Mavzu: Musiqiy didni rivojlantirishda ko’p ovozli musiqaning o’rni



Yüklə 277,86 Kb.
səhifə17/20
tarix12.06.2023
ölçüsü277,86 Kb.
#116775
1   ...   12   13   14   15   16   17   18   19   20
BMI Hasanova Ma\'muraxon 19.30

XX asr G'arb bastakorlari: K. Debussi, M. Ravel, A. Schoenberg, A. Webern, B. Bartok, A. Xonegger, P. Hindemit, J. Messiaen.
Rus bastakorlari: A. Skriabin, I. Stravinskiy, A. Glazunov, S. Raxmaninov, S. Prokofiev, D. Shostakovich, G. Sviridov, A. Shnittke, R. Shchedrin.26
Polifoniya (yunon tilidan "ko'p", "tovush") - bir vaqtning o'zida bir nechta mustaqil teng ohanglar yangraydigan polifonik musiqa turi. Bu gomofoniyadan (yunoncha "homo" - "teng" dan) farq qiladi, bu erda faqat bitta ovoz etakchi, boshqalari unga hamrohlik qiladi (masalan, rus romantikasida, sovet ommaviy qo'shig'i yoki raqs musiqasida). Polifoniyaning asosiy xususiyati - musiqiy taqdimotning uzluksizligi, ravonlik, vaqti -vaqti bilan qismlarga aniq bo'linishdan saqlanish, ohangda bir xil to'xtashlar, shunga o'xshash motivlarning ritmik takrorlanishi. Polifoniya va gomofoniya o'ziga xos shakllari, janrlari va rivojlanish usullariga ega bo'lsa -da, bir -biri bilan chambarchas bog'liq va opera, simfoniya, sonat va kontsertlarda organik tarzda bog'langan.27
Opera (lot. opera — mehnat mahsuli, asar) — musiqali dramatik sanʼat janri. Opera qorishma (sintetik) janr bo’lib, o’zida bir nechta sanʼat turlarini mujassam etadi; unda dramaturgiya, musiqa, tasviriy sanʼat va raqs sanʼati shakllari yaxlit sahnaviy jarayonda uzviy bog’lanadi. Lekin musiqa ular orasida yetakchi o’rin egallaydi. Operaning adabiy asosi — librettodagi voqealar musiqiy dramaturgiya vositalari bilan, avvalo, vokal musiqa shakllarida gavdalantiriladi. Qahramonlarning hissiy kechinmalari, asosan, yakkaxon xonandalar ijrosidagi ariya, kavatina kabi tugal musiqa lavhalarida o’z ifodasini topadi. Operadagi rechitativ tugal musiqa shakllarini o’zaro bog’lab, musiqiy dramaturgiya ja-rayonida muhim vazifalar bajaradi. Turli vokal ansambl (duet, trio va boshqalar)larda qahramonlarning o’zaro munosabatlari, dramatik voqealar o’z aksini topadi. Xor ro’y berayotgan voqealarning izoxlovchi vositasi vazifasini bajaradi, uning yordamida xalq hayoti lavhalari gavdalanadi. Operada orkestr ham katta o’rin egallaydi: vokal shakllarga jo’r bo’ladi, mustaqil cholg’u qism (antrakt, uvertyura, introduksiya va boshqalar)larda vaziyatning mazmunini ochib beradi, har bir sahnaning ruhiy holatini ifodalashga yordam beradi. Operaning tuzilishi uning g’oyaviy maqsadiga, syujet xususiyatlariga, musiqiy-ijodiy maktab anʼanalari va uslublariga hamda kompozitorning ijodiy tafakkuriga bog’liq.
Opera sanʼatning alohida turi sifatida 16-asr oxirida Florensiya (Italiya)da yuzaga keldi: Ya. Perining "Dafna" (1598) va "Evridika" (1600) asarlari. Opera keyinchalik Yevropaning boshqa mamlakatlarida tarqalib, tarixiy rivoji davomida turli xillariga ega bo’ldi: fransuz "lirik tragediyasi" (J.B. Lyulli, J. F. Ramo) va katta opera (L. Ober, J. Meyerber), italyan opera-seria — jiddiy opera (A.Skarlatti va Neapolitan opera maktabi) va Buff-opera (J. Pergolezi, J. Paiziyello, D. Chimaro-za), nemis zingshpili (I. Xiller, V. A. Motsart va boshqalar), ingliz ballada operasi (J. Pepush), ispan sarsuela va tonadilyasi (V. Garsia) va boshqa 18-asr Yevropa kompozitorlik ijodiyotida Sharq, xu-susan, o’zbek mavzulariga qiziqish ku-chaygan va Italiyada A. Skarlatti (1706), N. Porpora (1730), A. Vivaldi (1735),A. Sakkini (1773), A. Sapiyensa — ugli (1828), Germaniyada G. Gendel (1724) va G. Teleman (1729)lar Amir Temurni o’z operalarida bosh qahramon sifatida gavdalantirishgan. Mazkur qiziqish 19—20-asrlarda yanada kengayib bevosita O’zbekiston bilan bog’liq asarlar Angliya, Armaniston, Belorussiya, Rossiya va boshqalarda ko’paydi. 19-asrda romantik opera rivojtopdi (K. M. Veber, V. Bellini, G. Donitsetti va boshqalar), yangi milliy opera maktablari yuzaga keldi (Rossiyada — M. Glinka va A. Dargomijskiy, Polshada S. Monyushko, Chexiyada B. Smetana, Vengriyada F. Erkel, Ukra-inada S. Gulak-Artemovskiy, Gruziyada M. Balanchivadze va boshqalar). 20-asrda opera — oratoriya (A. Onegger), opera—kantata (K. Orf), kamer opera (F. Pulenk), qo’shiq operasi (K. Vayl), rok-opera (E. L. Uebber) kabi yangi turlari yuzaga keldi, opera janri modernizm yo’nalishlari (impressionizm — K. Debyussi, ekspressionizm — R. Shtraus, A. Shyonberg, A. Berg, neoklassitsizm — F. Buzoni, I. Stravinskiy va h. k.) taʼsirida rivoj topdi. K. Monteverdi, J. Rossini, J. Verdi, J. Puchchini, K. V. Glyuk, B. A. Motsart, R. Vagner, L. Kerubini, Sh. Guno, J. Vize, M. Musorgskiy, P. Chaykovskiy, S. Prokofyev, D. Shostakovich, B. Bartok, 3. Koday, B. Britten, J. Gershvin va boshqalar opera sanʼati rivojiga ulkan hissa qo’shishdi.28
O’zbekistonda opera janri o’zbek mushkeli dramasining rivoji asosida, shuningdek, chet el mumtoz Operasining taʼsirida yuzaga kelgan. XIX asrning oxiri, XX asr boshlarida Toshkentga bir nechta (gruzin — 1894; 1907—15 yillarda — italyan, tatar, rus, ozarbayjon) Opera truppalari gastrolga kelgan. 1918-yildan Toshkentda Rus opera teatri o’z faoliyatini boshlagan. 1929-yilda M. Qoriyoqubov tashabbusi bilan o’zbek musiqali teatri ishga tushdi. Uning repertuari, asosan, musiqali dramalardan iborat bo’lgan. Mazkur teatr sahnasida o’zbek tilida qo’yilgan birinchi operalar — "Er Targ’in" (Ye. Brusilovskiy, 1937) va "Nargiz" (M. Magoma-yev, 1938)dir. o’zbek opera va balet trup-pasi O’zbek musiqali teatri zaminida yuzaga kelib, 1939-yil S. Vasilenko va M. Ashrafiyning "Bo’ron" Operasi bilan o’z faoliyatini boshlagan. Dastlabki o’zbek operalari o’zbek va rus kompozitorlarining ijodiy hamkorligi natijasida hamda O’zbekistonda ijod qilgan rus kompozitorlarining mahalliy mavzudagi ijodida rivoj topgan (R. Glier, T. Sodikrv, "Layli va Majnun", 1940; "Gulsara", 1949; A. Kozlovskiy, "Ulug’bek", 1942). Shu davrda o’zbek tilida jahon mumtoz O. namunalari (J. Bizening "Karmen", 1944; P. Chaykovskiyning "Yevgeniy Onegin", 1947 va boshqalar) ham sahnalashtirildi. Keyinchalik o’zbek kompozitorlarining afsonaviy-romantik, tarixiy, lirik, zamonaviy mavzulardagi mustaqil Operalari paydo bo’ldi: "Dilorom", "Shoir kalbi" (M. Ashrafiy), "hamza" (S. Boboyev), "Xorazm qo’shig’i" (M. Yusupov) va boshqa Birinchi o’zbek hajviy O.si "May-saraning ishi" (S. Yudakov) bo’lib, bir nechta chet mamlakatlar teatrlarida quyilgan. "Yoriltosh" (S. Boboyev) birinchi o’zbek bolalar operasidir.
1970—80 yillari o’zbek kompozitorlari Opera janrini mavzu jihatidan boyitishdi. Shu davr ichida tarixiy — "Mangulik" (U. Musayev), "Fidoyilar" (S. Boboyev), zamonaviy — "Sadoqat" (R. Abdullayev), atoqli shaxslarga bag’ishlangan — "Sug’d elining krploni" (I. Akbarov), "Zebunniso" (Sayfi Jalil), "Alisher Navoiy" (M. Burhonov), shuningdek, kamer operalar — "Sohilda to’qnashuv" (N. Zokirov), "Ona qalbi" (Hab. Rahimov) va boshqa Operalar sahnalashtirildi.29

Yüklə 277,86 Kb.

Dostları ilə paylaş:
1   ...   12   13   14   15   16   17   18   19   20




Verilənlər bazası müəlliflik hüququ ilə müdafiə olunur ©genderi.org 2024
rəhbərliyinə müraciət

    Ana səhifə