Mavzu: mikrobiologiya fani



Yüklə 0,71 Mb.
səhifə9/14
tarix18.05.2018
ölçüsü0,71 Mb.
#44658
1   ...   6   7   8   9   10   11   12   13   14

Kultural xossasi.

Aerob. Oziqa muhitiga talabchan. 37—38°C haroratdapH 5,8—7,0 li muhitda sekin rivojlanadi. Petranyani, Petrov, Levenshteyn — lyensen, glitserinli muhitlarida yaxshi rivojlanadi.

Glitserin sil qo'zg'atuvchilarini o'sishini sekinlashtiradi. M. bovis glitseringa muhtoj emas. Levenshteyn—lyensen muhiti sil qo'zg'a-tuvchisini o'stirishda keng qoilaniladi. Hozirgi vaqtda Finna II muhiti keng qo'llanilmoqda. Finna II muhiti Levenshteyn—lyensen muhitidan asparagin o'rniga natriy glutamin moddasini saqlashi bilan farqlanadi. Bu muhitda sil qo'zg'atuvchilari ancha tez o'sadi. Sil mikobakteriyalan muhitda R va S shakllarda o'sadi. R shakli virulentli hisoblanadi. muhitlarda sil qo'zg'atuvchisi R shaklli, quruq, g'adir-budur, gulkaramga o'xshash koloniya hosil qilib o'sadi. Suyuq muhitlarda 10 kundan keyin parda hosil qilib o'sadi. Parda sekin-asta qalinlashib burishgan, sochiluvchan bo'lib, og'irligidan cho'kmaga tushib ham qoladi va muhit tiniq qoladi.

Fermentativ xossasi.

Biokimyoviy xossasiga ko'ra kam faol,fefoteolitik fermentlami ishlab chiqaradi, oqsillarni, ayrim uglevodlami parchalaydi, ureaza hosil qiladi. Lekin qo'zg'atuvchining bu xossasi doimiy emas. Shuning uchun fermentativ xossasi bo'yicha diagnostikada ahamiyatga ega emas.



Toksigenligi.

O'zidan endotoksin ishlab chiqaradi. Bu oqsil modda 90-yili R. Kox tomonidan aniqlangan va tuberkulin deb nomlangan.

Tuberkulin allergenlik xossasiga ega. U sog' organizmga toksigenik ta'sir qiladi. Undan diagnostikada Mantu va Pirke allergik sinamalarni qo'yishda foydalaniladi. Shuning uchun yirik shoxli hayvonlarda kasallik chaqiruvchi tuberkulin turidan foydalaniladi.

Sil qo'zg'atuvchisining virulentlik shtammi alohida lipid kord— J omilni saqlaydi. U sii qo'zg'atuvchilarini bir-biriga yopishtirish xossasiga ega va natijada o'rilgan sochga o'xshab o'sadi.



Antigenligi.

Sil mikobakteriyasi oqsilli, yog'li, polisaxaridli omillarni saqlovchi antigen saqlaydi. Bu antigen organizmda antitelo hosil qiladi. Lekin bu antitelolar kam konsentratsiyada aniqlanadi, shuning uchun diagnostikada ahamiyatga ega emas.



Chidamliligi.

Sil mikobakteriyasi spora hosil qilmaydigan bakteriyalar orasida eng chidamlisidir. Bu chidamliligi hujayra qobig'ida joylashgan yog' moddasi hisobigaclir. Tashqi muhitga chidamli. Qurigan Bbalg'amda 10 oygacha, 100°C harorat ta'sirida 4 daqiqagacha, UBN (ultrabinafsha nur) ta'sirida bir nechta soatgacha saqlanadi. Xloramin va xlor aralashmasiga sezgir. Sulema (1:1000), karbol kislota (5 %) ta'sirida bir necha kundan keyin nobud bo'ladi.



Patogenligi.

M. tuberculosis ga odam juda sezgir bo'lib, hayvonlar, parrandalar kam sezuvchan. Sil qo'zg'atuvchisiga laboratoriya hayvonlaridan dengiz cho'chqachalari juda sezgir, ularda kasallik | generalizatsiyalangan shaklda o'tadi va natija oiim bilan tugaydi.

M. bovis turiga yirik va mayda shoxli hayvonlar va uy hayvonlari Buda sezgir bo'lib, odam kam sezuvchan, lekin bolalar kasal Biayvonlarning sutini iste'mol qilishi natijasida kasallanishi mumkin. Laboratoriya hayvonlaridan quyonlar juda sezgir bo'lib, ularda kasallik generalizatsiyalangan shaklda o'tadi. M. avium parrandalarda (tovuq, Babutar, fazan va boshqalarda) kasallik keltirib chiqaradi. Lekin ayrim hayvonlar ham kasallanishi mumkin. Odamga kamdan-kam yuqadi. Laboratoriya hayvonlaridan quyonlar unga sezgir bo'ladi va ularda kasallik o'tkir shaklda o'tadi. M. murim ga kemiruvchilar, ayniqsa dala sichqonlari sezuvchan. Laboratoriya hayvonlaridan bu tur qo'zg'atuvchiga quyonlar va dengiz cho'chqachasi sezgir va kasallik ularda surunkali shaklda o'tadi. Infeksiya manbayi.

Odam, ayrim hollarda hayvonlar hisoblanadi



Tarqalish yo'li.

Havo-tomchi, havo-chang, karri holiarda alimentar, vertikal yo'l orqali tarqaladi.



Patogenezi.

Sil kasalligining o'pka, oshqozon, ichak, buyrak miya, suyak shakllari uchraydi. Havo-tomchi, havo-changi orqali yuqqanda sil qo'zg'atuvchisi birlamchi o'choqda do'mboqcha hosil qiladi. Do'mboqcha leykotsitlar, gigant to'qimalar ichida sil qo'zg'atuvchilaririi saqlaydi.



Organizmning kasallikka qafshi kurashish kuchi yuqori bo'lsa bakteriyalar biriktiruvchi to'qima bilan o'raladi. Uning ichidagi qo'zg'atuvchilar tirik qoladi va buni „Gona o'chog'i" ham deb ataladi. Kasallikning bu shakli yopiq shakl bo'lib hisoblanadi va bunda qo'zg'atuvchilar organizmdan tashqariga chiqmaydi.Organizmning kasallikka qarshi kurashish kuchi susayganda do'mboqchada tomirlar bo'lmaganligi sababii biriktiruvchi to'qima nekrozga uchraydi va qo'zg'atuvchi boshqa to'qimalarni shikastlab kavernalar hosil qiladi. Natijada do'mboq suzmaga o'xshab qoladi. Bu shakli ochiq shakl bo'lib hisoblanadi. Qo'zg'atuvchi qonga so'riladi va butun organizmga tarqaladi. Endi qo'zg'atuvchi tashqi muhitga chiqa boshlaydi. Ko'pincha kasallik sumnkali shaklda o'tadi.

Immuniteti.

Organizm zararlanganda infeksion immunitet hosi bo'ladi.



Profilaktikasi

Vaqtida kasallikka diagnoz qo'yish, bemor boshqalardan ajratish. Maxsus profilaktikasida, fransuz olimlari Kalm va Geren olgan tirik BSJ vaksinasi qo'llaniladi. Bu vaksina yelkanin tashqi tomoni terisi ichiga yuboriladi. Revaksinatsiya 7—12 yoshda so'ng har 5—6 yilda 30 yoshgacha qilinadi.



Davosi.

Antibakterial preparatlar: streptomitsin, rifampitsin, PASK ftivazid va boshqalar beriladi. Bemorlarni dispanser hisobiga olinadi oila a'zolari tibbiy ko'rikdan o'tkaziladi, bemorlar sanatoriya kurortlarda davolanadi. Aholini bir yilda bir marotaba tibbiy ko'rikda o'tkazib turish lozim.



Nazorat uchun savollar

1. Sil qo'zg'atuvchisini kim va qachon aniqlagan? 2. Sil qo'zg'atuvchisining qanday turlarini bilasiz va ularning qaysi biri odam uchun patogendir?



  1. Sil qo'zg'atuvchisining tashqi muhitga chidamliliga nima sabab bo'ladi-

  2. Sil qo'zg'atuvchisi qanday usulda bo'yab o'rganiladi?

Foydalaniladigan adabiyotlar. 1.A.B.G’anixo’jayeva, H.A.Nazarova “Mikrobiologiya “ 2.N.A.Bakulina ,E.L.Kraeva “ Mikrobiologiya “ 3.E.H.Ehboyev “ Mikrobiologiyadan amaliy mashg’ulotlar “



13. Patogen spiroxatalar,ularning xossalari,keltirib chiqaradigan kasalliklari.

Reja:
1. Patogen spiroxetalar asosiy xossasini;

2. Patogen spiroxetalar keltirib chiqaradigan kasaliklarni;

3.Kasaliklarni oldini olish va davosini.
ZAXM QO'ZG'ATUVCHISI

Treponema pallidum — zaxm qo'zg'atuvchisi Treponema

(lotincha trepo — buramoq, nemo — ip) kiradi.

T.pallidum 1905-yili Shaudin tomonidan aniqlangan_ qo'zg'atuvchisini o'rganishda I.I. Mechnikov, N. Erlix, D.K. niylar katta hissa qo'shganlar

Morfologiyasi. T. pallidum — spiralsimon, 8/8x0,08—0,2 mkm

likda, buramalari mayda vabir xilda joylashgan 12—14 tani tashkil etadi,

uchlari uchli yoki yumaloq bo'ladi. Harakatchan, to'rt xil

harakatlanadi. Romanovskiy —Gimza usulida bo'yalganda och pushti rangda ko'rinadi, shuning uchun ularni rangsiz spiroxetalar

ham deb yuritiladi. Yomon bo'yalishiga sabab ularning tarkibida kam

dorda nukleoproteidlarning bo'lishidir. Spiroxetalarni Burri,

usulida ham aniqlash mumkin. Bundan tashqari, ularni qorong'ilashgan mikroskopik maydonda ko'rish mumkin.Spora va kapsula hosil qilmaydi.

Kultural xossasi. Rangsiz treponemalar ozuqa muhitga talabchan. Miva yoki buyrak bo'laklari va assit suyuqligi qo'shilgan sun'iy oziqa muhitlaridagina o'sadi. 35—36°C haroratda 5—12 kunda, anaerob sharoitida sekin o'sadi.

Rangsiz treponemalar tovuq embrionida yaxshi bo'linib ko'payadi. Sun'iy

muhitda o'stirilganda treponemalar virulentlik xossasini yo'qotadi.

Bunday kulturalar kulturali shtammlar deb ataladi. Tovuq embrionida

o'stirilgan kulturalar esa to'qimali kulturalar deyiladi. Ular virulentlik xossasini saqlab qolgan bo'ladi.

Fermentativ xossasi. Treponemalar fermentativ xossaga ega emas. Lekin

kulturali shtammlar bir-biridan indol va vodorod sulfiti hosil qilishi bilan farqlanadi.

Toksigenligi. Doimiy emas.

Antigenligi. Rangsiz treponemalar o'zida polisaxarid, yog'li va proteinli antigenlar kompleksini saqlaydi. Seroguruh va serovarlari

aniqlanmagan.

Chidamliligi. Rangsiz treponemalar kam chidamlidir. 55°C harorat ta'sirida 15 daqiqadan so'ng nobud bo'ladi. Past haroratga ular chidamli. Muzlatilganda bir yilgacha saqlanadi. Spiroxetalar og'ir metall tuzlariga (simob, margimush va b.) sezgir. Dezinfeksiyalovchi moddalar ta sirida bir necha daqiqadan so'ng nobud bo'ladi. Ular benzilpenit-Pmga, bitsillinga va boshqalarga sezgir. Ayrim tashqi muhit omillari ya antibakterial preparatlar ta'sirida sista shakliga aylanishi mumkin. u shaklda ular organizmda latent holatda uzoq vaqt saqlanib qolishi mumkin.

ratogenligi. Tabiiy sharoitda hayvonlar zaxm bilan kasallanmaydi.

I.I.Mechnikov va E.Ru kasallikning klinik manzarasini maymunlarda ko'rish mumkinligini isbotlab beradilar. Maymunlarga zararlangan material yuborilgan joyda shankr yuzaga kelgan. Hozirgi vaqtda dengiz cho'chqachalarida zararli material yuborilgan joydda yara hosil bo’lishi aniqlangan. Ajratib olingan treponemalarni quyonlarga ta’sir ettirilganda uzoq vaqt saqlnib qolish mumkin.

Infeksiya manbayi. Kasal odam.

Tarqalish yo'li. Kasallik asosan jinsiy yo'l orqali tarqaladi. Ayrim hollarda zaxm idish-tovoq, choyshablar orqali ham tarqalishi mumkin Zaxm bilan kasallangan onalardan kasallik homilaga ham o'tishi mumkin Buni tug'ma zaxm deb ataladi.

Patogenezi. Kirish darvozasi bo'lib og'iz bo'shlig'i va jinsiy yo'llar shilliq

pardasi hisoblanadi. Yashirin davri 3—4 hafta. Birlamchi davrda spiroxetalar

shilliq qavatga tushadi va yashirin davrdan so'ng (o'rtacha 3 haftada) ular kirgan

joyda tubi va cheti qattiq yara — „qattiq shankr" hoil bo'ladi. Qattiq shankrni

hosil bo'lishi limfa tugunlarinin° kattalashuviga sabab boiadi. Birlamchi davr 6—7

hafta davom etadi.

Ikkilamchi davrda qo'zg'atuvchilar limfa yo'li orqali qonga so'riladi va qon bilan.

butun organizmga tarqaladi. Bunda teri va shilliq qavatlarda toshmalar — rozeolalar

va papulalar, vezikulalar hosil bo'ladi. Bu davr 3—4 yil davom etadi.

Uchinchi davr. Zaxm kasalligi davolanmagan hollarda yuzaga keladi. Bu davrda

a'zo, to'qima, suyak tomirlarida parchalanishga moyil granulatsiya o'smalari

hosil bo'ladi. Bu davr bir necha yil davom etadi (yashirin shakli). Bu davrda

bemor atrofdagilarga zararli hisoblanmaydi. Kasallik davolanmasa (ayrim

hollarda) to'rtinchi davrda bir necha yillardan keyin u markaziy nerv

sistemasini shikastlaydi, miyaning shikastlanishi sababli progressiv falaj,

orqa miyaning shikastlanishi sababli uning qurishi yuzaga keladi. Bunday

holat troponemalarning miya to'qimalarida joylanishi natijasida yuzaga keladi,

va organizmda funksional va organik o'zgarishlar yuzaga keladi.

Immuniteti. Tabiiy immuniteti yo'q. Kasallikdan so'ng nosteril infeksion

immunitet yuzaga keladi. Buni shankr immuniteti deb ham yuritiladi, chunki

qayta kasallanganda qattiq shankr hosil bo'lmaydi, lekin kasallikni qolgan

davrlari rivojlanadi. Zaxm kasalligida YqCva YqM, shuningdek, YqE

reaginlar aniqlanadi, kardiolipid antigeni qo'shilganda ular komplement

yordamida o'zaro bog'lanib oladi.

Profilaktikasi. Bemorlarni vaqtida aniqlash, epidemiologik zanjirni topish.

Sanitariya maorifi ishlarini olib borish. Begonalar bilan jinsiy aloqada

bo'lmaslik. Maxsus profilaktikasi yo'q.

Davosi. Penitsillin, bitsillin, bioxinol va boshqalar.


QAYTALAMA TIF QO'ZG'ATUVCHILARI

Qaytalama tif qo'zg'atuvchilari Spirochetaceae oilasiga, Borreha avlodiga kiradi.

Infeksiya tashuvchisiga ko'ra qaytalama tif epidemik qaytalam; (tashuvchisi bitlar) va endemik qaytalama tif (tashuvchisi kan kabilarga bo'linadi.

Qaytalama tif borreliyalari boshqa spiroxetalardan yiri buramalari turlicha joylanishi, Romanovskiy—Gimza usi bo'yalganda binafsharangda bo'yalishi bilan farqlanadi.

Epidemik qaytalama tif

Epidemik qaytalama tif qo'zg'atuvchisi 1868-yildaO. Oberr

tomonidan aniqlangan. ,

Morfologiyasi. Obermayer borreliyalari spiralsimon ipga o’xshash bo'lib, 5—8 buramadan iborat, buramalari turlicha joylashgan

18x0,3—0,5 mkm kattalikdadir. Harakatchan, spiroxetalarga barcha to'rt xilda boigan turda harakatlanadi.

Kultural xossasi. Zardob, assit suyuqligi, to'qima yoki hayvon

hri qo'shilgan sun'iy oziqa muhitlarida o'sadi. Ular juda sekin,

12 kundan so'ng, anaerob, 30—35°C haroratda va pH 7,2—7,4 'loan

sharoitda o'sadi. Suyuq oziqa muhitida ular jadal bo'linib navishlariga

qaramasdan muhit tiniq qoladi. Keyingi yillarda iyalar tovuq embrionida

ham o'stirilmoqda.

Fermentativ xossasi. Borreliyalar fermentativ xossaga ega emas.

Toksigenligi. Endotoksin ajratadi (to'liq o'rganilmagan).

Antigenligi. Kam o'rganilgan.

Chidamliligi. Borreliyalar yuqori haroratgajuda sezgir. 45—50°C harorat

ta'sirida 30 daqiqadan so'ng, 0°C da bir kungacha saqlanadi. 'ast haroratga ancha chidamli. Muzlatilganda bir necha oylab saqlanadi. Quritilganda tez nobud bo'ladi. Dezinfeksiyalovchi moddalar ta'sirida bir necha daqiqadan so'ng nobud bo'ladi.

Patogenligi. Tabiiy sharoitda hayvonlar qaytalama tif bilan kasallanmaydi. Laboratoriya hayvonlaridan maymunlar, oq sich-qonlar, olmaxonlarga Obermayer borreliyalari qiyinchilik bilan

yuqadi.


Infeksiya manbayi. Kasal odam infeksiya manbayi hisoblanadi.

Tarqalish yoli. Transmissiv yoi orqali, ya'ni yashashi davomida (30—40 kun) bitlar orqali tarqaladi.

Bemor qonini so'rgan bitlar 5—7 kundan keyin zararli bo'lib hisoblanadilar. Bu vaqt ichida spiroxetalar ichakdan gemolimfa yo'liga io'riladi va u yerda to'planadi. Odam qashinganda bit tanasini ihikastlaydi va uning gemolimfasini qashigan joyga kiritadi.

Patogenezi. 1874-yildaG. Minx, 1881-yili 1. Mechnikov tajriba sifatida bemor qonini o'zlariga yuborib, qaytalama tif qo'zg'atuv-chisini qonda aylanib yurishini isbotlab berganlar.

Organizmga kirgan borreliyalar limfa yo'liga o'tib makrofag siste-nasi hujayralarida ko'payadi so'ngra qonga so'riladi. Bemorda birinchi JUik huruji, ya'ni isitma tutishi shundan keyin yuzaga keladi. m°r qonida antitelolar — spiroxetolizinlar to'planadi, ular Teliyalarini lizisga uchratadi. Qo'zg'atuvchilar tomonidan ajratil-1 endotoksin intoksikatsiyani — tana haroratini ko'tarilishi va boshqa •ksional o'zgarishlarni yuzaga keltiradi. To'qimalarning chuqur njda saqlanib qolgan borreliyalar bo'linib ko'payadi va organizmda jnlarga sezuvchan bo'lmagan yangi avlod borreliyalarini hosil qiladi. eliyalar qonga o'tib yangidan ikkinchi isitma tutishni yuzaga keladi.

(3—5) takrorlanadi. Наг bir keyingi isitma tutish oldingisidan qiSa va ular orasidagi vaqt (apiraksiya) uzoqroq bo'ladi. Organizrnda barcha turdagi borreliyalar to'liq lizisga uchragandan so'ng tuzalish yuzaga keladi.

Qaytalama tif bilan kasallangan bemorlardan favqulodda hodisa — trombotsitobariya, ya'ni ichki a'zo kapillarlaridagi spiroxetalarga trombotsitlar shimilishi va natijada „spiroxet va trombotsit" agregati yuzaga kelishi kuzatiladi. Bu agregat shu a'zoda qon aylanishini buzilishiga olib keladi, borreliyalar esa harakatchanligini yo'qotadi.

Immuniteti. Spiroxetolizin, agglyutinin, trombotsitobarin kabi antitelolar borligi bilan tavsiflanadi. Lekin ular turg'un emas.

Profilaktikasi. Bitlarga qarshi kurashish, sanitar-gigiyenik sharoitni yaxshilash. Maxsus profilaktikasi ishlab chiqilmagan.

Davosi. Tetratsiklin, penitsillin, levomitsetin va margumushdan tayyorlangan dorilar beriladi.

Endemik qaytalama tif

Endemik qaytalama tif kasalligini bir qancha turdagi borreliyalar (B.persica, B.duttonii va boshqalar) keltirib chiqaradi. B.duttonii ni 1904-yili R. Ross bemor qonidan ajratib olgan.

Morfologiyasi. Kana qo'zg'atadigan qaytalama tif borreliyalarining morfologiyasi epidemik qaytalama tif qo'zg'atuvchisiga o'xshashdir.

Kultural xossasi. B. duttonii maxsus oziqa muhitida o'sishi mumkin. Ular

30—35°C haroratda va pH 7,2—7,4 bo'lgan anaerob sharoitda o'stiriladi.

Fermentativ xossasi. Aniqlanmagan.

Antigenligi. Borreliyalarning bir qancha variantlari mavjud bo'lib, ularni

bir-biridan farqiash ishlarini olib borishda biologik usulni qo'Uash yordam beradi.

Patogenligi. Ko'pincha kemiruvchilar — sichqonlar, olmaxonlar, qumsichqonlar kasallanadi. Laboratoriya hayvonlaridan dengiz cho'chqachasi, kalamush,

oq sichqonlar sezgir.

Chidamligi. Epidemik qaytalama tifga o'xshash. Infeksiya manbayi. Tabiiy

'chog'i va infeksiya manbayi bo'lib «emiruvchilar — sichqon, olmaxonlar,

qumsichqon va Ornithodoros avlodiga kiruvchi kanalar hisoblanadi. Borreliyalar

kana organizmida butun hayoti davomida saqlanadi va nasldan-naslga uzatiladi.

Tarqalish yo'li. Transmissiv yo'l bilan, ya'ni qon so'ruvchi hashorarotlar orqali tarqaladi. Odamni kana chaqqanda ularning so'lagi orqali tarkibidagi borreliyalar organizmga kiradi. Chaqqan joyida papula yuzaga keladi.

Patogenezi. Epidemik qaytalama tifga o'xshash, lekin isitma tutishi

ko'proq bo'ladi. Kasallik ancha yengil o'tadi.

Immuniteti. Epidemik o'choqda odamlarda immunitet yoshbolalik

davridan va qonda spiroxitolizin hamda boshqa antitelolarning borligi sababli yuzaga keladi. Asosan shu o'choqqa kelgan odamlargina endemik tif bilan kasallanadi. Kasallikdan so'ng turg'un bo'lmagan immunitet

yuzaga keladi. Epidemik qaytalama tif bilan kesishib o'tadigan

I. immuniteti yo'q.

Profilaktikasi. Qurt-qumursqa va kemiruvchilarga qarshi kurashish. Har bir o'choqda o'ziga xos turdagi kasallik qo'zg'atuvchisi mavjuddir. Sanitariya-gigiyena qoidalariga rioya qilish. Maxsus profilaktikasi ishlab

chiqilmagan.

Davosi. Antibiotiklar — tetratsiklin, penitsillin, levomitsetin va

boshqalar bilan davolanadi.
Nazorat uchun savollar.

1.Spiroxetalarning morfologiyasi va bo'yalish usulini aytib bering. 2. Qattiq shankr nima?

3.Zaxm kasalligining qanday davrlarini bilasiz?

4.Zaxmda qanday immunitet yuzaga keladi?

5. Qaytalama tif borreliyalarining morfologik va kultural xossasini aytib bering. 6.Bemor qonida qaytalama tif borreliyalari aylanib yurishinikim isbotlab bergan?

7.Qaytalama tifning yuqish mexanizmi va patogenezi qanday?

8.„Trombotsitobariya" favqulodda hodisasi nima?
Foydalaniladigan adabiyotlar. 1.A.B.G’anixo’jayeva, H.A.Nazarova “Mikrobiologiya “ 2.N.A.Bakulina ,E.L.Kraeva “ Mikrobiologiya “ 3.E.H.Ehboyev “ Mikrobiologiyadan amaliy mashg’ulotlar “



14.Mavzu: Rikketsiyalar. Epidemik va endemic toshmali tif qo’zg’atuvchilari.

Reja:


  • Rikketsiyalarning asosiy hossasini;

  • Rikketsiyalar keltirib chiqaradigan kasalliklarini;

  • Kasalliklarni oldini olish va davosini

Rikketsiyalar — alohida guruh polimorf bakteriyalardir. Ular hujayra ichidagi parazitlar boiib hisoblanadi. Ular Ricketsiaceae oilasiga kiradi. Rikketsiyani birinchi bo'lib amerikalik olim Rikkets aniqlagan va uning o'zi shu kasallikdan oigan.1913-yili chex olimi Provatsek toshmali tif bilan og'rigan bemor qonida rikketsiyalarga o'xshash mikroblarni aniqlagan. U ham toshmali tifdan o'lgan. 1616-yilda portugaliyalik olim Rosha—Lima o'zining uzoq vaqt tekshiruvlari natijasida Meksika va Yevropa toshmali tif kasalliklarining qo'zg'atuvchisi ham Rikkets aniqlagan mikroblarning bir turi ekanligini isbotladi. Shuning uchun rikketsiyalarga Rikkets nomi berildi. Epidemiologik toshmali tif qo'zg'atuvchisiga esa Provatsek rikketsiyalari nomi berildi.

Toshmali tifni o'rganishda rus olimlari A.A. Krontovskiy, P.F. Zdro-dovskiy, E.S. Galinevichlar katta hissa qo'shgan. Rikketsiyalar orasida odam, hayvon uchun patogen turlari ham uchraydi. Rikketsiyalar keltirib chiqaradigan kasalliklarga rikketsiozlar deyiladi. P.F. Zdro-dovskiy rikketsiyalarni besh guruhga bo'ladi:

1. Toshmali tif rikketsioz guruhi.

2. Kanali toshmali isitma guruhi.

3. Sutsugamushi guruhi.

4. Ku — lixoradka (isitma) guruhi.

5. Paroksizmal rikketsioz guruhi.

Morfologiyasi. Rikketsiyalarning sharsimon, mayda va yirik tayoqchasimon, ipsimon shakllari uchraydi. Rikketsiyalar spora va kapsula hosil

qilmaydi, harakatsiz, Gram manfiy, Romanovskiy—Gimza, Zdrodovskiy

usullarida bo'yalganda qizil rangga bo'yaladi.

Kultural xossasi. Xo'jayin to'qimasida bo'linib ko'payadi. Mik¬roblarning

har bir turi xo'jayin to'qimasining sitoplazmasida, yadrosida, vakuolalarida rivojlanadi. Ular o'ziga sezuvchan hayvonlarning to'qi-malarida, tovuq

embrionida yaxshi rivojlanadi.

Fermentativ xossasi. Aktiv emas.

Toksigenligi. Termolabil endotoksin hosil qiladi.

Antigenligi. Rikketsiyalar 2 ta antigen ishlab chiqaradi: guruhli termostabil

va spetsifik termolabil antigenlar.

Chidamliligi. Ku—isitmasidan tashqari rikketsiyalar yuqori haroratga

kam chidamli. Past haroratga va quritishga barcha rikketsiyalar chidamli va

ular antibiotiklarga sezuvchandir, ko'payadi va to'qimalarni nobud qiladi.

So'ngra esa ko'p miqdorda qonga o'tadi — rikketsiyemiya yuzaga keladi.

Tomirlar yallig'lanadi va tromb hosil bo'ladi. Natijada mayda qon tomirlarining o'tkazuv-chanligini to'sib qo'yadi. Bosh miya tomirlaridagi tromb bo'lgan

joyda granula hosil bo'ladi va meningoensefalitga xos yallig'lanish yuzaga

keladi.

Toshmali tif o'tkir boshlanadi. Yuqori harorat, intoksikatsiya, kuchli bosh



og'rig'i, rozeola, petexial toshmalar yuzaga keladi.
Immuniteti. Kasallik o'tgandan so'ng butun umrga mustahkam antimikrob

va antitoksik immunitet hosil bo'ladi. Qonda antitelolar, komplement bog'lanish antitelolari, agglyutininlar aniqlanadi.

Brill kasalligi.Keyingi yillarda toshmali tif bilan og'rib o'tgan bemorlar

organizmida uzoq vaqtgacha Provatsek rikketsiyalari saqlanib qolishi

aniqlandi. Organizmning kasallikka qarshi kuchi kamaygan va unga beriluvchan bo'lgan hollarida bir necha yillardan (10—30) so'ng ham kasallik yuzaga

keiadi, ya'ni epidemik toshmali tif retsidivi yuzaga keladi. Birinchi bo'lib

bu kasallikni Brill aniqlagan, N. Sinsser esa kasallikning qo'zg'atuvchisi Provatsek rikketsiyalari ekanligini isbotlab bergan. Kasallik yengil va

zararsiz o'tadi. Kasallik diagnostikasida qo'llaniladigan Veyl—Feliks reaksiyasida OX19 protey bilan agglyuti-natsiya reaksiyasi manfiy, Provatsek rikketsiyalari bilan esa musbat bo'ladi. Bundan tashqari, Brill kasalligi — reinfeksiyadir

degan fikrlar ham bor. Kasallikning yengil o'tishiga organizmda hosil

bo'lgan immunitet sababchidir deyishadi.

Profilaktikash Maxsus profilaktika yuzasidan Provatsek rikketsiya-larining

yuzaki antigenlaridan tayyorlangan konsentrlangan kimyoviy vaksina qo'llaniladi. Umumiy profilaktikasi — bemorlarni ajratish va kasalxonaga yotqizish,

bitiarga qarshi kurashishdir.

Endemik toshmali tif

Bu kasallikni qo'zg'atuvchisi 1928-yili X. Muzer tomonidan aniqlangan va uning nomi bilan Muzer rikketsiyalari deb yuritiladi. Hozirgi vaqtda uiarni R.typhi deb nomlanadi.

Morfologiyasi. Mayda kokksimon (diametri 1 mkm. gacha) yoki tayoqchasimon (0,3—06x1,5 mkm) mikroorganizmlardir. Provatsek rikketsiyalariga nisbatan polimorf emas. Zdrodovskiy usulida bo'yalganda qizil rangga va Gram manfiy boiib bo'yaladi.

Kultural xossasi. Muzer rikketsiyasi tovuq embrionining sariqlik qopchasida 35° С haroratda yaxshi rivojlanadi, pilikchalar hosil qilib o'sadi. Bo'g'imoyoqliklarning ichki epiteliy to'qimasi y^sitoplazmasida yaxshi rivojlanadi. " r° va

Toksigenligi. Muzur rikketsiyasi Provatsek rikketsiyasidan f

nadigan endotoksin hosil qiladi va buni neytrallash reaksiyasi nati'

aniqlash mumkin. ' da

Antigentik tuzilmasi. Muzer rikketsiyasi 2 ta antigenlik kornnlek saqlaydi.

1.Provatsek rikketsiyasi va OX19 va OX2 bilan umumiy term

tabil antigeni.

2.Muzer rikketsiyasini Provatsek rikketsiyasidan farqlovch

termolabil, tipospetsifik antigeni.

Chidamliligi. Muzer rikketsiyasi tashqi muhitga kam chidamli lekin qurigan holda past haroratda uzoq vaqt saqlanadi. Dezinfek-siyalovchi moddalar ta'sirida tez nobud bo'ladi.

Hayvonlarning sezuvchanligi. Endemik toshmali tif bilan kemiruvchilar, assan, sichqonlar va kalamushlar kasallanadi. Laboratoriya hayvonlaridan dengiz cho'chqachalari sezuvchan. Ma¬terial ularning qorin bo'shlig'iga yuborilganda periorxit yuzaga keladi.

Infeksiya manbayi. Endemik toshmali tif — gbonoz infeksiyadir. Tabiatda infeksiya manbayi bo'lib kalamushlar va sichqonlar hisoblanadi.

Tarqalish yo'llari. Transmissiv, alimentar, bilvosita kontakt yo'llari orqali tarqaladi. Tashuvchisi bo'lib kalamush va kanalar hisoblanadi.

Patogenezi. Endemik toshmali tif qonli infeksiyadir. Uning patogenezi epidemik toshmali tifnikiga o'xshashdir. Klinik belgilari va kasallik ancha yengil o'tadi. Kasallik isitma va toshma toshish bilan tavsiflanadi. Kasallik endemik xarakterga ega.

Immuniteti. Kasallikdan so'ng mustahkam antimikrob va antitok-sik immunitet hosil bo'ladi.

Profilaktikasi. Kemiruvchilarga qarshi kurashish va sanitar-gigiyenlk sharoitlarni yaxshilashdan iboratdir. Maxsus profilaktikasi maqsadid; o'lik Muzer rikketsiyasini saqlovchi vaksinadan foydalaniladi.

Davosi. Tetratsiklin qatoriga tegishli antibiotiklar bilan dav lanadi.
Nazorat uchun savoliar

1. Endemik toshmali tifning infeksiya manbayi va tarqalish yo’lini

bilasizmi? 2.Endemik toshmali tif kasalligini oldini olishda qanday ishlar olib boriladi?


Yüklə 0,71 Mb.

Dostları ilə paylaş:
1   ...   6   7   8   9   10   11   12   13   14




Verilənlər bazası müəlliflik hüququ ilə müdafiə olunur ©genderi.org 2024
rəhbərliyinə müraciət

    Ana səhifə