Mavzu: Odobnoma darslarida xalq og’zaki ijodini o’rganish. Reja: I. Kirish II. Asosiy qism



Yüklə 72,3 Kb.
səhifə2/9
tarix07.05.2023
ölçüsü72,3 Kb.
#108861
1   2   3   4   5   6   7   8   9
Amirova Munisa kurs ishi

Odobnoma darslarida bolalarni xalq ogzaki ijodi asarlari vositasida estetik tarbiyalashga ham alohida ahamyat beriladi. O`qitilayotgan matn va uni o`rgatish metodlari bolaning estetik qabul qilish qobilyatini, tabiyat va jamiyatdagi haqiqiy go`zallikni ajrata olish, kishilar hayoti va san’atdagi gozallikni his qilish kabi estetik fazilatlarni rivojlantirish uchun xizmat qilishi lozim. Bularning hammasi boshlangich sinif o`quvchilarni tarbiyalashda hamda ularning ma’naviy dunyosini boyitishda xalq og`zaki ijodi materiallarining alohida o`rni borligini ko`rsatadi. Boshlangich sinif o`quvchilarini ma’naviy barkamol inson qilib tarbiyalashda xalq og`zaki ijodi namunalaridan unumli foydalanish yo`llarini ochib berish masalasi hozirgi metodika va pedagogikaning muhim vazifalaridan biri hisoblanadi. Zero, “Ona tili oqitish metodikasi” darslik va o`quv qo`llanmalarida, boshlang`ich sinif o`qituvchilari uchun mo`ljallangan metodik kitoblarda, ayrim metodik maqolalarda xalq og`zaki ijodi asarlarini o`rganish masalasi o`zining metodik yechimini topgan. Masalan, I.Mirzayevning “Boshlang`ich siniflarda xalq og`zaki ijodini o`rganish” risolasida (Toshkent, “O`qituvchi”,1979), M. Jumaniyozova va Sh. Qalandarovalarning “Boshlangich sinf o`qish darslarida dostonlardan parchalarni o`qish metodikasi” maqolasida ( Tafakkur ziyosi, XXI tom.- Urganch, 2010, 60- 63- betlar), Sh. Jabborovning “Xalq og`zaki ijodidan foydalanish” maqolasida (“Boshlangich ta’lim” jurnali, 2011, 2-son 28-29-betlar) va boshqa ishlarni ko`rsatish mumkin. Shu bilan birga, boshlangich sinf o`quvchilarida insoniy fazilatlarni shakillantirish, ularni ma’naviyatli inson qilib tarbiyalashga bag`ishlangan ilmiy- metodik maqolalar ham mavjud. Xuysusan, X. To`raqulov va A. Baltayevalarning “Milliy-ma’naviy qadriyatlarni shakillantirish” (“Boshlangich ta’lim” jurnali, 2008, 11-son, 4-bet) N. Vahidovaning “Milliy g`urur ruhida tarbiyalash” (Xalq og`zaki ijodi materiallari asosida) (“Boshlang`ich ta’lim” jurnali, 2009,14-son, 2-3-betlar), Zuhra Ilyos qizining “Ma’naviyati yuksaqk avlod – Vatan ishonchi.” (“Boshlangich ta’lim” jurnali, 2009, 10-son, 21- bet) nomli maqolalarida bu masalalar atroflicha o`z aksini topgan. Bulardan ham ko`rinadiki, boshlangich sinf o`quvchilarini ma’naviyatli inson qilib tarbiyalashda xalq og`zakii ijodi namunalaridan foydalanish masalasi monografik holda o`z yechimini topmagan. Bu esa ushbu masala yoritilishining muhim metodik masala ekanligini va bitiruv malakaviy ishimiz mavzusining dolzarbligini belgilaydi.
Shundan kelib chiqib, ushbu ishda quyidagi vazifalarni hal qilishni o`z oldimizga maqsad qilib qo`ydik:
---boshlangich sinf “Odobnoma kitobi” darsliklarida berilgan xalq og`zaki ijodi asarlarining mazmun-mundarijasini ko`rsatish;
---boshlangich siniflarda xalq ogazaki ijodi asarlarini o`rgatishning ilmiy-metodik asoslarini yoritish;
--- xalq og`zaki ijodi asarlarini o`rganishning ta’lim-tarbiyaviy jihatlarini ochib berish;
---xalq ertaklari asosida booshlang`ich sinf o`quvchilarining ma’naviyatini shakllantirish yo`llarini belgilash;
---oquvchilarni ma’naviy bartkamol inson ruhida tarbiylashda maqollardan foydalanish yo`llarini ochib berish;
---boshlangich sinflarda latifalarini o`qish orqali o`quvchilarni vatanparvar, mard va jasur, sadoqatli va kamtar, tadbirkor va ziyrak inson ruhida tarbiyalash masalasini yoritib berish;

Yüklə 72,3 Kb.

Dostları ilə paylaş:
1   2   3   4   5   6   7   8   9




Verilənlər bazası müəlliflik hüququ ilə müdafiə olunur ©genderi.org 2024
rəhbərliyinə müraciət

    Ana səhifə