Mavzu: Odobnoma darslarida xalq og’zaki ijodini o’rganish. Reja: I. Kirish II. Asosiy qism


Boshlang`ich sinflarda latifalarni o`rganish orqali o`quvchilarda insoniy fazilatlarni shakllantirish



Yüklə 72,3 Kb.
səhifə8/9
tarix07.05.2023
ölçüsü72,3 Kb.
#108861
1   2   3   4   5   6   7   8   9
Amirova Munisa kurs ishi

2.3. Boshlang`ich sinflarda latifalarni o`rganish orqali o`quvchilarda insoniy fazilatlarni shakllantirish.
Latifa xalq og`zaki ijodining eng ommaviy janrlaridan biri bo`lib, nozik, mayin kinoya, qochiriqlar ishtirok etuvchi kulguli, kichik hajmli hikoyadir.Latifa atamasi arabcha latif va lutf so`zlaridan olingan bo`lib, nozik, ko`p ma’noli so`z, mayin kinoya, qochirimlardan iborat bo`lgan kulgili hikoyani anglatadi. Latifalar xалq o`ртасида «афанди» деб hам yuritiladi. Latifalar yagona qahramon (Nasriddin Afandi) bilan bog`liq holda yaratiladi, ixcham syujеtga ega bo`ladi. Latifalarga xos voqelikni badiiy aks ettirish tamoyillari hayotiy uydirmalar, so`z o`yini va kinoyalarga asoslangan. Latifalarning syujet tuzilishi ixcham bo`lib, bir yoki ikk epizod birikmasidan tashkil topgan. Syujetni tashkil etuvchi epizodlar fosh etuvchi yoki muloyim hazil anglatuvchi kulgu yatadi va tanqidiy estetik vazifani ado etadilar. Latifalarning eng muhim xususiyatlaridan biri uning hamma vaqt hayot bilan hamnafas, hamqadam borishidir.
Boshlang`ich sinflarda latifalar ustida ishlaganda ularda tanqid qilingan illatlar haqida alohida to`xtalib o`tish, bu illatlarning mohiyati ochilgan holda o`quvchilarga yaxshi fazilatli bo`lish kеrakligini uqtirib o`tish kеrak.Bu esa o`qituvchidan juda katta pedagogik mahoratni talab qiladi. Xususan, 1-sinfda „Tuya eshikdan sig`maydi“ latifasida Afandining aldoqchi kishiga munosabatini izohlash orqali uning o`ta aqlliligiga, so`zamol ekanligiga diqqat qilinadi. Afandini yosh bola bilib, uning nonini tortib olmoqchi bo`lgan kishi haqida suhbatlashiladi. Bunda bu kishi sizga yoqdimi? Unga qanday munosabatda bo`lish mumkin? Afandining javobidan qoniqdingizmi? Nima uchun? savollari beriladi. O`quvchilar bunday kishilardan nafratlanish kerakligini, u kishi aldoqchilik yo`li bilan yosh bolaning nonini yemoqchi bo`lgani salbiy holat ekanligini bilib oladilar. Hayotda shunday kishilar ham borligini, ammo ularga aldanib qolmaslik lozimligini, xuddi Afandiday aql-farosat bilan himoyalanish zarurligini o`zlashtiardilar. Bu latifani o`qish orqali o`quvchilarda aldoqchi kishilarga qarshi nafrat va aldoqchilikning yomon illat ekanligi haqidagi tasavvurlar paydo bo`ladi. Bu esa ularning kelgusida ana shunday illatlardan saqlanishiga yordam beradi.
Yuiqoridagilardan ko`rinadiki, latifalarni o`qish orqali boslang`ich sinf o`quvchilari ko`pgina illatlarni kuzatish orqali insoniy fazilatlarning mohiyatini bilib oladilar, unga hayotlari davomida rioya qilsihlari zarurligini anglaydilar.
Demak, bosjlang`ich sinf o`quvchilarini barkamol inson ruhida tarbiyalashda latifalarning ham alohida o`rni borligini, ularni o`rganish darslarida o`qituvch buni hisobga olishi zarurligini e’tirof etish kerak.


Xulosa
Bugun ta’lim tizimida hayotga tadbiq etilayotgan islohatlarning barchasi tub mazmun-mohiyati bilan yoshlarimizning yurt ravnaqi uchun fidoiy, izlanuvchan bo’lib yetishmog’iga qaratilgan.
Boshlang’ich ta’lim uzluksiz ta’limnig murakkab, o’ziga xos, shu bilan birga, mustaqil va majburiy tarkibiy qismi hisoblanadi. Boshlang’ich talim DTS ta’lim mazmuni negizini o’quvchilar egallashi lozim bo’lgan bilim, ko’nikma va malakalarini hamda o’quvchilar tayyorgarlik darajasiga qo’yiladigan talablarni o’zida ifodalaydi.
Boshlang’ich sinf o’qish darslariga qo’yiladigan talablardan biri-o’quvchilarni ma’naviy yetuk inson qilib tarbiyalash, ularda insoniy fazilatlarni shakllantirishdir. Shu tufayli o’qish darslarida o’qib o’rganiladigan har qanday asar ana shu vazifani amalga oshirishga qaratilmog’i zarur. Shu nuqtai nazardan boshlang’ich sinflarda o’qitiladigan xalq og’zaki ijodi asarlari o’quvchilarda turli insoniy fazilatlarni shakllantirishga, ularda ahloqiy sifatlarni tarkib topdirishda alohida o’rin tutadi.
Boshlang’ich sinf “O’qish kitobi” darslaridan o’rin olgan xalq og’zaki ijodi asarlarining har bir janrida ma’lum bir tarbiyaviy jihat o’z aksini topgan bo’ladi. Mana shu jihatlarga e’tibor berish, ularni o’quvchilar ongiga yetkazib berish o’qituvchidan zo’r mahorat talab etadi. Ko’rinadiki, boshlang’ich sinflarda ertak, doston, maqollarni o’qitishdan maqsad, o’quvchilarning tez, ongli, ifodali va ravon o’qish malakalarini takomillashtiribgina qolmasdan, yana ularda xalq og’zaki ijodi asarlari mazmuni asosida xulosalar chiqarishga, insoniy fazilatlarni shakllantirishga o’rgatish ham hisoblanadi. Xususan, o’quvchilar ertak, doston, maqollar o’qish davomida mehnatsevarlik, kamtarlik, ahillik, vatanparvarlik, ilm olishga intilish, jonli va jonsiz tabiatga muhabbat, o’zidan kichiklarga g’amxo’rlik, kattalarga hurmat, mehr-oqibatlilik va shu kabi boshqa insoniy fazilatlar xususida tushunchaga ega bo’ladilar. Bu turli mavzudagi asarlarni o’qish jarayonida ularning dunyoqarashlari kengayadi, idroklari chuqurlashib boradi.
Xususan, ertaklarni o’qish orqali o’quvchilarda o’zaro ahillik, ilm olishga intilish, savob ish qilish tuyg’ulari tarbiyalanadi, bir-birlarini hurmat qilishga, haqqiga hiyonat qilmaslikka, hamjihat bo’lishga o’rgatiladi. Shu o’rinda boshlang’ich sinf o’quvchilarini ma’naviy barkamol inson ruhida tarbiyalashda maqollar ham alohida o’rin tutadi.
Maqollarda o’z ifodasini topgan xalq tajribasi va xulosalarini o’quvchilar ongiga yetkazishda turli usullardan foydalanadi.
Boshlang`ich sinf darsliklaridan o`rin olgan latifalar ham o`quvchilarning dunyoqarashini kengaytirishda, ularda turli insoniy fazilatlarni shakllantirishda juda katta o`rin tutadi. Zero, latifalarda o`z aksini topgan g`oyani tushunish, uning ma’nosin idrok etish jarayoni o`quvchilardan ziyraklikni, zukkolikni talab qiladi.
Boshlang’ich sinflarda xalq og`zaki ijodi asarlarini o’qitish orqali o’quvchilarda insoniy fazilatlarni shakllantirish yo’llaridan biri ular matni ustida ishlash jarayoni hisoblanadi. B matn ustida bajariladigan turli, reja tuzib shu asosda qayta hikoyalash, lug’at ustida ishlash, turli topshiriqlar bilan tanlab o’qish kabilar bu vazifani amalga oshirishda muhim vositalardan biri bo’lib xizmat qiladi. Shuningdek, xalq og`zaki ijodi asarlarini o’qish darslarida turli yangi pedagogik texnologiyalarga asoslanib, interfaol metodlarni qo’llash orqali ham o’quvchilarda insoniy fazilatlarni shakllantirish mumkin. Xususan, bu asarlarni o’rganish jarayonida “Klaster”, “Aqliy hujum”, “Ven diagrammasi”, “Guruhlar bilan ishlash”, “6x6x6” kabi metodlar bu o’rinda alohida ahamiyatga egadir.
Ta’lim sohasidagi o’zgarishlar tufayli darsning shakli va mazmuni ta’sirchanligi, samaradorligi, baholash mezonlari ham o’zgardi. Dars samaradorligini oshirish mezonlaridan biri-darslarda interfaol usullarni qo’llashdan iborat.
Bugungi kun o’qituvchisi yangilikka intiluvchan, uni to’g’ri qabul qilib o’z o’quvchisiga yuksak darajada yetkaza olish zarurdir. Darslarni yuqori darajada tashkil qilish va o’tkazishuchun avvalo o’qituvchining o’zi pedagogik jihatdan mahoratga ega bo’lishi zarur. Shundagina bunday o’qituvchi yosh avlodni har jihatdan yetuk va barkamol inson qilib tarbiyalay oladi va unda eng oliy insoniy fazilatlarga ega yosh avlod buyuk kelajagimiz egalari hisoblanadi.



Yüklə 72,3 Kb.

Dostları ilə paylaş:
1   2   3   4   5   6   7   8   9




Verilənlər bazası müəlliflik hüququ ilə müdafiə olunur ©genderi.org 2024
rəhbərliyinə müraciət

    Ana səhifə