Mavzu: Odobnoma darslarida xalq og’zaki ijodini o’rganish. Reja: I. Kirish II. Asosiy qism



Yüklə 72,3 Kb.
səhifə3/9
tarix07.05.2023
ölçüsü72,3 Kb.
#108861
1   2   3   4   5   6   7   8   9
Amirova Munisa kurs ishi

Tadqiqot obyekti: boshlangich sinf “Odobnoma kitobi” darsliklarida berilgan xalq og`zaki ijodi asarlarini o`rganish orqali o`quvchilarni ma’naviy barkamol inson ruhida tarbiyalash yo`llari hisoblanadi.
Tadqidot predmeti: boshlangich sinflarda o`qtiladigan xalq ogzakli ijodi asarlari.
Tadqiqot metodlari: analiz va sintez, taqqoslash va umumlashtirish, pedagogik kuzatish va mavzuga doir mavjud adabiyotlarni tashkil qilish.
Tadqiqotning metadologik asosi: O`zbekiston Respublikasining “Talim tog`risida”gi Qonuni, “Kadrlar tayyorlash Milliy dasturi”, “Boshlangich ta’lim konsepsiysi”, “Boshlangich talim DTS va o`quv dasturi”, “Barkamol avlod yili ” Davlat dasturi, Prezidentimizning asarlari hamda ta’lim-tarbiyaga oid fikrlari; mavzuga oid ilmiy-metodik adabiyotlar.
I. Bob
Boshlang`ich sinf “Odobnoma kitobi” darsligidagi xalq og`zaki ijodi asarlari mundarijasi va ularni o`rganishning nazariy-metodik asoslari.


1.1. Boshlang`ich sinflarda xalq og`zaki ijodi asarlarini o`rganishning nazariy-metodik asoslari.
O`zbekiston Oliy Majlisining IX sessiyasida qabul qilingan “Ta’lim to`g`risida”gi Qonun va “Kadrlar tayyorlash Milliy dasturi” yosh avlodni tarbiyalashning asosiy istiqbol va yo`nalishlarni belgilab berdi. “Kadrlar tayyorlash Milliy dasturi” da ta’limni tubdan isloh qilishning asosiy yo`nalishlari belgilab berilgan. Unda: “Uzluksiz ta’lim ijodkor, ijtimoiy faol, ma’naviy boy shaxs shakllanishi va yuqori malakali raqobatbardosh kadrlar ildam tayyorlanishi uchun zarur shart-sharoitlar yaratadi”-deb ko`rsatilgan. Shunga ko`ra, boshlang`ich ta’lim Vatanimining kelajagini buyuk davlat darajasiga ko`taradigan ijodkor shaxsni yaratishda mustahkam poydevor ro`lini o`ynaydi.
Ma’lumki, boshlang`ich sinf o`quvchilariga ta’lim-tarbiya berishdagi muhim vazifalarning asosiy qismi o`qish darslarida amalga oshiriladi. Boshlang`ich sinf “Odobnoma kitobi” darsligi ham “O`qish va nutq o`stirish” dasturi Davlat ta’limi standarti talablariga javob beruvchi konsepsiya asosida tuzilgan. Unda g`oyaviy, tematik, estetik, qisman mavsumiy tizimlar hisobga olingan. U o`z navbatida bolaning tevarak atrofdagi voqelikni idrok etishni ko`zda tutadi.
Darsliklarda o`quvchilar sevib o`qiydigan xalq og`zaki ijodi asarlariga ham keng o`rin berilgan. Xalq tomonidan yaratilgan og`zaki badiiy adabiyotga folklor deyiladi. “Folklor” asli inglizcha so`z bo`lib, “Folk”-xalq, “Lore”-donolik so`zlaridan yasalgan bo`lib, “Xalq donoligi”, “Xalq donishmandligi” ma’nolarini anglatadi.
O`zbek xalq og`zaki ijodi xilma-xil janrlardan tarkib topgan og`zaki so`z san’ati bo`lib, o`bek xalqining dunyoqarashi, badiiy zavqi ijodiy salohiyati, orzu va intilishlarini aks ettiradi.
Xalq og`zaki ijodi ertak, doston afsona, rivoyat, qo`shiq, lapar, masal, maqol, topishmoq, latifa va naqllarni o`z ichiga oladi. Xalq og`zaki ijodi materiallarida ijtimoiy hodisalar, kurashlar vatanni dushmandan mudofaa qilish, xalqning orzu-umidlari, urf-odatlari, rasm-rusmlari, marosimlari va boshqa turmush hodisalari ifodalanadi.
Boshlang`ich sinf o`quv dasturlari o`qish darslari oldiga o`quvchilarni yaxshi o`qish sifatlariga ega etishdek murakkab vazifani qo`yadi. Bunday vazifalarni to`laroq amalgam oshirishda xalq og`zaki ijodi materiallari katta ahamiyatga ega. O`quvchilar tabiatan maqol, topishmoq va ertaklarni sevadilar, ularni zo`r qiziqish bilan o`qib o`rganadilar. Bundan tashqari xalq og`zaki ijodi qadimdan tarbiya manbai hisoblangan.
Boshlang`ich sinf o`quvchilari eng avvalo ertaklar bilan tanishadilar. Ma’lumki, ertaklar xalq og`zaki ijodiyotining eng qadimiy ommaviy va keng tarqalgan jannrlardan biridir.Ertak atamasi Mahmud Qoshg`ariyning XI asrda yozilgan ”Devonu lug`atit turk” asarida ”etuk” shaklida uchraydi va biror voqeani og`zaki tarzda hikoya qilish ma’nosini bildiradi.
Hozirgai folkloristik atama sifatida ertak so`zi qabul etilgan bo`lsa-da, Surxondaryo, Samarqand, Farg`ona ob’ektlarida matal deb yuritiladi.
Ertaklar xalq og`aki ijodining epik turiga kiradi. Uning o`ziga xos xususiyati-voqeabandligi, biron voqeani mukammal hikoya tarzida bayon qilinishidir. Ertaklar turmush voqeligini ajoyib va g`aroyib, jozibali qilib aks ettiradi.
Ertak folklor asari. Shuning uchun ham xalq og`zaki ijodiga xos ijodiy maxsul bo`lib, ko`pchilik tomondan aytilishi, og`zaki yo`l bilan tarqalishi, an’anaviylik, ijodchisining noma’lumligi-anonimlik, bir syujetning xalq orasida bir qancha variantlarda ijro etilishi-ertaklarga xosdir.
Turli davrlarda ertaklar ham turlicha o`garishlarda uchrab kelgan. Shu sababdan ertaklarning g`oyaviy yo`nalishi, kompozitsiyasi, qahramonlarining vazifalari o`zgarib, yangidan-yangi versiyalar yuzaga kelib turadi.
Buning ustiga har bir ertak aytilganda ijrojining ijodiy qobiliyati, dunyoqarashi, turmush voqeligini aks ettira olishi, ertak an’analarini qay darajada bilishi, tarbiyasi, psixologik holatlariga qarab turib yangidan tug`iladiki, natijada bir ertakning o`zi bir necha variantlarda xalq orasida yashab yuradi. Ertaklarning badiiy shakli va poetikasi o`ziga xos bo`ladi. Fantastik uydirmalar, hayot haqiqati bilan aloqador bo`lib, qadimiy tushuncha, urf-odat, marosimlarning o`zlarini o`zida aks ettiradi.
Ertak ijrochiligining xarakterli belgilaridan biri shundaki, hikoya qilinayotgan voqea va hodisalar aytuvchi va tinglovchi tomonidan ”Bo`lgan voqea” deb emas, balki, ”Muqarrar bo`lmagan hodisalar” deb tushuniladi.
Shuning uchun ham ertaklarda voqea va hodisalarda bo`lib o`tgan o`rni va zamoni nooaniq umumiy tarzda ifodalanadi. Bundan tashqari, ertaklarning zamon va makon e’tibori bilan yuzaga kelgan o`rni ham turlicha. Ularning tili va uslubi farq qiladi. U yoki bu ertak qaysi turga taalluqli ekanini aniqlash uchun diqqat-e’tibor bilan mazmunini va asosiy vazifasini belgilash lozim bo`ladi. Masalan: sehrli ertaklar hamda hayvonlar haqidagi ertaklar bilan ishqiy-sarguzasht tipidagi yoki hajviy ertaklarning mustaqil janr sifatida tashkil topishi ham turli davrlarga to`g`ri keladi. Shuning uchun ham har xil davrda yaratilgan va turli xil jamiyat qatlamlari tizimini o`zida saqlagan ”Kenja Botir”,”Ur to`qmoq”, ”Chol bilan kampir”, ”Bo`ri bilan tulki” kabi ertaklarning syujet tarkibi, xarakteri, obrazlar sistemasi, turli va hikoya qilishi uslubiga o`xshash va farqli tomonlar mavjud. Negaki, ertak o`zining taraqqiyoti davomida ba’zi motiv obrazlarni yo`qotishi, yangi-yangi belgilarni qabul qilishi mumkin, ba’zan esa an’anaviy elementlar yangicha talqin etilgan bo`ladi.
Xullas, har bir ertakning xususiyat tarkibi, uning g`oyaviy mazmuni, badiiy vositalari o`ziga xos xususiyatni ko`rsatib turadi. “Zumrad va Qimmat” yoki “Oltin tarvuz” kabilar asosan sehrli ertaklardir. Biroq asosiy qahramonlar qiyofasi, ularning hatti-harakatlari hajviy ertaklarning bosh qahramonlarini eslatadi. Lekin bu ertaklarda hajviy hajviy ertaklarda bo`lganidek aql idrok, tadbirkorlik uchun emas, aksincha, fantastik uydirmalar, asar yechimida hal qiluvchi vazifalarni o`taydi.
Bu belgi ularni hajviy ertaklardan ajratib turadi. Demak, satira va yumorni faqat hajviy ertaklarga xos belgi deb qaramaslik kerak. Chunki satira va yumor sehrli hayvonlar haqidagi ertaklarda ham mavjud.
Faqat ularning u yoki bu ertaklardagi mazmun darajasi, ishlatish o`rni, maqsad vazifalarini e’tiborga olish kerak. Shundagina u qaysi ertak turiga xos ekanligi ma’lum bo`ldi. Ertaklar o`ziga xos kompozitsiyasi bilan ajralib turadi. Ayniqsa, kirish qismi, boshlama tugallanmalar alohida ko`zga tashlanadi.
Kirish qismi avvalo, ertakchining mahoratini ko`rsatadi, qolaversa tinglovchilar diqqatini jamlab, ertak eshitishga hozirlaydi.
Boshlama ertakning dastlabki qismini ta’riflaydi. Ertaklarda an’anaviy boshlama voqeaning qay vaqt bo`lib o`tganini bildirmaydi, noaniq, umumiy tarzda ifodalaydi. “Sizga rost bo`lsin, bizning hayot zamonlarning zamonida, qadimlar ayyomida, bir podshohi zolim bor ekan”. Ba’zan boshlama qisqa bo`ladi. “Bir bor ekan, bir yo`q ekan, bir podachi bor ekan”. Ba’zan esa u voqelik bilan qo`shilib ketadi.
Ko`rinadiki, boshlama bayonida personajlarning kim ekani, kasb, amal, laqablari ma’lum bo`ladi. Demak, hayot haqiqati bilan bog`liq bo`lib fantastik hamda hayotiy uydirmalar asosiga qurilgan, didaktik g`oya tashuvchi og`zaki hikoyalar ertak deb ataladi.
Ertaklar obrazlar talqini, g`oyaviy mazmuni va konflikti, sujet va kompozitsiyasi, fantastik uydirmaning o`rni va vazifasi hamda tili va uslubiga ko`ra shartli ravishda hayvonlar haqidagi ertaklar, sehrli ertaklar, hayotiy-maishiy ertaklarga bo`linadi.
O`zbek xalq ertakchilari repertuarlarida hayvonlar haqidagi ertaklar anchagina o`rinni tashkil etadi. Hayvonlar haqidagi ertaklar qadim zamonlarda vujudga kelgan bo`lib unda ibtidoiy tuzum davridagi insonning hayoti, mehnati, dunyoqarashi, tabiat haqidagi tushunchalar ifodalangan.
O`zbek xalq ertakchiligi repertuarida sehrli ertaklar ham katta o`rin egallaydi. Bu xildagi ertaklar sehrli, fantastik uydirmalar asosida qurilganligi bilan ajralib turadi. Sehrli ertaklarning yuzaga kelishi qadimiy tarixga ega bo`lib, ildizi boshlang`ich jamiyatga borib yetadi.
Sehrli ertaklarning hatti-harakatlari-sehr, jodu, mo`jiza hayoliy obrazlar bilan bog`lanadi. “Semurg`”, “Kenja botir” kabi ertaklar zaminida ibtidoiy dunyoqarash-tabiat kuchlarini ilohiylashtirish, hayvonlarni muqaddas bilib, ularga sig`inish asosiy o`rin tutadi.
Osmonda uchish orzusi “Uchar gilam”, “Yog`och otlar”ni, uzoqni ko`rish istagi esa “Oynai jahon”ni keltirib chiqardi. Sehrli ertaklar ichida alohida ajralib turadigan turkum ertaklar mavjud. Bular qahramonlik tipidagi ertaklar, o`gaylik va kamsitilgan kishilar haqidagi ertaklar va mitti polvonlar haqidagi ertaklar.
Ertaklarda qahramonning aniq xarakteristikasi berilmaydi. Faqat an’anaga aylangan belgilargina ko`rsatiladi. “Qiz o`n to`rt kunlik oydek to`lishgan”, u nihoyatda go`zal, hayoli, iboli, mehnatsevar, yuksak an’ana namunalari jam bo`lgan, idrokli, tadbirkor, oqila qizdir. Har kuni o`tin yorar, osh pishirar, qozon yuvar, uy tozalar ekan. Mazkur sifatlar sarguzasht davomida yana ham oydinlashadi. Qarshi tomon-o`gay ona, aka, kundosh, shum kampir esa zulm va zo`rlik timsoli sifatida namoyon bo`ladi. Ertakda mavjud tilsim nohaqlik, ayyorlik, qonxo`rlik kabi yaramas illatlarni fosh etib, adolat, mehnatsevarlik, ma’naviy go`zallikni ma’qullaydi.
Botirlar obrazida odob va muomalaning yuksak namunasi, odamiylik, mehnatsevarlik, bonishmandlik, jasurlik va sezgirlik kabi sifatlar barq urib tursa, zolim tekinxo`r kishilar qiyofasida mol-mulk yo`lida har qanday iflos ishlardan qaytmaslik kabi xususiyatlar namoyon bo`ladi.
Ko`rinadiki, ertaklar o`ziga xos xususiyatlari bilan boshqa xalq og`zaki ijodi janrlaridan ajralib turadi.
Ertaklar olamiga kishi bolalik chog`laridayoq sayohat qiladi, u dastlab hayvonlar haqidagi ertaklarni eshitib, har xil toifa xarakterdagi aqlli va ahmoq, saxiy va qizg`anchiq, zolim va odil odamlar dunyosi bilan tanishadi. Ertaklarda xalq hayoti, uning adolat, haqiqat yo`lidagi orzu-umidlari, yovuz kuchlarga nisbatan qahr-g`azabi, yaxshilarga bo`lgan mehr-muhabbati tasvirlanadi.
O`quvchilar xalq ertaklarini o`qib chiqqach, o`rtoqlari, aka-ukanva opa-singillariga aytib beradi, muhimi o`quvchi o`zi sevib qolgan ijobiy qahramonlaridan o`rnak olishga, halollikda, to`g`ri so`zlikda, mehnatsevarlikda ularga o`xshashga harakat qiladi. Sal’biy qahramonlardan esa, nafratlanib, o`xshamaslikka harakat qiladi.
Demak, o`quvchilarning ham bilimga qiziqishini oshirishda, ham komil inson qilib tarbiyalashda xalq ertaklaridan foydalanish ijobiy natija beradi.
Boshlang`ich sinflarda o`rganiladigan xalq og`zaki ijodi janrlaridan biri maqollardir. Maqollar xalq og`zaki ijodining eng ko`p tarqalgan janridir. Maqollar xalqning hayoti, aql-farosati, turmush tajribasi, kurasi, mehnatining badiiy ifodasi sifatida yaratilgan, maqollar yengil, ravon va jonli tilda yaratilgan bo`lib, ularda xalqning turmush tajribasida tasdiqlangan chuqur ma’noli fikrlar ixcham obrazli qilib beriladi. Shuning uchun ham maqol bir aytishdayoq yodda qoladi.
Maqollar o`quvchilar og`zaki nutqini o`stiradi, so`z boyligini orttiradi. Maqollar xalqning u yoi bu masala yuzasidan chiqargan hukmini bolalar ongiga yetkazishda o`qituvchiga yordam beruvchi vositalardandir. Xalq maqollarining ma’nosi, tuzilishi va uning shakli bilan o`quvchilarni tanishtirib borish ta’lim-tarbiya samaradorligini oshiradi. O`qish darslarida maqol matnini to`g`ri va ongli o`qish malakalari beriladi. O`quvchilar mazkur darslarda maqollardagi har bir so`zning ma’nosi va maqolning to`la, mukammal ma’nosini izchil idrok etishga odatlanadilar.
Maqollarni o`rganishda og`zaki bayon etish, suhbat, og`zaki va yozma mashq ishlash metodlaridan unumli foydalaniladi. O`qish darslarida o`rganiladigan maqollar biror mavsum yoki ma’lum bir katta mavzu hamda she’r va hikoyalarning mazmunini ochishga qaratiladi.
Maqollarning mazmuni va tuzulishi taxlil etilar ekan, maqollarning jihatdan keng, tuzulish jihatdan qisqa,umuman hikmatli gap ko`rinishida ekanligi suhbat metodida bayon etiladi. Bu bilan o`quvchilarni ilmiy bilimlar bilan qurollantiribgina qolmasdan, balki o`quvchilar tomonidan o`zlashtirilgan maqol haqidagi mazkur bilimlar asosida ularda ma’naviy sifatlar tarkib topdirilgan. Bu esa, o`quvchilarning aqliy kamoloti va qobiliyatini yanada rivojlantirishga ulkan hissa bo`lib qo`shiladi.
Xalq dahosining nodir yodgorliklari sifatida asrlar osha yashab kelayotgan doston janri o`zining shakllanish davridan boshlab hozirgacha xalqimizning ma’naviy olamini munavvar qilishda o`ziga xos mashallik vazifasini bajarib olish vositalari paydo bo`lmagan bir paytlarda xalq og`zaki ijodining ro`li nihoyatda katta bo`lganligi o`z-o`zidan ma’lum. Xalq uchun esa ma’naviy oziqlanish hamisha hayotiyehtiyoj bo`lib kelgan.
Hayotda yuz beradigan voqea-hodisalarning nihoyatda rang-barangligi va kishilarning o`zaro munosabatidagi turli-tumanlik asrlar davomida badiiy tafakkur mahsuli o`laroq tug`ulgan asarlarga ham o`z ta’sirini o`tkazmasdan qolmagan. Natijada og`zaki adabiyotning bir janriga mansub bo`lgan asarlari arasida ham tarmoqlanish yuzaga kelgan va dostonlarda ichki tafovutlar paydo bo`la boshlagan. Agar o`zbek dostonchiligiga to`laligicha nazar tashlasak, bu masalada dostonlarning asosan ichki tarmoqqa bo`linganligiga guvoh bo`lamiz. Ularning birinchisi qahramonlik, ikkinchisi ramantik dostonlardir.
Boshlang`ich sinflarning o`qish va nutq o`stirish dasturida folklorning eng yirik va eng murakkab janri bo`lgan dostonlarga ham muayyan o`rin ajratilgan.(2)
Hozirgi davrda dars jarayonida yangi ta’lim texnologiyasiga asosiy e’tibor qaratilmoqda. Yangi pedagogik texnologiyada o`quvchi ta’lim jarayonining o`qituvchi bilan tanish teng huquqqa ega bo`lgan subekktga aylanadi.O`rganilayotgan mavzuni o`qituvchi va o`quvchi birgalikda amalga oshiradi. O`rgatish va o`rganishning bola shaxsiyati uchun ahamiyati yanada yuksaladi.
Ana shu tamoyildan kelib chiqqan holda parchalarni o`rganishdan oldin o`qituvchi o`quvchilarga ilgaridan tanish bo`lgan ertak, rivoyat janrlarini eslatishi lozim bo`ladi. Bu qisqacha kirish suhbat quyidagicha bo`ladi:
1.Podsholar,Shaxzodalar, malikalar haqida hikoya qiluvchi qanday janrlarni bilasiz?
Bolalar ushbu savolga albatta ertak janrini javob sifatida keltiradilar.Chunki 3-sinfning “O`qish kitobi” da ushbu mavzugacha bo`lgan davrda tarkibida podsho obrazi ishtirok etadigan birqancha ertaklar berilgan. Savolgajavob olingach, ikkinchi savolga o`tiladi.
2.Ertaklaning oxiri qanday tamom bo`lar edi? Bolalar o`z navbatida “Murod-maqsadiga yetibdilar” iborasini javob sifatida keltiradilar. Shundan keyin o`qituvchi dostonlar haqida qisqacha va aniq ma’lumot berishga o`tadi.
Dostonlar o`z obrazlari, tasvirlash usuli jihatidan ertaklarga o`xshab ketadi. Dostonlarda ham ertaklardagidek ko`pchilik hollarda podsho, vazir, malika va shagzodalar hayoti tasvirlanadi. Biroq dostonlarda faqat nasrda emas, balki she’riy parchalar bilan birgalikda voqea bqyon etiladi. Bundan tashqari ertaklarni ertakchigina emas,istagan bir kishi hikoya qilishi mumkin bo`lsa dostonni faqat baxshi ijro etadi.
Ushbu ma’lumotlar bayon etilgandan keyin doston matnini o`qishga o`tish lozim.
Bu jarayonda o`quvchi parchadagi mazmun, undagi she`riy parcha bilan ham tanishib oladi. Bu jarayondan keyin bolalar, albatta, ushbu dostonlarni ijro etgan baxshilar haqida so`rab qolishadi.Shu sababdan ham biz yuqorida dostonning to`la matni bilan o`qituvchi tanish bo`lishi lozimligini ta`kidlab o`tgan edik. O`qituvchi dostonlar haqida ma`lumot berish jarayonida uning ijrochisining musiqani bilishi, musiqa asboblaridan bittasini chala bilishi lozimligini ham aytishi kerak bo`ladi.Yuqorida bu janrning juda murakkabligini ta`kidlaganimizning sababi ham ana shundadir.
Dostonlar haqida gapirilar ekan, doston, baxshi, do`mbira, dutor, doira, bo`lamon, musiqa singari bir qancha atamalarga duch kelinadi. O`z navbatida o`qituvchi o`sha atamalarning izohini ham bilishi zarur. Xo`sh baxshi, do`mbira, musiqa atamalarini bilish kifoya emasmi; nega yana bir qancha atamalar ko`z oldimizda namoyon bo`layotir? Hamma gap shundaki; doston kuylash masalasida Xorazmdagi an’analar respublikamizning boshqa joylaridan tubdan farq qiladi. Dostonning nasr, nazm va musiqa bilan uzviy aloqadorligini tushintirmaguncha, ulardan olingan parchalarni tushitirish qiyin. Bu parshalarni tushintirish jarayoni ham ansha murakkab kechadi.Negaki, ularda baxshi tiliga oid leksik birliklar anchani tashkil etadi. Masalan, ,, Rustamxon “ dostonida ,, ajdarxar” , ,,qaysar” , ,, zo`rabor “ kabi bir qator so`zlar borki ular hozirgi o`quvchi mano jihatdan hazm qila olmaydi . O`sha parchaning o`zida ,, ajdaho “ , ,, ajdarhar ” kabi bir m’anodagi so`zning ikki shakli uchraydi . Bu holatni o`quvchilarga sheva elementlari tarzida izohlash lozim. Shuningdek, “qaysar” so`zining “botir”, “mard” manolariga ega ekanini; “zo`rabor” so`zining “zo`ravon” emas, balki “kuchli”, “qudratli” kabi manolarga ega ekanligi albatta izohlash kerak bo`ladi. Aks holda hozirgi o`quvchi bu so`zlarni mutlaqo boshqa ma’nolarda tushinishi mumkin.Shu bilan birga, dostonlardan parhalarni o`qish darslarida o`qituvchi uning qahramonlari sifatida o`quvchilarga singdirish orqali ularda barkamollik sifatlarini shakllantirishi muhim vazifa hisoblanadi.
Xalq og`zaki ijodi asarlarining yoshlarimizni ma’naviy yetuk, komil inson qilib tarbiyalashdagi o`rni beqiyos. O`qituvchi xalq og`zaki ijodi materiallarining o`ziga xos xususiyatlarini yaxshi bilsa, nazariy-ulmiy jihatdan bilimini oshirib borsagina xalq og`zaki ijodi namunalarini ta’lim tarbiya bilan bog`lay oladi.



Yüklə 72,3 Kb.

Dostları ilə paylaş:
1   2   3   4   5   6   7   8   9




Verilənlər bazası müəlliflik hüququ ilə müdafiə olunur ©genderi.org 2024
rəhbərliyinə müraciət

    Ana səhifə