Mavzu: Mikrokontrollerlar Reja



Yüklə 1,24 Mb.
səhifə2/5
tarix11.10.2023
ölçüsü1,24 Mb.
#126983
1   2   3   4   5
Mikrokontrollerlar

Tizim kabeli.
Tizim kabeli ko‘p o‘zakli (mnogajilniy)signal kabel ko‘rinishida bo‘lib, o‘lchov qurilmalari yoki foydalanuvchi interfeysi qo‘shimchalari bilan ulashda qulaylik uchun kabelning bir uchida funksional modulga ulanish va, kabelning qarama qarshi uchida esa terminal bloki bilan ulanish uchun maxsus konektori mavjud. Kabel ichidagi signal simlari soni funksional modul uchun zaruriy ulanishlardan kelib chiqiladi. Umuman olganda tizim kabellari funksional modullardan kantroller korpusiga kirish/chiqish signallarini uzatish uchun ko‘p qo‘llaniladi.

8.7.- Rasm. Tizim kabeli.
Shinadagi axborot almashinuvi.
Bu asosiy tushunchalarni tushuntirish uchun, protsessor moduli shnadagi asosiy qurilma sifatida aytilgan paytda, shinadagi boshqa barcha funksional modullar ya‘ni kirishtish/chiqarish , aloqa tizimi, shuningdek havsizlikni ta‘minlovchi sxema, shinada ikkinchi darajali qurilmalar bo‘lib qoladi.
Shinadagi axborot almashinuvi to‘liq protsessor moduli tomonida boshqariladi. Axborot almashinuvi quyidagi ketma ketlikda amalga oshiriladi:
 Boshqariluvchi moduldan protsessor moduliga:

  • Protsessor moduli boshqariluvchi modulning shinadagi manzilini aniqlaydi.

  • Protsessor moduli shinaga nazorat signalini yuboradi.

  • Boshqaruv moduliga adresslangan axborot shinaga joylashtiriladi.

  • Protsessor moduli shinadan kelayotgan axborotlarni qabul qiladi.

 Protsessor modulidan boshqariluvchi modulga.

  • Protsessor moduli boshqariluvchi modulning shinadagi manzilini aniqlaydi.

  • Protsessor moduli shinaga axborotni joylashtiradi.

  • Protsessor moduli shinaga axborotni yozish buyrug‘ signalini yuboradi.

  • Boshqariluvchi modulga adreslanga axborotni shinadan qabul qilib oladi.

Boshqariluvchi funksional modullar o‘zaro axborot almashina olmaydi. Agar funksional modullar o‘rtasida axborot almashinuvi zarur bo‘lib qolsa, bu amalni protsessor moduli yordamida amalga oshiriladi va to‘liq protsessor moduli nazorati ostida bo‘ladi.

Yüklə 1,24 Mb.

Dostları ilə paylaş:
1   2   3   4   5




Verilənlər bazası müəlliflik hüququ ilə müdafiə olunur ©genderi.org 2024
rəhbərliyinə müraciət

    Ana səhifə