Mavzu: mikrobiologiya fani


Mavzu: Allergiya va anafilaksiya



Yüklə 0,71 Mb.
səhifə5/14
tarix18.05.2018
ölçüsü0,71 Mb.
#44658
1   2   3   4   5   6   7   8   9   ...   14

7.Mavzu: Allergiya va anafilaksiya.

Reja:
1. Darhol va asta-sekin yuzaga chiqadigan alergik reaksiyalar mexanizmi;

2. Anafilaksiyani, zardob kasalligini atopiyani sensebilizatsiyani va desesibilatsiyani


Allergiya (lotincha allos — begona, ergon— ta'sir etish) bu organizmning turli xil begona moddalarga (antigenlarga) nisbatan yuksak sezuvchanligidir.

Yuksak sezuvchanlik holatini yuzaga keltiruvchi moddalarga allergenlar deyiladi. Allergen bo'lib mikroorganizmlar (bakteriyalar, viruvslar, zamburug'lar), mikrob hujayrasi ishlab chiqaradigan moddalar, hayvonga mansub bo'lgan oqsillar (tuxum, sut va boshqalar), o'simlik tabiatli oqsillar (qo'ziqorin, yer tuti va bosh-qalar), davolovchi getereologik zardoblar va boshqalar hisoblanadi.Bu modda larning barchasi to'la qimmatli antigen hisoblanadi. Bundan tashqari gaptenlar ham allergiyani keltirib chiqaradi. Ular orga-nizmdagi oqsillar bilan birikish natijasida allergik moddalarni hosil qiladi. Bundan tashqari allergiyani allergenlar (bo'yoqlar, laklar, sovu11 va boshqalar), maishiy allergenlar (chang, mushuk va it, hayvon ,yostiq parlari va boshqalar), o'simlik allergenlari (o'simliklar gullagandagi changlar), dorivor moddalar (antibiotiklar, aspirinlar) ham keltirib chiqarishi mumkin.Allergiya-organizmning turli xil agentlarga o'ziga xos giper-chanligidir. Ularning asosida antigen va antitelolarning reaksiyasi yotadi. Organimga birinchi safar kirilgan allergenlarning biri antiteloni tashkil qilsa, ikkinchisi T-limfotsitlarni sensibilizatsiyalaydi. U yoki bu holda ham o'zgarishlarni hosil qilgan allergenlar bilan qayta uchrashish organizmning yuqori sezuvchanligini orttiradi. Bu aller¬gen bilan qayta kurashish namoyon bo'lishi mumkin. U allergenga va organizmning immunologik tuzilish xarakteriga bog'liq.

Barcha allergik reaksiyalar ikki guruhga:

tez yuzaga chiqadigan

asta-sekin yuzaga chiqadigan allergik reaksiyalarga bo'linadi. Tez yuzaga chiqadigan allergik reaksiyalarga: anafilaksiya, Artyus — Saxarov fenomeni, zardob kasalligi, atopiya (bronxial astma, pollinoz, krapivnitsa (eshak yemi) va boshqalar kiradi. Asta-sekin yuzaga chiqadigan allergik reaksiyalarga infeksion allergiya, kontakt dermatit, dorivor allergiya kiradi.

Tez yuzaga chiqadigan allergik reaksiyalar

Anafilaksiya (lotincha ana — qarshi, phylaxis — himoya) — bu begona antigenlarni qayta yuborilgandan keyin shok yoki unga yaqin holatni tez namoyon qiladigan yuksak sezuvchanlikdir.Anafilaksiyani yuzaga keltiruvchi moddalarning anafilaktogenlar deyiladi. Ularga begona oqsillar, bakteriya toksinlari, mikrob hujayrasining polisaxaridlari, turli xil dorivor moddalar, ya'ni to'la qimmatli antigenlar va gaptenlar kiradi.

Anafilaksiya mexanizmi. Anafilaktogen (masalan, ot zardobi dengiz cho'chqachasiga yuborilganda) birinchi safar yuborilganda o'ziga xos sensibilizatsiyani yuzaga keltiradi. Antitelolar (loE) hosil bo'ladi, ular 10—12 kundan keyin maksimal titrda to'planadi. Bu antitelolar qonda aylanib yurib qisman hujayra tanasiga singadi. Begona oqsilning sensibilizatsiyani yuzaga keltiruvchi birinchi dozasini sensibilizatsiyalovchi doza deyiladi. Bu uncha katta boimagan dozadir (dengiz cho'chqachasi uchun ot zardobidan 0,01—0,001 ml) Sensibilizatsiya antigenni parenteral (oshqozon-ichak yo'li) yuborilganlganda yuzaga keladi. Lekin u antigen ichak yoki o'pka shilliq qavati orqali o'tayotganda ham yuzaga kelishi mumkin. Yuzaga kelgan allergik nolat uzoq vaqt bir necha oy va hatto yillab saqlanishi mumkin.

Ana shu anafilaktogenni qayta yuborilganda tez yuzaga chiqadigan allergik reaksiya turi — anafilaktik shokni yuzaga keltiradi, uning ta’sirida hayvon nobud bo'ladi. Anafilaktik shokning kelib chiqish shartlari quyidagilardan iborat:

1..Qayta yuboriladigan doza sensibilizatsiyalovchi dozadan 100 marta ortiq bo'lishi lozim.

2.Bu doza to'g'ridan-to'g'ri qonga yuborilishi lozim.

Anafilaksiya patogenezida organizmga begona oqsil yoki bosh anafilaktogen kirganda unga javoban hosil bo'lgan antitelo asosiy roi o'ynaydi. Bu antitelolar qisman hujayra — nishon deb nomlarma! hujayralarda adsorbsiyalanadi. Allergenning hal qiluvchi dozasini qayta yuborilganda, u shu hujayra yuzasidagi antitelolar bilan reaksiyaga kirishadi, hujayra membranasining yaxlitligi buziladi. Bu hujayradan ko'plab gistamin moddasining ajralishiga va anafilaktik shokni yuzaga kelishiga olib keladi. Qonda aylanib yurgan antitelo va antigenlarnim bog'lanishi pretsipitatlarning hosil boiishiga sabab bo'ladi, shuningdek, mediatorlar faolligini yuzaga keltiradi.

Sensibilizatsiyalangan hayvon zardobini shu turga oid sog'lom hayvonga yuborilsa, 1—2 kun o'tgandan keyin (bu vaqt yuborilgan antiteloni ishonch — hujayrasiga fiksatsiyalanishi uchun kerak) u ham sensibilizatsiyalanadi. Anafilaktogenning hal qiluvchi dozasi hayvonlarda, shokni yuzaga keltiradi. Bu passiv anafilaksiya deyiladi. Anafilaktik shokning klinik belgisi turli xil hayvonlarda turlicha kechadi. Dengiz cho'chqachalarida anafilaktogenning ikkinchi dozasini vena ichiga yuborilganda reaksiya darhol yuzaga chiqadi, hayvon betoqat bo'lib, oyog'i bilan burnini qashlaydi, aksiradi, hansirash, so'ng titroq yuzaga keladi, rxtiyorsiz siydik va najasi ajraladi va hayvon nobud bo'ladi. Ular yorib ko'rilganda bronxlar spazmi (qisilishi), o'pkalar shishgani, ovqat hazm qilish a'zolarida qizarish va qon quyilishi kuzatiladi. Itlarda anafilaktik shok tomirlarning qisilishi va jigarda qonning turib qolishi bilan kuzatiladi.

Quyonlar anafilaksiyasida ular nafas olishning tuxtashi va qon bosimining tushib ketishidan nobud bo'ladilar. Bu holat kichik qon aylanish doirasi arteriyasining spazmi natijasida yuzaga keladi.

Odamda anafilaktik shok zardobli preparatlarni yuborish qoidalarini buzilishi yoki penitsilin va boshqa dori moddalari yuborish natijasida yuzaga keladi. Reaksiya ko'z mushaklarining spazmasi, yurak tomir sistemasining buzilishi bilan namoyon bo'ladi. Tana harorati 1—2°C ga pasayadi, hansirash kuzatiladi, tomir qurishi tezlashadi, arterial bosim pasayadi, qaltirash, bo'g'imlarda og'riq va boshqa belgilar yuzaga keladi. Ayrim hollarda anafilaktik shok oiim bilan tugaydi.

Anafilaktik shokning oldini olish uchun desensibilizatsiyani, ya’ni yuqori sezuvchanlikni yo'qotish kerak. Shu maqsadda barcha ana' filaktogen moddalarni yuborishdan avval, shokni yuzaga кеltirmaydigan va yuborilgan anafilaktogen antiteloni bog'lab oladigan dozasi yuboriladi. Masalan, odamga kerak bo'lgan begona ot zardobidan

Bo’g'ma, qoqsholga qarshi) avval 0,5—1,0 ml, 2 soatdan keyin qolgan dozani yuboriladi. Bu zardobni Bezredko usulida yuborish deyiladi. Zardobli preparatlar hamma vaqt bolib-bo'lib yuboriladiAvval yuboriladigan preparatga odamning sezuvchanligi aniqlanadi. Shu maqsadda birlikning ichki tomoniga yuborilishi kerak bo'lgan, 100 suyultirilgan zardobdan teri ichiga 0,1 ml yuboriladi. Agar reaksiya manfiy (biroz qizarish va 1 sm.dan kamroq kenglikda shishish hosil bo'lsa), 20—30 daqiqadan so'ng 0,1—0,5 ml suyultirilmagan zardob¬dan teri ichiga yuboriladi. 30—60 daqiqadan so'ng reaksiya manfiy bo'lsa qolgan doza ham yuboriladi.

Zardob kasalligi odamga begona zardob (masalan, ot zardobini) yuborilganida yuzaga keladi. U preparat yuborilgan zahoti yuzaga kelib va anafilaktik shok turiga ko'ra og'ir o'tishi mumkin. Organizmga zardob yuborilganda shu zardobga nisbatan antitelo hosil bo'ladi, shu zardobni qaytadan yuborilganda zardob kasalligi yuzaga keladi. Lekin zardob kasalligi zardobni birinchi marotaba ko'p miqdorda yuborilgan hollarda ham yuzaga kelishi mumkin. Bunday hollarda u zardob yuborilganidan 8—12 kundan so'ng namoyon bo'ladi, chunki bu davr mobaynida organizmda zardobga nisbatan antitelo sintezlanadi. Toshma toshadi (eshak yemi), badan qichishadi, bo'g'imlarda og'riq paydo bo'ladi, limfa tugunlari kattalashadi, haroratning ko'tarilishi kuzatiladi, asta-sekin bu belgilar yo'qoladi.

Immunoglobulinlar qo'llanilishi zardob kasalligining oldini oladi. Atopik reaksiyalar (atopiya) (lotincha atopos — ajablanarlik, g'alati) — allergenlar sezuvchanlik yuqori bo'lgan odamlarda orga¬nizmga allergenlar kirganda ularga nisbatan javobning hosil bo'lishidir. Yuqori sezuvchanlikka moyillik nasldan-naslga o'tadi.

Bu reaksiyaning mexanizmi organizmning shu allergen bilan birinchi uchrashuvida hosil bo'lgani kabi, allergen va antitelo orasidagi ta'sirdek boradi. Bunda anafilaksiyadagidek gistamin va unga o'xshash moddalar ajraladi, ular silliq mushaklarni qisqartiradi, tomirlarning o'tkazuvchanligini oshiradi va boshqalar.

A'zo va to'qima hujayralariga antitelolar yopishishiga qarab, turli xil holatlar yuzaga keladi: nafas yoiini shikastlanishi — allergik tumov vabronxial astma, ko'z shilliq qavatining shikastlanishini — konyun-ktivit, terini shikastlanishi — eshakem (krapivnitsa) toshishi va bosh¬qalar. Bundan tashqari, atopiya organizm ayrim moddalarni — oziq-ovqatlar, dorivor va o'simlik moddalarini ko'tara olmasligi natijasida nam yuzaga keladi. Atopiyaning anafilaksiyadan farqi shundaki, u desensibilizatsiyaga berilmaydi va faqat odamlarda kuzatiladi.

Bronxial astma. Kasallik bo'g'ilish xuruji va og'ir spazmatik yo'tal n o'tadi. U bronx mushaklarini qisqarishi va bronx shilliq qavatiningshishishi natijasida kelib chiqadi. Asosan, astmani kelib chiqishjg turli xil allergenlar — chang, o'simliklar, hayvon juni, dori moddalari va boshqalar sabab bo'ladi.

PoIIinoz (pichan isitmasi—sennaya lixoradka). Odatda, bahor, yoz oylarida o'simliklarni gullash davrida kuzatiladi. O'simlik changj yoki zamburug' sporalari shilliq qavatlarga kirishi natijasida konyunktiv tumov, bosh og'rig'i, ayrim hollarda nafas siqishi kuzatiladi. Kasallikning rivojlanishi organizmning oldingi sensibilizatsiyasiga bog'liq. Qonda antitelo bilan o'simlik changlarini aniqlash mumkin.

Krapivnitsa (eshakem) toshmalar „obi non" singari yirik qizarish va qichishish bilan namoyon bo'ladi. Oziq-ovqatlar (yer tuti, qo'zi-qorin, tuxum va boshqalar) yoki kimyoviy moddalar, masalan fenolfatalein bilan ishlaganda kuzatiladi. Asta-sekin yuzaga chiqadigan allergik reaksiyalar — allergiyaning bir ko'rinishi bo'lib, organizmning sensibilizatsiyasi, T-limfatsitlarning (sensibilizatsiyalangan T-limfatsitlap) faolligi va to'planishiga bog'liq. Tez yuzaga chiqadigan allergiya- ning asta-sekin chiqadigan allergiyadan farqi quyidagilardan iborat: birinchidan, qonda aylanib yurgan antitelolar bilan bog'lanmagan va sensibilizatsiyalangan hayvon zardobini boshqa hayvonga asta-sekin yuzaga chiqadigan allergiyani asta-sekin uzatilishi sodir boimaydi. Ikkinchidan, u tez yuzaga chiqmasdan allergen bilan kontaktda bo'lishi natijasida 24—28 soatdan keyin yuzaga chiqadi.

Asta-sekin yuzaga chiqadigan allergik reaksiyaning mexanizimi. Allergenning T-limfatsit bilan (shu allergenga mos retseptorning bo'lishi) uchrashuvi T-hujayraning faolligini oshiradi va uni ko'payishiga olib keladi. Natijada organizmda shu allergenga sensibili¬zatsiyalangan T-limfatsitlar to'planadi. Shu allergen bilan qayta uchrashganda T-limfatsitlar yana faollashadi va antigenni olib yuruvchi nishon hujayralarni parchalash jarayoniga makrofaglarni jalb qiladi-Bunda T-limfatsitlar nobud bo'ladi. Atrofdagi hujayralarga zaharli moddalar ajraladi. Allergiyaning klinik belgilari namoyon bo'ladi.

Infeksion allergiya — bu mikroorganizmlarga yoki ular ishlafr chiqaradigan mahsulotlarga organizmning yuksak sezuvchanlik holatidir.Ko'pgina yuqumli kasalliklarda yuzaga keladi va ularning patogenezida katta rol o'ynaydi va bemor sog'aygandan keyin ham ancha vaqtgacha saqlanadi. Infeksion allergiya, brutsellyoz, zaxm va boshqa kasalliklarda kuzatiladi.

Infeksion allergiyada reaksiyaning spetsifikligi ko’pgna yuqumli kasalliklar diagnostikasida (sil, brutsellyoz, tulyaremiya va boshqalar) qo’llaniladi. Teri ichiga yoki teri ustiga oz miqdorda allergen, filtrat yoki lizat kultura, qizdirish yoki kimyoviy moddalar ta'sirida o'ldirilgan bakteriya ilinmasi yuboriladi.

Organizm yuqori sezuvchanligida allergen yuborilgan y erda reaksiya sodir bo'ladi: qizarish, shishish, og'riq. Ayrim hollarda umumiy reaksiya foam sodir bo'lishi mumkin: darmonsizlik, kam quvvatlik, umumiy jarayonni zo'rayishi (masalan, silda tuberkulin yuborilganda)

kuzatiladi.

Kontakt dermatit — teri allergik kasalligidir. U turli xil kimyoviy moddalar bilan uzoq vaqt davomida ishlash natijasida sodir bo'ladi. Bunda sovun, yelim, bo'yoqlar, rezina, dorilar, kosmetika va boshqa oddiy zararsiz moddalar allergen bo'lib hisoblanadi. Ular gaptenlar bo'lib hisoblanadi, lekin ular organizmdagi oqsillar bilan birikib antigen (allergen) bo'lib qoladilar. Kasallikning kechishi turlichadir, teri qizarishidan boshlab, nekrozgacha kuzatiladi. Kontakt dermatitga ekzema (ekzematoz dermatit) kiradi.

Ayrim odamlarda turli xil oziq-ovqat mahsulotlari (tuxum, suzma, yer tuti va boshqalar)ga, dorilar (atsetil-salitsil kislotasi, amidopirin vaboshqalar)ga allergiya kuzatiladi. Ular gaptenlar bo'lib, bu moddalar organizmdagi oqsillar bilan birikib antigen bo'lib qoladi va allergiyani yuzaga keltiradi.

Faqat allergen bilan qayta to'qnash kelishning oldini olish bilan ko'pgina allergik reaksiyalarni bartarf etish mumkin. Lekin yuqori sezuvchanlik holatini yuzaga keltiruvchi antigenni aniqlash murakkab kechadi. Buning uchun tavsiya etilgan allergen bilan teri ichi sinamasi qo'yiladi.

Keyingi yillarda ko'pgina infeksion (infeksion allergiyani yuzaga keltiruvchi turli xil mikroorganizmlardan), noinfeksion (turli xil changlar, oziq-ovqat mahsulotlari, kimyoviy moddalar va boshqalar) allergenlar kuzatilmoqda. Shuni esda tutish kerakki, organizmga allergenni oz miqdorini yuborilganida ham qo'shimcha allergizatsiyani chaqiradi. Shuning uchun so'nggi vaqtda laboratoriyada allergik usul keng qo'llanilmoqda.
Nazorat uchun savollar:
1.Allergik reaksiyalarning qanday turlarini bilasiz? 2.Anafilaksiya qachon yuzaga keladi va namoyon bo'ladi? 3.Organizmga zardobli preparatlarni yuborganda anafilaksiya yuzaga chiqmasligi uchun qanday ishlarni olib borish lozim.

4.Allergiya so’zining ma’nosi nima?

5.Sensibizasiyalovchi doza nima?

6.Anafilaktik shok qachon yuzaga keladi?

7.Atopik reaksiyalar qachon paydo bo’ladi?
Tayanch so’z va iboralar:

1.Allergiya-organizmning turli xil begona moddalarga nisbatan yuqorin sezuvchanligi;

2. Anafilaksiya-begona antigenlarni qayta yuborilgandan keyin shok yoki unga yaqin holatni tez namoyon qiladigan yuksak sezuvchanlikdir. yuzaga keltiruvchi 3.Anafilaktik shok- anafilaktogenni qayta yuborilganda tez yuzaga chiqadigan allergik reaksiya turi;

4. Atopik reaksiyalar-sezuvchanlik yuqori bo'lgan odam orga¬nizmga allergenlar kirganda ularga nisbatan javobning hosil bo'lishidir.;

5.Pollinoz-pichan isitmasi;

6.Kontakt dermatit — terining allergik kasalligi.


Foydalaniladigan adabiyotlar:

1.A.B.G’anixo’jayeva “Mikrobiologiya” 2.E.Eshboyev “Mikrobiologiyadan amaliy mashg’ulotlar”



8.MAVZU : PATOGEN KOKKLAR PATHOGEN KOKKLARNING HOSSALARI KELTIRIB CHIQARADIGAN KASALIKLAR

Reja:

1.Potogen kokklarning asosiy xossasini;

2. Potogen kokklarning keltirib chiqardigan kasalliklarini;

3. Kasaliklarni oldini olish va davosini.


4.Immuniteti va umumiy maxsus profilaktikasini

Kokklar — bu mikroorganizmlarning keng guruhi bo'lib, ularga : patogen, shartli—patogen patogen boimagan turlari kiradi. Mikrobiologiya bo'limida patogen va shartli—patogen kokklar ko'rib o'tiladi.

Berg tasnifiga ko'ra patogen kokklar uch oilaga kiritiladi:

1. Micrococcaceae — Staphylococcus (stafilokokklar) avlodi.

2. Streptococcaceae — Streptococcus avlodi (streptokokklar va pnevmokokklar).

3. Neisseriaceae — Neisseria

avlodi (meningokokklar va gonokokklar).

Patogen kokklar yiringli jarayonlarni keltirib chiqaradi, shu xossasiga ko'ra ular bir-birlariga o'xshaydi, shuning uchun ularni yiring chaqiruvchi kokklar deb ataladi. Kokklarda organotroplik darajasi bir xil bolmay bu pnevmokokk, meningokokk va gonokokkiarda ko'proq namoyon bo'ladi. Barcha patogen kokklar harakatsiz bo'lib, spora hosil qilmaydi, pnevmokokk kapsula hosil qiladi.

Bo'yalishiga ko'ra ular Gram musbat (stafilokokk, streptokokk) va Gramm manfiy (meningokokk, gonokokk) bo'ladi. Yirinq chaqiruvchi kokklar bir-biridan oziqa muhitlarga talabchanligiga ко'ra,biokimyoviy faolligiga ko'ra farqlanadi. Stafilokokk esa oziq muhitga talabchan emas, biokimyoviy xossasiga ko'ra faoldir.Stafilokokklarni birinchi bo'lib 1880-yilda L. Paster aniqlagan. A. Ogston (1882) va F. Rozenbax (1884) ularni chuqur o'rganishgan.

Stafilokokklar (yunoncha so'z staphyle — uzum shingili) sharsimon, diametri 0,5—1,5 mkm, surtmada uzum shingiliga o’xshab joylashadi. Lekin yiringda alohida yokij juft-juft bo'lib joylashadi. Ular harakatsiz, spora hosil qilmaydi, maxsus usullarda undirilganda mikrokapsula hosil qiladi, Gram musbat. Kultural xossasi: Stafilokokklar fakultativ anaerob, lekin kislorodli sharoitda yaxshiroq o'sadi. Oddiy oziqa muhitida yaxshi o'sadi va bo'linib ko'payadi, qonli muhitda ham yaxshi o'sadi, optimal harorati 37°C, pHi 7,4

Tuxum sarig'i qo'shilgan tuzli agar va tuzli sutli agar elektiv muhit bo'lib hisoblanadi. GPA da stafilokokklar 2—4 mm kenglikdagi chetlari tekis, bo'rtib chiqqan, yumaloq, xira,yaltiroq koloniya hosil qilib o'sadi. Ular o'stirilganda oq, sariq, tillarang pigment hosil qiladi,sutli muhitda, uy haroratida va yorug'lik tarqoq yerda yaxshiroq pigment hosil qiladi. Stafilokokkning pigmenti suvda eriydi, atseton, efirda, spirt va boshqalarda yaxshi eriydi. Qonli muhitda koloniya atrofida gemoliz zonasini hosil qiladi. Suyuq muhitda bir xilda loyqalanib va probirka tubida cho'kma hosil qilib o'sadi.

Fermentativ xossasi. Stafilokokklar saxarolitik va proteolitik fermentlar ishlab chiqaradi. Saxarolitik fermentlar laktoza, glukoza, saxaroza, maltoza, glitserin va boshqalarni kislotagacha parchalaydi.

Stafilokokkning proteolitik xossasi kazeinni eritish xossasida, jelatinani sekinlik bilan suyultirishda va boshqa oqsillarni parchalanishida namoyon bo'ladi. Stafilokokklar quyidagi patogen fermentlar ishlab chiqaradi:

1) koagulaza (qon plazmasini ivitadi);

2) gialuronidaza (tarqalish faktori);

3) letsitinaza (hujayra qobig'idagi litsitinni eritadi);

4) DNK aza (DNKni depolimerizatsiyalaydi);

5) fosfataza va b.

Plazmakoagulaza fermentini aniqlash tillarang, stafilokokkni boshqa turdagi stafilokokklardan farqlashda qoilaniladi. Ko'pgina stafilokokklar penitsillinni parchalaydi.

Toksin hosil qilish. Stafilokokklar ekzotoksin ishlab chiqaradi, ularda to'rt xil gemolozin kiradi. Shulardan a toksini ko'proq ahamiyatga ega. U quydagi xususiyatlarga ega: gemolitik eritrotsitlarni gemolizga uchratadi, dermonekroz teri ichiga yuborilganda nekrozni keltirib chiqaradi, letal — hayvon venasiga yuborilganda uning o'limiga sabab bo'ladi.

Stafilokokklar gemolizindan tashqari leykotsitlarni parcha esa yashillanuvchi gemoliz zona hosil qiladi. Ayrim streptokokklar gemoliz zona hosil qilmasligi ham mumkin. Shakarli sho'rvada streptokokklar probirka tubida, devoriga yopishgan donador cho'kma hosil qilib o'sadi, muhit tiniq qoladi.

Fermentativ xossasi. Streptokokklar saxarolitik xossaga ega, glukoza, laktoza, mannit (hamma vaqt emas) va maltozani kislotagacha parchalaydi. Proteolitik xossasi ularda kam ifodalangan. Ular sutni ivitadi, jelatinani suyultirmaydi.

Toksigenlik xossasi, Streptokokklar qator ekzotoksinlarni hosil qiladi streptolizinlar — eritrotsitlarni parchalaydigan toksin ;

leykotsidin — leykotsitni parchalovchi bu toksinni yuqori viruientli shtammlar hosil qiladi;

eritrogen (skarlatina) toksini — skarlatinaga tegishli kasallik

intoksikatsiya, qontomirlarining reaksiyalarini namoyon qiladi. Eritrogen toksinning sintezi fag tomonidan determinlanadi;

sitotoksinlar-glomerulonefritni chaqiish xossasiga ega.

Antigenligi .Streptokokklarda turli xil antigenlar aniqlangan. Hujayra sitoplazmasida barcha streptokokklarga umumiy bo'lgan turga oid nukleoproteid tabiatli antigen mavjud. Hujayra devorning yuzasida oqsil tabiatli tur, antigeni devorida esa polisaxarid guruh antigeni aniqlangan.

Polisaxarid guruh spetsifik antigeni tarkibiga ko'ra barcha streptokokklar A, B, C, D, va S guruhlarga bo'linadi. Guruhdan tashqari streptokokklar serologik tiplarga bo'linadi, ular arab raqami bilan belgilanadi.A guruhi 70 ta tipni saqlaydi. Bu guruhga odamda turli xil kasalliklarni keltirib chiqaruvchi streptokokklar kiradi. В guruhi odam uchun shartli patogen bo'lgan streptokokklarni saqlaydi, С guruhi odam va hay von uchun patogen hisoblangan streptokokklarni saqlaydi. D guruhiga odam uchun patogen hisoblanmagan streptokokklar, enterokokklar kiradi, ular odam va hay von ichagida hayot kechiradi. Ular boshqa a'zolarga tushsa yalig'lanish jarayonini keltirib chiqaradi, masalan, xolesestit, piolit va boshqalar. Shunday qilib, ularni shartli patogenlar. qatoriga kiritishimiz mumkin. Ajratib olingan kulturani qaysi guruhga mansubligini guruh zardobi bilan quyiladigan presipitatsiya yordamida aniqlanadi. Serologik tipini aniqlash uchun esa tipospetsifik zardoblar bilan aggllyutinatsiya reaksiyasi qo'yiladi.Streptokokklar tashqi muhitga ancha chidamli. 60°C haroratda 30 daqiqadan so'ng nobud bo'ladi.

Qurigan balg'am va yiringda oylab saqlanadi. Dezinfeksiyalovchi moddaning odatdagi konsentratsiyasi ularni 15—20 daqiqadan so'ng lobud qiladi. Enterokokklar dezinfeksiyalovchi moddaga ancha chidamli bo'ladi 50—60 daqiqadan so'ng nobud bo'ladi.

Hayvonlar sezuvchanligi. Patogen streptokokklarga yirik va mayda p°xli hayvonlar, ot, itlar, qushlar sezgir bo'ladi. Laboratoriya hayvonlaridan esa quyonlar va oq sichqonlar sezgir bo'ladi. Odam uchun patogen streptokokklarning hammasi ham tajriba hayvoni uchun patogen bo'lmaydi.

Infeksiya manbayi. Odamlar (bemor va bakteriya tashuvchi) 1 kam hollarda hayvonlar yoki streptokokk bilan ifloslangan ozia ovqat mahsulotlari infeksiya manbayi bo'lib hisoblanadi.

Tarqalish yo'li. Havo tomchi va havo changi, ayrim hollarda oziq-ovqat mahsulotlari, maishiy yo'l orqali ham tarqaladi.

Kasallik ekzogen natijasida, shuningdek, endogen-burun halqum qin shilliq qavatida hayot kechiruvchi shartli patogen sreptokokklrniq faollashishi natijasida yuzaga kelishi mumkin. Organizmning qarshi kurash kuchining pasayishi (och qolish, sovqotish, toliqish va boshqalar) autoinfeksiyaning hosil boiishiga olib kelishi mumkin.

Streptokokk infeksiyalarining patogenezida taxminiy sensibilizajtsiya, ya'ni oldindan kasallanib o'tgan streptokokk katta ahamiyatga ega. Streptokokkning qon yo'liga tushish septik jarayonning og'ir o'tishiga sabab bo'ladi. В gemolitik streptokokkning A serologik guruhi odamlarda ko'pincha kasallik keltirib chiqaradi. Ular o'zidan patogen fermentlarni, gialuronidaza, fibrinolizin (streptokinaza), dezoksiribo-nukleaza va boshqalarni ajratadi. Bundan tashqari, streptokokklarda antifagotsitar xususiyatiga ega kapsula, M proteini aniqlanadi.

Streptokokklar odamlarda turli xil o'tkir va surunkali o'tadi-j gan, yiring hosil qilmaydigan, klinik belgilar va partogenezi bo'yicha farqlanadigan infeksiyalarni keltirib chiqaradi. Yiring hosil qiladigan infeksiyalardan — flegmona, abssesslar, jarohat infeksiyalari, strep-todermiya, sepsis angina va boshqalar, yiring hosil qilmaydigan yuqori nafas yo'lining O'tkir infeksiyasi, skarlatina, revmatizm, saramas vl boshqa kasalliklarni keltirib chiqaradi.

Streptokokklar ko'pincha ikkilamchi infeksiyalarni gripp, qizamiq, ko'kyo'tal va boshqa kasalliklarni keltirib chiqaradi va jarohatni I bitishini qiyinlashtiradi.

Antitoksik va antibakterial xarakterga ega immunit hosil bo'ladi. Bir qancha hollarda esa organizmni oldindan kasallanishgs I moyil qilib qo'yadi, shuning uchun streptokokkli anginalar, saramas va boshqa jarayonlar ko'p raarta takrorlanishi mumkin.

Profilaktikasi. Maxsus profilaktikasi ishlab chiqilmagan. Umumiy profilaktikasida sanitariya-gigiyena tadbirlarini olib borish, organize1 ning umumiy chidamliligini mustahkamlashdan iborat.

Davosi. Antibiotiklardan foydalaniladi. Ko'pincha penitsillin qo'llaniladi, chunki streptokokklar unga chidamsiz. Shuningdek eritromitsin va tetratsiklinlardan ham foydalaniladi.

PNEVMOKOKKLAR (STREPTOCOCCUS

PNEVMONIAE pnevmokokklarni birinchi bo'lib R. Kox (1871) aniqlagan.

Morfologiyasi. Pnevmokokklar — tomonlari bir-biriga qaraganda diplokokklardir, qarama-qarshi tomonlari cho'zilgan va sham alan-gasini eslatadi. 0,75—0,5 x 0,5—1 mkm kattalikda, juft-juft bo'lib joylashgan. Suyuq ozuqa muhitidan tayyorlangan surtma preparatda ular streptokokklarga o'xshash qisqa zanjirsimon bo'lib joylashgan. Ular harakatsiz, spora hosil qilmaydi, organizmda ikkala kokkni o'rab turuvchi kapsula hosil qiladi. Kapsulasida haroratga chidamli antifagin moddasini (pnevmokokklarni fagotsitozdan va antitelo ta'siridan himoya qilib turadigan) saqlaydi. Sun'iy ozuqa muhitida o'sgan pnevmokokklar o'z kapsulasini yo'qotadi. Pnevmokokklar Gram musbat bo'lib bo'yaladi. Eski kulturasida Gram manfiy bo'lib bo'yalgan pnevmokokklar ham aniqlanadi.

Kulturali xossasi. Pnevmokokklar fakultativ anaerobdir. 36°C haroratda va pH 7,2—7,4 bo'lgan muhitda o'sadi. Oziqa muhitiga talabchan; qon yoki zardob qo'shilgan oziqa muhitida yaxshi o'sadi, chunki ular ko'pgina aminokislotalarni sintezlamaydi. Zardobli agarda shudring tomchisiga o'xshash mayda, nozik, tiniq koloniyalarni hosil qilib o'sadi. Qonli agarda namli yashil-kulrang koloniya atrofida yashillnuvchi gemoliz zonasini hosil qilib o'sadi. Bu gemoglobinning gemoglobinga aylanganligidan dalolat beradi. Pnevmokokklar zardobli va 0,2 % glukozali sho'rvada yaxshi o'sadi. Suyuq oziqa muhitida bir tekisda loyqalanadi va probirka tubida cho'kma hosil qilib o'sadi.

Fermentativ xossasi. Pnevmokokklar yaxshi namoyon bo'ladi saxarolitik xossasiga ega. Pnevmokokklar tashqi muhitga kam chidamli bo'lib, hatto sun'iy oziqa muhitida ham 5—6 kundan so'ng o'ladi. Shuning uchun oziqa muhitini har 2—3 kunda tez-tez almashtirishga to'g'ri keladi. 60°C li harorat ta'sirida 3—5 daqiqadan so'ng nobud bo'ladi. Past harorat va qurishga ancha chidamli; qurigan balg'amda

2oygacha saqlanib qolishi mumkin. Dezinfeksiyalovchi moddalardan

3% li fenol, 1:1000 nisbatli sulema erimasi ularni bir necha daqiqadan so'ng nobud qiladi.

Hayvon uchun patogenligi. Pnevmokokklarni tabiiy xo'jayini odam hisoblanadi. Lekin pnevmokokklar buzoqlarda, qo'zichoq-larda, cho'chqalarda, it va maymunlarda ham kasallik keltirib chiqarislii mumkin. Laboratoriya hayvonlaridan oq sichqonlar pnevmokokka juda sezgir. Ularga tekshirish materiali parenteral yo'l orqali yuborilganda. sepsis paydo bo'ladi va ular hayvonlarni 24—48 soatdan keyin o'ldiradi-

O'lgan sichqonlar yorib ko'rilganda, infeksiya qilingan yerda fibrinoz eksudat topiladi, taloq va jigarning kattalashganligi va qonga to'lishganligi (giperemiya) aniqlanadi. Qon va a'zolar mikroskopda tekshirilganda kapsulalarda pnevmokokklar topiladi.

Infeksiya manbayi. Kasal odam va bakteriya tashuvchilar hisob¬lanadi.

Tarqalish yo'li. Havo-tomchi, havo-chang yo'li orqali tarqaladj;

Kirish darvozasi. Ko'z, quloq, nafas yo'li shilliq Ko'pincha krupoz zotiljam uchrab turadi, o'pkaning bitta, kam hollarda ikki yoki uch bo'lagini jarohatlaydi. Kasallik o'tkir boshlanadi, aiqori harorat va yo'tal bilan o'tadi. Kasallik o'lim bilan tugashi mumkin.

Immnnitet. Kasallikdan so'ng kuchsiz immunitet hosil bo'ladi Lyana qaytalashi mumkin.

Profdaktikasi. Maxsus profilaktikasi yo'q. Umumiy prifilaktika-sida shaxsiy va umumiy gigiyena qoidalariga rioya qilish, bemorlarni vaqtida aniqlash, tashxis qo'yish va davolash, aholi orasida sanitariya maorifi ishlarini olib borish muhim o'rin tutadi.

Davosi. Bemorlar sulfanilamid (narsulfazol va boshqalar), penitsillin, biomitsin va boshqa atibiotiklar bilan davolanadi.

MENINGOKOKKLAR

NEISSERIA avlodiga odam uchun patogen bo'lgan ikkita tur mik-

hi kiradi: N. meningitidis va N. gonorrhoeae, Neisseria meningitidis

Lelbaum tomonidan bemoming orqa miya suyuqligidan ajratib olinadi.

jylorfoligiyasi. Botiq tomonlari bir-biriga qaraganda loviyasimon, fuft-juft joylashgan diplokokklar, kattaligi 0,6—0,8x1,2—1,5 mkm. Ular harakatsiz bo'lib, spora hosil qilmaydi, kapsula hosil qiladi. г ram manfiy bo'yaladi. Sofkulturada to'rttadan va alohida kokksimon bo'libjoylashadi, orqa miya suyuqligidan tayyorlangan surtma preparatda uft-juft bo'libjoylashadi. Yiringda esa leykotsitlar ichidajoylashadi.

Kultural xossasi. Meningokokklar — aerobdir. Oziqa muhitida talabchan, qon, zardob qo'shilgan ozuqa muhitida 36—37°C haroratda vaxshi o'sadi, 25°C da o'sishi to'xtaydi. pH 7,4—7,6 bo'lgan muhitda iilarning o'sishi uchun nam va katta miqdorda karbonat angedrid (o'sishni kuchaytiradigan omil) kerak bo'ladi. Yangi tayyorlangan oziqa muhitiga ekishni talab qiladi.

Zich oziqa muhitida meningokokklar katta bo'lmagan 2—3 mm diametrli, nozik yarim tiniq, cho'ziluvchan, salgina ko'kimtir koloniya hosil qilib o'sadi. Suyuq oziqa muhitida biroz loyqalanish va cho'kma hosil qiladi. Yangi ajratib olingan kulturalar S shaklida, eski kulturalar esa R shaklida bo'ladi.

Fermentativ xossasi. Meningokokklar fermentativ xosasiga ko'ra kam faoldir. Ular glukoza va maltozani kislotagacha parchalaydi. Proteolitik xossasi ularda namoyon bo'lmaydi (sutni ivitmaydi, jelatinani suyultirmaydi).

Meningokokklarning patogenligi ularning kapsulasi borligidadir. Kapsula ularni fagotsitozdan himoya qilib turadi, tukcha (pili)lar ftiikrobning hujayra epiteliysiga yopishishiga yordam beradi va gialuro-nidaza, neyraminidaza fermentlari hosil bo'lishida ishtirok etadi.

Toksigenligi. Bakteriya hujayrasi parchalanganda yuqori haroratga chidamli va kuchli endotoksin ajraladi. U hujayra devorining yog’ oqsil, uglevodi hisoblanadi. Bu toksinni kasallik vaqtida bemorning qoni va orqa miya suyuqligida aniqlash mumkin. Kasallikning og'ir kechishi to'planib qolgan toksinning miqdoriga bog'liq.

Antigenligi. Polisaxarid (kapsula) antigeniga ko'ra meningokokklar C, D, X, U, I — 135, 29E seroguruhlariga bo'linadi.

Oldingi tasnifga ko'ra А, В va С guruhlari asosiy guruhlar

'soblanadi. Aguruh meningokokklari umumlashganjarayonni yuzaga

e'tiradi va epidemiyaning kelib chiqishida katta ahamiyatga ega. В va

guruh meningokokklari esa sporadik kasalliklarni tashqi muhit omillariga choidamliligi. Meningokokklar tashqi muhitga kam chidamlidir. Haroratning ko'tarilishi ularga halokatli ta'3 ko'rsatadi. 70°C harorat ta'sirida 2—3 daqiqa, 55°C harorat ta'sirida 5 daqiqadan so'ng nobud bo'ladi. Meningokokklar qurishga ,tik quyosh nurlarining ta'sirida tez halok bo'ladi, Shunday qilib, meningokokklar tashqi muhid uzoq saqlanmaydi. Shu sababli kasallikning tarqalishida tash muhitdagi buyumlar rol o'ynamaydi. Meningokokklar dezinfeksiyalovchi moddalarga ham unchalik chidamli emas: 1 % karboi kislota eritmasi meningokokkni deyarli darhol o'ldiradi.

Patogenligi. Tabiiy sharoitda meningokokka hayvonlar sezgjl emas. Lekin meningokokklar maymunlarga yuborilganda meningit vnjudga keladi. Dengiz cho'chqachalari va oq sichqonlarning qorin bo'shlig'iga tekshirish materiali yuborilsa, ular endotoksin ta'sirida intoksikatsiyadan halok bo'ladi.

Infeksiya manbayi. Kasal odam va bakteriya tashuvchilar infeksiya manbayi hisoblanadi.

Tarqalish yo'Ii. Havo-tomchi yo'li orqali tarqaladi. Keltirib chiqaradigan kasalliklari:

1.Nazofaringit (burun va yutqun shilliq qavatining yallig'lanishi).

2.Meningokokksemiya.

3.Epidemik serobrospinal meningit.

Patogenezi va klinikasi. Infeksiya tekkan shilimshiqning mayda tomchilari nafas olganda burun-halqum shilliq pardasiga meningo¬kokkni olib kiradi. Meningokokk dastawal shilliq pardada joylashadi, bo'linib ko'payadi va odamni mikrob tashuvchi bo'lib qolishi yoki o'tkir nazofaringit kasalligini keltirib chiqaradi. Ular limfa yo'liga o'tib qonga so'riladi va butun organizmga tarqaladi; turli a'zoiarda, ko'pincha bosh miya bilan orqa miyaning yumshoq pardalarida joylashib, unda yiringli yallig'lanish jarayonini, ya'ni meningokok-ksemiyani vujudga keltiriladi.

Meningokokklar bosh va orqa miya qobiqlariga o'tib yiringli yallig'lanish, meningitni yuzaga keltiradi. Meningitning yashirin davn 2—4 kunni tashkil etadi. Kasallik to'satdan boshlanib, harorat juda yuqori darajaga ko'tariladi, bemorning boshi qattiq og'riydi, qusadi-Tez orada ensa muskullarining tortishishi natijasida gardon qotadi, betfior hushidan ketadi, ko'z qorachiqlari kengayadi, talvasa tutishi manikin-Meningitda quloq, ko'z, burun, bo'g'iz, shuningdek, yurak klapanlarining zararianishi kabi og'ir kasalliklar kuzatiladi. Meningokokk meningitda orqa miya suyuqligi xira bo'ladi va shu xossasi bilan ko'pincha bolalar kasallanadi. Agar vaqtida davolanmasa, kasallik o’lim bilan tugashi mumkin.

Ayrim hollarda meningokokklar sepsisiga o'xshagan kasallikni yuzaga keltiradi.

Immuniteti. Kasallikdan so'ng barqaror immunitet yuzaga keladi

Kasallikning kechishi oqsil va polisaxarid antigenlarga nisbatan antitelolarning hosil bo'lish tezligiga bog'liq.

Profilaktikasi. Maxsus profilaktikasi uchun A va С polisaxarid guruhlarini saqlovchi kimyoviy vaksina ishlab chiqilgan ,immunoglobulindan foydalaniladi.

Umumiy profilaktikasida bemorlarni, bakteriya tashuvchilarni aniqlash, nazofaringit bilan og'rigan bemorlarni ajratib qo'yish, ularni kasalxonalarga yotqizish ishlarini olib borish lozim. Aholi orasida sanitariya maorifi ishlarini olib borish, shaxsiy va umumiy gigiyena qoidalariga rioya qilish kerak.

Davosi. Bemorlar antibakterial preparatlar—penitsillin, levomitsetin, ampitsillin va boshqalar bilan davolanadi.

Sulfanilamid preparatlar keng qo'llaniladi. Bemor o'z vaqtida davolansa batamom sog'ayib ketadi.
Nazorat uchun savollar

1.Meningokokklarning morfologik tuzilishi qanday?

2.Meningokokklar qanday muhitlarda rivojlanadi va ularning rivoj-lanishi uchun qanday sharoitlar kerak?

3.Meningokokklarning biokimyoviy faolligi va ularning muhitga chidamliligi qanday?

4.Meningokokklar qanday kasalliklarni keltirib chiqaradi?

5.Antigenlik xossasiga ko'ra meningokokklar qanday seroguruhlarga bo'linadi?

6. Pnevmokokklarning morfologik, kultural, fermentativ xossalari qanday?

7.Pnevmokokklarning patogenlik omili nima va ularni fagotsitozdan nima himoya qiladi?

8 .Pnevmokokklar organizmga qaysi kirish darvozasi orqali kiradi?

9.Ular organizmda qanday kasalliklarni keltirib chiqaradi?

10.Qanday xusuiyatlariga ko'ra stafilokokklar bir guruhga kiritiladi?

11.Stafilokokklar qanday patogen fermentlar va omillarni ishlab chiqaradi?

12. Stafilokokklar qanday kasalliklarni keltirib chiqaradi?


Yüklə 0,71 Mb.

Dostları ilə paylaş:
1   2   3   4   5   6   7   8   9   ...   14




Verilənlər bazası müəlliflik hüququ ilə müdafiə olunur ©genderi.org 2024
rəhbərliyinə müraciət

    Ana səhifə