Mavzu: mikrobiologiya fani



Yüklə 0,71 Mb.
səhifə13/14
tarix18.05.2018
ölçüsü0,71 Mb.
#44658
1   ...   6   7   8   9   10   11   12   13   14

Immuniteti. Organizm zararlanganda infeksion immunitet hosi bo'ladi.

Profilaktikasi. Vaqtida kasallikka diagnoz qo'yish, bemor boshqalardan ajratish. Maxsus profilaktikasida, fransuz olimlari Kalm va Geren olgan tirik BSJ vaksinasi qo'llaniladi. Bu vaksina yelkanin tashqi tomoni terisi ichiga yuboriladi. Revaksinatsiya 7—12 yoshda so'ng har 5—6 yilda 30 yoshgacha qilinadi.

  1. Davosi. Antibakterial preparatlar: streptomitsin, rifampitsin, PASK ftivazid va boshqalar beriladi. Bemorlarni dispanser hisobiga olinadi oila a'zolari tibbiy ko'rikdan o'tkaziladi, bemorlar sanatoriya kurortlarda davolanadi. Aholini bir yilda bir marotaba tibbiy ko'rikda o'tkazib turish lozim.

MIKRQBIOLOGIK TEKSHIRISH

TEKSHIRISH UCHUN MATERIAL


  1. O'pka va bronx silida — balg'am.

  2. O'pka va plevra silida — plevradan ekssudat.

  3. Ichak silida — najas, assit suyuqligi.

  4. Buyrak silida — siydik.

  5. Sil meningitida — orqa miya suyuqligi.

  6. Generalizatsiyalangan shaklida — qon olinadi.

Tekshirish materiali to'plash.

Balg'am og'zi keng shisha bankalarga yig'iladi.

Plevradan punktatni steril shpris yordamida olib, steril kolbaga solinadi.

Najas steril bankaga olinadi.

Siydik steril kateter yordamida steril kolbaga olinadi.

Orqa miya suyuqligi aseptika qoidalariga rioya qilingan holda steril

Igna bilan 1—2 ta steril probirkaga olinadi. Ularning og'ziga paxta —

dokali qopqoq yopilib xonada qoldiriladi. 24 soatdan keyin suyuqlik

yuzasida parda hosil bo'ladi va unda sil qo'zg'atuvchilari to'planib

qolgan bo'ladi.

Qon steril shpris yordamida 8—10 ml hajmda steril probirkaga

olinadi. Eslatraa: Tekshirish materiali olinadigan idishlarning qopqog'i burab ochiladigan bo'lishi lozim. Tekshirish materiali olinadigan idishlar 20 daqiqa davomida 120°C haroratda avtoklavda sterilizatsiya qilinishi yoki 1 soat davomida qaynatilishi lozim. Asosiy tekshirish usullari:



1. Bakterioskopik.

2. Bakteriologik.



  1. Biologik.

  2. Allergik. Bakterioskopik usul. Bemordan olingan balg'am Petri kosachasiga

qo'yiladi va maxsus igna yordamida uning yiringli qismidan olib ikkita buyum oynachasi orasida eziladi. Surtmahavoda quritiladi, spirtovka alangasida fiksatsiya qilinadi. Sil—Nilsen usulida bo'yaladi va ttiikroskopning immersion sistemasida tekshiriladi. Bunda sil qo'z-I g'atuvchisi alohida-alohida yoki to'p-to'p bo'lib qizil rangda ko'ri-; nadi. Agar qo'zg'atuvchi ko'rinmasa ularni bir yerga to'plasli uchun flotatsiya usulidan foydalaniladi.

Flotatsiya usuli. 10—15 ml balg'am 250 ml hajmli kolbaga solinadi va ustiga 0,5 % NaOH eritmasidan 10—15 ml solinadi. Qopqoq bilan yopilib 5—10 daqiqa chayqatiladi. Bunda balg'am gomogenlashadi Gomogenlashgan balg'am ustiga 100 ml distillangan suv va 0,5 щ] ksilol, benzol yoki toluol solib 5—10 daqiqa chayqatiladi, so'ngjj ustiga kolba to'lguncha distillangan suv quyiladi. 30 daqiqadan so'ng ksilol, benzol, toluol suvdan yengil bo'lganligi uchun sil bakteriyalari bilan birga suv yuzasiga qalqib chiqadi. Hosil bo'lgan qaymoqsimon pardani Paster pipetkasida tortib olinadi, undan surtma tayyorlab Sil—Nilsen usulida bo'yab, yana tekshiriladi,



Bakteriologik usul. Qo'shimcha mikrofloradan ozod bo'lish uchun tekshirish materiali qayta ishlanadi. Tekshirish materiali ustiga teng hajmda 10 % natriy fosfati qo'shiladi va 37°C haroratda 24 soatga termostatda qoldiriladi. Vaqt o'tgach sentrifugalanadi, cho'kma ustidagi suyuqlik dezinfeksiyalovchi eritmaga to'kiladi. Cho'kma ustiga 1 ml natriy xlorid eritmasidan qo'shiladi.

Qayta ishlangan tekshirish materialidan olib Levenshteyn— lyensen va Finna II muhitlariga ekiladi. Ekilgan muhit termostatda 37°C haroratda 2 oyga qoldiriladi va har 7—10 kunda tekshirib turiladi. 7—10 kunda oziqa muhit qurib qolmasligi uchun sham eritib quyiladi. Bu oziqa muhitida sil qo'zg'atuvchisi R shaklli so'galga yoki gulli karamga o'xshash koloniya hosil qilib o'sadi.



Tezlashtirilgan Prays usuli. Yog'sizlantirilgan buyum oynachasida qalin tomchi surtmasi tayyorlanadi, quritiladi, 2—6 % sulfat kisiotasi bilan qayta ishlanadi, steril fiziologik eritma bilan yuviladi. So'ng 1:4-1:8 nisbatgacha suyultirilgan va gemolizlangan sitratii qonga solib termostatda qoldiriladi. Bir necha kundan (3—7—14) keyin olib, fiksatsiya qilinadi va Sil—Nilsen usulida bo'yab mikroskop ostida tekshiriladi. Bunda tulki dumiga yoki o'rilgan sochga o'xshash qo'zg'atuvchilar ko'rinsa, sil qo'zg'atuvchisi borligidan dalolat beradi.

Biologik usul. Qayta ishlanmagan tekshirish materiali 3—5 % И steril sulfat kisiotasi bilan qayta ishlanib, steril fiziologik eritmada yuviladi va sentrifugalanadi. So'ng tekshirish materialidan 1 — 1,5 ml olib dengiz cho'chqachalarining qorni bo'shlig'iga, teri ostiga yuboriladi. Agar tekshirish materialida sil mikobakteriyalari bo'lsa, zararli material yuborilgan joyda yiringli yara hosil bo'ladi, limfa tugunlari shishadi. Ular yorib o'rganiladi.

Allergik usul. Mantu sinamasi: bilakning ichki tomoni terisi ichiga 0,1 ml tuberkulin yuboriladi. 48 soatdan keyin 5 mm kenglikda qizarish va sliish hosil bo'lsa, sinama musbat deyiladi.

Oziqa muhitlari



Levenshteyn—lyensen muhiti. Tuzli eritma: bir marta aralashtirish I uchun kaliy fosfatidan 4 g, magniy sulfatidan 0,24 g, magniy sitratidan I 10,6 g, asparagin 3,6 g, glitserin 1 ml, kartoshka uni 5 g, distillangansuv 600 ml olinadi. Reaktivlarni yuqorida ko'rsatilgan tartib bilan solib biroz qizdirib eritiladi va bug' oqimi yordamida 2 soat sterilizatsiya qilinadi. Tuzli eritmani 34 haftaga yetadigan qilib tayyorlash murnkin.

Tuxumli aralashma. 24—27 dona (kattaligiga qarab) yangi tuxum oqar suvda sovunlab yuviladi va 30 daqiqaga 70 %li spirtga solib qo'yiladi. Spirtovka alangasi oldida ular munchoqlar solingan kolbaga [ yorib solinadi, yaxshilab aralashtiriladi va 11 tuxum aralashmasiga I 600 ml yuqorida yozilgan tuzli eritmadan solinadi. Aralashma doka orqali filtratlanadi, so'ngra 20 ml 2 %li sterillangan malaxitli yashil eritmasi qo'shiladi va probirkalarga 5 ml.dan quyib chiqiladi. 85°C ; haroratda 45 daqiqa davomida ivitiladi.

Finna II muhiti. Tuzli aralashma: magniy sulfati — 0,5 g, natriy sitrati — 1 g, temir ammiakli achchiq tosh — 0,05 g, bir marta aralashtirilgan kaliy fosfati — 20 g, bir marta aralashtirilgan ammoniy I sitrati — 20 g, bir marta aralashtirilgan natriy glutamati — 5 g,I glitserin — 20 ml, distillangan suv — 1 1 miqdorda aralashtiriladi.

Reaktivlar, albatta, yuqoridagi tartibda iliq distillangan suvda aralashtiriladi. pH 6,3-6,5 ga to'g'rilanadi, 1 atmbosimda 20 daqiqa I avtoklavda sterilizatsiya qilinadi.



Tuxumli muhit. 12 dona tuxum oqar suvda sovunlab yuviladi va spirtda 30 daqiqa saqlanadi. Steril munchoq solingan kolbaga ular; chaqib solinadi, bir xil aralashma hosil bo'lguncha aralashtiriladi.10 ml 20 % li malaxitli yashilning suvdagi eritmasi va 300 ml tuxumli eritma qo'shiladi. Doka yordamida filtrlanadi va 85°C haroratda [ 30 daqiqa davomida ivitiladi. Sotonning sintetik muhiti. 200 ml distillangan suvga 4 g asparagin 0,5 g temir sitrati, 2 g limon kislotasi, 0,5 g magniy sulfati, 0,5 g asosiy kaliy fosfati, 60 g glitserin, 800 ml distillangan suv qo'shiladi.
Nazorat uchun savollar;

1 Sil qo'zg'atuvchisini o'stirish uchun qanday oziqa muhitidan foydalaniladi?



  1. Balg'amni oziqa muhitga ekishdan avval nima sababdan tozalanadi?

  2. Zich va suyuq oziqa muhitida sil qo'zg'atuvchisi qanday o'sadi?

  3. Odamda sil kasalligini keltirib chiqaruvchi qo'zg'atuvchiga qaysi hayvon sezuvchan?

5.Sil qo'zg'atuvchisini kim va qachon aniqlagan? 6.Sil qo'zg'atuvchisining qanday turlarini bilasiz? 7.Ularning qaysi biri odam uchun patogendir?

8.Sil qo'zg'atuvchisining tashqi muhitga chidamliliga nima sabab bo'ladi?

9.Sil qo'zg'atuvchisi qanday usulda bo'yab o'rganiladi?

10.Sil kasalligining oldini olish uchun qanday ishlar olib boriladi?


Foydalaniladigan adabiyotlar;

1.A.B.G’anixo’jayeva “Mikrobiologiya”

2.E.Eshboyev “Mikrobiologiyadan amalyy mashg’ulotlar.”
Tayanch so’z va iboralar:

1.UBN-ultra binafsha nur;

2.Endotoksin-lipopolisaxarid protein kompleksdan iborat bo’lgan mikroorganizm hujayrasiga bog’liq bo’lgan zahari;

3.Inkubasion davr-yuqumli kasallikning yashirin davri;

4.Toksimiya-qonga mikrob zaharlarini tushishi;

5.BTSJ vaksinasi-sil kasalligiga qarshi profilaktik maqsadda qilinadi;

6.Shtamm-ma’lum joydan ajratib olingan va o’rganilgan kultura.

Mavzu:Patogen spiroxetalar.Zaxm (sifilis) treponemalari.

Reja:

1.Zaxm (sifilis) treponemalarining xossalari;

2.Yuqish mexanizmi,kasallik patogenezi;

3.Tekshirish materialini yig’ish va laboratoriyaga yuborish;

4.Profilaktika va davosi.
Patogen spiroxetalar. Spiroxetalar Cpirochaetaceae oilasiga kiradi. Ular ingichka burama mikroorganizmlar bo'lib, ipsimon asosi atrofini spiralsimon sitoplazma o'rab turadi va bu ularga burama shaklini berib turadi.

Ultra kesmalarda uch qavatli membrana qatlami aniqlangan. Elektron mikroskop orqali ko'rilganda ayrim spiroxetalarning uchida ipchalar aniqlanadi. Spora va kapsula hosil qilmaydi, xivchinlari yo’q.Ular juda harakatchan. To'rt xil harakatlanishga ega: 1.Aylanma ; 2.To'lqin-simon; 3.Egiluvchan ; 4. Ilgarilab boradigan. Ularning kattaligi 5 dan 500 mkm. gacha uzunlikda va 0,3—0,75 mkm kenglikda bo'ladi.Odam uchun patogen bo'lgan spiroxetalarga quyidagi avlod a'zolari kiradi:



  1. Treponema — zahm va formbezi qo'zg'atuvchisi.

2.Borrielia — epidemik va endemik qaytalama tif, Vensc anginasining qo'zg'atuvchisi.

3.Leptospira — leptospiroz qo'zg'atuvchisi.


Spiroxetalar bir-biridan buramalar soni, chuqurligi va bo'yalishiga ko'ra farqlanadi. Asosiy bo'yash usuli Romanovskiy—Gimza. Bu usulda borreliyalar yaxshi bo'yalib, binafsha treponemalar och pushti rangda ko'rinadi. Spiroxetalar tirik holda o'rganiladi.

Spiroxetalar keltirib chiqaradigan kasalliklarni spiroxitozlar deyiladi. Spiroxetozlar klinikasi ma’lum sikllarda kechishi tavsiflanadi.



ZA XM QO'ZG'ATUVCHISI. Treponema pallidum — zaxm qo'zg'atuvchisi Treponema(lotincha trepo — buramoq, nemo — ip) kiradi.

T.pallidum 1905-yili Shaudin tomonidan aniqlangan.Zaxm qo'zg'atuvchisini o'rganishda I.I. Mechnikov, N. Erlix, D.K. Zabilotniylar katta hissa qo'shganlar. Morfogiyasi. T. pallidum — spiralsimon, 818x0,08—0,2 mkm kattalikda, buramalari mayda va bir xilda joylashgan 12—14 tani tashkil etadi. Uchlari uchli yoki yumaloq bo'ladi. Harakatchan, to'rt xil harakatlanadi. Romanovskiy —Gimza usulida bo'yalganda och pushti rangda ko'rinadi, shuning uchun ularni rangsiz spiroxetalar deb ham yuritiladi. Yomon bo'yalishiga sabab ularning tarkibida kam

miqdorda nukleoproteidlarning bo'lishidir. Spiroxetalarni Burri,kumushlash usulida ham aniqlash mumkin. Bundan tashqari, ularni tiriк holda qorong'ilashgan mikroskopik maydonda ko'rish mumkin.Spora va kapsula hosil qilmaydi.



Kultural xossasi. Rangsiz treponemalar ozuqa muhitga talabchan. Miya yoki buyrak bo'laklari va assit suyuqligi qo'shilgan sun'iy oziqa muhitlaridagina o'sadi. 35—36°C haroratda 5—12 kunda, anaerob sharoitida sekin o'sadi. Rangsiz treponemalar tovuq embrionida yaxshi bo'linib ko'payadi. Sun'iy muhitda o'stirilganda treponemalar virulentlik xossasini yo'qotadi. Bunday kulturalar kulturali shtammlar deb ataladi. Tovuq embrionida o'stirilgan kulturalar esa to'qimali kulturalar deyiladi. Ular virulentlik xossasini saqlab qolgan bo'ladi.

Fermentativ xossasi. Treponemalar fermentativ xossaga ega emas. Lekin kulturali shtammlar bir-biridan indol va vodorod sulfiti hosil qilishi bilan farqlanadi.

Toksigenligi. Doimiy emas.

Antigenligi. Rangsiz treponemalar o'zida polisaxarid, yog'li va proteinli antigenlar kompleksini saqlaydi. Seroguruh va serovarlari aniqlanmagan.

Chidamliligi. Rangsiz treponemalar kam chidamlidir. 55°C harorat ta'sirida 15 daqiqadan so'ng nobud bo'ladi. Past haroratga ular chidamli. Muzlatilganda bir yilgacha saqlanadi. Spiroxetalar og'ir metall tuzlariga (simob, margimush va b.) sezgir. Dezinfeksiyalovchi moddalar ta sirida bir necha daqiqadan so'ng nobud bo'ladi. Ular benzilpenitsilinga, bitsillinga va boshqalarga sezgir. Ayrim tashqi muhit omillari ya antibakterial preparatlar ta'sirida sista shakliga aylanishi mumkin. Shu shaklda ular organizmda latent holatda uzoq vaqt saqlanib qolishi mumkin.

Patogenligi. Tabiiy sharoitda hayvonlar zaxm bilan kasallanmaydi.Lekin I.I.Mechnikov va E.Ru kasallikning klinik manzarasini maymunlarda ko'rish mumkinligini isbotlab beradilar. Maymunlarda zararli material yuborilgan joyda shankr yuzaga kelgan. Hozirgi vaqtda quyonlar,dengiz cho'chqachalarida zararli material yuborilgan joydayara hosil bo’lishi aniqlangan. Ajratib olingan treponemalarni quyonlarga yubob uzoq vaqt saqlab qolish mumkin. Infeksiya manbai.Kasal odam.Tarqalish yo’li. Kasallik asaosanjinsiy yo'l orqali tarqaladi. Ayrim hollarda zaxm idish-tovoq, choyshablar orqali ham tarqalishi mumkin. Zaxm bilan kasallangan onalardan kasallik homilaga ham o'tishi mumkin Buni tug'ma zaxm deb ataladi.

Patogenezi.Kirish darvozasi bo'lib og'iz bo'shlig'i va jinsiy yo'llar shilliq pardasi hisoblanadi. Yashirin davri 3—4 hafta. Birlamchi davrda spiroxetalar shilliq qavatga tushadi va yashirin davrdan so'ng (o'rtacha 3 haftada) ular kirgan joyda tubi va cheti qattiq yara — „qattiq shankr" hosil bo'ladi. Qattiq shankrni hosil bo'lishi limfa tugunlarinin° kattalashuviga sabab boiadi. Birlamchi davr 6—7 hafta davom etadf

Ikkilamchi davrda qo'zg'atuvchilar limfa yo'li orqali qonga so'riladi va qon bilan butun organizmga tarqaladi. Bunda teri va shilliq qavatlarda toshmalar — rozeolalar va papulalar, vezikulalar hosil bo'ladi. Bu davr 3—4 yil davom etadi.

Uchinchi davr. Zaxm kasalligi davolanmagan hollarda yuzaga keladi. Bu davrda a'zo, to'qima, suyak tomirlarida parchalanishga moyil granulatsiya o'smalari hosil bo'ladi. Bu davr bir necha yil davom etadi (yashirin shakli). Bu davrda bemor atrofdagilarga zararli hisoblanmaydi. Kasallik davolanmasa (ayrim hollarda) to'rtinchi davrda bir necha yillardan keyin u markaziy nerv sistemasini shikastlaydi, miyaning shikastlanishi sababli progressiv falaj, orqa miyaning shikastlanishi sababli uning qurishi yuzaga keladi. Bunday holat troponemalarning miya to'qimalarida joylanishi natijasida yuzaga keladi, va organizmda funksional va organik o'zgarishlar yuzaga keladi.

Immuniteti. Tabiiy immuniteti yo'q. Kasallikdan so'ng nosteril infeksion immunitet yuzaga keladi. Buni shankr immuniteti deb ham yuritiladi, chunki qayta kasallanganda qattiq shankr hosil bo'lmaydi, lekin kasallikni qolgan davrlari rivojlanadi. Zaxm kasalligida YqCva YqM, shuningdek, YqE reaginlar aniqlanadi, kardiolipid antigeni qo'shilganda ular komplement yordamida o'zaro bog'lanib oladi.

Profilaktikasi. Bemorlarni vaqtida aniqlash, epidemiologik zanjirni topish. Sanitariya maorifi ishlarini olib borish. Begonalar bilan jinsiy aloqada bo'lmaslik. Maxsus profilaktikasi yo'q.

Davosi. Penitsillin, bitsillin, bioxinol va boshqalar.
Tekshirish usullari.Serologik usuI.

Vasserraan reaksiyasi. Bu reaksiya komplement bog'lanish reaksiyasi asosida olib boriladi. Vasserman reaksiyasi boshqa reaksiyalardan nospetsifik antigen qo'llanilishi bilan farqlanadi. Masalan, kardioantigen — buqa yuragidan tayyorlangan yog'li ekstrakt bo'ladi. Mana shu nospetsifik antigenga sezgir bo'lgan nospetsifik antitelolarni reaginlar deyiladi. Nospetsifik antigen bilan boradigan reaksiya bemor qon zardobi tarkibidagi globulin miqdorining ortishi va dispersiya darajasining o'zgarishi sababli yuzaga keladi. Globulinlar yog'li ekstraktlar bilan birikadi va komplement bilan bog'lanib kompleks hosil qiladi. Shuning uchun ham gemolitik sistemada gemoliz bo'lmaydi. Gemolizning sodir bo'lmasligi reaksiya musbatligidan dalolat beradi, ya'ni „zaxm" deb diagnoz qo'yishiga asos beradi. Serologik reaksiyalarni qo'yishda, bundan tashqari treponema va kultural to'qimalardan ajratib olingan spetsifik antigenlarni ham qo'llash lozim.


  1. 1-raqamli nospetsifik antigen (buqa yuragining yog'li fraksiyasi).

  2. 2 va 3-raqamli antigenlar treponema kulturasidan olingan

spetsifik antigenlardir.

Cho'kma reaksiyasi.

1.Qon reaksiyasi. Bemor qon zardobi 56°C haroratda 30 daqiqa inaktivatsiya qilinadi. Antigenga (buqa yuragining yog'li ekstrakti) 0,6 % xolesterin qo'shiladi. Bu reaksiyaning sezgirligini oshiradi (31-jadval).

Zaks—Vitebskiy reaksiyasi (sitoxolesterin cho'kma reaksiyasi). Bu reaksiya qon reaksiyasiga o'xshash. Pretsepitatsiyani tezroq yuzaga keltirish uchun bunga yanada konsentrlangan xolesterinlik antigen qo'shiladi.

Treponemalarni immobilizatsiyalash reaksiyasi. Zaxm diagnostikasida spetsifik reaksiya hisoblanadi.

Treponemalarni immobilizatsiya reaksiyasi spetsifik reaksiya hisoblanadi. Hozirgi vaqtda bu reaksiyaning aniq uslubi ishlab chiqilgan. T.pallidum bilan zararlangan quyon tuxumdoni maydalanib tayyor­langan aralashmada qo'zg'atuvchilar harakatchanligini saqlab qolish uchun u maxsus oziqa muhitiga solinadi. Probirkaga 1,7 ml miqdorda treponema to'qimasi aralashmasi, 0,2 ml hajmda tekshirilayotgan zardob, 0,1 ml yangi komplement olinadi.

Bu reaksiya probirkalarda olib boriladi. Birinchi nazorat probirkasiga tekshirilayotgan bemor qon zardobining o'rniga sog'lom odamning qon zardobi qo'shiladi; ikkinchi nazorat probirkasiga dengizcho'chqachasining inaktivatsiya qilingan qon zardobi qo'shilgan probirkalar gazlar aralashmasi bilan to'ldirilgan karbonat kislota va 19 hajm azot) eksikator yoki anaerostatda qoldiriladi va 35°C haroratli termostatga solinadi. So'ng tekshirish materi buyum oynachasiga tomiziladi va spiroxetalar harakatchanligi qorong'i mikroskop maydonida o'rganiladi. Reaksiyaning prinsipi shundan iboratki, bemor qon zardobidagi antitelo ta'sirida va kompliment ishtirokida zaxm qo'zg'atuvchisi harakatdan to'xtavdi ц1 harakatdan to'xtagan treponemalaming foizi aniqlanadi.

Agarda 50 %dan ortiqroq qo'zg'atuvchilar harakatdan to’xtasa reaksiya musbat, 30—50 %gacha harakatdan to'xtasa — kuchsiz musbat , 20 %dan kam harakatdan to'xtasa — reaksiya manfiy deyiladi.
Nazorat uchun savollar:
1.Spiroxetalarning morfologiyasini aytib bering. 2.Spiroxetalarni bo'yalish usulini aytib bering. 3.Qattiq shankr nima?


  1. Zaxm kasalligining qanday davrlarini bilasiz?

  2. Zaxmda qanday immunitet yuzaga keladi? 5. Zaxm kasalligining turli davrlarida qanday tekshirish material olib tekshiriladi?

6.Zaxm diagnostikasida qanday laboratoriya tekshirish usullari qo'llaniladi?

7.Vasserman reaksiyasini qo'yishda qanday antigenlardan foy-dalaniladi?

8.Treponemalarni immobilizatsiya qilish reaksiyasida qanday ingrediyentlardan foydalaniladi?

9.Treponemalarni immobilizatsiya reaksiyasining natijasi qanday o'qiladi?


Foydalaniladigan adabiyotlar;

1.A.B.G’anixo’jayeva “Mikrobiologiya”

2.E.Eshboyev “Mikrobiologiyadan amalyy mashg’ulotlar.”

Tayanch so’z va iboralar:

1.Trepo-lotincha buramoq;

2.Nemo-lotincha ip:

3.Rozeollalar-teri va shilliq qavatlarda toshmalar;

4.Diffuziya ozuqa moddalarni baktwriya hujayrasi ichida o’z holicha konsentrasiyaga bog’liq ravishda o’sishi;

5.Anotoksin-toksik xossalarini yo’qotilgan,antigenlik xossalari saqlangan moddalar;

6.Yallig’lanish-organizmni begona moddalarga nisbatan qarshi reksiyasi;

Mavzu: Qaytalama tif borelliyasi.

Reja:

1.Qaytalama tif borellasining xossalari;

2.Yuqish mexanizmi,kasallik patogenezi;

3.Tekshirish materialini yig’ish va laboratoriyaga yuborish;

4.Profilaktika va davosi.

QAYTALAMA TIF QO'ZG'ATUVCHILARI.

Qaytalama tif qo'zg'atuvchilari Spirochetaceae oilasiga, Borreha avlodiga kiradi.

Infeksiya tashuvchisiga ko'ra qaytalama tif epidemik qaytalam; (tashuvchisi bitlar) va endemik qaytalama tif (tashuvchisi kan kabilarga bo'linadi.

Qaytalama tif borreliyalari boshqa spiroxetalardan yiri buramalari turlicha joylanishi, Romanovskiy—Gimza usi bo'yalganda binafsharangda bo'yalishi bilan farqlanadi. Epidemik qaytalama tif-Epidemik qaytalama tif qo'zg'atuvchisi 1868-yildaO. Obermayer tomonidan aniqlangan tomonidan aniqlangan.



Morfologiyasi. Obermayer borreliyalari spiralsimon ipga o’xshash bo'lib, 5—8 buramadan iborat, buramalari turlicha joylashgan 18x0,3—0,5 mkm kattalikdadir. Harakatchan, spiroxetalarga xos barcha to'rt xilda bolgan turda harakatlanadi.

Kultural xossasi. Zardob, assit suyuqligi, to'qima yoki hayvona’zolari qo'shilgan sun'iy oziqa muhitlarida o'sadi. Ular juda sekin,7-12 kundan so'ng, anaerob, 30—35°C haroratda va pH 7,2—7,4 bo 'loan sharoitda o'sadi. Suyuq oziqa muhitida ular jadal bo'linib ko’payishlariga qaramasdan muhit tiniq qoladi. Keyingi yillarda borrelliyalar tovuq embrionida ham o'stirilmoqda.

Fermentativ xossasi. Borreliyalar fermentativ xossaga ega emas.

Toksigenligi. Endotoksin ajratadi (to'liq o'rganilmagan).

Antigenligi. Kam o'rganilgan.

Chidamliligi. Borreliyalar yuqori haroratgajuda sezgir. 45—50°C harorat ta'sirida 30 daqiqadan so'ng, 0°C da bir kungacha saqlanadi, past haroratga ancha chidamli. Muzlatilganda bir necha oylab saqlanadi. Quritilganda tez nobud bo'ladi. Dezinfeksiyalovchi moddalar ta'sirida bir necha daqiqadan so'ng nobud bo'ladi.

Patogenligi. Tabiiy sharoitda hayvonlar qaytalama tif bilan kasallanmaydi. Laboratoriya hayvonlaridan maymunlar, oq sichqonlar, olmaxonlarga Obermayer borreliyalari qiyinchilik bilan yuqadi.

Infeksiya manbayi. Kasal odam infeksiya manbayi hisoblanadi. Tarqalish yoli. Transmissiv yol orqali, ya'ni yashashi davomida (30—40 kun) bitlar orqali tarqaladi.

Bemor qonini so'rgan bitlar 5—7 kundan keyin zararli bo'lib hisoblanadilar. Bu vaqt ichida spiroxetalar ichakdan gemolimfa yo'liga io'riladi va u yerda to'planadi. Odam qashinganda bit tanasini shihikastlaydi va uning gemolimfasini qashigan joyga kiritadi.



Patogenezi. 1874-yilda G. Minx, 1881-yili 1. Mechnikov tajriba sifatida bemor qonini o'zlariga yuborib, qaytalama tif qo'zg'atuvchisini qonda aylanib yurishini isbotlab berganlar.

Organizmga kirgan borreliyalar limfa yo'liga o'tib makrofag sistemasi hujayralarida ko'payadi so'ngra qonga so'riladi. Bemorda birinchi kasallik huruji, ya'ni isitma tutishi shundan keyin yuzaga keladi.Bemor qonida antitelolar — spiroxetolizinlar to'planadi, ular borreliyalarini lizisga uchratadi. Qo'zg'atuvchilar tomonidan ajratilgan endotoksin intoksikatsiyani — tana haroratini ko'tarilishi va boshqa funksional o'zgarishlarn yuzaga keltiradi.Bemor qonida antitelolar –spiroxetolizinlsar to’planadi,ular boraelliyalarni lizisga uchratadi.Qo’zgatuvchilar tomonidan ajratilgan endotoksin intoksikatsuiyani-tana haroratini ko’tarilashi va boshqa funksional o’zfarishlarni yuzaga keltiradi. To'qimalarning chuqur qismida saqlanib qolgan borreliyalar bo'linib ko'payadi va organizmda lizinlarga sezuvchan bo'lmagan yangi avlod borreliyalarini hosil qiladi.Bu borrelliyalar qonga o’tob yangidan ikkinchi isitma tutishini yuzaga keltiradi.Organizmda endi ana shu borrelliyalarni lizisfga uchratuvchi lizinlar yuzaga keladi.Bunday isitma tutuishlar bir necha marotaba (3-5) takrorlanadi.Xar bir isitma tutish oldingisidan qisga va ular orasidagi vaqt (operaksiya)uzoqroq bo’ladi.Organizmdagi barcha turdagi borelliyalar to’liq lizisga uchragandan so’ng tuzalish yuzaga keladi.Qaytalama tif bilan kasallangan bemorlarda favqulotda xodisa trombositobariya,ya’ni ichki a’zo kapilliyarlardagi spiroxetalarga trombositlar shimilishi va natijada “spiroxet va tromboset” agregati yuzaga kelishi kuzatiladi.Bu agregat shu a’zoda qon aylanishini buzilishiga olib keladi.Borrelliyalar esa xarakatchanligini yp’qotadi Immuniteti.Spiroxetolizin,agglytinin,tpombositobarin kabi antitelolar borligi bilan tavsiflanadi.Lekin ular turg’un emas. Profilaktikasi. Bitlarga qarshi kurashish ,sanitar gigienik sharoitni yaxshilash.


Yüklə 0,71 Mb.

Dostları ilə paylaş:
1   ...   6   7   8   9   10   11   12   13   14




Verilənlər bazası müəlliflik hüququ ilə müdafiə olunur ©genderi.org 2024
rəhbərliyinə müraciət

    Ana səhifə