Mavzu: O’quvchilarning ilmiy dunyoqarashini shakllantirishning tarkibiy qismlari. Aqliy tarbiya



Yüklə 33,14 Kb.
səhifə3/8
tarix25.12.2023
ölçüsü33,14 Kb.
#161445
1   2   3   4   5   6   7   8
11-mavzu ma\'ruza

Aqlning teranligi inson yangi materialni egallashda mavhumlashtira olishi mumkin bo‘lgan belgilarning muhimligi bosqichi va ularni umumlashganligi darajasida namoyon bo‘ladi.
Aqlning sustligi qarama-qarshilikda: bir qoliplikka, fikrlashdagi odatiylikka moyillikda, bir harakatdar tizimidan boshqasiga o‘tishdagi qiyinchilikda namoyon bo‘ladi.
Fikrning moslashuvchanligi maqsadga muvofiq o‘zgaruvchanlikni talab etadi.
Aqlning barqarorligi insonga vazifalarni fikriy hal etish, ularning butun belgilarini xotirada eslab qolishga imkon beradi. Bu sifat tasniflashga oid biror vazifani hal etishda aniq ko‘rinadi.
Fikriy faoliyatning anglanganligi – uning mahsuli sifatida so‘zda ifoda etish imkoniyatida aks etadigan aqlning sifati.
Aqlning mustaqilligi – yangi bilimlarni, vazifalarni hal etishning yangi yo‘llarini faol izlashda namoyon bo‘ladi.
Fikrning tejamkorligi – kam vaqt sarflab etarlicha bilimlarni egallay olishda aks etadi.
Aqliy tarbiyaning maqsad va vazifalari
Aqliy tarbiya ta’lim oluvchining intellekti, bilish imko-niyatlarini, iqtidor va qobiliyatlarini rivojlantirishga yo‘naltirilgan. Uning asosiy vazifasi – ta’lim oluvchilarning fan asoslari bo‘yicha bilimlar tizimi bilan qurollantirish. Ularni o‘zlashtirish natijasida dunyoqarash asoslari shakllanishi zarur.
Aqliy tarbiyaning vazifalari quyidagilar:

  • belgilangan hajmdagi ilmiy bilimlarni egallash;

  • dunyoqarashni shakllantirish;

  • aql kuchi, iqtidor va qobiliyatlarini rivojlantirish;

  • bilishga oid qiziqishlarini rivojlantirish;

  • shaxs salohiyati imkoniyatlarini rivojlantirish;

  • bilish faoliyatini shakllantirish;

  • doimiy ravishda o‘z bilimlarini to‘ldirish, umumta’limiy tayyorgarlik darajasini oshirish ehtiyojlarini rivojlantirish;

  • ta’lim oluvchilarni bilish faoliyati metodlari bilan qurollantirish;

  • fikrlash qobiliyati, ijodiy faoliyat tajribalarini shakllantirish.

Agar inson odamlar orasida ijtimoiy muhitda yashar ekan, uning aqliy taraqqiyoti, intellekti haqida gapirishga to‘g‘ri keladi. Bu esa uning jismoniy taraqqiyoti uchun ham muhim.
Aqliy rivojlanish deganda hayotiy ta’sir etish va oqibatlarning barcha miqdoriy imkoniyatlari natijasida kelib chiqadigan aql kuchi va fikrlashning rivojlanish jarayonini tushunish mumkin.

Yüklə 33,14 Kb.

Dostları ilə paylaş:
1   2   3   4   5   6   7   8




Verilənlər bazası müəlliflik hüququ ilə müdafiə olunur ©genderi.org 2024
rəhbərliyinə müraciət

    Ana səhifə