Mavzu: O’quvchilarning ilmiy dunyoqarashini shakllantirishning tarkibiy qismlari. Aqliy tarbiya


O’quvchilarni vatanparvarlik va baynalmilal ruhda tarbiyalash



Yüklə 33,14 Kb.
səhifə5/8
tarix25.12.2023
ölçüsü33,14 Kb.
#161445
1   2   3   4   5   6   7   8
11-mavzu ma\'ruza

O’quvchilarni vatanparvarlik va baynalmilal ruhda tarbiyalash
O’quvchilarni har tomonlama yetuk insonlar qilib tarbiyalashda axloqiy tarbiyaning o’rni o’ziga xos va juda muhim. Axloqiy tarbiyaning mazmunida jamiyatga, Vatanga muhabbatni tarbiyalash va baynalmilallikni targ’ib qilish birinchi o’rinda turadi. Vatanga muhabbat va sadoqat Shaxsning vatanparvarligi, fuqaro yetukligi baynalmilallik kabi fazilatlarda aks etadi, uning maqsadlarida Vatan boyliklarini ko’paytirish, mustahkamlash va himoya qilishga qaratilgan amaliy ishlarida namoyon bo’ladi. Vatanparvarlik va baynalmilallik axloqiy tarbiyada alohida o’rin tutadi. Hadisi shariflarda ham «Vatanni sevmoq iymondandir», «Vatan ostonadan boshlanadi» deb bejiz aytilmagan.
Vatan o’zi nima? Vatan (arabcha «vatan» - ona yurt) deganda – kishilarning yashab turgan, ularning avlod va ajdodlari tug’ili-o’sgan joyi, hududi, ijtimoiy muhiti, mamlakati tushuniladi. Kishi ulg’aygan sari, uning Vatan haqidagi tushunchasi ham kengayadi. Natijada tili, e’tiqodi, urf-odatlari ap milliy sifatlari bir bo’lgan avlodlar yashayotgan jug’rofiy muhit Vatanni ifoda etadi.
Vatanparvarlik – kishining o’zi tug’ilib o’sgan, kamol topgan joy, zamin, o’lkaga bo’lgan mehr-muhabbatini, munosabatlarini ifoda etadigan ijtimoiy va ma’naviy-axloqiy xislatlari, fazilatlaridir. Vatanparvarlik aniq muhitda, zaminda va mavjud ma’naviy-axloqiy qadriyatlar asosida shakllanadi. Vatanga muhabbat tuyg’usi bolaga ona suti bilan, allasi bilan kiradi. Bu aziz tuyg’u bir umr unutilmaydi. Shuning uchun ham vatanparvarlik tarbiyasi hamma zamonlarda ulug’langan.
Vatanpavarlik shaxsni axloqiy shakllantirishning eng muhim tarkibiy qismi hisoblanadi. Maktabda vatanparvarlikni shakllantirish quyidagi mezonlar asosida tashkil etiladi:
- vatanga muhabbat hissi;
- milliy g’urur;
- davlatimizning milliy istiqlol mafkurasi va uni ilmiy idrok etish;
- davlatimiz ramzlariga sadoqat;
- millatlararo madaniy muomala (baynalmilallik).
Vatanparvarlik hissini har bir fandan dars o’tish jarayonida, ayniqsa, ijtimoiy-gumanitar fanlarni (Tarix, Inson va jamiyat, Davlat va huquq asoslari, Adabiyot) va mustaqillikdan keyin ta’lim jarayoniga kirib kelgan «Odobnoma», «Vatan tuyg’usi», «Ma’naviyat asoslari», «Konstitusiya asoslari», «Milliy istiqlol g’oyasi» va boshqa ko’plab fanlarni o’qitish jarayonida shakllkntirish ijobiy samara beradi.
O’quvchilarda vatanparvarlik va baynalmilallik tuyg’ularini shakllantirishda darsdan tashqari tarbiyaviy tadbirlarning va sinf rahbarining o’rni ham o’ziga xosdir. «Vatan tarixini bilmay turib, uni to’la sevib bo’lmaydi», «Vatan ostonadan boshlanadi», «Vatan – yagonadir, Vatan – bittadir» va Shunga o’xshash boshqa ko’plab mavzularda bellashuvlar, tarbiyaviy soatlar, ko’rik tanlovlar o’tkazish bilan ham Vatanga muhabbat, istiqlol g’oyalarigasadoqatni tarbiyalash mumkin. Yuqori sinf o’quvchilari bilan esa tarbiyaviy ishlarni tashkil etishda siyosiy axborotlarning o’rni salmoqlidir. Bolalar bunda mamlakatimiz va chet eldagi siyosiy voqyealar bilan tanishib boradilar.

Yüklə 33,14 Kb.

Dostları ilə paylaş:
1   2   3   4   5   6   7   8




Verilənlər bazası müəlliflik hüququ ilə müdafiə olunur ©genderi.org 2024
rəhbərliyinə müraciət

    Ana səhifə