Mavzu: Musiqiy didni rivojlantirishda ko’p ovozli musiqaning o’rni



Yüklə 277,86 Kb.
səhifə14/20
tarix12.06.2023
ölçüsü277,86 Kb.
#116775
1   ...   10   11   12   13   14   15   16   17   ...   20
BMI Hasanova Ma\'muraxon 19.30

XVIII asrning birinchi yarmi. Polifoniyaning yangicha yuksalishi.

Janrlar: motet, oratoriya, messa, kantata, prelyudiya va fuga, passakalya, sonata, variatsiyalar.
Kompozitorlar: I.S.Bax, G.F.Gendel, G.Teleman, I.Mattezon, R.Kayzer, A.Lotti, I.Fuks, A.Kaldara, J.F.Ramo.
Oratoriya (lot. oratorium — ibodatxona) — yakkaxon xonandalar, xor va orkestr uchun yaratilgan,odatda, dramatik syujetga asoslangan yirik musiqa asari. 16—17-asrlarda Italiyada diniy musika janri sifatida yuzaga kelgan. Opera va kantata bilan deyarlik bir davr (16—17-asrlar)da Italiyada shakllangan. Lekin kantatadan yirikligi, muayyan syujetga asoslanganligi, operadan esa dramatik rivoj urniga bayon xususiyatlari yetakchiligi bilan ajralib turadi. Ortoriyaning keng kulamli mumtoz namunalarini G. Gendel yaratgan. U o’z ortoriyalarida, asosan, Injil mavzulariga tayanib, xalq va uning qahramonlarini madh etgan. Ortoriya Yevropa kompozitorlari (I. S. Bax, Y. Gaydn, G. Berlioz, F. List, R. Shuman, A. Onegger, P. Dessau, K. Pende-retskiy, Yu. Shaporin, A. Shnitke va boshqalar) ijodidan keng o’rin olgan. Markaziy Osiyo mamlakatlarida Q. Moddobosanov (Qirg’iziston), G. Jubanova (Qozog’iston) va boshqalarning ortoriyalari mashhur. O’zbekistonda I. Akbarovning "Toshkentnoma" va "Nakshbandiya, F. Yanov-Yanovskiyning "Chili", M. Bafoyevning "Buxoronoma", "Hajnoma" kabi ortoriyalari tanilgan.21
Sonata (italyancha: sonata, lotincha: sonare — “yangramoq”) — kamer-cholg’u musiqasining asosiy janrlaridan. 3 qismli turkum asar, baʼzan 1, 4, 5 qismlilari ham uchraydi. 3 qismli mumtoz sonataning 1 va 3 qismlari tez, 2qismi vazmin surʼatlidir. 1-qismi (sonata allegrosi) 3 yirik bo’limdan tashkil topadi: qaramaqarshi musiqiy mavzularni namoyon qilish (ekspozitsiya), ularni birbiriga taqqoslab rivojlantirish (2-bo’lim), so’ngra asosiy kuylarni o’zaro yaqinlashtirib birlashtirish (repriza). "sonata" atamasi 16-asrdan maʼlum bo’lib, avvalboshda kantatadan farqdi o’laroq har qanday cholg’u pyesa ham sonata deyilgan. 17-asr boshlarida sonataning 2 ko’rinishi (cherkov sonatasi va kamer sonata) shakllandi. 18-asr o’rtalarida D. Skarlatti, F. E. Bax klavir sonatalar yozishgan, Y. Gaydn, V. Motsartlar sonataning mumtoz namunalarini yaratishdi. Sonata rivoji va yuqori cho’qqilarga chiqishida Lyudvig van Betxoven sonatalari muhim ahamiyatga ega bo’ldi. L. Betxoven sonatani rang-barang mavzu va mazmun, murakkab shakl bilan boyitib, janr imkoniyatlarini kengaytirdi. F. Shopen, R. Shuman, F. List, I. Brams, E. Griglar sonata rivojiga katta hissa qo’shdilar. Romantizm davri va 20-asr kompozitorlari ijodida ham sonata asarlari muhim o’rin egalladi. O’zbekistonda ilk sonatalarni 1940—50 yillarda Ik.Akbarov, F. Nazarov, G. Mushel, A. Kozlovskiy kabi kompozitorlar yaratishgan. Keyinchalik, E. Solihov, N. Zokirov, A. Ergashev, D. Saydaminova, H. Rahimov, N. G’iyosov va boshqa kompozitorlar ijodida rivojlangan. Shuningdek, sonataning kichik hajmdagi turi — sonatina o’zining soddaligi, ijro uslubining oddiyligi bilan ajralib turadi.22

Yüklə 277,86 Kb.

Dostları ilə paylaş:
1   ...   10   11   12   13   14   15   16   17   ...   20




Verilənlər bazası müəlliflik hüququ ilə müdafiə olunur ©genderi.org 2024
rəhbərliyinə müraciət

    Ana səhifə