Mavzu: O‘rta umumta’lim maktablarida tashkil qilinadigan ekskursiya turlari va ularni o‘tkazish uslublari Reja: Kirish



Yüklə 74,8 Kb.
səhifə1/8
tarix27.12.2023
ölçüsü74,8 Kb.
#163835
  1   2   3   4   5   6   7   8
O‘rta umumta’lim maktablarida tashkil qilinadigan ekskursiya turlari va ularni o‘tkazish uslublari


Mavzu: O‘rta umumta’lim maktablarida tashkil qilinadigan ekskursiya turlari va ularni o‘tkazish uslublari
Reja:
Kirish

  1. Fizika fani ta’limida pedagogik texnologiyalarning o‘rni va ahamiyati

  2. Ekskursiyalarning darsdan tashqari mashg‘ulotlarda tutgan o‘rni.

  3. Ekskursiya darslari va ularni amalga oshirishning o‘ziga xos xususiyatlari.

  4. Ekskursiya darslarida integrativ yondashuv asosida amaliy ishlarni tashkil etish

Xulosa
Foydalanilgan adabiyotlar
Kirish
Kurs ishi mavzusining dolzarbligi: Hozirgi kunda mamlakatimiz oldida turgan eng muhim va dolzarb vazifalardan biri bu o‘sib kelayotgan yosh avlodni tarbiyalash va ularga imkon darajasida yangi texnologiyalar bilan ishlashni o‘rgatishdir.Biz bilamizki oxirgi yillarda butun dunyo rivojlanish yo‘lida bir-birini ortda qoldirmoqda, shu bilan birgalikda bizning O‘zbekistonimiz ham rivojlanayotgan davlatlardan ortda qolayotgani yo‘q.
Yosh avlodning ilmiy va hayotiy dunyo qarashini kengaytirish o‘qitish ishiga qo‘shib olib boriladigan zarur pedagogik jarayondir. Bunga erishmoq uchun fanlarni I darajali yoki II darajali fanlar toifasiga ajratmasdan, balki bu fanlarning jamiyatimiz taraqqiyotiga qo‘shayotgan hissasiga asosan, kundalik turmushimizdagi bu fanlarga ehtiyojimiz asosida fanlarni bir-biriga uzviy bog’liq holda, kompleks ta’limni joriy etish uchun kurashmoq zarur.
Hozirgi kunda fizika fani jadallik bilan rivojlanib bormoqda.
Yangi kashfiyotlar, yangi qonuniyatlar ochilmoqda. “Atom fizikasi” kundan kunga rivojlanib borayotgan sohalardan biridir. Dunyo bilan hamnafas holda rivojlanish uchun biz ham yosh avlodga yangi texnologiyalar orqali shu sohani o‘rgatib borishimiz zarur.
Ekskursiya lotincha “Excursio” – “sayr etish” degan so‘zdan olingan bo‘lib, vistavka, korxona yoki tabiatning diqqatga sazovor joylariga kollektiv ravishda uyushtirilgan sayr ma’nosi tushuniladi.Maktablarda tashkil etiladigan ekskursiya esa sinf yoki o‘quvchilar gruppasi bilan olib boriladigan ta’lim-tarbiyaning bir formasi bo‘lib, “o‘rganilayotgan buyum va hodisalarni joyiga borib, tabiiy holatida yoki sun’iy maxsus sharoitda bevosita idrok etishga – ekskursiya” deyiladi.
Oddiy qilib aytganda – ochiq havoda dars o‘tishga aytiladi. Biologik ekskursiyalar sinfdan tashqarida: tabiatda, qishloq xo‘jaligida ishlab chiqarish ob’ektlarida va boshqa joylarda (botanika bog’i, zoovistavka, muzey, ilmiy-tadqiqot muassasalari kabilarda) o‘tkaziladigan o‘quv xarakteridagi mashg’ulotdir.
Ekskursiyalar asosan bahorda va kuzda botanika, zoologiya, umumiy biologiya kurslarida o‘tkaziladigan biologik ekskursiyalar dastur materialini o‘rganish va mustahkamlashga bag’ishlanadi.
Ular maktab dasturida ko‘rsatilgan va o‘quvchilar uchun majburiydir.
Tirik tabiat ob’ektlarini va xodisalarini bevosita bilish, tabiiy sharoitda o‘rganish imkoniyatini beradi. O‘quvchilar o‘rganilayotgan o‘simlik va hayvonni ularning yashash sharoitida ko‘radilar. Organizm tuzilishi va hayot faoliyatining yashash muhitiga moslanuvchanligini yaqqol payqab oladilar. O‘quvchilarning bilimini kengaytiradi va mustahkamlaydi. O‘quvchilar o‘simliklar va hayvonlarni tabiiy muhitda o‘simliklarni tuproqqa, hayvonlarni esa, o‘simliklarga bog’liq holda ko‘radilar va o‘quvchilarning tabiatni o‘rganishda bo‘lgan qiziqishlarini kuchaytiradi.

Yüklə 74,8 Kb.

Dostları ilə paylaş:
  1   2   3   4   5   6   7   8




Verilənlər bazası müəlliflik hüququ ilə müdafiə olunur ©genderi.org 2024
rəhbərliyinə müraciət

    Ana səhifə