Mavzu: mtt va oilada musiqa tarbiyasining maqsad va vazifalari. Fanning maqsadi,mohiyati va vazifalari. Musiqaning hayotdagi o’rni. Mttda va oilada bolalarni har tomonlana tarbiyalashda musiqa tarbiyasining maqsad va vazifalarini



Yüklə 1,5 Mb.
səhifə3/31
tarix29.11.2023
ölçüsü1,5 Mb.
#141049
1   2   3   4   5   6   7   8   9   ...   31
3 var musiqa

REja:

  1. Musiqiy tovushlar va ularning xususiyatlari.

  2. 2.Tovushqator registr va ularning vazifalari

Tabiatda uchraydigan hamma tovushlar musiqali va shovqinli tovushlarga ajratiladi. Shovqinli tovushlar qasirlash, g‘ijirlash, dukullash, gumburlash singarilar bo‘lib, aniq balandlikka ega emas. Shuning uchun ular musiqada qo‘llanilmaydi. Musiqaviy tovushlar esa ma’lum balandlikka ega bo‘lib, insondagi eshitish analizatori bu tovushlarni payqab oladi.
Musiqiy tovushlar turi, xususiyatiga ko‘ra, bir-biridan farq qiladi. Bu xususiyatlar tovushning balandligi, qattiqligi, davomiyligi va tembrdan iboratdir. Tovushlar balandligi tebranuvchi jismning tezligiga bog‘liqdir.Tebranish qancha tez bo‘lsa, tovush shunchalik baland bo‘ladi va aksincha, tebranish qanchalik sust bo‘lsa, tovush shunchalik past bo‘ladi. Tovush qattiqligi tovush manbayi bo‘lgan jismning tebranish ampletudasiga bog‘liqdir. Tovush qanchalik qattiq bo‘lsa, shuncha qattiq ishlatiladi va aksincha. Tovush cho‘zimi manbayi tebranishining davom etishiga bog‘liq bo‘ladi.Musiqa ijrochiligi uchun belgilangan musiqaviy sistema o‘zaro munosabatda bo‘lgan muayyan balandlikdagi tovushlar tizilmasidan (qatoridan) iboratdir. Tovushlarning o‘z balandligiga qarab joylashishi sistemasiga tovushqator deyiladi. Musiqaviy sistemaning to‘liq tovushqatorlarida 88 ta xilma-xil tovushlar bor. Musiqaviy sistema tovushqatorlari yettita mustaqil nomga ega bo‘lgan asosiy bosqichlardan iboratdir.
I II III IV V VI VII
Do Re Mi Fa Sol Lya Si
Bu asosiy tovushlar fortepianoning oq klavishlari (bosqich pardalari) tovushlariga mos keladi. Tovushqatorlarining bu yettita bosqichi ma’lum bir vaqtda takrorlanib turadi. Bunda yuqori tomon sanalgan har bir 8- tovush 1-tovushga nisbatan ikki baravar kuchliroq tebranish natijasida hosil bo‘ladi va shu sababdan ikki marta baland bo‘lib eshitiladi. Bir xil nomdagi tovushlar oralig‘iga oktava deyiladi.

Demak oktava tovushlarining yetti asosiy bosqichini o‘z ichiga birlashtiradi. Butun tovushqator bir necha oktavaga bo‘linadi. Har bir oktavaning «Do» tovushi boshlang‘ich bosqichning tovushi deb qabul qilingan. Cholg‘u asboblari tovushlarning yoki inson ovozining ma’lum bir bo‘lagiga registr deyiladi. Registrlar uch xil bo‘ladi: pastki, o‘rta, yuqori registrlar. Registrlar haqidagi tushunchani mustahkamlash va o‘zlashtirishni tekshirib ko‘rish uchun quyidagi o‘yin-mashqni o‘tkazish foydali.
Tarbiyachi qo‘shiqni turli registrlarda chaladi, bolalar esa ularni qo‘l harakatlari bilan ko‘rsatib borishlari kerak. Agar qo‘shiq yuqori registrda chalinayotgan bo‘lsa, ular qo‘llarini yuqoriga ko‘tarishadi, pastki registrda chalinayotganda – pastga tushurishadi, o‘rta registrda esa qo‘llarini oldinga uzatishadi. Bu o‘yinni tikka turib bajarish yaxshiroq bo‘ladi. Bunda ko‘zlanadigan asosiy maqsaddan tashqari, bir yo‘la go‘yo jismoniy yengillikka ham erishish mashg‘ulotda ko‘tarinki ruh paydo qiladi.Tovushlarning baland-pastligini aniqlash birinchi oktava bilan cheklangach, shu tovushlarni eshitishnigina emas, balki ularni kuylashni ham talab etish kerak. O‘shanda bolalarning eshitib, tasavvur hosil qilishlari bilan bir vaqtda qo‘shiqchilik sezgilari paydo bo‘la boradi, chunki eng baland tovushlar qo‘shiq aytishda o‘rtacha va past tovushlarga qaraganda ko‘proq zo‘r berishni talab etadi.Musiqa savodi musiqaning ifoda vositalari musiqa tovushlarining yozish usullari va musiqa nazariyasi bo‘yicha dastlabki ma’lumotlar bilan tanishtiriladi hamda shu bir qatorda, notaga qarab ashula aytish bo‘yicha amaliy mashg‘ulotlarni ham o‘z ichiga oladi. Nota yozuvi haqidagi tushunchalarni ifodalaydigan va musiqa savodi bilan yuritiladigan maxsus bilimni nota savodi deyiladi. Tovushlar joylashgan besh chiziq nota chiziqlari deb ataladi. Besh chiziqni birlashtirib turgan bir chiziq takt chizig‘i deyiladi. Nota yozuvi boshi sol kaliti deyiladi.Musiqiy tovushlarning yozilishi. Kalitlar. Kalitlar haqida tushuncha Musiqa tovushlari nota deb ataladigan maxsus belgilar yordami bilan yoziladi. Nota belgilari o‘rtasi bo‘sh yoki bo‘yalgan doirachalardan iborat bo‘ladi. Tovushlarning xilma-xil cho‘zimini ko‘rsatish uchun bu doirachalarga vertkal tayoqchalar, dumchalar qo‘shib yoziladi.
Tovushlarning balandligini aniqlash uchun notalar beshta parallel chiziqdan iborat va nota yo‘liga yoziladi.Notalar chiziqlarga, chiziqlar orasiga, chiziqlarning ustiga va ostiga yozilishini, asosiy chiziqlar yetishmay qolganda esa notalar qo‘shimcha, qisqa chiziqlarga yozilishi uqtiriladi. Nota chiziq boshida maxsus belgi – skripka kaliti bo‘lmaguncha yozilgan notalardan birontasini ham atay olmaymiz, bu kalit notalar nomini ochib beradi.
Mavzu: Nota.Notalarning nota chizig’ida joylashuvi. Notalarning kelib chiqish tarixi va nomlanishi, nota chizig’ining yozilishi va nota chizig’da notalarning joylashuvi. Nota cho’zimlari.
Notalar chiziqlarga, chiziqlar orasiga, chiziqlarning ustiga va ostiga yozilishini, asosiy chiziqlar yetishmay qolganda esa notalar qo‘shimcha, qisqa chiziqlarga yozilishi uqtiriladi. Nota chiziq boshida maxsus belgi – skripka kaliti bo‘lmaguncha yozilgan notalardan birontasini ham atay olmaymiz, bu kalit notalar nomini ochib beradi.
Kalitning ikkinchi nomi bo‘lgan «Sol» kaliti bilan ham tanishtiriladi, o‘z gajjagi bilan nota yo‘lining ikkinchi chizig‘ini qamrab oladigan kalit sol notasining o‘rnini ko‘rsatishini, shu sababdan uning sol kaliti deb atalishini tushuntirib beradi. Sol notasining qayerda turganligini bilib olgan bola boshqa notalarni ham topishi mumkin.
Bolalar notaning o‘rnini qanday topish kerakligini juda tez tushuniboladilar; bu narsa maroqli o‘yinga aylanib ketadi; o‘yin paytida bolalar qayerda qanday nota yozilishini esda qoldiradilar.

Yüklə 1,5 Mb.

Dostları ilə paylaş:
1   2   3   4   5   6   7   8   9   ...   31




Verilənlər bazası müəlliflik hüququ ilə müdafiə olunur ©genderi.org 2024
rəhbərliyinə müraciət

    Ana səhifə