Mavzu: Murakkab tizimlar haqida tushuncha


Murakkab tizimning elementlari, uning yuqori va quyi tizimlari



Yüklə 31,69 Kb.
səhifə4/8
tarix22.03.2024
ölçüsü31,69 Kb.
#182159
1   2   3   4   5   6   7   8
Murakkab tizimlar haqida tushuncha

Murakkab tizimning elementlari, uning yuqori va quyi tizimlari.
Ob’ekt murakkab tizim sifatida namoyon qilinganda, uning tizimli tahlil uchun muhim hisoblangan tarkibiy qismlari tizim elementlari deb nomlanadi. Ob’ektning muhim bo‘lmagan qismlari tizimda aks ettirilmaydi. Har qanday murakkab tizim tuzilma shaklida bir-biri bilan bog‘langan elementlardan tashkil topgan bo‘ladi.
Agar tizimning ayrim elementlari o‘z navbatida tuzilma shaklida birbiri bilan bog‘langan elementlardan tashkil topgan bo‘lsa, bunday elementlar to‘plami quyi tizim deyiladi. Quyi tizim ham murakkab tizimning uchta universal hususiyatlariga ega – u maqsadga intiladi, uning biborta elementini ajratib bo‘lmaydi va ular bog‘langan bo‘ladi. Agar quyi tizim murakkab tizim bo‘la olmasa, ammo baribir bir qancha elementlarni o‘zida qamrab olsa, u tizim komponenti deyiladi.
Agar A tizimi B tizimning quyi tizimi bo‘lsa, u holda B tizimi yuqori tizim deyiladi. Odatda yuqori tizimni tashqi muhit deb ham atashadi.

2. 1-rasm. Murakkab tizimning elementlari, uning yuqori va quyi tizimlari
Tizim tahlilchisi ob’ektni tizim shaklida namoyon qilayotganda tadqiqot mavzusini inobatga oladi.
Masalan, tadqiqot mavzusi “Toshkent davlat yuridik universitetida yuridik kadrlarni tayyorlash tizimining samaradorligi” deb nomlansa, bunda Toshkent davlat yuridik universitetidagi yuridik kadrlarni tayyorlash tizimi – tadqiqot ob’ekti bo‘lsa, mazkur tizimning ishlashi samaradorligi tadqiqot predmeti bo‘ladi. Shundan kelib chiqib, o‘quv va ilmiy ishlarning natijaviyligi va sifati, hamda resurslardan oqilona foydalanishga urg‘u beriladi va tegishli muhim quyi tizimlar va elementlar tizimni namoyon qilishda “universitet” degan ob’ektdan ajralib olinadi.
Murakkab tizimlar tuzilmalari.
Murakkab tizimlarning tuzilmalarini aniqlash – tizimli tahlilning muhim vazifasidir, chunki agar bunday tuzilma haqida ma’lumot mavjud bo‘lmasa, tizimning elementlari, quyi tizimlari va ular orasidagi munosabatlar haqida gapirib bo‘lmaydi.
Tizimning tuzilmasini aniqlash degani – tizimning quyi tizimlari, elementlari va ular orasidagi bog‘liqliklarni aniqlash degani.
Agar vaqt o‘tgan sari tizimning holati o‘zgarsada, lekin shu bilan birga uning tuzilmasi va funksiyalari o‘zgarmasa, bunday tizim - statsionar (yoki barqaror) tizim deyiladi. Agar vaqt o‘tgan sari tizimning qaysidir elementi rivojlanib, quyi tizimga aylansa, tizimning tuzilmasi rivojlangan bo‘ladi.

Yüklə 31,69 Kb.

Dostları ilə paylaş:
1   2   3   4   5   6   7   8




Verilənlər bazası müəlliflik hüququ ilə müdafiə olunur ©genderi.org 2024
rəhbərliyinə müraciət

    Ana səhifə