Mavzu: Musiqiy didni rivojlantirishda ko’p ovozli musiqaning o’rni



Yüklə 277,86 Kb.
səhifə18/20
tarix12.06.2023
ölçüsü277,86 Kb.
#116775
1   ...   12   13   14   15   16   17   18   19   20
BMI Hasanova Ma\'muraxon 19.30

Simfoniya (qadimgi yunoncha: συμφωνία — „ohangdoshlik“) — simfonik musiqaning yetakchi janri, kompozitorlik yunalishidagi cholg’u musiqaning oliy shakli. Simfonik orkestr ijrosiga muljallangan; baʼzi Slarda xor va yakkaxon xonandalar ham jalb etiladi. Bundan tashqari, torli orkestr, puflama sozlar orkestri va boshqa orkestrlarga mo’ljallangan simfoniyalar ham uchraydi. Simfoniyaning mumtoz shakli umumiy g’oya va yaxlit dramaturgiyaga asoslangan 4 qismli turkumni tashkil etadi: 1-qismi — mavzularning qaramaqarshiligi hamda jadal rivoji bilan bog’liq buladi; 2-qismi — lirik chekinish vazifasini bajaradi; 3-qismi — menuet yoki skerso harakterida yoziladi; 4-qismi — ko’pincha tantanavor, jo’shqin xotimadir.
“Simfoniya” atamasi Yevropa mamlakatlarida turli maʼnolarda qo’llanilgan. Y. Gaydn, V. Motsart va, ayniqsa, L. Betxovenlar Simfoniyaning klassik namunalarini yaratdi. 19-asr kompozitorlaridan F. Shubert, G. Berlioz, I. Brams, A. Dvorjak, simfoniya Frank, A. Brukner, G. Maler, A. Borodin, P. Chaykovskiy, A. Skryabin va boshqa simfoniya rivojiga muhim hissa qo’shgan, janrning mavzu va mazmunini boyitgan. 20-asr komlozitorlari ijodida simfoniya yangi bosqichga ko’tarildi. N. Myaskovskiy, D. Miyo, simfoniya Prokofyev, Ya. Sibelius, P. Xindemit, D. Shostakovich, I. Stravinskiy, B. Martinu, A, Onegger, A. Shnitkelar simfoniya ustalari sifatida tanilgan.
O’zbekistonda 1930-yillardan simfonik musiqaning jadal rivojlanishi Sning paydo bulishiga zamin buldi (G. Mushelning 1simfoniyasi, 1938). Keyingi yillarda yirik mavzular, falsafiy goyalarni mujassamlantiruvchi janr sifatida simfoniyaga qiziqish kuchaydi (Mushelning 2 va 3 simfoniyalari, M. Shteynbergning 5 S—rapsodiyasi, M. Ashrafiyning 1va 2simfoniyalari va boshqalar). 1960-yillarning 2-yarmida O’zbekistonda dasturli simfoniya ravnaq gopib, B. Zeydman, R. Hamroyev, B. Giyenko va boshqalar simfoniyalar ijod qilishdi. 19702000-yillarda R. Vildanov (4 ta), Sayfi Jalil (2 ta), T. Qurbonov (10 ta), M. Tojiyev (19 ta), Ik. Akbarov (3 ta), M. Mahmudov (3 ta), N. G’iyosov (12 ta) va boshqa kompozitorlar simfoniya yaratganlar.
Simfoniyaga yaqin uslubda yaratilib, undan hajman kichikligi, mazmuni va bayoni soddaligi bilan farq qiluvchi asar simfoniyetta deb ataladi.30
Konsert Yevropa mumtoz cholg’u musiqasi janri, bir yoki bir necha yakkanavoz sozlar va orkestr uchun yozilgan musiqa asari. 17a. oxiri — 18-a. 1-yarmida Yevropa sanʼatida vujudga kelgan (A. Vivaldinnt skripka va orkestr uchun Konsert lari). Yakkanavoz cholg’u bilan orkestr (yoki cholg’u guruhlari) o’rtasida ijo-diy musobaqa, munozara K. ning o’ziga xos xususiyatidir. Vena klassik maktabi vakillari ijodida Konsertning sonata – simfonik turkumidan iborat yuksak namunalari yuzaga kelgan. L. Betxoven K. ning simfoniyalashuvini boshlab berdi. F. List bir qismli Konsert shaklini ijod qildi. Konsert janri, ayniqsa, 19-(N. Paganini, F. Shopen, R. Shuman, I. Brams, K. Sen-Sans, P. Chaykovskiy va b.) va 20-a. lar (B. Bartok, S. Prokofyev, M. Ravel, S. Raxmaninov, Ya. Sibelius, I. Stravinskiy, P. Xindemit, D. Shostakovich, A. Xachaturyan, Q. Qorayev, A. Shnitke va b.) da keng rivoj topdi. O’zbekistonda Konsertning ilk namunalari 1940-y. larda paydo bo’ldi (G. Mushelning fortepiano K. lari). Keyinchalik Ik. Akbarov, B. Giyenko, F. YanovYanovskiy, S. Jalil, R. Abdullayev, N. G’iyosov, A. Ergashev va b. ning ayrim sozlar, turli orkestrlar uchun yaratilgan Konsertlari diqqatga sazovor. I. Hamroyev, M. Bafoyev, P. Xoliqov, A. Otajonov va b. o’zbek xalq cholg’ulari uchun konsertlar yaratishgan.31


Yüklə 277,86 Kb.

Dostları ilə paylaş:
1   ...   12   13   14   15   16   17   18   19   20




Verilənlər bazası müəlliflik hüququ ilə müdafiə olunur ©genderi.org 2024
rəhbərliyinə müraciət

    Ana səhifə