Mavzu: Mobil texnologiyalar uchun dasturiy vositalar yaratishda qo‘llaniluvchi dasturlash tillari Reja



Yüklə 3,63 Mb.
səhifə8/10
tarix29.11.2023
ölçüsü3,63 Mb.
#139687
1   2   3   4   5   6   7   8   9   10
MOBIL ILOVA YARATISH

BLOKLAR REJIMI
Bloklar rejimi ilova va uning komponentlari foydalanuvchining turli xatti-harakatlariga javob qaytarishini dasturlash uchun ishlatiladi. App Inventor bloklari bu komponentlarni boshqarish uchun vositalar hisoblanadi va ular pazl ko‘rinishiga ega. Bloklar rejimi interfeysi:
Blocks (Bloklar) – bloklar sohasi (1);
Viewer (Ko‘rinish) – bloklar zanjirini tashkil qilish va ular bilan ishlash sohasi (2);
Bloklar rejimida bloklarning 3 ta guruhidan foydalaniladi:
1) Built-in (O‘rnatilgan bloklar) – ushbu bloklar guruhi yaratilgan komponentlar uchun amal/funksiyalarni aniqlash imkonini beradi. Ular quyidagilarga bo‘linadi (3):
Control (Boshqarish)boshqarish bloklari (4);
Logic (Mantiq) – mantiqiy funksiyalardan foydalanish bloklari (5);
Math (Matematika) – matematik bloklar (6);
Text (Matn)matn bloklari (7);
Lists (Massivlar) – massivlar/ro‘yxatlar bilan ishlash bloklari (8);
Dictionars (Lug‘atlar) – lug‘atlar bilan ishlash bloklari (9);
Colors (Ranglar) – ranglar bilan ishlash bloklari (10);
Variables (O‘zgaruvchilar) – o‘zgaruvchilar bilan ishlash bloklari (11);
Pocedures (Protseduralar) – protsedura va funksiyalar bilan ishlash bloklari (12);
2) Screen1 (ilova komponentlari uchun harakat/hodisalar bloklari guruhi). Muayyan dastur komponentlari uchun harakatlarni belgilaydi. Istalgan komponent belgilansa, uning uchun mavjud bloklar ko‘rsatiladi (13);
3) Any component (har qanday komponent). Ushbu bloklar guruhi bir xil turdagi ko‘plab komponentlarni tartibga solish va boshqarish imkonini beradi (14);

App Inventorda 4 xil ko‘rinishdagi bloklardan foydalaniladi:
1) mobil ilovalardagi har qanday bloklar zanjiri ushbu ko‘rinishdagi bloklardan boshlanadi. Ular mantiqiy bo‘lib, keyingi barcha harakatlarni boshqaradi (15);
2) keyingi turdagi blok tarkibiy qismga ma’lum bir qiymat berish buyrug‘ini beradi (16);
3) bu turdagi blok ma’lum bir qiymatga ega komponentni chaqiradi. Ular oraliq blok hisoblanib, bloklar zanjirini tugata olmaydi (17);
4) so‘nggi tur bloklari mavjud yoki hisoblangan yakuniy qiymatni taqdim qiladi va bloklar zanjirini tugatadi (18);
App Inventorda istalgan turdagi bloklar yoki bloklar zanjirini saqlash uchun bloklar interfeysida sumka ko‘rinishida bo‘lim mavjud (19);
Agar bloklar zanjiri ko‘rinish bo‘limiga sig‘may qolsa, oynani ixtiyoriy masshtabda katta yoki kichik qilish mumkin (20);
Dasturlash davomida keraksiz blok yoki qism bloklar zanjirini olib tashlash imkoniyati ham mavjud (21);
Dastur yaratish jarayonida bloklar zanjirini tuzishda xatolikka yo‘l qo‘yilsa, muhit bu haqida xabar berib turish imkoniyatiga ega (22).

Yüklə 3,63 Mb.

Dostları ilə paylaş:
1   2   3   4   5   6   7   8   9   10




Verilənlər bazası müəlliflik hüququ ilə müdafiə olunur ©genderi.org 2024
rəhbərliyinə müraciət

    Ana səhifə