Mavzu: Murakkab tizimlar haqida tushuncha


Murakkab tizimlar turlari



Yüklə 31,69 Kb.
səhifə6/8
tarix22.03.2024
ölçüsü31,69 Kb.
#182159
1   2   3   4   5   6   7   8
Murakkab tizimlar haqida tushuncha

Murakkab tizimlar turlari
Kelib chiqishiga ko‘ra tizimlar sun’iy va tabiiy tizimlarga bo‘linadi.
Sun’iy tizimlar – inson tomonidan yaratilgan tizimlar.
Misollar: avtomobil, universitet, siyosiy tizim va xok.
Tabiiy tizimlar – tabiatda va jamiyatda ob’ektiv ravishda yaralgan tizimlar: atom, xujayra, inson, jamiyat va xok. Ob’ektning ideal holatga yaqinligi darajasiga ko‘ra tizimlar ideal va ideal bo‘lmagan tizimlarga bo‘linadi. Ideal tizimlar – ideal bo‘lmagan tizimlar uchun etalon bo‘lib xizmat qiluvchi tegishli namunali tizimlar.
Ob’ektiv borliqda mavjudligiga ko‘ra tizimlar moddiy va abstrakt tizimlarga bo‘linadi. Abstrakt tizimlarni “qo‘lda ushlab” bo‘lmaydi va ular faqatgina odamlarning intellektual tafakkuri, tizimli bilimi yordamida yaratiladi. Ko‘p holatlarda abstrakt tizimlar mos ravishda moddiy tizimlar bilan uyg‘unlashgan holda mavjud bo‘ladi.
Misol: advokaturaning tashkiliy-funksional bo‘linmalari tizimi va advokaturaning moddiytexnik vositalari tizimi.
Tashqi muhit bilan aloqa qilish bo‘yicha tizimlar ochiq va yopiq bo‘ladi.
Masalan, universitet – ochiq tizim. Tashqi muhitdan universitetga axborot, moddiy va moliyaviy resurslar, ishga kiruvchi kadrlar, abiturientlar kirib keladi. Universitetdan tashqi muhitga axborot, ishdan bo‘shuvchi kadrlar, bitiruvchilar chiqib ketadi. Yopiq tizim tashqi muhit bilan nisbatan kamroq axborot, energiya, resurs va mahsulotlarni bilan almashinib turadi. Masalan, xalqaro savdo va xalqaro moliyaviy xamkorlik a’zosi bo‘lmagan mamlakat yopiq iqtisodiyotga ega bo‘ladi.
Muvozanat holati bo‘yicha tizimlar muvozanatli va muvozanatsiz bo‘ladi. Muvozanat yoki muvozanatsizlik holati ham dinamik, ham statik tizimda kuzatilishi mumkin.
Masalan, vaqt o‘tgan sari mahsulot bozorida talab va taklif xajmlari eksponensial o‘sish sur’atlarda o‘zgarsa va shu bilan birga ularning xajmi bir-biriga doimo tengligi saqlanib borsa, u holda bozordagi talab va taklif xajmlarining
Yüklə 31,69 Kb.

Dostları ilə paylaş:
1   2   3   4   5   6   7   8




Verilənlər bazası müəlliflik hüququ ilə müdafiə olunur ©genderi.org 2024
rəhbərliyinə müraciət

    Ana səhifə