Mavzu: Odobnoma darslarida xalq og’zaki ijodini o’rganish. Reja: I. Kirish II. Asosiy qism



Yüklə 72,3 Kb.
səhifə6/9
tarix07.05.2023
ölçüsü72,3 Kb.
#108861
1   2   3   4   5   6   7   8   9
Amirova Munisa kurs ishi

Ma’lumki, inson barkamolligida ustuvor o`rin egallagan jihatlardan biri ilmli bo`lishga intilish, Bilimga chanqoqlik hisoblanadi. Shuning uchun o`quvchilarda 1-sinfdan boshlab bu mavzudagi ertaklar o`qitiladi. 4-sinfda esa “Ilm afzal” ertagi o`rganiladi.

Bu ertakni o`rganishdan asosiy tarbiyaviy maqsad o`quvchilarni ilm olishga qiziqtirish, limning inson hayotidagi o`rnini ko`rsatish hisoblanadi.


O`qituvchi ertakni ifodali qilib o`qib va so`zlab berar ekan, undagi bu jihatlarga alohida e’tibor qaratadi. Ertak mazmuniga ko`ra bir cholning 8 nafar o`g`li va bir nafar qizi bo`lgan ekan. Qizi juda aqlli, o`z ziyrak zehni bilan akalaridan ajralib turar ekan.Bir kuni chol qiziga uning akalari ilm olishga qiziqmasligi, o`z vaqtlarini ot choptirib, shaharma-shahar kayf-usafo bilan o`tkazayotganliklaridan nolinibdi va bu xususda o`z qizidan maslahat so`rabdi. Qiz esa akalarini mehmonga chaqirib, ulardan “Ilm afzalmi yoki davlatmi?” deb so`rashni, oxirida uning o`ziga ham shu savolni berishini maslahat beribdi. Chol o`g`illarini mehmonga chaqirib ularning har biriga yuqoridagi savolni beribdi.
To`ng`ich o`g`il otasisiga uning borligini, mol-davlatlari yetarli ekanligini, ilm olishga hojat yo`qligini aytibdi. Keyingi aka-ukalar ham pul-u mol-dunyo bo`lsa ilm nimaga kerak degan javobni beriblilar. Chol ularning javoblaridan juda xafa bo`libdi. Oxirgi sakkizinchi o`g`il esa “Menga davlat emas, ilm afzal”,- debdi. U o`ziga mol-davlat tegvasligini, otasining ko`zi ochiqligida ilm olishga roziligini aytibdi. Shunda eshik orqasida akalari bilan otasining bahs-u javoblarini tinglab turgan qiz kenja kasining javobi to`g`riligini, lekin u ham limning nima uchun afzalligini aytolmaganligini aytib, bu savolga o`zi javob beribdi. U agar kishi ilmli bo`lsa, u aqlli, shirinsuxan, odobli bo`ladi, bunday odamlarni hamma hurmat qiladi, unga o`xshashga intiladi debdi. Hamda Ilmli odam vafot etsa odamlar donishmanddan ayrildik deb qayg`uradilar, davlatmand o`lsa, bir nafsiband odamdan qutuldik deydilar de quvonadilar, shuningdek, boy odam hamisha o`z mol-davlatidan xavotirda yashaydi, ilm esa eskirmaydi, chirimaydi, mol-mulk esa chiriydi, sovuqda qotadi, olovda kuyadi, shuning uchun ilm afzal deb gapiribdi. Oqila qizni otasi va akalari jim eshitibdilar, qizning haqligini bilib, mehnat qilishga kirishibdilar. Chol esa kenja o`g`li va qizini o`qishga berib, murod-maqsadlariga yetibdilar. Mana shu ertakni o`qish darsida o`qituvchi har bir o`g`lining javobl;arini tahlil qilib, limning nima uchun afzalligini misollar bilan tushuntirib beradi. Ertak mazmuniga mos keladigan xalq maqollarini keltiradi. “Kuchli birni yengar, bilimli mingni yengar” maqolini izohlab beradi. Ilm egallashga yoshlikdan qunt qilish kerakligini, “Yoshlikda olingan bilim toshga o`yilgan naqshday” ekanligini, agar vaqt behuda o`tkazilsa, “So`nggi pushaymon, o`zingga dushman” ekanligini tushuntirib beradi. Hadislarda ham “Beshikdan qabrgacha ilm izla” deyilgani bejiz emasligini tushuntiradi. Ertak mazmuni asosida o`quvchilarning o`zidan hayotlarida o`zlari tanigan va bilgan ilmli odamlar haqida gapirib berishni so`raydi. Bu kabi usullarning qo`llanishi o`quvchilar qalbida bilimli bo`lishga ishtiyoq uyg`otadi. Ilm inson shuurini yoritishini bilib oladilar.
Har qanday ma’naviyatli inson avvalo rostgo`y, halol va mehnatsevar bo`lmogi lozim. O`zbek xalq ertaklarida ham ana shunday fazilatlatlar ulug`lanadi. Yolg`onchilik, baxillik va dangasalik kabi illatlar qoralanadi. Ana shunday mazmundagi ertaklar bosjlang`ich sinflarda o`qib-o`rganilganda, o`quvchilarda an ash insoniy fazolatlar kamol toptirilishiga alohida e’tibor qaratish maqsadga muvofiq bo`ladi. Chunki kichik yoshdagi o`quvchilar juda ta’sirchan bo`ladilar, ular ertaklarda berilgtan ezguliklardan quvonadilar, aksincha yovuzliklardan nafratlanadilar. Ana shu jarayonda o`quvchilarda komillik xislatlarini shakllantirish ayniqsa alohida o`rin tutadi.
1-sinfda “Rostgo`y bola” ertagini o`qish darsida rostgo`ylikning bebaho xislat ekanligiga alohida urg`u beriladi. Ertakda bir buyuk podshohning farzandsizlikdan azob chekkanligi va oxir-oqibat farzand olib saqlamoqchigi hikoya qilinadi. Podsho yurtning barcha bolalariga gul urug`i tarqatadi va kimning guli eng chiroyli bo`lsa o`shani farzand qilmoqchiligini aytadi. Oradan birmuncha vaqt o`tgach o`stirilgan gullarni ko`rish uchun shahar aylanadi. U ko`p bolalar va ular chiroyli qilib o`stirgan gullar yonidan beparvo o`taveradi. Ammo ko`cha boshida gulsiz tuvak tutgan bolani ko`rib uni farzand qilib oladi. Chunki podsho tarqatgan gul urug`i qaynatikgan edi. Ertak mazmunidan ham ko`rinadiki, rostgo`ylik insonda eng qadrlanadigan fazilatlardan biri ekan. Rostgo`y insongina buyuk martabalarga erishadi. Buni o`z rostgo`yligi bilan podshoga farzand bo`lgan bola misolida ham ko`rish mumkin. O`qituvchi ushbu ertakni o`qish darsida o`quvchilarga quyidagi savollarni beradi:
1. Rostgo`ylik nima?
2. Siz yolg`on gapirib turasizmi? Nima uchun?
3. Sizni aldashganmi? Bu holatda nimalarni his qilgansiz?
O`quvchilar ushbu so`roqlarga javob berish davomida o`zlarining rostgo`ylik haqidagi tushunchalarini qay darajada kengligini bilib oladilar. Ularda o`z fikrlarini mustaqil bayon etish ko`nikmalari shakllantiriladi. Shuningdek, o`qituvchi ertak mazmuniga mos maqollarni aytishni `oquvchilardan so`raydi. Ular “Boshingga qilich kelsa ham rost so`zla”, “Shirin yolg`ondan achchiq haqiqat afzal”, “To`g`ri gapning to`qmog`i bor” kabi maqollarni aytadilar va o`qituchi yordamiad bu maqollarning mazmunini bilib oladilar. Ertakni po`qish jarayonida o`qituvchi rostgo`ylik insonni buyuk martabalarga olib chiqishini tushuntiradi. Agar rostgo`y bola ham podshoga farzand bo`lishni xohlab boshqa urug`dan chiroyli gul undirganda edi, u ham boshqalarga o`xshab podshoning nazariga tushmagan va unga farzand bo`lmagan bo`lardi. Undagi rostgo`ylik podsh tomonidan ulkan qadrlanib, uni o`ziga farzandlikka qabul qilishiga sababch bo`ldi. Mana shu tarbiyaviy jihatlarga diqqat qilish o`quvchilarni rostgo`y bo`lishga, yolg`onchilikdan qochishga undaydi.
Eng buyuk insoniy fazilatlarda biri bu- kishilarga yaxshilik qilish, ezgu ishlarni amalgam oshirishdir. Chunki, yaxshilik hech qachon yerda qolmaydi. Yaxshilik tagida esa savob ishlarni amalga oshirish yotadi. Savob ish qilish ostida ta’magirlikdan qochish, ochko`z bo`lmaslik kabi fazilatlar yotadi. Shu kabi tushunchalarni o`quvchilarda shakllantirishda “Ochko`zboy” ertagi katta ahamiyat kasb etadi. Bu ertakda o`tinchilik bilan kun ko`ruvchi qashshoq cholning oyog`i singan o`rdakka beg`araz yordami va yaxshilgi evaziga mukofotlangani, uning qo`shnisi baxil boyning esa ta’magirligi va ochko`zligi tufayli halokatga yo`liqqani ajoyib tarzda o`z ifodasini topgan. O`quvchilar chol timsolida yaxshi insonni ko`radilar. U kambag`al bo`lsa ham ezgu ishlarni qiladi, o`rdakni so`yib yeyishni yoki sotib yuborishni o`ylamaydi, uni mehr bilan parvarish qiladi va buning uchun o`rdak tomonidan mukofotlanib boyib ketadi. Ochko`z boy esa avvalo kambag`al qo`shnisining boyiganiga hasad qiladi. Boyish niyatida sog` o`rdakni mayib qilib parvarishlaydi, buning orqasidan boyishni ko`zlaydi, yani ta’magirlik qiladi. Niyati yomonligidan o`rdak tomonidan jazolanadi, ya’ni tarvuz ichidan chiqqan ajdarho uni xotini bilan qo`shib yutib yuboradi. O`quvchilarga ertak g`oyasi to`g`ri ochib berilsa, ular bu ertakd juda ko`p insoniy fazilatlar va qusurlar aks etganining guvohi bo`ladilar. Savob ishning qanday bo`lishini, yaxshilik qaytishini, ochko`zlik insonni halokatga yetaklashini bilib oladilar. Cholning “Savob bo`ladi” degan gapining mag`zini chaqib olishga harakat qiladilar. Shu o`rinda o`quvchilarga hurmatli yurtboshimizning “Savob ishni har kuni va har kim qilishi kerak”, - degan fikrlari ham keltirilib va izohlab o`tilsa, ertak o`qish darsining samaradorligi yanada katta bo`ladi. Ertakdagi cholga xos bo`lgan fazilatlar va boyga xos bo`lgan xususiyatlar Klaster usulida ko`rsatilsa va ular taqqoslansa, sen kimga o`xshashni istarding savoli berilsa va javobi sharhlansa maqsadga muvofiq bo`ladi. O`quvchilarga ertakda berilgan har bir ezgu fazilatga o`zlari bilgan odamlardan misollar keltirish topshirilsa, ularda ana shunday fazilatli insonlarga havas uyg`onadi. Ularning o`zlari ham shunday bo`lishga harakat qiladilar. Zero, ertakni o`qitishdan ham maqsad shu edi aslida.
Boshlang`ich sinf “O`qish kitobi“ darsliklarida berilgan har qanday ertak zamirida o`quvchilarni ma’naviy yetuk inson ruhida tarbiyalash g`oyasi yotadi. O`qituvchi esa ana shu g`oyani ilg`agan tarzda o`z darslarini uyushtirsa va o`tkazsa o`z pedagoglik vazifasini ado etgan bo`ladi. Zero, ma’naviyati yuksak, har tomonlama rivojlangan komil shaxsgina yurtimiz kelajagini buyuk qila oladi.



Yüklə 72,3 Kb.

Dostları ilə paylaş:
1   2   3   4   5   6   7   8   9




Verilənlər bazası müəlliflik hüququ ilə müdafiə olunur ©genderi.org 2024
rəhbərliyinə müraciət

    Ana səhifə