Mavzu: O’zbekistonning Jahon bozoriga kirib borish muammolari. Bajardi



Yüklə 19,49 Mb.
Pdf görüntüsü
səhifə7/15
tarix05.07.2023
ölçüsü19,49 Mb.
#119276
1   2   3   4   5   6   7   8   9   10   ...   15
O‘zbekistonning jahon bozoriga chiqish muammolari

Jahon bozori
— xalqaro mehnat taqsimotida ishtirok etish bilan o’zaro 
bog’langan mamlakatlar o’rtasidagi barqaror tovar-pul munosabatlari tizimi. 
Xalqaro savdo munosabatlari qadimda ham mavjud bo’lgan, mamlakatlar 
o’rtasida iqtisodiy va siyosiy aloqalar milliy davlatlarning paydo bo’lishi bilan 
yuzaga kelgan, ammo ko’pgina mamlakatlar, so’ngra jaxondagi barcha 
mamlakatlar savdosini qamraydigan Jahon bozori (uning negizida jahon 
xo’jaligi) faqat yirik mashinalashgan industriyaga o’tish bilan shakllana 
boshladi va XX asr boshlariga kelib qaror topdi. Yirik mashinalashgan ishlab 
chiqarishga o’tish milliy bozor chegaralarini kengaytirdi, tashqi savdo u yoki bu 
mamlakatning ichki taraqqiyotini to’ldiradigan omildan mamlakat xo’jaligi 
taraqqiyotining zaruriy shartiga aylandi. Ixtisoslashuv bir mamlakatda muayyan 
tovarni arzon va sifatli ishlab chiqarish imkonini bersa, tovarlarni ishlab 
chiqarishda resurslardan samarali foydalanishni ta’minlasa, shu tovarlar ko’plab 
yaratiladi va Jahon bozoriga yetkazib beriladi. Biror mamlakatda resurslarni 
sarflash qulay bo’lmagan yoki ishlab chiqarish imkoni bo‘lmagan tovarlar 
Jahon bozoridan sotib olinadi. Jahon bozorida alohida narxlar — jahon narxlari 
amal qiladi, ayirboshlash ulgurji shaklda va xalqaro birjalar vositasida olib 
boriladi. 
Jahon bozori tovar, mehnat, kapital va valyuta bozorlari majmuidan 
tashkil topadi.
Jahon bozorida barcha mamlakatlar tashqi savdosining 
majmuini ifoda etadigan xalqaro savdo amalga oshiriladi. Bu tarkiban jahon 
miqyosidagi eksport va importdan iborat, ularning qiymat bo’yicha nisbati 
savdo balansi deb yuritiladi. 
Xalqaro savdoning tovar tarkibi 


~ 13 ~ 

Xomashyo tovarlari – qishloq va o‘rmon xo‘jaligi, baliqchilik va ov 
mahsulotlari, qayta ishlash uchun katta sarf xarajat talab etmaydigan 
qazilma boyliklar; 

Yarimtayyor mahsulot – yakunlovchi qayta ishlashni talab etadigan 
mahsulotlar; 

Tayyor mahsulotlar – oxirigacha tayyor mahsulotlar; 

Qisqa muddatda foydalanuvchi tayyor sanoat mahsulotlari – 1 yil va 
undan qisqa davrda ishlatiladigan tovarlar; 

Uzoq muddatda ishlatiladigan tovarlar – 1 yildan uzoq ishlatiladigan 
tovarlar; 

Qisqa muddatdaishlatiladigan iste‟mol tovarlari(nooziq – ovqat) – 1 yil 
va undan qisqa davrda ishlatiladigan tovarlar; 

O‟rta muddatda iste‟mol qilinadigan tovarlar – nisbatan kichik qiymatga 
ega bo‘lgan 1 yildan 3 yilgacha ishlatish muddatiga ega tovarlar; 

Uzoq muddatli ishlatiladigan tovarlar – 3 yildan oshiq muddatlarda 
ishlatish muddatiga ega tovarlar hamda katta qiymatga ega bo‘lgan, 1 
yildan 3 yilgacha ishlatish muddatiga ega tovarlar. 
Jahon bozori xalqaro birjalar, savdo uylari, banklar, sug’urta kompaniyalaridan 
iborat bo‘lgan o’z infratuzilmasiga ega. Jahon bozorida to’lovlar va hisob-
kitoblar xalqaro pul vazifasini o’tovchi barqaror, erkin almashtiriladigan 
valyutalar, Maye, AQSH dollari, Yaponiya iyenasi va Yevroda olib boriladi. 
Jahon bozori ixtisoslashgan xalqaro birjalardan iborat yirik segmentlariga ega. 
Maye, Chikago don birjasi, Liverpul paxta birjasi va London rangli metallar 
birjasi va boshqalar. Jahon bozorida savdo-sotiq xalqaro birja bitimlari, ikki 
tomonlama yoki ko’p tomonlama birjadan tashqari bitimlar yo’nalishlarida 
boradi. 
Jahon bozoridagi savdo-sotiqni maxsus tashkilot — Jahon savdo tashkiloti 
boshqarib boradi, davlatlararo savdo tartibi va qoidalarini belgilab beradi, unga 
a’zo bo’lganlar o’zlari uchun qulay savdo qilish huquqini oladilar. 
Jahon bozorida investitsiya harakati ham yuz beradi, bu chet elda yangi 
korxonalarni qurish, eski korxonalarni sotib olish yoki o’ziga birlashtirish 
shakllariga ega. Bu ishni asosan transmilliy xalqaro korporatsiyalar olib boradi. 
Jahon bozorining ulkan salohiyati milliy bozorlarga juda katta ta’sir o’tkazadi, 


~ 14 ~ 
bu ta’sir mamlakatlarning manfaatlari nuqtai nazaridan ijobiy yoki salbiy 
bo’lishi mumkin. Jahon bozori sig’imi jami mamlakatlar bozor talabining 
import hisobiga qondiriladigan qismlari yig’indisiga teng . 
Jahon bozorida sanoati rivojlangan mamlakatlar ishtiroki ustunlik qiladi va ular 
tayyor mahsulot bilan (jahon tovar eksportining 70% dan ko’prog’i) 
qatnashadilar, rivojlanayotgan mamlakatlar asosan xom ashyo va ishchi kuchi 
eksporti bilan ishtirok etadilar. 
O’zbekiston Jahon bozorida xom ashyo, energiya, rangli metall va boshqa 
mahsulotlar eksporti bilan qatnashadi, aksariyat texnologiya, kimyo 
mahsulotlari, oziq-ovqat tovarlarini import qiladi. 
Jahon bozorini tizimli yondashuv asosida tahlil qilganda uning quyidagi 
xususiyatlarini ajratib ko‘rsatish mumkin: 

jahon bozorining shakllanishiga makroiqtisodiy subyektlarning samarali 
xalqaro ayirboshlashni amalgam oshirish maqsadida milly chegaralardan 
chiqishlari sabab bo‘lgan; 

tovarlar, xizmatlar va sihlab chiqarish omillarining xalqaro harakati 
jahon bozori konyunkturasida o‘z aksini topadi; 

jahon bozori ishlab chiqarish omillarining samaradorligi yuqori bo‘lgan 
sohalarga yo‘naltirish orqali ulardan foydalanishni optimallashtiradi; 

jahon bozori mahsulotlar bo‘yicha o‘ziga xos filtr vazifasini bajarib, 
xalqaro sifat andozalari va xalqaro raqobatning qat‘iy talablariga mos 
kelmagan mahsulotlarni xalqaro ayirboshlashdan chiqarib yuboradi. 
Ammo xalqaro savdoda har qanday mahsulot ham ishtirok eta olmaydi. Ya‘ni 
mahsulotlarni ikki guruhga: savdo qilinadigan va savdo qilinmaydigan 
mahsulotlarga bo‘lish mumkin. Savdo qilinadigan mahsulotlar deganda xorijiy 
bozorlarda ayirboshlanadigan raqobatdosh mahsulotlar tushuniladi va aksincha, 
savdo qilinmaydigan mahsulolar deganda ishlab chiqariladigan mamlakat 
bozorida sotilib, xalqaro ayirboshlashda ishtirok etmaydigan mahsulotlar 
tushuniladi.


~ 15 ~ 
Jahon bozorining holati, konyunkturasi va u bilan bog‘liq narxlar xalqaro savdo 
qatnashchilarining doimiy diqqat markazida bo‘ladi. Keng ma‘noda 
konyunktura deganda muayyan davriy va geografik miqyosda qator omillar 
ta‘sirida vujudga keladigan bozorning aniq holati tushuniladi. Konyunkturaga 
ta‘sir qiluvchi omillar, narxlar darajasi, ularning o‘tgan davrda, hozirda va 
kelajakda o‘zgarish dinamikasiga asoslangan jahon bozori konyunkturasining 
rivojlanish yo‘nalishlarini aniqlash uchun murakkab tahliliy va istiqbolli 
tadqiqotlar amalgam oshiriladi. 
Jahon bozori konyunkturasi turli darajalarda farqlanadi: 

xo‘jaligi); 


xizmatlarning milliy yoki jahon bozori); 
Vaqt mezonlari bo‘yicha jahon bozori konyunkturasi uchga bo‘linadi: 

Jahon bozorida savdo qilinadigan mahsulotlar 
Eksport qilinadigan 
mahsulotlar 
Import qilinadigan 
mahsulotlar 
Eksport substitutlari 
(joriy vaqti ichki 
bozorda sotilayotgan 
va ayrim holatlarda 
xorijga sotilishi 
mumkin bo‘lgan 
mahsulotlar 
Real eksport 
mahsulotlari 
Real import 
mahsulotlari 
Import substitutlari 
(zarurat bo‘lganida 
xorijiy mahsulotlar 
bilan almashtirilishi 
mumkin bo‘lgan 
mahalliy mahsulotlar 


~ 16 ~ 


Jahon tovarlar bozorini tizimlashtirish uchun turki xalqaro guruhlashlardan 
foydalanish mumkin. Bu guruhlash tarkibida BMTning xalqaro tarmoqlar 
guruhlashlari muhim o‘rin egallaydi. Statistik maqsadlarda bu tasniflagichda 
mashina va asbob – uskunalar, xomashyo va yoqilg‘i, qishloq va o‘rmon 
xo‘jaligi mahsulotlari ajratib ko‘rsatiladi. 
Jahondagi har bir davlat o‘z hududida proteksionizm siyosatini qo‘llagan holda 
jahon bozorida qatnashadi. Mamlakatimizda ichki bozorni himoyalash 
maqsadida joriy etilgan odilona bojxona siyosati orqali O‘zbekiston ham 
bevosita Jahon bozorida ishtirok etmoqda. Respublikamiz jahon bozorida 
yuqorida aytib o‘tilgan eksport mahsulotlari bilan qatnashadi. O‘zbekiston 
Jahon bozorida faqatgina ekport opertsiyalarini emas balki mamlakat uchun 
zarur bo‘lgan moddiy va nomoddiy mahsulotlarini sotib olish maqsadida import 
operatsiyalarini ham amalgam oshiradi. 
Biz shu o‘rinda, O‘zbekistonning bugungi kunda Jahon bozoriga taqdim 
etayotga va Jahon bozoridan xarid qilayotgan mahsulotlari haqida qisqacha 
ma‘lumotni e‘tiboringizga havola etishni joiz deb topdik. 

Yüklə 19,49 Mb.

Dostları ilə paylaş:
1   2   3   4   5   6   7   8   9   10   ...   15




Verilənlər bazası müəlliflik hüququ ilə müdafiə olunur ©genderi.org 2024
rəhbərliyinə müraciət

    Ana səhifə