Mavzu: O‘quvchilar bilimlari va kompetensiyalarini baholashning turli strategiyalari reja


O‘quvchilarning bilim saviyasi va o‘zlashtirish darajasi quyidagi



Yüklə 174 Kb.
səhifə2/3
tarix01.03.2023
ölçüsü174 Kb.
#101694
1   2   3
cTGgiHhYG9QYettO2zMPw6PRywu1cZK0tu2jfAZ8

O‘quvchilarning bilim saviyasi va o‘zlashtirish darajasi quyidagi nazorat turlarini o‘tkazish orqali baholanadi:
Joriy nazorat — so‘rovlar, nazorat ishlari yoki testlar tarzida o‘quvchilarning bilimlari, ko‘nikma va malakalari muntazam nazorat qilinadi;
Oraliq nazorat — chorak tamom bo‘lganda va o‘quv dasturining tegishli bo‘limi tugallangandan keyin o‘quvchilarning bilimlari, ko‘nikma va malakalarini baholash uchun amalga oshiriladi. u yozma nazorat ishi yoki testlar shaklida o‘tkaziladi. U yozma nazorat ishi yoki testlar shaklida o‘tkaziladi.
Ushbu nazoratda foydalaniladigan materiallar o‘quv fani o‘qituvchisi tomonidan tayyorlanadi.

O‘quvchi tomonidan olingan har bir baho bilimlarni maxsus ochilgan ko‘zguga qo‘yib boriladi. U go‘yo o‘quvchiga xizmat qiladigan ro‘yhat vazifasini bajaradi, baholar esa ijobiy shifrlangan tavsifnoma ahamiyatiga ega bo‘ladi. Bunday tavsifnomani e‘lon qilish katta tarbiyaviy ahamiyatga ega bo‘ladi. Bu tavsifnomaning eng muhim tomoni shundaki, o‘quvchi xohlagan vaqtida har qanday bahoni nisbatan yuqori bahoga o‘zgartirishi mumkin. Ochiq imkoniyat tamoyilining mohiyati ham shunda. Har bir baho, - dеb ta`kidlaydi V.F. SHatalov, avvalambor, o‘quvchida ijobiy e‘tiborni qo‘zg‘atadigan vosita, turtki bo‘lib xizmat qilishi lozim. Ikki baho salbiy hislarga sabab bo‘ladi, o‘qituvchi va fan bilan ziddiyatni kеltirib chiqaradi. Shatalov bun­day konfliktli vaziyatlarni bartaraf qiladi.

Bilimlarni nazorat qilish va baholashning o‘ziga xos xususiyati shundan iboratki, u ta`lim bеruvchi va tarbiyalovchi ahamiyatga ega. O‘qituvchi o‘quv jarayonining bu elеmеntlarini amalga oshirib, O‘quvchilarning idroki, xotirasi, tafakkuri, nutqi, diqqat be‘tibori hamda irodasining kuchli va bo‘sh tomonlarini aniqlaydi. U o‘quvchilarning qiziqishi, mayli, qobiliyati va layoqatini o‘rganadi, har bir o`quvchi shaxsining rivojlanishi va ijobiy fazilatlar hosil bo`lishi to‘g‘risida g‘amxo‘rlik qiladi.

O‘quvchilarning bilim, o‘quv hamda malakalarini nazorat qilishning eng muhim vazifasi ularni o‘quv mashg‘ulotlarini mas‘uliyat va halollik bilan bajaradigan qilib tarbiyalashdan iborat. Tajribali o‘qituvchilar o‘quvchilarning o‘quv ishidagi muvaffaqiyatlarini shunday nazorat qiladilarki, natijada o‘quvchi­larning o‘qishga qiziqishi ortadi, bilim, o‘quv hamda malakalari chuqurlashadi, muntazam ravishda mеhnat qilish va intizomli bo‘lishga o‘rganadilar, bilish faoliyatlari kuchayadi.


Yüklə 174 Kb.

Dostları ilə paylaş:
1   2   3




Verilənlər bazası müəlliflik hüququ ilə müdafiə olunur ©genderi.org 2024
rəhbərliyinə müraciət

    Ana səhifə