. Kam hollarda traxeya, bronx, ko'z, quloq, qin va teri bo'g'masini keltirib chiqaradi.Organizmning kasallikka berilmasligi antitoksik va ntibakterial immunitetga bog'liq. Emizikli bolalar onadan o'tgan passiv immuniteti bo'lganligi sababli kasallanmaydilar.Bolalar 1—2 oyligidan boshlab AKDS anatoksini bilan emlanadi. Revaksinatsiya ADS bilan olib boriladi.Antitoksik zardoblar bilan davolanadi, antimikrob preparatlar beriladi.

Mikobakteriya avlodiga odam uchun patogen bo'lgan sil va moxov (lepra) qo'zg'atuvchilari kiradi: Sil hayvonlar, parrandalar, kemiruvchilar orasida keng tarqalgan. Sil tayoqchasining bir qancha turi tafovm etiladi.



  1. Odamda kasallik chaqiruvchi qo'zg'atuvchi — Mycobacterium tuberculosis.

  2. Yirik shoxli hayvonlarda kasallik chaqiruvchi — Mycobacterium bovis.

  1. Parrandalarda kasallik chaqiruvchi — Mycobacterium avium.

  2. Kemiruvchilarda kasallik chaqiruvchi — Mycobacterium murium.

  1. Sovuqqonlilarda kasallik chaqiruvchi qo'zg'atuvchi. Ularga alohida atipik mikobakteriya guruhi kiradi.Hozirgi vaqtda atipik mikobaktcriyalar bir necha xossasiga ko'ra to'rt guruhga bo'linadi. Sil tayoqchasi R. Kox tomonidan 1882-yilda aniqlangan. Ingichka tayoqchasimon 1,5—4x0,3—0,5 mkm kattalikda boiib, tashqi muhit omillarining ta'siriga qarab ining bukilgan, kolbasimon, mayda. tayoqchasimon shakllari ham uchraydi. Harakatsiz, spora va kapsula hosil qilmaydi. Gram musbat, Sil—Nilson usulida qizil ranggabo'yaladi.Aerob. Oziqa muhitiga talabchan. 37—38°C haroratdapH 5,8—7,0 li muhitda sekin rivojlanadi. Biokimyoviy xossasiga ko'ra kam faol.O'zidan endotoksin ishlab chiqaradi. Tuberkulin allergenlik xossasiga ega. U sog' organizmga toksigenik ta'sir qiladi. Undan diagnostikada Mantu va Pirke allergik sinamalarni qo'yishda foydalaniladi. Shuning uchun yirik shoxli hayvonlarda kasallik chaqiruvchi tuberkulin turidan foydalaniladi.Sil mikobakteriyasi oqsilli, yog'li, polisaxaridli omillarni saqlovchi antigen saqlaydi.Sil mikobakteriyasi spora hosil qilmaydigan bakteriyalar orasida eng chidamlisidir. Tashqi muhitga chidamli. Qurigan balg'amda 10 oygacha, 100°C harorat ta'sirida 4 daqiqagacha, UBN (ultrabinafsha nur) ta'sirida bir nechta soatgacha saqlanadi.Infeksiya manbayi odam, ayrim hollarda hayvonlar hisoblanadi.Havo-tomchi, havo-chang, karri holiarda alimentar, vertikal yo'l orqali tarqaladi.Sil kasalligining o'pka, oshqozon, ichak, buyrak miya, suyak shakllari uchraydi. Havo-tomchi, havo-changi orqali yuqqanda sil qo'zg'atuvchisi birlamchi o'choqda do'mboqcha hosil qiladi. Do'mboqcha leykotsitlar, gigant to'qimalar ichida sil qo'zg'atuvchilaririi saqlaydi.

Maxsus profilaktikasida, fransuz olimlari Kalm va Geren olgan tirik BSJ vaksinasi qo'llaniladi. Bu vaksina yelkanin tashqi tomoni terisi ichiga yuboriladi. Revaksinatsiya 7—12 yoshda so'ng har 5—6 yilda 30 yoshgacha qilinadi.Antibakterial preparatlar: streptomitsin, rifampitsin, PASK ftivazid va boshqalar beriladi

Bo'g'rna qo'zg'atuvchisi korinebakteriya avlodiga kiradi (eoryna — to'nog'ich, diphthera — parda degan ma'noni bildiradi). Bu avlodga Lgmlar uchun patogen va patogen bo'lmagan qo'zg'atuvchilar bo’lindi, bo'g'ma qo'zg'atuvchisi va defteriodlar. Bo'g'ma qozg'atuvchisini 1883-yili T. Klebs aniqlagan, sof kulturasini 1884-yiliLyoffler ajratib olgan.



Morfologiyasi.

Tayoqchasimon bakteriyalar bo'lib, 3—6x0,3—0; 5 mkm kattalikda, uchlari biroz kengaygan, uchlarida volyutin donasini saqlaydi (Babesh—Ernst donachasi). Harakatsiz, spora va kapsuia hosil qilmaydi. Gram musbat bo'lib, volyutin donachalari biroz to'qroq bo'yaladi.

Surtmada ular X yoki V raqamiga o'xshab joylashadi. Soxta bo'g'ma qo'zgatuvchilari alohida joylashib, uchlarida volyutin donachalari bo'lmaydi yoki ular bir uchida joylashadi. Bo'yashda ishqorli metilenli ko'k yoki kristall binafsha bo'yoqlaridan foydalaniladi. Kultural xossasi.

Fakultativ anaerob, pH 7,4—7,8. Oziqa muhitiga talabchan, qon, zardobli muhitlarda yaxshi rivojlanadi. XIX asr oxirida fransuz olimi E. Ru bo'g'ma qo'zg'atuvchilarini o'stirish uchun ivitilgan buqa yoki ot zardobini qo'llashni tavsiya etdi, F. Leffler esa unga (24 %) sho'rva va 1 % glukoza qo'shishni tavsiya etdi. Bu muhitda ip'g'ma qo'zg'atuvchisi 14—18 soat ichida alohida, bo'rtib chiqqan, krem rangii (qiyshiq agarda shagren teriga o'xshash) koloniya hosil qilib o'sadi. Lekin bu muhitda bo'g'ma tayoqchalarini soxta bo'g'ma qo'zg'atuvchiiaridan farqlash mumkin emas.

Hozirgi vaqtda bo'g'ma qo'zg'atuvchilarini o'stirish uchun Klaubarg muhiti (qon zardobi va kaliy tellurit saqlovchi), xinozolin, Puchin muhiti, Tinsdal va boshqa muhitlar qo'llanilmoqda. Kultural va biokimyoviy xossasiga ko'ra bo'g'ma qo'zg'atuvchisi 3 ta serovarlarga bo'linadi.

1. Gravis (gravis). 2. Mitis (mitis). 3. Intermedius (intermedius).

Klauberg muhitida Gravis tipi R shaklli, yirik 2—3 mm kattalikda, jigarrang-qora koloniyalar hosil qilib o'sadi. Bulyonda bo'linib ketuvchi | va donador cho'kma hosil qilib o'sadi.Mitis tipi Klauberg muhitida o'rtacha, silliq, S shak koloniya xosil qilib o'sadi, qora rangda bo'ladi. Sho'rvada bir tekis loyqalanish xosil qilib o'sadi. Intermedius tipi Klauberg muhitida mayda, yaltiroq koloniya hosil qiladi. Fermentativ xossasi.

Наг uch tur ham sistinaza fermentini isiy chiqaradi va sistinni vodorod sulfitgacha parchalaydi. Hammasi glyukoza va maltozani kislotagacha parchalaydi. Faqat gravis turini parchalaydi. Ularning hammasi indol hosil qilmaydi, mochevinani parchalamaydi. Neyraminidaza, gialuronidaza va boshqa fermentlarni hosil qiladi.



Toksigenligi.

Virulent shtammlari ekzotoksin ishlab chiqarad'i.Kimyoviy jihatdan termolabil, oqsil tabiatli, 2 ta fraksiyadan ibont B—fraksiyasi o'ziga sezuvchan to'qimalarga toksinni fiksatsiya qib A—fraksiyasi esa toksikta'sirchanligigajavobgardir. Bu toksin buyrak osti beziga, yurak muskullariga ta'sir ko'rsatadi. Toksinning bor-yo'qligini zich oziqa muhitida ham o'rganish mumkin. Bu usui amaliyotda keng qo'llaniladi. Bo'g'ma toksini kam chidamli. U yuqori harorat, nur va kislorod ta'sirida tez parchalanadi. Toksinga formalin (0,3—0,4%) qo'shilgandan so'ng 37—38°C da bir necha hafta saqlanganda u anatoksinga aylanadi. Bunda toksin zaharli xossasini yo'qotib antigenlik xossasini saqlab qolgan bo'ladi. Turli xil shtam-mlardan hosil bo'lgan toksinlar bir-biridan farqlanmaydi va bo'g'ma anatoksini ta'sirida neytrallanadi.



Antigenligi. Bo'g'ma qo'zg'atuvchisining yuzaki, oqsil tabiatli termolabil antigeni va turlarning spetsifik polisaxarid O—antigeni mavjud. Bundan tashqari 19-fagovari bo'lib, ular qo'zg'atuvchilarni farqlashda, infeksiya manbayini aniqlashda qo'llaniladi.

Chidamliligi. Tashqi muhitga chidamli. Bolalar o'yinchog'idabir necha kun, ivigan zardobda uy haroratida 2 oygacha saqlanadi. Past haroratga, quritishga ancha chidamli 60°C harorat ta'sirida 10—15 daqiqadan, 100°C ta'sirida bir daqiqadan so'ng, dezinfeksiyalovchi moddalar ta'sirida bir necha daqiqadan so'ng nobud bo'ladi.



Patogenligi.

Tabiiy sharoitda hayvonlar bo'g'ma bilan kasallan-maydi. Laboratoriya hayvonlaridan dengiz cho'chqachalari, quyonlar sezuvchandir. Ularga yuqumli material teri ichiga yoki teri ostiga yuborilsa, toksikoinfeksiyaning klinik belgisi va yuqumli material yuborilgan joyda shish, nekrotik yallig'lanish yuzaga keladi. Buyrak usti bezida qon quyilishi kuzatiladi.



Infeksiya manbayi.

Kasal odam va bakteriya tashuvchilardir.



Tarqalish yoli.

Havo-tomchi yo'li, maishiy kontakt (idish-tovoq, o'yinchoq, kitob, sochiq va boshqa) yo'l orqali tarqaladi.

Odamda tomoq, burun bo'g'masini keltirib chiqaradi. Kam hollarda traxeya, bronx, ko'z, quloq, qin va teri bo'g'masini keltirib chiqaradi.

Patogenezi.

Nafas shilliq pardalari va shikastlangan teri orq organizmga kiradi. Yashirin davri 2—5 kun. Shilliq pardada bo’linib ko'payadi, nekroz keltirib chiqaradi. Parda hosil qiladi, parda tagidagi to'qimaga mustahkam yopishgan bo'ladi. Mahalliy ekssudat to'plab, tampon yoki shpatel yordamida material olinadi. Qo'zg'atuvchi o'zidan ekzotoksin ishlab chiqaradi va shilliq qavatidagi yallig'lanish jarayoni burun, halqum orqali bronxga tarqaladi, asftksiyani keltirib chiqaradi.



Immuniteti.

Organizmning kasallikka berilmasligi antitoksik va ntibakterial immunitetga bog'liq. Emizikli bolalar onadan o'tgan passiv immuniteti bo'lganligi sababli kasallanmaydilar.

T Antitoksik immunitet borligini Shik reaksiyasi yordamida aniqlanadi. Beaksiyani qo'yish uchun dengiz cho'chqachasini oiimga olib keluvchi minimal doza — 1/40 D/M 0,2 ml fiziologik eritmaga aralashtirilib bilakning ichki tomoniga yuboriladi. Yuborilgan joyda 24—48 soatdan so'ng 2 sm kenglikda qizarish va shish hosil bo'lsa, qonda antitoksin yo'qligidan dalolat beradi. Qonda antitoksin bo'lsa qizarish va shish bo'lmaydi, chunki qondagi antitoksin yuborilgan toksinni neytrallaydi. Kasallikdan so'ng immunitet hosil bo'ladi. Lekin 6—7 % hollarda qayta kasallanish hollari kuzatiladi. Toksin qonda aylanib, yurak mus-kuli, buyrak usti bezi va nerv to'qimasiga ta'sir ko'rsatadi. Bo'g'ma — bu toksikoinfeksiyadir. Kasallikni og'ir o'tishi shtammning toksigenlik darajasi va organizmning himoya kuchiga bog'liq.

Maxsus profllaktikasi.

Bolalar 1—2 oyligidan boshlab AKDS anatoksini bilan emlanadi. Revaksinatsiya ADS bilan olib boriladi.



Umuraiy profllaktikasi.

Bemorlarni vaqtida aniqlash, tashxis qo'yish, izolatsiya qilish. Dezinfeksiya choralarini qilish. Bakteriya tashuvchilarni aniqlash.



Davosi.

Antitoksik zardoblar bilan davolanadi, antimikrob

preparatlar beriladi.

Jangu tomonidan amqlangan. В.parapertussis—parako'kyo'tal qo'zg'atuvchisi 1937-Eliding va Kondrik tomonidan aniqlangan.

B.bronhoseptika— hayvonlarda kasallik keltirib chiqaradi. 1931yili Вraun aniqlagan (kam uchraydi)

Morfologiyasi.

Ovalsimon shaklda, 0,3—0,5x1kattalikdagi mayda tayoqchalar. Parako'kyo'tal qo'zg'atuvchisi csa birol yirikroq. Ikkalasi ham spora hosil qilmaydi, harakatsiz. Kapsuia hosil qiladi. Gram manfiy bo'lib, ikki cheti to'qroq bo'yaladi.



Kultural xossasi.

Acrob. Oziqa muhitiga talabchan. QO'A oziqa muh.itida ko'kyo'tal qo'zg'atuvchisi 48—72 soaldan so'ng, рагако'Ц yo'tal qo'zg'atuvchisi csa 24—48 soatdan so'ng o'sadi. Ko'kyo'tal qo'z­g'atuvchisi mayda, parako'kyo'tal qo'zg'atuvchisi esa yirikroq, yaitiroq kulrang, krem rangli, si mob tomchisiga o'xshash koioniya hosil qilib o'sadi. Koloniyani oiganda qaymoqqa o'xshash dog' qoladi. Stercoskopik mikroskopda qaralganda soya ko'rinadi. Encrgiya manbayining joyi o'zgartirilganda soya ham o'z joyini o'zgartiradi. Bu diagsiostikada katta ahamiyatga ega.B.parapertussis tirozinaza fermentini ishlab chiqaradi, tirozin saqlovchi muhitga ekilganda tirozin parchalanishi natijasida muhit jigarrangga aylanadi. Oziqa muhitining rangini o'zgartirishi diagnostikada katta ahamiyatga ega.



Suyuq oziqa muhitida B.pertussis va B.parapertussis bir tekis loyqalanadi va probirka tubida cho'kma hosil qilib o'sadi. Yangi ajratilgan kultura kp'pincha S shaklda bo'ladi, kasallik oxirida, II—IV fazada olingan materialda va noqulaysharoitda o'stirilgan kulturalar bir-biridan farqlanuvchi koloniyalarni hosil qilib o'sadi.

Qonii agarda gemoliz ular zonasini beradi. Suyuq oziqa muhitida bir tekislik loyqalanish va cho'kma hosil qilib o'sadi.



Fermehtatiy xossasi.

Ko'kyo'tal qo'zg'atuvchisi uglevodlarni parchalamaydi, oqsillarni fermentlamaydi. Parako'kyo'tal bakteriyasi esa ureaza va tirozinaza fermentlarini ishlab chiqaradi va ularni parchalaydi.



B.pertussis va B.parapertussis patogen bo'lgan gialuronidaza plazmakoagulaza va lctsitinaza fermentlarini ajratadi.
Toksigenligi.

Ko'kyo'tal qo'zg'atuvchisining 4 ta oqsil tabiatli toksini aniqlangan:



  1. Termolobil dermenekrotik toksin.

  2. Termostabil endotoksin.

  3. Leykotsitlarni stimullovchi toksin (hayvonlarga og'izdan yw°° rilganda o'limga olib keladi).A- Gistaminni sensibilizatsiyalovchi omil (hayvonlarga yuborilganda ularda gistaminga sezuvchanligi ortadi, birinchi ikkita toksin parako'kyo'talga ham xosdir.

Antigenligi.

Borditella avlodining antigenlik tuzilmasi juda murakkabdir. Diagnostika agglyutinogen asosiy antigen bo'lib hisoblanadi. Avlod antigeni — 7, turga xos agglyutinogen ko'kyo'tal l1, parako'kyo'tal uchun 14, bronxoseptika uchun 12 hisoblanadi. Monospetsifik 1, 14, 12 antigenlari zardob turlarini farqlash ichun qo'llaniladi. Turga xos antigenlardan tashqari, Bordetella avlodiga kiruvchi a'zolarning boshqa agglyutinogenlari ham mavjud bo'lib, ular yordamida qo'zg'atuvchilarning serovarlari aniqlanadi.



Chidamliligi.

B.pertussis va B.parapertussis tashqi muhitga kam chidamli. 50°C harorat ta'sirida 20—30 daqiqadan so'ng nobud bo'ladi. Past harorat ham ularga o'ldiruvchan ta'sir ko'rsatadi. Tik quyosh nurlari ta'sirida 1—2 soatdan so'ng, ultrabinafsha nurlari ta'sirida bir necha daqiqadan so'ng nobud bo'ladi. Qurigan balg'amda bir necha soatgacha saqlanadi. Dezinfeksiyalovchi moddalarning oddiy eritmalari ham ularga o'ldiruvchan ta'sir ko'rsatadi. Ularning ikkalasi ham antibiotiklarga kam sezuvchan, penitsillinga esa umuman sezuvchan emas.

Patogenligi. Tabiiy holda hayvonlar bu qo'zg'atuvchilarga sezuvchan emas. Laboratoriya hayvonlaridan maymun, yosh itlarda iko'kyo'tal va sichqonlarda o'limni yuzaga keltirishi mumkin.



Infeksiya manbayi.

Bemor odam, ayniqsa, kataral davrdagi bemordir.



Tarqallsh yo'li.

Havo-tomchi yo'li orqali tarqaladi.



Patogenezi.

Qo'zg'atuvchilar yuqori nafas yo'lining shilliq pardalariga tushib, bo'linib ko'payadi. Kataral yallig'lanish jarayoni, tumov avj oladi. Yashirin davri 3—8 kun. O'zidan toksin ishlab chiqaradi va bu toksin markaziy nerv sistemasi, yuqori nafas yo'llari shilliq qavatidagi nerv retseptorlariga ta'sir ko'rsatadi va natijada yo'tal keltirib chiqaradi. Keyinchalik bemor yo'talganda qotib qolish holati kuzatiladi.Yo'tal kundan-kunga kuchayadi. U vaqt-bevaqt tutib qattiq azob beradi. Yo'tal, ayniqsa, kechasi tez-tez tutadi. Yo'tal tutgan vaqtda bemor ko'pincha qusadi va hatto beixtiyor ichi o'tib ketadi va siyib 4o'yadi. Kasallik 6—8 hafta davom etadi. Yo'tal tutishi sekin-asta tamayadi va nihoyat bo'shroq tutib jarayon tugaydi. Ko'kyo'talga pilarrtchi infeksiya—gripp, zotiljam qo'shilganda kasallik, ayniqsa, og’ir o'tadi.



Immuniteti.

Kasallikdan so'ng mustahkam immunitet hosil bo'ladi.



Profilaktikasi.

Umumiy profilaktikasida bemorni vaqtida aniqlash p izolatsiya qilish, kontaktdagi bolalarga immunoglobulin yuborish lozim. Maxsus profilaktikasida bolalarga 1 —2 oyligidan boshlab Akn (ko'kyo'tal+bo'g'ma+qoqshol vaksina) yuboriladi, keyinchalik revaksinatsiya ishlari olib boriladi.



Davosi.

Boshlang'ich davrlarida immunoglobulin qo'llaniianiladi.


Eritromitsin va ampitsillin ishlatiladi.

Mikobakteriya (Mycobacteriaeeae) oilasi a'zolarining barchasi ingichka, tayoqchasimon bo'lib, oziqa muhitlarida sekin o'sadi va shu xossasiga ko'ra zamburug'larga o'xshaydi. Mikobakteriyalar kislota,ishqor, spirtga ancha chidamli, chunki ular tarkibida yog' miq^. ko'p. Mikobakteriya avlodiga patogen va patogen bo'lmagan bakteriyalar kiradi.

Mikobakteriya avlodiga odam uchun patogen bo'lgan sil va moxn (lepra) qo'zg'atuvchilari kiradi: Sil hayvonlar, parrandalar, kemiruvchilar orasida keng tarqalgan. Sil tayoqchasining bir qancha turi tafovm etiladi.


  1. Odamda kasallik chaqiruvchi qo'zg'atuvchi — Mycobacterium tuberculosis.

  2. Yirik shoxli hayvonlarda kasallik chaqiruvchi — Mycobacterium bovis.

  1. Parrandalarda kasallik chaqiruvchi — Mycobacterium avium.

  2. Kemiruvchilarda kasallik chaqiruvchi — Mycobacterium murium.

  1. Sovuqqonlilarda kasallik chaqiruvchi qo'zg'atuvchi. Ularga alohida atipik mikobakteriya guruhi kiradi.

Hozirgi vaqtda atipik mikobaktcriyalar bir necha xossasiga ko'ra to'rt guruhga bo'linadi:4, H, Ш, IV (Rayon klassifikatsiyasi bo'yicha). Ular sil qo'zg'atuvchisigtv} qaraganda oziqa muhitiga talabchan emas. Ular bir-birlaridan oziqa muhitiga nisbatan aioqasi, o'sish tezligi, pigment hosil qilishi, katalaza va peroksidaza faolligiga qarab farqlanadi: I va II guruh a'zolari odamda kasallik keltirib chiqaradi.

Morfologiyasi.

Sil tayoqchasi R. Kox tomonidan 1882-yilda aniqlangan. Ingichka tayoqchasimon 1,5—4x0,3—0,5 mkm kattalikda boiib, tashqi muhit omillarining ta'siriga qarab iming bukilgan, kolbasimon, mayda. tayoqchasimon shakllari ham uchraydi. Harakatsiz, spora va kapsula hosil qilmaydi. Gram musbat, Sil—Nilson usulida qizil ranggabo'yaladi.



Yüklə 0,71 Mb.

Dostları ilə paylaş:
1   ...   4   5   6   7   8   9   10   11   ...   14




Verilənlər bazası müəlliflik hüququ ilə müdafiə olunur ©genderi.org 2024
rəhbərliyinə müraciət

    Ana səhifə