Mavzu: O’zbekistonning Jahon bozoriga kirib borish muammolari. Bajardi



Yüklə 19,49 Mb.
Pdf görüntüsü
səhifə6/15
tarix05.07.2023
ölçüsü19,49 Mb.
#119276
1   2   3   4   5   6   7   8   9   ...   15
O‘zbekistonning jahon bozoriga chiqish muammolari

Avtotransport vositalari:
matiz, spark, neksiya, cobalt, gentra, kaptiva, 
malibu, Man(avtobuslari), Man(yuk mashinalari). 
Mamlakatimizda eksport qiladigan korxonalarni qo‘llab – quvvatlashga oid 
chora – tadbirlarning amalgam oshirilgani eksport faoliyatiga 450dan ortiq 
yangi korxonani jalb etish imkonini berdi. 2015 – yil yakunlariga ko‘ra 
‘…Jahon miqyosida savdo-sotiq ishlarining o’sish sur‘ati sezilarli darajada 
sustlashgani, eksport qilinadigan eng muhim tovarlarga nisbatan tashqi 
talabning kamayishi va narxlarning pasayishiga qaramasdan, biz tashqi savdo 
aylanmasida ijobiy saldoga erishdik. Bu esa davlatimizning oltin-valyuta 
zaxirasini oshirish imkonini berdi’. 
Tashqi savdo
— bir mamlakatning boshqa mamlakat yoki mamlakatlar bilan 
olib boradigan savdosi. Mamlakatdan tovarlar chiqarish (eksport) va 
mamlakatga tovarlar kiritish (import)dan tashkil topadi. Eksport va import 
yig’indisi mamlakatning Tashqi savdo aylanmasini tashkil etadi. Mamlakatlar 
o’rtasida savdo sotiqni rivojlanishi ikki tomonlama foyda olish imkonini beradi. 
Tashqi savdo mamlakatlararo iqtisodiy munosabatlarning eng oddiy va eng 
qadimiy shaklidir. O’zbekiston Respublikasi jahonning 140 dan ortiq 
mamlakatlari bilan savdo sotiq aloqalarini amalga oshirmoqda. Asosiysi — 
O’zbekistonning Tashqi savdoda faqatgina xom ashyo vositalari bilan 
qatnashuviga barham berilmoqda, eksport tarkibi sezilarli kengaymoqda. 
Rivojlangan mamlakatlar bilan savdo aloqalari chetdan qo’shimcha moddiy 
moliyaviy resurslarni jalb qilish, ishlab chiqarishga ilg‘or texnika va 
texnologiyani joriy etish, ichki iste’mol bozorini turli tuman keng xalq iste’moli 
tovarlari bilan to’ldirish, xizmat ko’rsatish sohasida xorij tajribasidan 
foydalanish, qo’shimcha ish o’rinlarini yaratishda muhim ahamiyat kasb 
etmoqda. 


~ 12 ~ 
Mamlakatning Tashqi savdo siyosatini O’zbekiston Respublikasi Tashqi 
iqtisodiy aloqalar Agentligi amalga oshiradi. Tashqi savdo ‘O’zbekiston 
Respublikasining tashqi iqtisodiy faoliyati to’g’risida’ (1991, 14 iyun), 
‘Valyutani tartibga solish to’g’risida’ (1993, 7 may), ‘Davlat bojxona xizmati 
to’g’risida’ (1997, 29 avg .) qonunlari, ‘Bojxona kodeksi’ (1997, 27 dek.) va 
boshqa qonun va qarorlar, me’yoriy hujjatlar bilan tartibga solinadi.
Mamlakatlar o’rtasida Tashqi savdoni tartibga solishda Jahon savdo tashkiloti 
muhim rol o’ynaydi. 

Yüklə 19,49 Mb.

Dostları ilə paylaş:
1   2   3   4   5   6   7   8   9   ...   15




Verilənlər bazası müəlliflik hüququ ilə müdafiə olunur ©genderi.org 2024
rəhbərliyinə müraciət

    Ana səhifə