Mavzu: O’quvchilarning ilmiy dunyoqarashini shakllantirishning tarkibiy qismlari. Aqliy tarbiya


Yosh avlodni huquqiy ongi va madaniyatini shakllantirish – fuqarolik tarbiyasining tarkibiy qismi



Yüklə 33,14 Kb.
səhifə7/8
tarix25.12.2023
ölçüsü33,14 Kb.
#161445
1   2   3   4   5   6   7   8
11-mavzu ma\'ruza

Yosh avlodni huquqiy ongi va madaniyatini shakllantirish – fuqarolik tarbiyasining tarkibiy qismi
Hukumat qarorlarida maktablar, Oliy va o‘rta maxsus o‘quv yurtlari yosh avlodni har tomonlama etuk va barkamol qilib tarbiyalashga da’vat etilganlar. O‘zbekiston fuqarosi o‘z vatanini sevishi, xalqiga cheksiz sadoqatli bo‘lishi, O‘zbekiston Respublikasisning qonun va qoidalarini, ramzlarini yaxshi bilishi va ularga chuqur xurmat bilan munosabatda bo‘lishi shart. O‘quvchi va talabalarda ana shu xis-tuyg‘ularni tarbiyalash muqaddas vazifadir.
Ahloq, odob qoidalarining buzilishi, tarbiyasi "qiyin" deb ataluvchi o‘smirlarga etarlicha pedagogik ta’sir ko‘rsatmasligimiz natijasida kelib chiqadi. O‘miriing bunday noahloqiy harakati oila, maktabda huquqiy tarbiya sohasida yo‘l qo‘yilgan kamchiliklar bilan harakterlanadi. Ko‘cha-ko‘ydagi muhit ham o‘smirning shakllanishida katta ahamiyatga ega. Ko‘pincha odob me’yoridan chetga chiqqan o‘smirlarning xulq-atvorini izohlashda, uning o‘tish davrida bir muncha tez jismoniy rivojlanishi va nerv tizimining kuchli kamoloti kabi omillarga kam e’tibor beriladi.
Organizmdagi fiziologik o‘zgarishlar bilan bog‘liq ravishda o‘smirning harakterida faollik, tashabbuskorlik kuchayadi. U o‘zidagi kuch-qudratni jismoniy imkoniyatlari darajasida ishlatishda ba’zan me’yorni unitib qo‘yadi. Xaddan tashqari beboshlik, tarbiyaviy ta’sirning etarli emasligi intizom va jamoat tartibini buzishga sabab bo‘ladi, bezorilik, Shumlik va Shunga o‘xshash ko‘ngilsiz hodisalarni keltirib chiqaradi.
O‘smirlar, odatda, turli tuman ijobiy va salbiy ta’sirlarga tez beriluvchan bo‘lishadi, sezgirlik va ta’sirchanlik ular harakterining shakllanishiga yordam beradi. Bu yoshda paydo bo‘lgan taassurot uzoq vaqt uning hayot yo‘lini belgilashi mumkin. O‘smirlar ko‘pincha o‘z Shaxsiy idealini izlashda va unga o‘xshashga harakat qilishadi. Bu ideal o‘zlari bilgan tanigan odam yoki adabiy qaxramon qiyofasida namoyon bo‘ladi.
O‘smirlarda o‘ziga ortiqcha baho berish kuchli bo‘ladi, Ular o‘zlarini tutish, muomala, xatti-harakatlarida kattalardek bo‘lishga intilishadi. Kattalarni ularning "mustaqilligini" cheklab qo‘yishga qaratilgan har qanday urinishlariga nisbatan juda sezgir bo‘ladilar. Odatda 14-15 yoshlarda iroda shakllana boshlaydi. Bunday yoshda o‘smirlar o‘zlarini ma’lum darajada shakllangan shaxs sifatida anglab, kuchli irodali shaxslarni namuna qilib olib, o‘zlarida ularni fazilatlarini rivojlantirishga intilishadi.
Shaxsning mavjud bo‘lishi, rivojlanishi va o‘zini ko‘rsata bilishining asosiy belgisi muomala hisoblanadi. Tarbiyaviy ishlar oqsab qolgan maktablarda o‘smirga ko‘cha-ko‘ydagi guruhlarning tasiri sezilarli iz qoldira boshlaydi.
Ko‘chadagi muomalani boshqarish ancha mushkuldir. U ko‘pincha soxta o‘rtoqchilik va yuzaki "qahramonlik" shakllarini olishi mumkin.
O‘smirlarda o‘yinqaroqlik mayli kuchli bo‘ladi. Hayotning o‘zi ular uchun o‘yindek tuyuladi. Ular uchun o‘yin qoidalari xulq-atvor andozasi bo‘lib qoladi va ularning xatti-harakatlarida o‘z aksini topadi. O‘smirlar o‘z xatti-harakatlarini to‘g‘ri baholay olish me’yorini unutib qo‘yadilar. Buning oqibatida bezorilik, beboshlik, hayvonlarga azob berish singari qiliqlar uning uchun oddiy holat bo‘lib qoladi va ularda berahmlik, birovning boshiga tushgan kulfatga befarq qarash, loqaydlik hususiyatlari paydo bo‘ladi. Shaxsning voyaga etishi g‘oyat murakkab davr hisoblanadi. Bu jarayon qiyinchilik bilan kechadi. Ko‘nikib qolgan ayrim odatlardan voz kechishga to‘g‘ri keladi.
Axloq ijtimoiy tushunchalardan biri bo’lib, uning mohiyati, Shaxs xatti-harakatlari, yurish-turishi, turmush tarzi, hayot kechirish tamoyillari, qoidalari, shuningdek, ijtimoiy munosabatlar mazmunini ifodalaydi. Shu bois, axloq ijtimoiy xodisa sifatida jamiyat ma’naviy-ruxiy hayotida o’ziga xos muhim axamiyatga ega. Muayyan millat qiyofasi, uning kishilik taraqqiyotidagi o’rni belgilanayotgan jarayonda maskur tushuncha asosiy mezonlardan biri bo’lib hizmat qiladi.
Axloq tushunchasi oila fikri asosida tartibga soluvchi faoliyat tarzida kishilik jamiyatining ilk bosqichida shakllangan. Qadimdanoq ijtimoiy-falsafiy, psixologik, pedagogik, tarixiy, badiiy, etnografik va madaniyatshunoslikka oid asrlarda ushbu tushuncha turli ko’lamda ishlatilib kelingan.
Axloq (arabcha xulq-atvor demakdir) – ijtimoiy ong Shakllaridan biri, ijtimoiy tartib-qoida bo’lib, bu tartib-qoida ijtimoy hayotning barcha sohalarida kishilarning xatti-harakatini tartibga solish vazifasini bajaradi. Axloq omma faoliyatini tartibga solishning boshqa shakllari (o’quv, ishlab chiqarish, xalq ananalari) da o’z talablarining asoslanishi amalga oshirilishi va omma fikri asosida tartibga solinishi bilan farq qiladi. Axloq talablari barchaga taalluqli, biroq hyech kimning ko’rsatmasi, hyech qanday maxsus buyruq asosida bajarilmaydigan, ixtiyoriy amalga oshiriladigan burch shakliga kiradi. Axloq talablarining bajarilishi faqat ma’naviy ta’sir ko’rsatish shakllari doirasida yuz beradi.
Axloq shaxs taraqqiyotining yuqori bosqichi bo’lgan ma’naviy komillik asosini, poydevorini tashkil etadi. Bir so’z bilan aytganda axloq-jamiyatda qabul qilingan, jamoatchilik fikri bilan ma’qullangan xulq-odob normalari majmuidir.
Odamning inson sifatida shakllana borishi jarayonida uning kamoloti darajasi odob, axloq, madaniyat va ma’naviyat elementlarining qanchalik mujasamlashganligi bilan belgilanadi.
Keyingi yillarda yaratilgan ilmiy adabiyotlar, chop etilgan ilmiy va ilmiy-ommabop nashrlarda, olib borilayotgan ilmiy tadqiqotlarda «axloq» tushunchasini qo’llash va unga dahldor mavzularni tariflashda «axloq» tushunchasi mustaqil tushuncha sifatida qo’llanilsa, ayrimlarida bevosita «ma’naviy-axloq», «axloqiy kamolot» kabi sinonim yoki muqobil so’zlar tarzida ham qo’llanilmoqda. Zero, axloqsiz, axloqiy talablar hamda ularda ifoda etilgan g’oyalarsiz Shaxsning ruhan va jismonan yetukligining mushtarakligi, uyg’unligi bo’lgan ma’naviy komillik shakllanmaydi.
Bizning nazarimizda, shaxs ma’naviyati – uning ongida kechadigan ijobiy mazmunga ega o’y-fikrlar, niyatlar, g’oyalar, nazariya va ta’limotlar mazmunining amaliy faoliyatda namoyon bo’luvchi ruhiy jarayondir. Shuni alohida ta’kidlash joizki, shaxs ma’naviyati asosida ijobiy mazmunga ega bo’lgan o’y-fikrlar, niyatlar, g’oyalar, nazariyalar va ta’limotlar mazmuniga yetishishni e’tiborga olish lozim. Chunki, shaxs ongida hamisha ham ijobiy mazmunga ega fikrlar kechmaydi. Salbiy fikrlarga ega bo’lish esa ma’naviyatsiz, axloqsiz inson qiyofasini ko’rsatuvchi muhim belgidir.
Ma’naviy-axloqiy tarbiyani tashkil etish ijtimoiy tarbiyaning muvaffaqiyatini ta’minlovchi eng muhim omil sanaladi. Ma’naviy-axloqiy ta’lim va tarbiya o’zaro bog’liqlik, uzviylik, aloqadorlik hamda dialektik xarakterga ega bo’lib, shaxs ma’naviy-axloqiy kamolotini shakllantirish asosi hisoblanadi. Ma’naviy-axloqiy ta’lim o’quvchilarga ma’naviy-axloqiy munosabatlar mohiyati to’g’risida tizimlangan bilimlarni berish, ularda ma’naviy-axloqiy bilimlarni egallashga bo’lgan ehtiyojni yuzaga keltirish ma’naviy-axloqiy ongini shakllantirish jarayoni bo’lib, izchil, uzliksiz, tizimli tarzda tashkil etilishi lozim.
Ma’naviy-axloqiy tarbiya o’quvchilar tomonidan o’zlashtirilgan nazariy ma’naviy-axloqiy bilimlar negizida ijtimoiy faoliyatni tashkil yetish borasida ko’nikma va malakalarni hosil qilish, ijobiy mazmundagi ma’naviy-axloqiy sifatlarni qaror toptirish va ma’naviy madaniyatni shakllantirishga yo’naltirilgan murakkab dinamik jarayon hisoblanadi.
O’quvchi hulqi, xatti-harakatlarida ma’naviy madaniyatlilikning asosiy me’zonlari: insonparvarlik, mehnatsevarlik, milliy g’urur, vatanparvarlik, mehr-muruvvat, imon, ijodkorlik, faollik, tashabbuskorlik, o’z-o’zini nazorat qilish va o’z-o’zini baholashni talab etadi. Bu talab o’quvchinining vatan, ota-ona, do’stlari, jamoa oldidagi burchiga, vazifalariga, ta’lim-tarbiya jarayonida namoyon bo’ladigan faollik, ijodkorlik xususiyatlariga munosabati orqali amalga oshiriladi.
Buning uchun, eng avvalo, inson fazilatlarining o’zaro munosabatlarini va o’rnini aniqlab olmog’i lozim. Insonnning ma’naviyati uning odobi, xulqi, madaniyatida tashkil topadi.
Ma’naviyat esa aqliy, axloqiy, huquqiy, iqtisodiy va siyosiy bilimlar zamirida Shakllanadi. Mazkur bilimlar o’z navbatida inson ijobiy sifatlarining kamol topib, boyib borishiga olib keladi. Fazilatlar insonnning ijobiy sifatlari majmuidan iborat.
Sifat aloxida bir shaxsning muayyan bir xislatini ifodalovchi axloqiy kategoriyadir. Fazilat—alohida shaxs, el, elat, xalk, ulusga taalluqli bo’lgan ijobiy-axloqiy sifatlar majmui. Yuqorida keltirilgan barcha ijobiy xislatlar o’quvchi Shaxsini ma’naviy-axloqiy darajasini yuksaltirishga xizmat qiladi.
O’quvchilar ma’naviy-axloqiy tarbiyasini tashkil etish aniq maqsadga yo’naltirilgan yaxlit pedagogik jarayon bo’lib, ushbu jarayonda quyidagi pedagogik vazifalar hal qilinadi:

  1. O’quvchilarga ma’naviy-axloqiy me’yorlar hamda axloqiy munosabatlar mohiyati va ularning ijtimoiy jamiyat hayotidagi ahamiyati to’g’risida ma’lumot beriladi.

  2. O’quvchilarda ma’naviy axloqiy bilimlarni egallashga bo’lgan ehtiyojni yuzaga keltirish, ma’naviy-axloqiy ongini qaror toptirish.

  3. O’quvchilarda ijobiy mazmundagi ma’naviy-axloqiy sifatlar (bilimlilik, mehnatsevarlik, kamtarlik, mehr-muhabbat, vatanga, halqqa muhabbat, ota-ona va kattalarga hurmat, insonparvarlik, saxovat, burchga sadoqat va hakozolarni ) qaror toptirish.

  4. O’quvchilarda ma’naviy-axloqiy mazmundagi hulq-atvor, xarakter va irodani shakllantirish.

  5. O’quvchilar ma’naviy-axloqiy madaniyatini shakllantirish.

O’quvchilar ma’naviy-axloqiy sifatlarining qaror topishi tarixiy-obe’ktiv sharoitda shaxs tomonidan jamiyat taraqqiyoti, insonlarning o’zaro hamkorlik, aloqa doiralarining kengayishi takomillashuviga ko’rsatiladigan ta’sirning ijobiy, mo’tadil holatda bo’lishini ta’minlashda ko’rinadi. Ma’naviy-axloqiy sifatlarning qaror topishi quyidagi umumiy mazmun asosida ro’y beradi:
-o’quvchining ma’naviy-axloqiylik darajasi ijtimoiy munosabatlar jarayonida, uning jamiyat, atrof-muhit va tabiatga bo’lgan yondashuvida namoyon bo’ladi;
- o’quvchining ma’naviy-axloqiylik darajasi jamiyatning ijtimoiy-ma’naviy taraqqiyoti darajasiga bog’liq;
- o’quvchilarning ma’naviy-axloqiy kamoloti obyektiv va subyektiv shart-sharoitlarning o’zaro uyg’unlashuvi asosida tashkil etiladigan uzluksiz, tizimli ta’lim-tarbiyaninsh yo’lga qo’yilishi natijasida vujudga keladi;
- o’quvchining ma’naviy-axloqiy kamoloti ijtimoiy munosabatlarning yo’lga qo’yilishida ijobiy natijalarga olib keladi.
O’quvchilarning ma’naviy-axloqiy tarbiyasini amalga oshirish quyidagi tamoyillarga muvofiq yo’lga qo’yiladi:

  1. Ma’naviy-axloqiy tarbiyaning ijtimoiy-g’oyaviy asosga ega ekanligi. Ushbu tamoyil ma’naviy-axloqiy ta’lim va tarbiyaning o’zbekiston Respublikasi mustaqilligini mustahkamlashi, milliy mafkura g’oyalarini o’quvchilar o’rtasida targ’ib etishda ifodalanadi.

  2. Ma’naviy-axloqiy ta’lim va tarbiyaning izchil, tizimli, uzluksiz tashkil etilishi. Ushbu tamoyil o’quvchilarga ma’naviy-axloqiy bilimlar berish, ularda ijtimoiy-amaliy faoliyat ko’nikma va malakalarni hosil qilish, ma’naviy-axloqiy ta’lim va tarbiya ishining tizimliligini ta’minlash, doimiy tashkil etilishiga erishishda namoyon bo’ladi.

  3. Ma’naviy-axloqiy ta’lim-tarbiya g’oyalarining aniq maqsadga yo’naltirilganligi. O’quvchilar o’rtasida tashkil etilayotgan ma’naviy-axloqiy tarbiyani yo’lga qo’yishdan ko’zlangan yagona maqsad ularda ma’naviy-axloqiy sifatlar, ma’naviy-axloqiy madaniyatni qaror toptirishdan iboratdir. Mazkur tamoyil ana shu g’oyani yoritishga xizmat qiladi.

  4. O’quvchilar ma’naviy-axloqiy madaniyatini shakllantirishga har tomonlama (kompleks) yondashuv. Ushbu tamoyil o’quvchilar ma’naviy–axloqiy madaniyatini shakllantirishda fanlararo aloqadorlik, darsda, sinfdan va maktabdan tashqari ma’naviy-axloqiy ta’lim-tarbiya ishlarini tashkil etish, ma’naviy-axloqiy tarbiyani olib borishda oila, ta’lim muassasalari, mahalla, ijtimoiy tashkilotlar,davlat va jamiyat imkoniyatlaridan biridek samarali foydalanishni nazarda tutadi.

  5. O’quvchilar ma’naviy-ax’loqiy tarbiyasini tashkil etishda tarixiy vorislik hamda umuminsoniy va milliy qadriyatlar,ularda ilgari surilgan g’oyalarga tayanib ish ko’rish. Ushbu tamoyil ma’naviy-axloqiy tarbiyani tashkil etishda milliy, tarixiy tajriba , shuningdek , umuminsoniy va milliy qadriyatlar, ularning g’oyalari ta’sir kuchiga tayanib ish ko’rishni o’zida ifoda etadi.

  6. Ijtimoiy faoliyatning insonparvarlik va demokratik xususiyatlarga ega ekanligi. Ushbu tamoyil o’quvchilar ma’naviy-axloqiy tarbiyasini tashkil etishda insonparvarlik va demokratik tamoyillarning ustivorligi (o’quvchi Shaxsini hurmat qilish, uning qadr-qimmatini yuqori qo’yish, huquq va burchlarini hurmat qilish ) ni ifodalaydi.

  7. Ma’naviy-axloqiy ong va faoliyat birligi. Ushbu tamoyil ma’naviy-axloqiy bilimlarni o’zlashtirish, bu boradagi faoliyatni tashkil etish, o’quvchilar tomonidan o’zlashtirilgan nazariy ma’naviy-axloqiy bilimlarning amaliyotdagi ijrosini taminlash asosida balimlarni mustahkamlash, chuqurlashtirib borishni anglatadi.

Ma’naviy-axloqiy tarbiyani tashkil etish – faoliyat jarayoni hisoblanadi. Ushbu jarayon nafaqat ijobiy xislatlarni shakllantirishni, balki salbiy sifatlarni bartaraf etishni, har qanday axloqsiz xatti-harakatlarga qarshi kurashga o’quvchilarni undashni ham ko’zda tutadi. Ma’naviy-axloqiy tarbiya jarayonida o’quvchi(tarbiyalanuvchi) ning o’z-o’zini tarbiyalashni kuchaytirishi katta ahamiyatga ega. Ma’naviy-axloqiy tarbiya jarayonida barkamol Shaxs tarbiyalanib voyaga yetkaziladi.

Yüklə 33,14 Kb.

Dostları ilə paylaş:
1   2   3   4   5   6   7   8




Verilənlər bazası müəlliflik hüququ ilə müdafiə olunur ©genderi.org 2024
rəhbərliyinə müraciət

    Ana səhifə