Mavzu: Musiqiy didni rivojlantirishda ko’p ovozli musiqaning o’rni


Musiqiy didni rivojlantirishda polifoniya tushunchasining nazariy asoslari



Yüklə 277,86 Kb.
səhifə19/20
tarix12.06.2023
ölçüsü277,86 Kb.
#116775
1   ...   12   13   14   15   16   17   18   19   20
BMI Hasanova Ma\'muraxon 19.30

Musiqiy didni rivojlantirishda polifoniya tushunchasining nazariy asoslari
Umumiy tavsifi
Musiqiy faktura monodik va ko‘povozli ko‘rinishlarda bo‘ladi. Monodik faktura (birovozli) - yunoncha «monos» - bir, «ode» - kuylash so‘zlaridan olingan bo‘Iib, u o‘zbek xalq musiqasi va og‘zaki an’anadagi kasbiy musiqaga ham taalluqlidir. Monodiyada tovushlaming linear-melodik bog‘liqligi asosiy bo‘lib, unga lad va ritm vositalari orqali erishiladi. Ko‘povozli fakturalar qatoriga gomofon-garmonik, polifonik, akkordli va geterofonli kabilarni kiritish mumkin. Ularda tovushlar nafaqat ketma-ketlikda (gorizontai holatda), balki bir vaqtning o‘zida (vertikal holatda) ham o‘zaro munosabatga kirishadi va bog‘lanadi. Gorizontai va vertikal tushunchalari har qanday musiqiy tuzilma uchun asosiy hisoblanadi. Vertikal — bu har qanday reallik yoki xayolotning bir vaqtda yuz berishi; Gorizontai - bu har qanday reallik yoki xayolotning ketma-ketligidir. Ular o‘rtasidagi chegara nihoyatda shartlidir. Vertikalning har qanday fenomenida gorizontai lahza mavjud va unga binoan gorizontallik idroki ham mavjuddir. Va aksincha, gorizontallikning har qanday voqeligi o'zida real va tinglovchi tomonidari ,qayd etiluvchi vertikal komponentiga ega. Gorizontallikning eng muhim namoyandalari - bu kuy yo‘llari (ovozlar yoxud qatlamlar)ni shakllantiruvchi melodik asos va kompozitsiya bo'lib, ular unsurlar va tuzilmalaming ketma-ketligi sifatida hosil bo‘ladi va idrok etiladi. Vertikallikning asosiy namoyoandalari - bu ohangdoshlikni shakllantiruvchi garmonik asos va faktura bo‘lib, ular gorizontai plandagi voqelikning bir vaqtda qo‘shilishi sifatida tavsiflanishi mumkin. Gorizontai va vertikal omillar doimo o‘zaro ta’sirda bo‘lsa-da, ammo ulaming roli ko‘povozlikning turli ko'rinishlarida har xildir. Shunday qilib, gomofon-garmonik fakturada vertikal birlamchi bo‘lib, garmoniya kuy harakatini yo‘naltiradi va shakl tuzilishinibelgilab beradi; polifoniyada aksincha, melodik asos va gorizontai tomoni hukmron bo‘lib, vertikal esa ovozlar munosabatini koordinatsiyalovchi sifatida ikkilamchi sanaladi. Ma’lumki, musiqani idrok etishda uning qaysi fakturaga mansub ekanligini aniqlash aksariyat hollarda oson emas. Bu esa ham polifonik, ham gomofonik fokturalar - ovozlar va kuy yo‘llari kabi yagona unsurlardan tashkil topganligi bilan izohlanadi; ammo, mazkur tuzilmalardagi ovozlaming strukturaviy aloqalari diametral qarama-qarshidir. Gomofoniyada ovozlar funksiyaviy jihatdan teng huquqli emas; texnik nuqtai nazardan bir turli emas; ifodaviylik ma’nosida bir ahamiyatli emasdir. Polifoniyada esa aksincha, ovozlar funksiyaviy jihatdan teng huquqli, texnik tomondan bir turli, ifodaviylik nuqtai nazaridan teng ahamiyatlidir. Shunday qilib, gomofoniyadagi ovozlaming o‘zaro tobeligi, differensiatsiyaga asoslanadi, ya’ni asosiy ovoz va jo‘mavozni ajratib ko‘rsatishga; polifoniyada esa ovozlar funksional umumiylik va o‘zaro o'rin bosuvchilikka asoslanadi. Qolgan ko‘povozli tuzilmalar, ya’ni akkordli (xoral) va geterofonlilarda ovozlaming o‘zaro munosabati polifonik va gomofonik turlariga mansub bo‘lgan xususiyatlaming turli xil mutanosibliklari bilan tavsiflanadi. Geterofoniya (yunoncha «getero» - boshqa, «fone» - ovoz) - birgina kuy variantlarining bir vaqtdagi o‘zaro munosabatiga asoslangan eng qadimiy musiqiy fakturadir. Geterofoniya funksional tuzilishi jihatidan monodiya va polifoniya o‘rtasidagi oraliq faktura sanaladi. Geterofoniyada bir tomondan ovozlar hukmronligi va tobeligi, boshqa tomondan esa ulaming tenghuquqlilik tamoyillari qo‘shib olib boriladi. Ovozlaming bu kabi o‘zaro munosabati ko'plab folklor namunalari, xususan o‘zbek va ikkiovozli qozoq do‘mbira musiqasiga xosdir. Geterofoniya XX asrda ham keng tarqaldi. Geterofoniyada zamonaviy polifoniyada ham qo‘llaniluvchi vositalar shakllanadi va kristallanadi. Musiqada ko‘povozlikning oddiy (sof) turlari bilan bir qatorda murakkab turlari ham uchraydiki, ularda polifoniya va gomofoniya, geterofoniya va polifoniya, va nihoyat polifoniya, gomofoniya va geterofoniya alomatlari birlashadi. Ko‘povozlikning bu turlari vaqti-vaqti bilanalmashinib keladi va murakkab ko‘povozlikning alohida qatlamlari-yu, tarkibiy qismlarini namoyon etgan holda qo‘shma jarangga birlashadi. Bu kabi birlashish imkoniyati, ko‘povozlikning barcha turlari o‘rtasida prinsipial qardoshlik mavjudligi bilan bog‘liqdir. Agarda ko‘povozlikning oraliq turlarida (geterofoniyada, akkordlida) bu turlaming faqatgina alohida xos alomatlari mutanosiblashgan bo‘lsa, murakkab ko‘povozlikda ulaming o‘zlari o‘zaro birlashadi. Ko‘povozlikning turli ko‘rinishlariga musiqiy misollar keltiramiz. Demak, P.Chaykovskiyning«YiI fasllari» («Времена года») turkumidan olingan «Boychechak» («Подснежник») asarida faktura aniq ikki qatlamga bo'linadi: birinchisi - bu yetakchi, asosiy ovoz, ikkinchisi - unga jo‘rlik qiladi.
Polifonik faktura Polifoniyaning tub mohiyati musiqa nazariyasida mustaqil kuy ovozlarining mutanosibligi va rivojlanishiga asoslangan ko‘povozlik turi sifatida belgilanadi. Shunday qilib, polifonik ko‘povozlikning ajralmas qismi sifatida mustaqil ovozlar naqdligi namoyon boiadi. Aytish mumkinki, kuy ansambli - bu aynan polifoniyadir. Intellektualizm, obrazli umumlashma, obyektivlik, hissiy xotirjamlik va bir obrazlilik polifoniyaning birmuncha uzviy xususiyatlaridandir. Polifonik musiqani idrok etish tinglovchidan muayyan madaniyat, yuksak tinglovchilik faolligi, musiqani o‘zlashtirish jarayonida qandaydir fikrlovchi, tahliliy ishni talab etadi. Polifoniyada uning uchta turi ajratib ko‘rsatiladi: geterofoniya, turli mavzuli (kontrastli - ovozlar o‘rtasida ahamiyatli darajadagi qarama-qarshilik bo‘lishi sharti bilan), imitatsion. 1. Geterofon-ovozosti turida barcha ovozlar bir vaqtning o‘zida yagona kuy variantlarini ijro etadi. 2. Turli mavzuli polifoniyada ikki va undan ortiq o‘zaro har xil bo‘lgan ovozlari bir vaqtda yangraydi. 3. Imitatsion polifoniyada barcha ovozlar bir kuyni ijro etishadi, faqat vaqt jihatdan ro‘y bergan muayyan siljishlar bilan. Ko‘povozlikning dastlabki shakllari xalq musiqasi shakllari sanalib, ular asosan geterofon-polifonik ko‘rinishda bo‘lgan. Turli mavzuli va imitatsion polifoniyaning rang-barang shakllari G‘arbiy Yevropaning kasbiy musiqasida faqat XV-XVI asrlarga kelibgina joriy bo‘lgan. Kasbiy polifoniyaning ilk shakllari aslida turli mavzuli edi. Ular turli xil qo‘shiq ohanglari (hatto har xil so‘z matnlari) mutanosibligiga qurilar edi. Musiqa san’ati mazmunidagi dunyoviylik qirralarining kuchayishiga qarab, uning insonlar kasbiy faoliyatida mustaqil ko'rinish (garchi baribir cherkov bilan bog'liq bo‘Isa-da) hosil qilganiga qarab ko‘povozli polifoniya yana va yana mavzuiy birlik bilan yo‘g‘riladi va bu imitatsion polifoniya shakllarining yaratilishiga olib keladi. Imitatsion polifoniya yetuk shakllarining vujudga kelishi XVI asr G‘arbiy Yevropa musiqasiga taalluqli bo‘lsa, rus musiqasida XVII asrga tegishlidir. XVIII asrcjan e’tiboran polifoniyaning gomofonik asosga quriluvchi yangi tarixi boshlanadi. XIX-XX asrlar musiqasida polifonik tamoyillar, uslublar va shakllar katta ahamiyat kasb etadi. O'zbekiston kompozitorlari asarlaridan polifoniyaning turli toifalariga misollar keltiramiz. A.Mansurovning fortepiano uchun «Yetti pyesa («Olma anor» o‘zbek xalq kuyi asosida)» nomli to‘plamidagi VI pyesada imitatsion polifoniya o‘z o‘miga ega. Unda mavzu pastki ovozda bayon etilib, so‘ngra esa yuqorigi ovozga kvarta yuqoriga ko‘chadi. «Qat’iy yozuv» va «qat’iy uslub» tushunchalari sinonimlar sifatida talqin etilishi odat tusiga kirgan va bu tasodifiy hoi emas. Texnika usullari, fakturalar, til me’yorlari, ya’ni kuy, ritm, ovoz yo'nalishi va garmoniya kabi yozuv vositalarining muayyan yig‘indisi tom ma’noda mumtoz vokal polifoniya uslubini tavsiflaydi. Faqatgina yozuv «qoidalari»ning ko'rsatkichi bilan u yoki bu asaming «qat’iy uslub» davriga mansub ekanligini aniqlash mumkin. Polifoniyaning «qat’iy uslub» davri XV asr oxiri (Obrext va Josken de Pre ijodlari) va XVI asr oxirlari (O.Lasso Ijodi) bilan belgilanadi. «Qat’iy uslub»ning «mumtoz» davri Palestrina ijodi va uning kompozitorlik maktabini namoyon etadi (shuningdek, XVI asrning birinchi yarmida yashab ijod etgan boshqa ko‘plab kompozitorlarning ham). «Qat’iy uslub»ning farqli jihati, uning yuksak darajada tipiklashuvidir (типизация). Bu esa quyidagi holatlarda namoyon bo‘ladi: 1) Italyan, firansuz, ispan milliy maktablari namoyandalarining asarlari - yozuv va texnikaning yagona tizimini namoyish etadi; 2) Motet, messa va ko‘povozli shanson kabi turli janrdagi asarlar musiqiy shakl jihatidan farqlanib, fakturaviy tuzilish usullari va fakturaviy almashinuv tamoyillari, ya’ni shaklni rivojlantirish jarayoni bo‘yicha o‘zaro o‘xshashdir. «Qat’iy uslub» musiqiy til va shaklning barcha qirralarini qamrab oluvchi qonuniy tizim sifatida ko‘povozlikning uzoq davom etuvchi tadrijiyot (evolyutsiyasi) natijasi bo‘lib qoldi. Ko‘povozlik tadrijiyotida ritmika va ijro usullari muhim omil bo'lib qoldi. Uslubning barcha asosiy komponentlari, ya’ni kuy, ko‘povozlikning tuzilishi, ovoz yo‘nalishi, vertikal, rivojlanish usullari, shakllantiruvchi tamoyillar - musiqa ritmik tuzilishining bevosita va bilvosita natijasi hisoblanadi. Ko‘povozlik tadrijiyotidagi boshqa muhim omil - bu uni ijro etish usullaridir. Ovozlardagi kuy (melos) sifati (vokal yoki instrumental), ovozlaming joylashuvi va o‘zaro munosabati, ya’ni ko‘povozIikni tashkillashtirish tamoyillari, shaklning tuzilish usullari ko‘povozlik kim tomonidan (yakkaxonlar ansambllimi yoki xor, cholg‘ular jo‘rligidami yoki ularsiz) ijro etilishiga bog‘liqdir. Shunday qilib, «qat’iy uslub»ning ikki muhim alomati ko‘povozlikmng xor tabiati va oq notatsiya ritmikasining barqarorligi bilan o‘zaro bogMangandir. Oq notatsiya-bu notalami qog‘ozda aks ettirishni nafaqat o‘mini bosish, balki bu menzur (taktlar zamonaviy tushunchada) muayyan toifasining barqarorlashuvidir; ammo asosiysi - kuy xarakterining o‘zgarishi. U (melodika) to‘g‘rilanadi, uning yo‘li tekislanadi, yirik ko‘tarilish va keskin tushishlar yo‘qoladi. U birmuncha egiluvchan, silliq va vazmin bo‘lib qoladi. Ko‘povozlikning xor asosiga ko'chishi, uning tuzilishida sifatli qayta qurish yuz berishiga olib keldi. XV asming 50-60 yillari - «qat’iy yozuv» polifoniyasi tomon uslubiy burilish davri bo‘ldi. Motet va messa ijro amaliyotida cholg‘ular qo‘llanilmaydi. Bu esa inson ovozi tovush ideali sifatida xizmat qilgan musiqiy yangrash yangi estetikasining tasdiqlanganligini bildiradi. Ansamblning gomogen tovush tarkibi uslubni qayta qurish uchun asos vazifasini o‘taydi. Mazkur bog‘liqlikda ikki holat muhim - bu kuy (melos) ning barcha ovozlarda bir toifali ekanligi va ovoz funksiyalarining bir toifaliligidir. Ushbu holatlar o‘zaro bog‘langandir: bunda kuy sifati ovozlar tartibini ham awaldan belgilab beradi. Ovozlaming vokal polifoniyada teng ahamiyatliligi, alohida holatda har bir ovozda individuallikka xoslikning chegaralanganligi bilan bog‘liqdir. 0 ‘z navbatida ovozlar individualligining tekislanishi, ularning bir-biribilan bog‘liqligini kuchaytiradi. Fakturada diagonal fenomeni paydo bo‘ladi: ya’ni bunda ijrochilar ham, tinglovchilar ham diqqate’tiborini bir partiyadan ikkinchisiga qaratadi. Ovozlaming kuy kirish tartibi diagonal prinsip bo‘yicha taqsimlanadi: pauzadan so‘ng har bir ovoz navbatma-navbat keladi. «Qat’iy yozuv»ning xor ko‘povozligi awalgi yuz yilliklardan ovozlardagi registr joylashish tartibining o‘zgargani bilan farq qiladi. Ovozlar o‘rtasida bo‘shliq paydo bo‘ladi va yangrayotgan ko‘povozlikning hajmdorlik effekti keskin kuchayadi. Nihoyat, fakturaviy tuzilmalar o‘rtasida musiqiy shaklning rivojlantiruvchi vositalari sifatida imitatsion va garmonik kontrast paydo bo'ladi. Muttasil imitatsion yozuv uslubning eng muhim ko‘rsatkichlaridan biri bo‘lib qoladi. Shakllantirish tamoyili imitatsiya bilan uzviy bog‘liq bo‘lib, uni «bandli» (strofik) deb atashadi. Uning mohiyati yangilanuvchi boshlang‘ich ohang (motiv)laming imitatsion rivojidadir. Ko‘povozlikning polifonik tomoni diatonik modal garmonik tizim kristallizatsiyasiga o‘z ta’sirini o‘tkazdi. «Qat’iy uslub» ko‘povozligida tom ma’noda polifonik garmoniya xususida so‘zlash mumkin. Unda harakat diagonal yo‘nalishga ega bo‘lib, ovozlaming muntazam ravishda kiritilishi va yo‘qolishi imitatsiya orqali qo‘llabquwatlanadi. Shuningdek, har xil ovozlar kuy yo‘llaridagi turlicha shiddat, ifodaviylikka ega bo‘ladi. 4-§. Qat’iy yozuv kuyi (melodikasi) Qat’iy yozuv kuyining xarakteri, diapazoni, shuningdek intonatsion, lad, metro-ritmik va strukturaviy-kompozitsion qonuniyatlari ko‘pjihatdan asaming vokal-xor tabiati bilan bogMiqdir. Qat’iy yozuv musiqasiga sokin, vazmin, xotirjam, ayni vaqtda ulug‘vor tabiat va ohangdor-deklamatsion janr asosi xosdir. Qat’iy uslub qoidalari mutlaqo konkret musiqiy maqsadlarni ko‘zlaydi: ya’ni, ijro qulayliklari va umumiy ohangdorlikni. 5-§. Kuyning lad-intonatsion xususiyatlari Kuy asosi yetti pog‘onali diatonik ladlardir (ioniy, miksolidiy, eoliy, doriy, frigiy, kamroq, lidiy). Major va minordan farqli o‘laroq, kuyning diatonik ladlari u qadar keskin kontrastlami yuzaga keltirmasa-da, ammo rang-barang 18 ifodaviy vositalami o‘zida mujassam etadi. Qat’iy uslub kuyi uchun lad o‘zgaruvchanligi va lad variantliligi xosdir. Yagona tovushqator asosida kengayib boruvchi kuy harakati rivojlanish jarayoniga yangidan-yangi lad tayanchlarini jalb etadi. Ular esa o‘zaro bir-birlari bilan raqobatlashgan holda lad bo‘yoqlarini namoyon etib, sadoga yangi kolorit baxsh etadi. Asosiy va almashinuvchi tayanchlar o‘rtasidagi o‘zaro ta’sir, aksariyat hollarda «kurash» lad o‘zgaruvchanligiga olib keladi. U (o'zgaruvchanlik) bir tuzilma ichida bo‘lganidek, ular (tuzilmalar) orasida ham namoyon bo‘ladi. Bu o‘ziga xos «og‘ishma» va «modulyatsiyalar» xususida so‘zlash imkonini beradi. Shunday qilib, lad o‘zgaruvchanligi qat’iy yozuv melodikasidagi rivojlanish va ifodaviylikning muhim vositalaridan biri sanaladi. Kuy rivojlanishi jarayonida lad variantliligi ham muhim o'rin tutadi. Lad variantliligi, agar ladda birgina pog‘onaning o‘zi ikki xil variantda kelgamdagina namoyon bo‘ladi. Masalan, «do» ioniy ladida VII pog‘ona VII va VII pasaytirilgan pog‘onalar ko‘rinishida keladi. Shu sabab ham do-ioniy asosida miksolidiy alomatlari paydo bo'ladi. Bu esa ioniy-miksolidiy ladi haqida so‘zlash imkonini beradi. Shuningdek, lad variantliligi boshqa ladlarda ham o‘zmi namoyon etishi mumkin. Ammo rivojlanish jarayonida vujudga kelgan xromatizmlar faqat ahamiyatli masofadagina ishlatilishi mumkin. Ular (xromatizmlar) qo‘shni tovushlar orasida bo‘lmasligi kerak. Shunday qilib, birovozlilik sharoitlarida lad tomoni eng kuchli dinamik omil bo‘lib xizmatqiladi. Lad nuqtai nazaridan kuy qoidaga ko‘ra ladning I- yoxud Vpog‘onasidan boshlanadi. Yakunlanishi ham asosiy yoki o‘zgaruvchan tayanch bilan tugaydi. Ohang nuqtai nazaridan «qat’iy yozuv» kuylarida pog‘onamapog‘ona harakat ustunlik qiladi, ya’ni sekunda bo‘yicha harakat amalga oshiriladi. U sakrashlar (tersiya, kvarta, kvinta va seksta) harakat bilan almashinadi. Septima va nona intervallariga sakrashlar man etiladi. Shuningdek, barcha orttirilgan va kamaytirilgan intervallaming sakrashlari ham taqiqlanadi. Kuy davomida qo‘ llanilgan sakrashlar qarama-qarshi yo‘nalishdagi harakat bilan to‘ldirilishi lozim. Sakrash o‘rnini to‘ldirish pog‘onama19 pog‘ona yoxud sakrovchi harakatlar orqali amalga oshiriladi. Odatda, sakrashdan oldin va sakrashdan keyin o‘sha yo‘nalishdagi harakatdan qochiladi. Sakrash o‘rnini to‘ldirish esa turlicha bo‘ladi. «Qat’iy yozuv» kuyi toMqinsimon harakatda rivojlanib boradi, ya’ni kuy doimo balandlik jihatidan yangi tovushlami zabt etgan holda, ko‘tarilishlar, avj va tushirimlarni hosil qilgan holda rivojlanadi. Ohang materialining to‘xtovsiz rivojianishi - qat’iy yozuvning kuy oldiga qo'ygan muhim talablaridan biridir. Ushbu talablami buzuvchi usullarga yo‘l qo‘yilmaydi. Bular: ohangning aniq yoxud sekvensiyali takrori va bir ohangning o‘ziga tez-tez qaytaverishlardir. Uzluksiz, oquvchanlik, ravonlik rivojlanish ohang kontrasti orqali ham amalga oshiriladi: bunda o'ziga xos, individuallashtirilgan ohanglar nisbatan neytral ohanglar bilan almashinib keladi. Kuyning umumiy diapazoni xor ovozlarining hajmidan oshmaydi, ya’ni duodetsimadan. Kamdan-kam hollarda birmuncha kattaroq ovoz ko‘lami (diapazon) olinadi, u ham bo'lsa ko‘povozlikning chetki ovozlarida (soprano yoki basda). Kuy rivojlanishida spesifik vositalar orqali ajratib ko‘rsatilishi lozim bo‘lgan avj muhim o‘rin tutadi: odatda kuyning eng yuqori yoxud eng pastki tovushi avj xususiyatiga ega bo‘ladi. Buni ta’kidlash uchun yangi jarangni ajratib ko‘rsatish va rivojlanish davomida uni ishlatmaslik lozim (avjga qadar va undan keyin). Bundan tashqari, avj awal foydalanilmagan muhim lad yoki metro-ritmik aylanmalari orqali ham ajratib ko‘rsatilishi mumkin. Kuyning shakllantirilishida o‘rtaliq yoxud yakunlovchi kadensiyalar muhim rol o‘ynaydi. Polifonik kuy polifonik ko‘povozlikning tarkibiy qismi sifatida shuni taxmin qiladiki, u bilan bir vaqtda mustaqil va unga nisbatan kontrastli boMgan ovozlar yangraydi va rivojlanadi. Kuyning bunday milstaqilligiga ularning o‘zaro qarama-qarshiligi ta’sirida erishish mumkin. Kontrastni yaratishda metro-ritm asosiy rol o‘ynaydi. Axir polifoniya - bu awalambor turli ritmlilikdir. Taktning og‘ir hissasidagi kuylar kontrasti ayniqsa muhimdir. Agar u ta’minlangan bo‘lsa, u holda ko‘povozlik to‘laqonli polifonik qiyofa kasb etadi. Taktning kuchli hissasi atrofida guruhlanuvchi ritmik figuralarni to‘rt turga bo‘lish mumkin.



Yüklə 277,86 Kb.

Dostları ilə paylaş:
1   ...   12   13   14   15   16   17   18   19   20




Verilənlər bazası müəlliflik hüququ ilə müdafiə olunur ©genderi.org 2024
rəhbərliyinə müraciət

    Ana səhifə