Mavzu: Odobnoma darslarida xalq og’zaki ijodini o’rganish. Reja: I. Kirish II. Asosiy qism


Boshlang`ich sinf “Odobnoma kitobi” darsliklarida berilgan xalq og`zaki ijodi asarlarining mazmun-mundarijasi



Yüklə 72,3 Kb.
səhifə4/9
tarix07.05.2023
ölçüsü72,3 Kb.
#108861
1   2   3   4   5   6   7   8   9
Amirova Munisa kurs ishi

1.2. Boshlang`ich sinf “Odobnoma kitobi” darsliklarida berilgan xalq og`zaki ijodi asarlarining mazmun-mundarijasi.
Bоshlang`ich sinflardagi ta’lim-tarbiyaning maqsad va vazifalari o`rganilishi lоzim bo`lgan matеrialning mazmuni va tuzilishini bеlgilaydi.
O`qish dasturini tuzishda g`oyaviy- estetik, mavsumiy, tadrijiy asoslar hisobga olinadi. O`quv materiallari bolalarga ta’lim berish, ularni tarbiyalashda muhim bo`lgan borliq haqidagi bilimlar va insoniy munosabatlarni o`z ichiga oladi. O`quvchilarni badiiy, adabiy asarlar bilan tanishtirish orqali kitobxonlik madaniyatini tarkib toptirish o`qish dasturlarining tub mohiyatini tashkil etadi.
O`tmishda xalqimiz boshidan kechirgan muhim voqea-hodisalar aks ettirilgan asarlarni o`qish orqali o`quvchilarda tarixiy bilimlar shakllana boradi.
Ona yurt daxlsizligi yo`lida ajdodlarimiz olib borgan mardonavor kurashlar tarixi haqida hikoya qilingan asarlar bolalarda vatanga muhabbat tuyg`ularini tarbiyalaydi.
Boshlang`ich ta’lim o`quv dasturidan o`rin olgan vatan mavzusidagi asarlar o`quvchilarni mamlakatimizning ijtimoiy-siyosiy madaniy - ma’rifiy hayoti va xalqimizning bunyodkorlik yo`lidagi olib borayotgan ishlari bilan tanishtirishga yordam beradi. Dasturning vatanga, inson e’tiqodi va ma’naviyatiga bag`ishlangan mavzularini o`rganish o`quvchilarni ma’naviy-axloqiy tuyg`ularni tarbiyalashda alohida o`rin tutadi.
Istiqlol tufayli erishgan yutuqlarimiz haqidagi asarlar milliy g`urur tuyg`ularini tarbiyalashga xizmat qiladi. Bu jihatdan boshlang`ich sinflarda o`quvchilar “O`qish va nutq o`stirish” dasturi asosida tuzilgan “O`qish kitobi” darsliklari orqali ko`plab xalq og`zaki ijodi asarlaridan namunalar bilan tanishadilar. Bu asarlarni o`qib-o`rganish uchun boshlamg`ich sinf o`quv dasturida muayyan vaqt ajratib ko`rsatilgan bo`ladi.
1-sinfdan tortib 4-sinfgacha “Odobnoma kitobi” darsliklarida xalq og`zaki ijodi alohida bo`lim sifatida ko`rsatilgan va ularni o`rganish uchun muayyan bir soatlar belgilangan.
Xususan, 1-sinf “Odobnoma kitobi” darsligining “Xalq o`giti – baxt kaliti” bo`limini o`rganish uchun o`quv dasturida 9 soat ajratilgan.
“Xalq o`giti – baxt kaliti” bo`limiga bolalar qalbiga ona allasi bilan kirib kelgan og`zaki ijod namunalari kiritilgan bo`lib, ezgulik, to`g`ri so`zlik, sofdillik, nafosat, do`stlik, o`rtoqlik, ahillik haqida tasavvur hosil qiladi.
O`quvchilarning sinfda va mustaqil o`qishlari lozim bo`lgan asarlar:

  1. “Sher va sichqon” ertagi.

  2. “Maymun va duradgor” ertagi.

  3. “Rostgo`y bola” ertagi.

  4. ”Laylak keldi - yoz bo`ldi” qo`shigi.

  5. Latifalar.

2-sinf “Odobnoma kitobi” darsligidagi “Ertaklar – yaxshilikka yetaklar” bo`limini o`rganish uchun 13 soat ajratilgan.
Bu bo`lim orqali o`quvchilar ertaklar olamiga sayohat qilishadi. Nima yaxshi-yu, nima yomonligini ertaklardagi voqea-hodisalar orqali uqib oladilar. Ertak qahramonlarining holatini so`zlab berish, voqealarni rasmda ifodalashga alohida e’tibor qaratiladi.
O`quvchilarning sinfda va mustaqil o`qishlari lozim bo`lgan ertaklari:

  1. Quyoshbobo nurlari. 2. Maqtanchoq ayiq. 3. Nima totli? 4. Ertaklar.

  1. Mashhur rassom. 6. Baxtli bo`lish osonmas. 7. Ko`ngilchan o`tinchi.

8. Uzun terak. 9. O`jar baliqchi. 10. Dono dehqonbobo. 11. Quyoncha va ayyor tulki.12. O`tinchi yigit bilan sher. 13. Urto`qmoq. 14. Oltin tuyoqli kiyik. 15. Oq ko`ngil chol va xasis boy. 16. Ko`p ko`rgan ko`p biladi.
3-sinf “Odobnoma kitobi” darsligidagi “Xalq og`zaki ijodi” bo`limini o`rganish uchun 17 soat ajratilgan. Bu bo`limda xalq og`zaki ijodiga oid qo`shiq, ertak, masal, maqol, latifa, topishmoqlar kiritilgan. Ular orqali o`quvchilarga xalqning orzu – umidlari, do`stlik, ahillik, vatanparvarlik, mehnatsevarlik, halollik, fazilatlari ulug`lanishi, salbiy xislatlarning qoralanishi uqtiriladi. O`quvchilar qo`shiq bilan tanishadilar. “Botir mergan va chaqimchi”,”Halollik”, “Donishmand yigit” kabi o`zbek xalq ertaklarini o`qiydilar. Shuningdek, “Qaysar buzoqcha”, “Chumoli va tipratikan” masallarini o`rganadilar. Maqol, iboralar, latifalar, topishmoqlar, tez aytishlarni ham o`qiydilar. Bo`limdan “Rustamxon” va “Alpomish” dostonlaridan parcha ham o`rin olgan.
4-sinf “Odobnoma kitobi” darsligidagi “Xalq og`zaki ijodi” bo`limini o`rganish uchun esa 14 soat ajratilgan. Bunda o`quvchilar xalqimizning ming yillar mobaynida yaratgan sehrli-fantastik ertaklari, xalq dardi, istak-xohishi, orzu-umidlari ifodalangan qo`shiqlar, bolalarning quvnoq o`yin-qo`shiqlari, hozirjavoblik, topqirlikni taqozo etadigan topishmoqlar, xalqning hayotiy xulosasi tarzida yuzaga kelgan purhikmat maqollar, sehr-jozibaga yo`g`rilgan rivoyatlarni o`qib-o`rganadilar. Bo`limning o`zi 5 qismdan iborat:
1- qism “Qo`shiqlar qanotida” deb ataladi. Bunda “Boychechak” ,“Oftob chiqdi olamga” , “Xo`p hayda” qo`shiqlari berilgan.
2- qism “Ertaklar mamlakatida” deb nomlanadi. Undan “Davlat” , “Ilm afzal” , “Ko`zacha bilan tulki”, “Ochko`z boy”, “Hiylagarning jazosi” , “Ziyrak uch yigit” ertaklari o`rin olgan.
3-qism “Adabiy ertaklar bo`lib, unda Anvar Obidjonning “Bo`rining tabib bo`lgani haqida ertak”, Shukur Sa’dullaning “Laqma it”, A.Abdurazzoqning “Baqa bilan taqa” ertaklari mavjud.
4-qism “Topishmoqlar”. Bunda 5 ta topishmoq va G`afur Gulomning ”Buni toping, qizlarim” she’riy topishmog`i berilgan.
5-qism ”Maqollar” bo`lib, bu yerda 11 ta maqol mavjud.
Boshlang`ich sinf ”O`qish kitobi” darsligidagi xalq og`zaki ijodiga mansub asarlar mundarijasi tahlilidan ham ko`rinadiki, o`quvchilar maktabga qadam qo`ygan davridanoq xalqning o`lmas merosidan, ma’naviyat sarchashmasidan, ya’ni og`zaki ijodi namunalaridan bahramand bol`r ekan. Bu asarlarni o`rganish jarayonida ularning tarbiyaviy jihatlariga diqat qilish, ulardan yosh avlodning insoniy fazilatlarini shakllantirishda unumli foydalanish esa har bir o`qituvchining eng mas’uliyatli vazifasi bo`lib qolaveradi.



Yüklə 72,3 Kb.

Dostları ilə paylaş:
1   2   3   4   5   6   7   8   9




Verilənlər bazası müəlliflik hüququ ilə müdafiə olunur ©genderi.org 2024
rəhbərliyinə müraciət

    Ana səhifə