Mavzu: Murakkab tizimlar haqida tushuncha



Yüklə 31,69 Kb.
səhifə7/8
tarix22.03.2024
ölçüsü31,69 Kb.
#182159
1   2   3   4   5   6   7   8
Murakkab tizimlar haqida tushuncha

dinamik muvozanati haqida gapirsa bo‘ladi. Agar vaqt o‘tgan sari mahsulot bozorida talab va taklif xajmlari bir hil o‘sish sur’atlarda o‘zgarsa va shu bilan birga ularning xajmi bir-biriga doimo tengligi saqlanib borsa, bunday dinamik muvozanat – statsionar muvozanat deb, bunday dinamik tizim esa – statsionar tizim deb ataladi. Statsionar tizimda muvozanat bo‘lishi shart emas, ammo uning xarakati shakli bir-hil bo‘ladi.
Muvozanat holati tiklanishi bo‘yicha tizimlarni barqaror va barqarorsiz tizimlarga ajratsa bo‘ladi. Agar tizimda tashqi ta’sir natijasida muvozanat buzilsa va bu muvozanat keyinchalik tez orada tiklansa, bunday tizim barqaror tizim deb ataladi.
Agar vaqt o‘tgan sari tizim holati yoki tizim holati bilan birga uning tarkibiy tuzilmasi ham o‘zgarsa, bunday tizim dinamik tizim deb ataladi. Aksincha, agar vaqt o‘tgan sari tizimning holati va tarkibiy tuzilmasi o‘zgarmasa, bunday tizim statik tizim deb ataladi. Dinamik tizimlar o‘z navbatida klassik va evolyusion tizimlarga bo‘linadi. Agar vaqt o‘tgan sari tizim holati o‘zgarib, uning tarkibiy tuzilmasi o‘zgarmasa, bunday dinamik tizim klassik tizim deb ataladi. Aksincha, uning tarkibiy tuzilmasi o‘zgarsa, bunday dinamik tizim evolyusion tizim deb ataladi.
Masalan, jinoyatga qarshi kurashish tizimida vaqt o‘tgan sari haq to‘lash fondida moliyaviy mablag‘lar etishmasligi sababli tergovchilar maoshi kamayib ketdi. Bu esa – jinoyatlarni fosh qilish darajasining tushib ketishiga sabab bo‘ldi, chunki tizimda qo‘nimsizlik oshib ketdi. Shu bilan birga, tizimning tashkiliy-funksional, moddiy-texnik tuzilmasi va xokazo tuzilmalari saqlanib qoldi. Demak, bu erda klassik tizim haqiga gap ketyapti.
Yana bir misol: ko‘p qavatli uyning holati o‘n yildan keyin quvurlarni alishtirish va devorlarni oxaklash kabi ta’mirlash ishlarini amalga oshirishni talab qildi, lekin uyning arxitekturali tuzilmasi saqlanib qoldi.
Evolyusion tizimga misol: Oliy Majlis oldin bir palatali edi, lekin vaqt o‘tgan sari uning tashkiliy-funksional tuzilmasi o‘zgardi – ya’ni, u ikki palatali bo‘ldi va buning natijasida qonun chiqaruvchi xokimiyati organlari tizimi takomillashdi.
Evolyusion tizimlar o‘z navbatida ochiq va yopiq bo‘ladi.
Yüklə 31,69 Kb.

Dostları ilə paylaş:
1   2   3   4   5   6   7   8




Verilənlər bazası müəlliflik hüququ ilə müdafiə olunur ©genderi.org 2024
rəhbərliyinə müraciət

    Ana səhifə