Mavzu: Murakkab tizimlar haqida tushuncha


Maqsadga intilish hususiyati



Yüklə 31,69 Kb.
səhifə3/8
tarix22.03.2024
ölçüsü31,69 Kb.
#182159
1   2   3   4   5   6   7   8
Murakkab tizimlar haqida tushuncha

Maqsadga intilish hususiyati. Har qanday murakkab tizim maqsadga intilgan bo‘ladi. Maqsadga intilish tizim ichida dasturlangan bo‘ladi. Murakkab tizim avtonom ravishda ishlay oladi va muayan maqsadga intiladi. Agar tizim maqsadga intilmasa, demak u murakkab tizim emas, aksincha, sodda tizim.
Murakkab tizimda qaror qabul qiluvchi yoki boshqaruvchi quyi tizim yoki gomeostazis hususiyati5 mavjud bo‘ladi. Murakkab tizim qarorlar qabul qilish mexanizmi orqali yoki avtomatik tarzda yoki muvozanatga tortuvchi kuch yordamida boshqarilishi mumkin. Avtomatik tarzda boshqariladigan murakkab tizimlar kibernetik tizimlar bo‘lib, kibernetika6 tomonidan o‘rganiladi va mazkur darslik doirasida ko‘rilmaydi.

Sodda tizim


Murakkab tizim





Qaror qabul qiluvchi yoki boshqaruvchi quyi tizimi yoki gomeostazis hususiyati yo‘q yoki munosabatlarni tartibga soluvchi hususiyati yo‘q


Qaror qabul qiluvchi yoki boshqaruvchi quyi tizimi yoki gomeostazis hususiyati yoki munosabatlarni tartibga soluvchi hususiyati mavjud





Maqsadga intilmaydi


Maqsadga intiladi





Sub’ekt tizimni bevosita harakatga keltiradi


Tizim o‘zi harakatga keladi va sub’ekt uning ishlashiga dastlabki impuls beradi, hamda


uning harakatiga bilvosita ta’sir qiladi



Misollar: agar sub’ekt ajralgan bo‘lsa va xarakatlanayotgan dinamik tizim ob’ekt sifatida o‘rganilsa, u holda velosiped, avtomobil, samolyot – sodda tizimlar, chunki ular xaydovchisiz xarakatga kelishmaydi.


Ya’ni o‘rganish ob’ekti va predmetiga ko‘ra, tizim sodda yoki murakkab bo‘lishi ham mumkin.

Misollar: agar sub’ekt ajralmagan bo‘lsa va xarakatlanayotgan tizim o‘rganilsa, u holda velosiped, avtomobil, samolyot – murakkab tizimlar.


Boshqa misollar: velosiped, avtomobil yoki samolyotda o‘rnatilgan GPS navigatori; robot; mexanik yoki kvarsli soat; Quyosh tizimi; korxona; o‘simlik; universitet; jamiyat; jinoyat bilan kurashish tizimi; Konstitutsiya; Mehnat Kodeksi; jinoyat qonunchiligi.

Muvozanatga intiluvchi tizimlar fizika, astronomiya, iqtisodiyotda va xok. sohalarda uchraydi. Keyinchalik biz qaror qabul qiluvchi quyi tizimga ega bo‘lgan, hamda muvozanatga intiluvchi murakkab tizimlarni ko‘rib chiqamiz.




Yüklə 31,69 Kb.

Dostları ilə paylaş:
1   2   3   4   5   6   7   8




Verilənlər bazası müəlliflik hüququ ilə müdafiə olunur ©genderi.org 2024
rəhbərliyinə müraciət

    Ana səhifə