Mavzu: O’zbekistonning Jahon bozoriga kirib borish muammolari. Bajardi



Yüklə 19,49 Mb.
Pdf görüntüsü
səhifə8/15
tarix05.07.2023
ölçüsü19,49 Mb.
#119276
1   ...   4   5   6   7   8   9   10   11   ...   15
O‘zbekistonning jahon bozoriga chiqish muammolari

 
 
 
 
Jahon bozori konyunkturasini shakllantiruvchi omillar 

Iqtisodiy; 

Ilmiy – texnik; 

Siyosiy; 

Ijtimoiy. 

Doimiy va o‘zgaruvchan 

Siklik va nosiklik 

Bozor rivojlanishini 
rag‘batlantiruvchi va 
cheklovchi 

Qisqa, o‘rta va uzoq 
muddatli ta‘sirga ega 
bo‘lgan 


~ 17 ~ 
 
 
 
Tashqi iqtisodiy faoliyat statistikasi 
 


~ 18 ~ 


~ 19 ~ 
1.2 Respublikamizda tashqi iqtisodiy aloqalarni rivojlantirishdagi olib 
borilayotgan islohotlar 
O‘zbekiston 1994 – yilning iyunidan GATT/JST da kuzatuvchi maqomiga ega. 
1994 – yil dekabr oyida O‘zbekiston hukumati tomonidan GATT/JST gat eng 
huquqli a‘zo bo‘lish to‘g‘risida ariza topshirildi va 1995 – yilning yanvarida 
O‘zbekistonning JST ga kirishi jarayoni bo‘yicha ishchi guruhi tashkil qilindi. 
1998 – yilning sentabr oyida O‘zbekiston Tashqi savdo bo‘yicha memorandum 
JST da rasmiy ravishda tanishtirildi. O‘zbekiston Respublikasi Vazirlar 
Mahkamasining 1998 – yil 14 – dekabrdagi 520-sonli qarori bilan JST bilan 
ishlovchi Vazirliklararo komissiya tarkibi tasdiqlandi. 
JST ga a‘zo bo‘lgach, tashqi iqtisodiy aloqalarni davlat tomonidan tartibga 
solish, nazorat qilish va takomillashtirish maqsadida 2000 yil 26 – mayda 
O‘zbekiston Respublikasining ―Tashqi iqtisodiy faoliyat to‘g‘risida‖gi Qonuni 
qabul qilindi. Bu qonun 31 moddadan tashkil topgan. Qonunga muvofiq: 
―Tashqi iqtisodiy faoliyat deganda O’zbekiston Respublikasi yuridik va 
jismoniy shaxslarining xorijiy davlatlarning yuridik va jismoniy shaxslari, 
shuningdek xalqaro tashkilotlar bilan o’zaro foydali iqtisodiy aloqalarni 
o’rnatish va rivojlantirishga qaratilgan faoliyati tushuniladi. O’zbekiston 
Respublikasida ro’yxatga olingan yuridik shaxslar, shuningdek, O’zbekiston 
Respublikasining hududida doimiy yashash joyiga ega bo’lgan va yakka 
tartibdagi tadbirkor sifatida ro’yxatga olingan jismoniy shaxslar tashqi iqtisodiy 
faoliyat bilan shug’ullanishga haqlidir. 
O’zbekiston Respublikasining davlat organlari, agar qonun hujjatlarida 
boshqacha qoida belgilanmagan bo’lsa, tashqi iqtisodiy faoliyatni amalga 
oshirishlari mumkin‖1. Tashqi iqtisodiy faoliyat to’g’risidagi qonun hujjatlarini 
buzganlikda aybdor shaxslar belgilangan tartibda javobgar bo’ladilar. 
Respublikamizda 
tashqi 
iqtisodiy 
aloqalar 
bevosita 
O‘zbekiston 
Respublikasining Tashqi iqtisodiy aloqalar, investitsiyalar va savdo vazirligi 
tomonidan kuzatib boriladi. Mustaqillik yillarida O‘zbekiston Respublikasi 


~ 20 ~ 
tashqi savdosining tarkibini takomillashtirish va erkinlashtirish borasida izchil 
islohotlar olib borildi. Ushbu islohotlarni bir necha bosqichlarga bo‘lishimiz 
mumkin. Tahlillar ko‘rsatishicha, islohotlarning dastlabki bosqichida tashqi 
savdoni tartibga solishning institutsional va huquqiy bazasi yaratilgan bo‘lsa, 
keyingi bosqichlarda tashqi savdoni tartibga solishning xalqaro amaliyotiga 
mos keladigan dastaklari joriy qilindi, eksportga yo‘naltirilgan tashqi savdo 
siyosati olib borildi, tashqi savdoni bosqichma – bosqich erkinlashtirish 
natijasida 
milliy 
valyutaning 
joriy 
operatsiyalar 
bo‘yicha 
konvertatsiyalashuviga erishildi. Bu o‘z navbatida eksportga yo‘naltirilgan 
iqtisodiyotni rivojlantirish uchun kuchli rag‘batlantirish omili bo‘ldi. 
Hozirgi kunda Prezidentimiz tashabbuslari bilan eksport qiluvchi korxonalar 
uchun quyidagi imtiyozlar yaratilgan: 
O’zbekiston 
Respublikasi 
Qonunchiligiga 
muvofiq 
eksport 
qiluvchi 
korxonalarga quyidagi soliq imtiyozlar va afzalliklar taqdim etiladi: 

qo’shimcha qiymat solig’iga 

aksiz solig’iga 

foyda solig’iga 

mulk solig’iga 

qo’shimcha qiymat solig’iga bo’lgan imtiyozlar 
O’zbekiston Respublikasi Soliq Kodeksining 212-moddasiga asosan tovarlarni 
chet el valyutasida eksportga realizatsiya qilish (qimmatbaho metallar bundan 
mustasno) oborotiga nol darajali stavka bo’yicha qo’shilgan qiymat solig’i 
solinadi, ya‘ni eksport qilishga mo’ljallangan tovarlar ishlab chiqarish 
jarayonida moddiy manba uchun qo’shimcha qiymat solig’idan ozod qilinadi. 
Aksiz solig„iga bo„lgan imtiyozlar: 
Aksiz to’lanadigan tovarlarni ularning ishlab chiqaruvchilari tomonidan 
eksportga realizatsiya qilishga aksiz solig’i solinmaydi, O’zbekiston 
Respublikasi Vazirlar Mahkamasi tomonidan belgilanadigan aksiz to’lanadigan 
tovarlarning ayrim turlari bundan mustasno (O’zbekiston Respublikasining 
Soliq kodeksi, 230-modda). 
Quyidagilarga aksiz solig„i solinmaydi: 


~ 21 ~ 
- aksiz to’lanadigan tovarlarni ularning ishlab chiqaruvchilari tomonidan 
eksportga realizatsiya qilishga, bundan O’zbekiston Respublikasi Vazirlar 
Mahkamasi tomonidan belgilanadigan aksiz to’lanadigan tovarlarning ayrim 
turlari mustasno; 
- keyinchalik O’zbekiston Respublikasining bojxona hududidan olib chiqib 
ketilishi sharti bilan ‘bojxona hududida qayta ishlash’ bojxona rejimiga 
joylashtirilgan tovarlardan ishlab chiqarilgan qayta ishlash mahsuli bo’lgan 
aksiz to’lanadigan tovarlarni topshirishga. 
Foyda va mulk solig„iga bo„lgan imtiyozlar: 
―Eksport mahsuloti ishlab chiqaruvchilarni rag’batlantirish borasidagi 
qo’shimcha 
chora-tadbirlar 
to’g’risida‖gi 
O’zbekiston 
Respublikasi 
Prezidentining 05.06.2000y. PF-2613-son Farmoniga asosan eksport qiluvchi 
korxonalar (xom ashyo tovarlarini sotish bundan mustasno) uchun foyda solig’i 
va mulk solig’i stavkasi umumiy sotish hajmida o’zi ishlab chiqargan va erkin 
almashtiriladigan valyutaga sotilgan tovar (ish, xizmat)lar eksportidagi ulushiga 
bog’liq holda kamaytiriladi: 
eksport ulushi 15 foizdan 30 foizgacha miqdorda bo’lganida - 30 foizga; 
eksport ulushi 30 va undan ko’proq foiz bo’lganida - 2 marotaba. 
Mazkur soliq imtiyozi yagona soliq to’lovini hisoblash chog’ida mikrofirmalar 
va kichik korxonalarga tadbiq etiladi. 


~ 22 ~ 

Yüklə 19,49 Mb.

Dostları ilə paylaş:
1   ...   4   5   6   7   8   9   10   11   ...   15




Verilənlər bazası müəlliflik hüququ ilə müdafiə olunur ©genderi.org 2024
rəhbərliyinə müraciət

    Ana səhifə