Mavzu: Mobil texnologiyalar uchun dasturiy vositalar yaratishda qo‘llaniluvchi dasturlash tillari Reja



Yüklə 3,63 Mb.
səhifə4/10
tarix29.11.2023
ölçüsü3,63 Mb.
#139687
1   2   3   4   5   6   7   8   9   10
MOBIL ILOVA YARATISH

A ndroid Studio – 2013-yil 16-may kuni Google I/O konferensiyasida e’lon qilingan Android platformasi bilan ishlash uchun o‘rnatilgan dasturlash muhiti (IDE). IDEni yuklab olish va undan foydalanish mutlaqo bepul. Android studiyada smartfon va planshetlar uchun ilovalar ishlab chiqish vositalari, shuningdek, Android TV, Android Wear, Android Auto, Glass va qo‘shimcha kontekstli modullar uchun yangi texnologik yechimlar mavjud. Android Studioda dasturlash 2 muhitda amalga oshiriladi:
1) ilova interfeysini yaratish;
2) ilova funksiyalarini yaratish.
Ilova interfeysini 2 usulda: kod orqali va komponentlar orqali yaratish mumkin.
Kod orqali yaratishda XML tilidan foydalaniladi. Bunda har bir elementning nomi yozilib, so‘ngra uning parametrlari sozlanadi. Interfeysni komponentlar yordamida yaratishda esa tayyor komponentlar ilova oynasiga joylanadi va ularning parametrlari sozlanadi. Komponentlarga tugmachalar, yozuv maydonlari, mediamahsulotlarni namoyish qilish maydonlari, veb maydon kabilar kiradi.
Ilovaning funksiyalarini yaratish dasturlash tillarida amalga oshiriladi. Android Studio muhitida dastlabki versiyalarida dasturlash jarayonlari uchun Java dasturlash tili belgilangan edi. 2017-yil 17-may kuni o‘tkazilgan Google I/O konferensiyasida Google Android Studioda Javaga qo‘shimcha ravishda Android platformasi uchun rasmiy dasturlash tili sifatida Kotlin tilini qo‘llashini e’lon qildi.



X amarin iOS. Android va Windows qurilmalari uchun C# dasturlash tilida zamonaviy mobil ilovalarni ishlab chiqish freymvorki hisoblanadi.
Xamarin kompaniyasi Amerikada 2011-yilda tashkil etilgan. Uning ishlab chiquvchilari dastlab Microsoft Windows bilan ishlash uchun mo‘ljallangan .NET Frameworkni boshqa mobil platformalar uchun moslashtirdilar.
Xamarin .NET bilan zamonaviy, samarali IOS, Android va Windows ilovalarini yaratish uchun ochiq manbali platformadir. Xamarin umumiy kod va asosiy platforma kodlari o‘rtasidagi o‘zaro aloqalarni boshqaruvchi abstraksiya darajasini taqdim etadi. Xamarin xotira ajratish va kesh fayllarni yig‘ish kabi funksiyalarni amalga oshiruvchi boshqariladigan muhitda ishlaydi.
Xamarin bilan o‘rtacha 90 % dastur kodi turli platformalarda o‘zgarmasdan ishlatilishi mumkin. Ushbu ustuvorlik yordamida dasturchi barcha dastur kodini bitta tilda yozishi (yoki mavjud dastur kodidan foydalanishi) mumkin. Shu bilan birga u mazkur kod orqali turli platformaga xos ishlash imkoniyatiga ega bo‘ladi.
Xamarin orqali ilovalarni shaxsiy kompyuterlarda yoki Mac-kompyuterlarida yozilishi va mos platforma paketlariga kompilatsiya qilinishi kerak, masalan, .apk Android uchun yoki .ipa IOS uchun.
Xamarinda ham dasturlash Android Studioda dasturlash kabi ikki muhitda amalga oshiriladi:




Yüklə 3,63 Mb.

Dostları ilə paylaş:
1   2   3   4   5   6   7   8   9   10




Verilənlər bazası müəlliflik hüququ ilə müdafiə olunur ©genderi.org 2024
rəhbərliyinə müraciət

    Ana səhifə