Mavzu: milliy davlat boshqaruv tizimi


O'zbekistonda ham davlat boshqaruvi shakli, hokimiyat vakolatlarini taqsimlashda xuddi mana shunday milliy an'analarga katta e'tibor berildi



Yüklə 443,36 Kb.
səhifə2/4
tarix11.12.2023
ölçüsü443,36 Kb.
#147820
1   2   3   4
MILLIY DAVLAT BOSHQARUV TIZIMI

O'zbekistonda ham davlat boshqaruvi shakli, hokimiyat vakolatlarini taqsimlashda xuddi mana shunday milliy an'analarga katta e'tibor berildi.
O'zbekiston Respublikasi Konstitusiyasining 11 moddasi: «O'zbekiston Respublikasi davlat hokimiyatining tizimi - hokimiyatning qonun chiqaruvchi, ijro etuvchi va sud hokimiyatiga bo'linish prinsipiga asoslanadi» (O'zbekiston Respublikasi Konstitusiyasi.-Toshkent: O'zbekiston,1992 yil.),-deyiladi. Konstitusiya mazmunidan ko'rinib turibdiki, davlat hokimiyatida vakolatlar turli davlat organlariga, chunonchi, qonunchilik vakolatlari Oliy Majlisga, ijro vakolatlari Prezident hamda Vazirlar Mahkamasiga, sudlov vakolatlari esa Sud organlariga taqsimlanib berilgan. Davlat boshqaruvida yana islohotlar o'tkazilib, Sud sistemasi yanada isloh qilinmoqda.
Davlatni boshqarishning Prezidentlik shakli mamlakat boshqaruvi tizimini isloh qilishning boshlanishi bo'ldi. Prezident davlat hokimiyatining boshlig'i bo'lib, bir vaqtning o'zida Vazirlar Mahkamasining raisi vazifasini bajaradigan bo'ldi. Bozor munosabatlariga o'tish davrida davlat, xo'jalik jamiyatning barcha sohalaridan tortib, intizom o'rnatish, ijroiya hokimiyatini butun choralar bilan mustahkamlash ehtiyoji shuni talab qildi. Demak, Prezident suveren Respublika boshlig'i va ayni mahalda Respublikada ijroiya hokimiyati rahbari sifatida faoliyat yurgizadi. Bu ayrim g'alamislarning fikricha aftoritar hokimiyatni o'rnatilishi emas, aksincha, hozirgi paytda kuchli ijroiya hokimiyati bo'lishi kerakligidandir. Aks holda, jilov qo'ldan chiqib ketishi va mamlakat inqirozga yuz tutishi hech gap emas. Masalan, Koreya, Turkiya va boshqa mamlakatlarni olsak. Ular iqtisodiy islohotlar yoki o'tish davrida juda kuchli ijroiya hokimiyatga asoslangan edi.
Respublikada hokimlar boshqaruvining joriy etilishi ham muhim ahamiyatga ega bo'ldi, hokimlikka tajribali va malakali shaxslar Prezident tomonidan tayinlanadi va Xalq Deputatlari Kengashlari tomonidan tasdiqlanadi.
Bu partiya va harakatlarning har biri jamiyatda ma'lum qatlamlarning siyosiy ijtimoiy, iqtisodiy va ma'naviy qarashlarini ifodalab, parlamentda o'z o'rni va ovozlariga egalar.
Prezidentimiz I.Karimov o'zining konstitusiyaning 14 yilligiga bag'ishlangan bayram tantanasida so'zlagan ma'ruzasida siyosiy partiyalarning jamiyat hayotidagi o'rniga baho berib jumladan shunday degan edi: «...partiyalar o'zining ijtimoiy-siyosiy faoliyatini aholi orasida qancha jonlantirib, kengaytirib borsa, xalqimiz va saylovchilarimizning siyosiy ongi va faolligi shuncha yuksalib, ularning islohot va o'zgarishlarga o'tkazadigan ta'siri tobora ortib boraveradi».

Yüklə 443,36 Kb.

Dostları ilə paylaş:
1   2   3   4




Verilənlər bazası müəlliflik hüququ ilə müdafiə olunur ©genderi.org 2024
rəhbərliyinə müraciət

    Ana səhifə