Mavzu: O`quvchilarning diskurs kompetensiyasini rivojlantirishda interfaol ta`lim texnologiyalartidan foydalanish reja: Kirish I bob o‘quvchilarning diskurs kompetensiyasi



Yüklə 53,85 Kb.
səhifə3/6
tarix08.02.2023
ölçüsü53,85 Kb.
#100457
1   2   3   4   5   6
O`quvchilarning diskurs kompetensiyasini rivojlantirishda interfaol ta`lim texnologiyalartidan foydalanish

1.2 Nutqiy kompetensiya
Nutqiy kompetensiya (tinglab tushunish, so‘zlash, o‘qish, yozish):
- o‘qituvchi nutqini, video va audio (multimedia ilovalari) matnlarni va topshiriqlarini tinglab tushuna oladi;
-rasmlar asosida va o‘qib eshittirilgan matn yuzasidan suhbatga kirisha oladi;
-nutq jarayonida o‘zlashtirgan yangi so‘zlarni og‘zaki nutqda qo‘llay oladi;
-mashq matnidagi so‘zlarni qo‘shib, gap ohangiga rioya qilib ravon va ifodali o‘qiy oladi;
-shaxs va narsaning sanog‘ini bildirgan so‘zlar nechta?, qancha? so‘roqlariga, shaxs va narsaning tartibini bildirgan so‘zlar nechanchi? so‘rog‘iga javob bo‘ladigan so‘zlarni, bir mavzu doirasidagi savollarga javob yoza oladi;

  1. 4 ta gapdan iborat ijodiy matn yarata oladi;

-rasmlar asosida qisqa matn tuza oladi, xatboshiga, imlo va husnixat qoidalariga amal qila oladi.
Lingvistik kompetensiya:
-o‘zbek tilida nutq tovushlarini to‘g‘ri qo‘llay oladi;
-talaffuz me’yorlariga rioya qila oladi;
-bo‘g‘in ko‘chirish qoidasiga rioya qila oladi;
-mavzuga oid so‘zlarni og‘zaki va yozma nutqda qo‘llay oladi;
-tinish belgilarini to‘g‘ri qo‘llay oladi;
-30-40 so‘zli diktant yoza oladi.
A1+
Nutqiy kompetensiya (tinglab tushunish, so‘zlash, o‘qish, yozish): mashq va topshiriqlardagi axborotni tushuna oladi; mashq va topshiriqlarda berilgan matnni orfoepiya qoidalariga rioya qilib ravon o‘qiydi;

  1. 5 ta gapdan iborat ijodiy matn yarata oladi.

Lingvistik kompetensiya:
nutqda so‘zlarning grammatik shakllaridan to‘g‘ri foydalana oladi; 35-45 so‘zli diktant yoza oladi.
A1+
Nutq o‘stirish (1 soat)
Husnixat (1 soat)
NUTQ USTIRISH. Matn. Matnning o‘zaro mazmunan bog‘langan ikki va undan ortiq gaplardan tuzilishi. So‘roqlar yordamida matnni qismlarga bo‘la olish. Kichkina matnga va matn qismlariga sarlavha qo‘yish
Bayon haqida tushuncha. Matnni savollar yordamida qayta hikoya qilish. Uncha katta bo‘lmagan matn yuzasidan uch-to‘rt so‘roq gaplardan tuzilgan reja asosida bayon yozish.
Rasmlarga qarab savollar yordamida gaplar tuzish va uni imloviy tayyorlikdan so‘ng yozish. O‘qituvchi rahbarligida bir mavzuga oid bir necha gap tuza olish. Bolalarning o‘yinlari, o‘qishlari, qiziqishlari haqida kichik hikoya tuzish.


Yüklə 53,85 Kb.

Dostları ilə paylaş:
1   2   3   4   5   6




Verilənlər bazası müəlliflik hüququ ilə müdafiə olunur ©genderi.org 2024
rəhbərliyinə müraciət

    Ana səhifə