Mavzu: O’zbekistonning Jahon bozoriga kirib borish muammolari. Bajardi


O’zbekiston Respublikasining Osiyo va Jahonning yuqori darajada



Yüklə 19,49 Mb.
Pdf görüntüsü
səhifə9/15
tarix05.07.2023
ölçüsü19,49 Mb.
#119276
1   ...   5   6   7   8   9   10   11   12   ...   15
O‘zbekistonning jahon bozoriga chiqish muammolari

1.3 O’zbekiston Respublikasining Osiyo va Jahonning yuqori darajada 
rivojlangan davlatlari bilan amalga oshirayotgan iqtisodiy aloqalari. 
1991-yil 31-avgust – O’zbekiston Respublikasi mustaqilligining rasmiy e‘lon 
qilingan kuni – davlatimizning xalqaro hamjamiyatga keng ko’lamli va dinamik 
integratsiyasi boshlangan sana hisoblanadi. 2015-yil 1-iyul holatiga ko’ra 
O’zbekiston dunyoning 130 dan ortiq mamlakati bilan diplomatik aloqalar 
o’rnatgan. O’zbekiston 100 dan ortiq xalqaro tashkilotlarga a‘zo bo’lib, turli xil 
ko’p tomonlama hamkorlik tuzilmalari bilan aloqalarni rivojlantirmoqda. 
Mamlakatimizning qulay iqtisodiy geografik mintaqada joylashganligi, xorijiy 
sheriklar uchun yetarli shart – sharoitlarning yaratilganligi va eng asosiysi 
Respublikamiz hududida tinchlikning barqarorligi boshqa davlatlarni biz bilan 
iqtisodiy aloqalarni yo‘lga qo‘yishga undaydi. Yuqorida aytib o‘tilganidek 
O‘zbekiston bugungi kunda dunyoning deyarli 130 dan ortiq mamlakatlari bilan 
iqtisodiy ikki tomonlama manfaatga ega bo‘lgan aloqalarni tashkil etgan. Biz 
quyida e‘tiboringizga shulardan jahon bozorida yetakchilik qilib kelayotgan 
davlatlar bilan mamlakatimiz o‘rtasidagi o‘zaro iqtisodiy aloqalarni havola 
etamiz.
O’zbekiston va Xitoy iqtisodiy aloqalarining ustuvor yo’nalishlari 
Xitoyda amalgam oshirilayotgan muvaffaqiyatli iqtisodiy islohotlar, yuqori 
iqtisodiy o‘sish sur‘atlari va doimiy ravishda ortib borayotgan iqtisodiy 
salohiyat O‘zbekiston bilan Xitoy o‘rtasidagi o‘zaro iqtisodiy aloqalarni 
kengaytirish imkoniyatlarini yaratmoqda. Xitoyni O‘zbekistonning eng muhim 
va istiqbolli hamkorlaridan biri sifatida e‘tirof etish mumkin. Mamlakatimizda 
65 ta yirik Xitoy kompaniyalarining vakolatxonalari ochilgan bo‘lib, ular ikki 
mamlakat o‘rtasidagi savdo – sotiq aloqalarini rivojlanishiga katta hissa 
qo‘shmoqdalar. 


~ 23 ~ 
O‘zbekiston eksportining tarkibi quyidagicha: paxta tolasi, voylok, ipak, 
to‘qimachilik mahsulotlari tayyorlash uchun zarur erituvchi materiallar, 
xizmatlar, mexanik asbob uskunalar, mebel, kimyoviy tolalar, gazlama, paxta ip 
– kalava va boshqalar. Xitoyda nimport qilinadigan mahsulotlar tarkibi esa 
quyidagicha: qora metallar va undan tayyorlanadigan mahsulotlar, kofe, choy 
va shirinliklar, mexanik asbob uskunalar, poyabzal, kiyim – kechak, 
to‘qimachilik va trikotaj, trikotaj polotnosi, ruda, organic kimyoviy birikmalar, 
kimyoviy tolalar, plastmassa va plastmassa mahsulotlari, xizmatlar, noorganik 
kimyoviy mahsulotlar, boshqa materiallardan yasalgan mahsulotlar, turli tayyor 
mahsulotlar va boshqalar. 2012 – yilda O‘zbekiston va Xitoy o‘rtasidagi tovar 
aylanmasi rspublika tashqi savdo aylanmasiga nisbatan 12.7%ni tashkil etgan. 
Ikkala mamlakat o‘rtasidagi tashqi savdo aylanmasi, ya‘ni eksport – 1463.1mln. 
dollar, import – 1894.8mln. dollarni tashkil etgan (2012 – yil yakuni bo‘yicha). 
Shuningdek, Xitoy bilan hamkorlikda, 2011 – 2020-yillarda umumiy qiymati 
1mlrd. Dollarga teng ―Qulbeshkak‖, ―Xojiqazgan‖, ―Doyaxotin‖, ―Suzma‖, 
―Qumli‖, ―Chegaraqum‖ kabi gaz konlarini o‘zlashtirish loyihalari ishlab 
chiqilmoqda. Bu loyihalarning amalgam oshirilishi 2021- yilga borib yiliga 
5mlrd. Kub metr gaz qazib chiqarish imkonini beradi. O’zbekiston va Yaponiya 
Iqtisodiy hamkorligi
O’zbekiston va Yaponiya Iqtisodiy hamkorligi 
Yaponiya O‘zbekiston Respublikasining muhim savdo-iqtisodiy hankorlaridan 
biri hisoblanadi. 1992 – yildan O‘zbekiston va Yaponiya o‘rtasida iqtisodiy 
hamkorlikning barcha yo‘nalishlari bo‘yicha faol aloqlar o‘rnatilgan. Ikki 
mamlakat o‘rtasidagi iqtisodiy hamkorlik aloqlari oziq-ovqat mahsulotlarini 
ishlab chiqarishni ko‘paytirish, tarkibiy qayta qurilishni amalga oshirish, 
gummanitar va rasmiy yordam shaklidagi kreditlar, qaytarilmaydigan ssudalar 
ko‘rsatishdan boshlangan. 
O‘zbekistonning Yaponiyaga eksport qilayotgan mahsulotlarining tovar tarkibi 
quyidagicha: noorganik kimyo mahsulotlari, ipak, paxta, kalava, paxtali 
matolar, gilamlar, tekstil mahsulotlari, kiyim-kechak, spool buyumlar, rangli 
metallar, mexanik asbob-uskunalar. Yaponiya esa O‘zbekistonga, o‘z 
navbatida, quyidagi mahsulotlarni yetkazib beradi: organik kimyoviy 
birikmalar, bo‘yoqlar, foto va kino mahsulotlari, kauchuk va rezina 


~ 24 ~ 
mahsulotlari, poligrafiya sanoati mahsulotlari, kimyoviy tola, oyna va oyna 
mahsulotlari, qora metall, mexanik asbob-uskunalar, elektr asbob-uskunalar, 
audio va videotexnika, transport vositalari va ehtiyot qismlar, optika, foto va 
tibbiyot mahsulotlari, soatlar va ehtiyot qismlar, musiqa asboblari va ehtiyot 
qismlar, mebel, yoritish asboblari. O‘zbekiston va Yaponiya o‘rtasidagi savdo 
munosabatlari jadal sur‘atlar bilan rivojlanmoqda. O‘zbekistonning eksport-
import tarkibida Yaponiyaning ulushi 2012 – yilda 0.1 va 1.3% ga teng 
bo‘lgan1.
 
O’zbekiston va Rossiya iqtisodiy aloqalarining rivojlanishi 
O‘zbekiston va Rossiya o‘rtasidagi iqtisodiy hamkorlik aloqalari ikkala 
mamlakat o‘rtasida 1992 – yil 20 – martdan o‘rnatilgan diplomatic 
munosabatlardan keyin boshlandi. 1991 – yildan hozirga qadar O‘zbekiston Va 
Rossiya o‘rtasida 160dan ortiq xalqaro shartnoma va 40dan ortiq boshqa 
hujjatlar imzolandi. O‘zbekiston Rossiyaga oziq – ovqat mahsulotlari, 
avtomobillar, kimyo sanoati mahsulotlari va plastmassa, rangli va qora metallar, 
kabel, xizmatlar, paxta tolasi, tabiiy yoqilg‘i, neft mahsulotlari, sabzavotlar
gazlama, paxta kalavasi, jun, meva va sabzavotdan qayta ishlangan 
mahsulotlarni eksport qiladi. Oxirgi yillarda O‘zbekiston eksportining tarkibida 
yengil avtomobillar(1,5-2 marta), meva va poliz ekinlari(5), polietilen(2), 
tayyor 
tekstil 
mahsulotlari(1,4-1,5), 
transformatorlar(2), 
past 
voltli 
apparatlar(1,5), quvur(1,5), havo transporti(1,7), turizm(1,4) ulushi ortib 
bormoqda1. 2013 – yilda ikki davlat o‘rtasidagi tashqi savdo aylanmasi 
7,840mlrd. dollarni tashkil etgan. O’zbekiston 2016 yilning oxiriga qadar 
Rossiyaga meva-sabzavot eksporti hajmini 500 ming tonnaga yetkazmoqchi. 
Bu haqda ―Россия сегодня‖ agentligi O’zbekiston Qishloq va suv xo’jaligi 
vazirligi vakili Olimboy Ortiqovning so’zlariga tayangan holda xabar tarqatdi. 
O’tgan yili O’zbekistondan Rossiyaga qiymati 300 million dollarga teng 200 
ming tonna meva-sabzavot yetkazib berilgan edi. Joriy yilda esa bu ko’rsatkich 
50-70 ming tonnaga ko’payishi va 400 million dollar daromad olinishi 
kutilmoqda. 
O’zbekiston va AQSH tashqi iqtisodiy aloqalari 


~ 25 ~ 
AQSH va O‘zbekiston o‘rtasidagi iqtisodiy hamkorlikning kelib chiqish tarixi, 
rivojlanish dinamikasi, shart – sharoitlari va omillariga e‘tibor beradigan 
bo‘lsak, bu hamkorlik bosqichma – bosqich rivojlanib kelganligi va jadal 
sur‘atlarda rivojlanayotganligini kuzatish mumkin. O‘zbekiston bilan 
AQSHning o‘zaro manfaatli savdo munosabatlari strategic sheriklik darajasiga 
olib chiqildi. O‘tgan davr mobaynida ikki tomonlama savdo munosabatlarini 
yo‘lga qo‘yish negizida iqtisodiy hamkorlikni rivojlantirishning ustuvor 
sohalari ham belgilanib bordi. Shunga ko‘ra, Amerika kompaniyalari tog‘ – kon 
va neft – gaz mazmunda qator ustuvor investitsiya loyihalarini amalgam 
oshirishda, agrosanoat majmui, oziq – ovqat sanoati va transport 
infratuzilmasining texnalogik bazasini rivojlantirishda ishtirok etmoqda. 
Respublikada AQSH investorlari ishtirokida tashkil etilgan 300dan ortiq 
korxona, jumladan, 200dan ortiq qo‘shma korxonalar va 100ga yaqin to‘liq 
AQSH sarmoyasiga asoslangan korxonalar faoliyat ko‘rsatmoqda. Misol 
tariqasida ―Jeneral Motors‖, ―Keyz Korporeyshn‖, ―Koka Kola‖, 
―Teksako‖, ―Beyker Xyuz‖, ―Dyunevent‖, ―Prokter end Gembl‖, ―Ey–
Ay–Dji‖ kabi yirik kompaniyalarni keltirish mumkin. AQSH O‘zbekistonning 
yirik savdo–iqtisodiy hamkori hisoblanadi va ikkala mamlakat o‘rtasidagi savdo 
aylanmasi 2013 – yilda 443,1mln. dollarni tashkil etdi.
O’zbekiston va Yevropa Ittifoqi tashqi iqtisodiy aloqalari 
O‘zbekiston Respublikasi va Yevropa Ittifoqi(YeI) o‘rtasida o‘zaro hamkorlik 
aloqalarining rivojlanishida 1992 – yilda «O‘zaro hamkorlik» to‘g‘risida 
Memorandumning imzolanishi muhim ahamiyatga ega. 1996 – yilda 
O‘zbekiston Respublikasi va YeI o‘rtasida savdo – iqtisodiy munosabatlarni 
yanada rivojlantirishga bag‘ishlangan «O‘zbekiston – YeI va ularga a‘zo 
davlatlar o‘rtasida hamkorlik munosabatlarini o‘rnatish» to‘g‘risidagi 
shartnoma imzolandi. YeI ning O‘zbekiston bilan hankorligi quyidagi omillar 
O‘zbekistonning tabiiy va Iqtisodiy salohiyati.

Yüklə 19,49 Mb.

Dostları ilə paylaş:
1   ...   5   6   7   8   9   10   11   12   ...   15




Verilənlər bazası müəlliflik hüququ ilə müdafiə olunur ©genderi.org 2024
rəhbərliyinə müraciət

    Ana səhifə