Mavzu: Mobil texnologiyalar uchun dasturiy vositalar yaratishda qo‘llaniluvchi dasturlash tillari Reja



Yüklə 3,63 Mb.
səhifə3/10
tarix29.11.2023
ölçüsü3,63 Mb.
#139687
1   2   3   4   5   6   7   8   9   10
MOBIL ILOVA YARATISH

Mahalliy ilovalar. Muayyan operatsion tizim (iOS, Android, Windows) uchun yaratilgan. Foydalanuvchilar kattaroq auditoriyasini qamrab olish uchun turli operatsion tizimlar uchun bir nechta alohida dastur ishlab chiqishi kerak. Ular bir xil funksiyalarni bajarishi, bir xil dizaynga ega bo‘lishi mumkin, ammo har xil dasturligicha qoladi. Bunday ehtiyoj loyiha vaqti hamda rivojlanish byudjetini oshiradi.
Mahalliy ilovalar Internetdan mustaqil ishlashi mumkin, ayrimlari esa ulanishni talab qiladi. Ular kamroq xotirani egallaydi, tezkor bo‘lib, batareya quvvatini kam sarflaydi.
Web-ilovalar. Web-ilovalar – smartfon foydalanuvchilari uchun saytlarning moslashtirilishi. Ilovalar foydalanuvchi istalgan vaqtda, hatto shaxsiy kompyuteri yoki noutbukidan foydalanish imkoni bo‘lmagan holatlarda ham saytga kirish uchun mo‘ljallangan. Ayrim vebxizmatlarni yuklab olish va o‘rnatish lozim. Saytga mobil brauzer orqali kirilganda, mavjudlari avtomatik ravishda ishga tushadi.
d) Mobil ilovalarning afzalliklari
• dastur interfeysi mobil qurilmada sensorli ekran yoki tugmachalar orqali ishlash uchun maxsus yaratilgan;
• gadjetlar navigatsiyasi mobil menyu foydalanuvchilari uchun qulay va tushunarli;
• xabarlar, push xabarnomalari, eslatmalar orqali foydalanuvchi bilan o‘zaro aloqani yaxshilaydi;
• ilova funksiyalarni fon rejimida ham bajarishi mumkin;
• foydalanuvchi shaxsiy ma’lumotlarining saqlanishi. Ushbu xususiyat dasturlarni shaxsiylashtirish imkoniyatlarini yaxshilaydi. Masalan, uyga taksi chaqirish (yashash manzili), tibbiy polis bo‘yicha shifokorga yozilish va boshqa imtiyozlar;
• kompaniya va servis bilan yanada moslashuvchan qayta aloqa;
• ko‘proq manbalardan foydalanish imkoniyati. Masalan, geolokatsiyani ulash orqali shaharning istalgan joyiga taksi chaqirish;
• ilovalar insonning biologik ritmlarini hisobga olishi, ularni kun tartibiga rioya qilish bo‘yicha ogohlantirishi mumkin.
2. MOBIL ILOVALARNI YARATISH TEXNOLOGIYALARI VA VOSITALARI
Har kuni ishlatiluvchi mobil ilovalar qanday yaratilishi haqida hech o‘ylab ko‘rganmisiz? Aslida, mobil ilova yaratish unchalik ham qiyin ish emas. Demak, mavzu yordamida mobil ilovalar qayerda va qanday yaratilishi mumkinligi bilan tanishamiz.
Eng avvalo, mobil ilovalarni yaratish texnologiyalari bilan tanishish zarur. Mobil ilovalar yaratish texnologiyalari, asosan, ikki turga bo‘linadi:

Kod orqali dasturlash jarayonida barcha amallar faqat kod yozish orqaligina amalga oshiriladi. Ya’ni dastur yaratish jarayonida dastur oynasini va uning komponentlarini yaratish uchun ham kod yoziladi. Bu usulni ko‘proq veb-dasturlashda (HTML, CSS, JavaScript, PHP va b.) va Pythonnig Tkinter kutubxonasida ko‘rishimiz mumkin. Ba’zi kod orqali dasturlash platformalarida dastur oynasini yaratish uchun konstruktor rejimlari ham mavjud. Ammo asosiy jarayon kod yozish orqali amalga oshiriladi. Bularga misol tariqasida C# va Delphi dasturlash muhitlarini keltirish mumkin.
Vizual dasturlash – kod yozishning o‘rniga grafik obyektlarni boshqarish bilan dastur yaratish usuli. Bunda dasturlash jarayonida maxsus funksiyalardan iborat bloklardan foydalaniladi. Dastur tuzish esa Lego orqali biron buyumni yasash jarayoniga o‘xshash bo‘ladi. Bu usulda dastur tuzuvchidan dasturlash tillarini yuqori darajada bilish talab qilinmaydi. Ayrim taniqli dastur mualliflari vizual dasturlashni dasturlash tillarini rivojlantirishning keyingi bosqichi (keyingi avlod) deb tan olishadi. Mobil ilova yaratish imkonini beruvchi ko‘plab dasturiy vositalar mavjud. Ularning ayrimlarini ko‘rib chiqamiz.

Yüklə 3,63 Mb.

Dostları ilə paylaş:
1   2   3   4   5   6   7   8   9   10




Verilənlər bazası müəlliflik hüququ ilə müdafiə olunur ©genderi.org 2024
rəhbərliyinə müraciət

    Ana səhifə