Mavzu: Mobil texnologiyalar uchun dasturiy vositalar yaratishda qo‘llaniluvchi dasturlash tillari Reja



Yüklə 3,63 Mb.
səhifə2/10
tarix29.11.2023
ölçüsü3,63 Mb.
#139687
1   2   3   4   5   6   7   8   9   10
MOBIL ILOVA YARATISH

c) Mobil ilovalar turlari
Mobil ilovalarni qanday qurilma yoki operatsion tizimda ishlashidan qat’i nazar ikki – bepul va pullik mobil ilovalar guruhiga bo‘lish mumkin. Bepul ilovalar cheklangan imkoniyatlar to‘plamiga ega sodda dasturiy ta’minotni taqdim etadi. Ular aniq bir topshiriqni bajarishga mo‘ljallangan bo‘ladi (masalan, elektron pochtani ko‘rish). GetJar tashkiloti ekspertlari fikriga ko‘ra, aksariyat hollarda foydalanuvchi bepul dasturlardan qisqa vaqt davomida foydalanadi. Bunga sabab ularning imkoniyatlari cheklanganligidir. Pullik ilovalarda esa foydalanuvchiga har bir dasturiy mahsulot uchun kengaytirilgan funksional imkoniyatlar taqdim etiladi. Bundan tashqari, ishlab chiqaruvchilar qoida sifatida muntazam ravishda dasturiy ta’minotning yangi imkoniyatlarini taklif etishadi. Shuningdek, mobil ilovalarni, vazifasiga ko‘ra, ko‘ngilochar (multimediali), kommunikatsion, navigatsion, ma’lumot beruvchi va amaliy ilovalarga ajratish mumkin.
Ko‘ngilochar mobil dasturlar audio va videopleyer, tasvir va elektron kitoblarni namoyish qiluvchi dasturlarni hamda o‘yinlarni o‘z ichiga oladi. Kommunikatsion dasturlar foydalanuvchi telefoni, SMS, elektron pochta aloqalari, ijtimoiy tarmoqlar orqali muloqot uchun javobgardir. Navigatsiya dasturlariga GPS tizimi, elektron xarita hamda geografik koordinatalar bilan ishlaydigan dasturlar kiradi. Ma’lumot beruvchi dasturlar tarkibiga turli lug‘at va ensiklopediyalar, qidirish tizimi mavjud ma’lumotlar bazalari kiradi. Amaliy dasturlarga qayd dasturlari, organayzerlar, kalkulyator, grafik va matn bilan ishlash dasturlari kiradi. Bundan tashqari, mobil ilovalar turlarida yana bir tasnif mavjud. Ular ish xususiyatlariga ko‘ra, 3 ta guruhga: gibrid, mahalliy, saytlar uchun mobil dasturlarga bo‘linadi.
Gibrid ilovalar. Mahalliy va veb-dasturlar o‘rtasida oraliq mavqega ega. Ularda smartfon texnik vositalari (kamera, mikrofon, geolokatsiya, manzillar kitobi)ga kirish imkoniyati cheklangan. Serverda joylashtirilgan tashqi manbadan tarkibni yuklab olishda Internetga ulanishni talab qiladi. Kamchiliklari: oz miqdordagi ma’lumot asosida ishlaydi; dizayn ekran o‘lchamlari kattalashishiga mos kelmaydi, bu esa noqulayliklarni tug‘diradi.

Yüklə 3,63 Mb.

Dostları ilə paylaş:
1   2   3   4   5   6   7   8   9   10




Verilənlər bazası müəlliflik hüququ ilə müdafiə olunur ©genderi.org 2024
rəhbərliyinə müraciət

    Ana səhifə