Mavzu: O’zbekistonning Jahon bozoriga kirib borish muammolari. Bajardi


mamlaktalarga nisbatan tutgan iqtisodiy-geografik o‟rni (makrogeografik



Yüklə 19,49 Mb.
Pdf görüntüsü
səhifə4/15
tarix05.07.2023
ölçüsü19,49 Mb.
#119276
1   2   3   4   5   6   7   8   9   ...   15
O‘zbekistonning jahon bozoriga chiqish muammolari

mamlaktalarga nisbatan tutgan iqtisodiy-geografik o‟rni (makrogeografik 
o‟rni). 


~ 7 ~ 
O‘zbekistonning hamdo‘stlik davlatlaridagi muxim iqtisodiy bazalardan va 
jahonning iq tisodiy jixatdan rivojlangan mamlaktalar bilan bog‘lanish 
imkoniyatlarining cheklanganligi hisobga olinsa, respublikamiz iqtisodiy-
geografik o‘rnining makrogeografik mavqei birmuncha noqulay ekanligi 
ma‘lum bo‘ladi. 
O‘zbekiston respublikasi xalqaro xamjamiyatning teng xuquqli sub‘yekti, jaxon 
xo‘jaligining ajralmas bir qismi sifatida ijtimoiy-iqtisodiy rivojlanishning yangi 
turi – bozor munosabatlarini shakllantirish yo‘lidan bormoqda. 
Amudaryo bilan Sirdaryo oralig‘ida joylashgan O‘zbekiston xalqaro aloqalarni 
yo‘lga qo‘yish nuqtai nazaridan va o‘z taraqqiyot istiqbollari jixatidan qulay 
geografik-strategik mavqega ega. Qadim zamonlarda Sharq bilan G‘arbni 
bog‘lab turgan buyuk ipak yo‘li O‘zbekiston xududi orqali o‘tgan. Bu yerda 
savdo yo‘llari tutashgan, tashqi aloqalar hamda turli madaniyatlarning bir-birini 
boyitishi jadal kechgan. Bugungi kunda ham Yevropa va Yaqin Sharqdan 
Osiyo – Tinch okeani mintaqasiga olib boradigan yo‘llar shu yerda kesishadi. 
O‘zbekistonning xududiy-makon xususiyatlari, uning geografik o‘rni bizning 
ichki va tashki siyosatimizni tanlash va amalga oshirishda katta axamiyatga 
ega. 
Markaziy osiyoda jug‘rofiy-siyosiy jixatdan markaziy o‘rin tutgan O‘zbekiston 
kuchlar tengligi va muvozanatini ta‘minlash, strategik muxim bo‘lgan ushbu 
mintaqada hamkorlikka mustaxkam zamin yaratish jarayonida sezilarli rol 
o‘ynash uchun hamma imkoniyatlarga ega. Uning xududi o‘zining mavjud va 
potentsial tabiiy hamda xom ashyo zaxiralari bilan hozirdanoq 21 –asr arafasida 
dunyoning siyosiy va iqtisodiy xaritasida aloxida axamiyati kasb etmoqda. 
Xorijiy mamlaktalar bilan iqtisodiy aloqalarni yo‘lga qo‘yishda O‘zbekiston 
oldida imkoniyatlar ochilmoqda. 
O‘zbekiston o‘z mustaqilligiga erishgandan buyon iqtisodiy-geografik o‘rnini 
tobora yaxshilab bormoqda. Bular natijsida respublika ishlab chiqarish 
kuchlarining yanada tez rivojlanishiga erishish uchun imkoniyat darajasi ortib 
bormoqda. 
O‘zbekistonning noyob tabiiy imkoniyatlari, qulay iqlim sharoitlari, ulkan xom 
ashyo zaxiralari, strategik materiallar va qishlok xo‘jalik xom ashyosining katta 


~ 8 ~ 
zaxiralari asosli ravishda mintaqa va dunyoning eng boy mamlaktalari qatoriga 
olib chiqadi. 
O‘zbekiston zaminida mavjud bo‘lgan boyliklarga ega davlatlar jaxon 
xaritasida ko‘p emas. Bu boyliklarning ko‘pchiligi hali ishga solinmagan. Bu 
esa butun dunyoga mashxur chet el kompaniyalari va banklarining e‘tiborini 
jalb etishi aniq. 
Prezidentimiz aytib o‘tkanlaridek, O‘zbekiston hududida ―Mendeleyev 
jadvali‖dagi deyarli barcha elementlarni uchratish mumkin. Mana shunday 
ekan, biz Yaratgan inom etgan bu ozod, obod, tinch va jaxon hamjamiyatida 
o‘ziga xos va mos mavqega ega bo‘lgan mamlakatda Allohga ming – ming 
shukronalar keltirgan holda u bergan ne‘matlardan oqilona foydalanib, yurtimiz 
tinchligi va farovonligi uchun tinmay mehnat qilib yashamog‘imiz zarurdir. 
Bugungi kunda mamlakatimizda ishlab chiqarilayotgan barcha turdagi moddiy 
va nomoddiy maxsulotlar avvalo xalqimiz iste‘moli uchun yo‘naltirilmoqada 
hamda iste‘moldan ortgan qismi Respublikamizda mavjud bo‘lmagan moddiy 
ne‘matlar, shuningdek fan texnika taraqqiyoti, tejamkor, yuqori mexnat 
unumdorligiga ega bo‘lgan ishlab chiqarish vositalarini olib kelish maqsadida 
chet davlatlarga eksport qilinmoqda. 
Davlat mustaqilligiga erishilgach O‘zbekiston oldida jahon iqtisodiyotiga 
qo‘shilishdek qiyin jarayon boshlandi. O‘nlab yillar mobaynida iqtisodiy 
siyosatda yo‘l qo‘yilgan xatoliklar xalq xo‘jaligi tarkibida chuqur 
nomutanosibliklarga olib kelgan edi. Ijtimoiy ishlab chiqarishning o‘sishi 
deyarli faqat respublikaning resurs imkoniyatlariga mo‘ljallangan bo‘lib, 
iqtisodiy taraqqiyot muvozanatsiz va nokompleks tarzda kechgan, ijtimoiy 
omillar e‘tiborga olinmagan, noishlab chiqarish sohasi tarmoqlarining moddiy-
texnika bazasi past darajada qolib ketgan edi. Rivojlanishning bunday yo‘li 
oqibatida respublikada iste‘mol qilinadigan mahsulotlarning chorak qismidan 
ko‘prog‘i, shu jumladan, ishlab chiqarish maqsadlarida foydalaniladigan 
mahsulotlar jami hajmining 2/5 qismi boshqa mamlakatlardan keltirilgan va 
import qilingan. Mustaqillikning ilk yillarida O‘zbekistondan chetga 
chiqariladigan mahsulotlarning 80% dan ko‘prog‘ini xom ashyo – paxta va 
yarim tayyor mahsulotlar tashkil etardi. Umuman olganda O‘zbekistonning 
respublikalararo eksporti yalpi milliy mahsulotning deyarli arzimas qismini


~ 9 ~ 
tashqi eksportning solishtirma hissasi esa 5% dan kamroqni tashkil etardi. 
Tovar ayirboshlashning bunday strukturasi va respublikalararo hamda tashqi 
eksportning foiz nisbati respublika moliya balansi, valyuta resurslari va davlat 
byudjetida surunkali taqchillikni vujudga keltirgan edi. Shu sababli tashqi 
iqtisodiy faoliyat sohasida korxonalarning vazifalarini tubdan o‘zgartirish, 
xo‘jalikni 
tashqi 
bozorga 
yo‘naltirish 
respublikadagi 
ahvolni 
barqarorlashtirishni ta‘minlash maqsadida Prezidentimiz tomonlaridan zarur 
chora tadbirlar ishlab chiqildi. 
O‘zbekiston Mustaqillikka erishgandan so‘ng o‘zining mustaqil rivojlanish 
yo‘lini tanladi va iqtisodiy islohotlarni izchil amalgam oshirishga kirishdi. Bu 
jarayonda qisqa davr mobaynida shunday rivojlanish yo‘li uchun poydevor 
yaratildi. Bunga ko‘ra Respublikamiz Prezidenti tomonidan bozor 
iqtisodiyotiga o‘tishning besh tamoyili taklif qilindi. 
Taraqqiyotning ―o‘zbek modeli‖ quyidagi tamoyillarga asoslanadi: 
1. Iqtisodiyotning siyosatdan ustunligi; 
2. Davlat bosh islohotchi; 
3. Qonun ustuvorligi; 
4. Kuchli ijtimoiy siyosat yuritish; 
5. Bozor iqtisodiyotiga bosqichma – bosqich o‘tish. 
Prezidentimiz ta‘kidlaganlaridek, ‘…ayni paytda biz o‘z vaqtida tanlab olgan 
iqtisodiy taraqqiyot modelining naqadar to‘g‘ri ekanini va amalda o‘zini to‘la 
oqlaganini hayotning o‘zi yana va yana tasdiqlab bermoqda’1. 
Mustaqillik yillarida O‘zbekiston Respublikasi tashqi iqtisodiy aloqalarni 
erkinlashtirish borasida chuqur islohotlar amalga oshirilishi natijasida tashqi 
savdoning geografik va tovar tarkibida jiddiy ijobiy o‘zgarishlar yuz berdi. 
So‘nggi yillarda eksport tarkibida raqobatdosh tayyor mahsulotlar ulushi 
barqaror sur‘atlar bilan o‘sib borayotgani yaqqol ko‘zga tashlanmoqda. 
O‘zbekiston bugungi kunda dunyoning 50 dan ortiq mamlakatiga o‘z 
mahsulotlarini eksport qiladi. Bu kabi ko‘rsatkichlarga erishish uchun 
Prezidentimiz tomonidan tegishli qaror va Farmonlar qabul qilindi. 


~ 10 ~ 
―O‘zbekiston Respublikasi Prezidentining ‘Eksport qiluvchi korxonalarni 
rag‘batlantirishni kuchaytirish va raqobatdosh mahsulotlarni eksportga yetkazib 
berishni kengaytirish borasida qo‘shimcha chora – tadbirlar to‘grisida’gi 2012 – 
yil 26 – martdagi PQ – 173 – sonli va ―O‘zbekiston Respublikasi 
Prezidentining ‘O‘zbekiston Respublikasi tashqi iqtisodiy faoliyatini tartibga 
solishga doir chora – tadbirlarni davom ettirish to‘g‘risida’ 2012 – yil 10 – 
sentabrdagi PQ – 1816- sonli qarorlari yuqoridagi fikrlarimizning isbotidir. 
Yuqorida aytib o‘tganimizdek O‘zbekiston bugungi kunda o‘zining eksport 
salohiyatiga ega va borgan sari bu salohiyat yuksalib bormoqda. Ya‘ni 
O‘zbekiston bugungi kunda xorijiy davlatlarga quyidagi mahsulot va tovarlarni 
eksport qilmoqda: 

Yüklə 19,49 Mb.

Dostları ilə paylaş:
1   2   3   4   5   6   7   8   9   ...   15




Verilənlər bazası müəlliflik hüququ ilə müdafiə olunur ©genderi.org 2024
rəhbərliyinə müraciət

    Ana səhifə