Mavzu: O’zbekistonning Jahon bozoriga kirib borish muammolari. Bajardi


Tashqi iqtisodiy faoliyatni davlat tomnidan boshqarilishi



Yüklə 19,49 Mb.
Pdf görüntüsü
səhifə14/15
tarix05.07.2023
ölçüsü19,49 Mb.
#119276
1   ...   7   8   9   10   11   12   13   14   15
O‘zbekistonning jahon bozoriga chiqish muammolari

Tashqi iqtisodiy faoliyatni davlat tomnidan boshqarilishi. 
O`zbekiston mustaqillikka erishgan dastlabki kunlardan boshlab jahon 
tajribasini hamda milliy iqtisodiyot rivojlanishning o`ziga xos xususiyatlarini 
hisobga olgan holda o`z tashqi iqtisodiy faoliyatini amalga oshirishini bildiradi. 
Mamlakat taraqqiyotining har bir bosqichida uning o`z oldiga qo`ygan 
vazifalari mavjud bo`lib, davlatning iqtisodiy siyosati bu vazifalarni 
bajarilishiga 
qaratilmog`i 
kerak. 
90-yillar 
O`zbekiston 
iqtisodiy 
mustaqilligining dastlabki bosqichi hisoblanadi va davlat tashqi iqtisodiy 
siyosatining maqsadlari shu davrning o`ziga xos xususiyatlariga mos kelishi 
kerak. Ular orasida eng muhimlari quyidagilar: 
eksportni rivojlantirish va uning tuzilishini yaxshilash. CHunki eksportga 
yo`naltirilgan iqtisodiyotini shakllantirish milliy ishlab chiqarishni texnik 
iqtisodiy 
jihatdan 
jahon 
darajasiga 
ko`taradi., 
uning 
tuzilishini 
takomillashtiradiYU, respublika valyuta zahiralarini ko`paytiradi; 
import tuzulishini takomillashtirish, ya`ni uni milliy ishlab chiqarishni 
zamonaviylashtirish va kengaytirishga qaratish, sobiq ittifoq import siyosatida 
bo`lgan kamchilik, xatolarni bartaraf etish; 
O`zbekistonning iqtisodiy xavfsizligini ta`minlash, ya`ni ma`lum darajada 
tashqi iqtisodiy faoliyatda eksport-import operatsiyalari, valyutani olib chiqish, 
boshqa xalqaro bitimlar ustidan davlat nazoratini o`rnatish. 
O`zbekistonning tashqi iqtisodiy siyosati aniq belgilangan maqsadlar va ularni 
amalga oshirishga qaratilgan asosiy tadbirlarni o`z ichiga oladi. Birinchidan, 
respublika milliy iqtisodiyotining kuchli eksport bo`g`inini tashkil etuvchi va 
uni jahon bozorida munosib o`ringa ega bo`lishini ta`minlovchi sohalarini 
aniqlash. Ikkinchidan, iqtisodiyotning eksport bo`g`inida davlat tomonidan 
qo`llab-quvvatlash usullaridan keng foydalanish. Bu usullar quyidagilardan 
iborat: 


~ 42 ~ 
eksportga yo`naltirilgan ishlab chiqarishni kengaytirish uchun imtiyozli foizlar 
bo`yicha ko`p muddatli kreditlar ajratish, mo`ljallangan investitsiyalarni 
sug`urtalash; 
eksport qiluvchilarga milliy ishlab chiqarish va uning xorijiy raqobatchilar 
ishlab chiqarishi xarajatlari o`rtasidagi farqni qoplash; 
davlat tomonidan respublikaga ilg`or texnalogiyalar, tajribalar, bilimlarni kirib 
kelishiga subsidiyalar ajratish; 
eksport va importni litsenziyalash yoki chetga mol chiqarishga va chetdan uni 
olib kelishga ruxsatnomalar berish; 
ishlab chiqarish jarayonida qatnashuvchi, xorijdan keltiriladigan xom ashyo va 
materiallar, asbob uskunalar va jihozlar ulushini bosqichma-bosqich 
kamaytirish va boshqalar. 
Shu bilan birga, tashqi iqtisodiy siyosat milliy valyutani mutahkamlash va uni 
boshqa valyutalarga erkin almashuvini ta`minlashni, ichki narxlarni jahon 
bozori narxlariga yaqinlashtirish maqsadida baholar islohatini tugallashni, 
tashqi iqtisodiy faoliyatning me`yoriy va huquqiy asoslarini xalqaro talablar 
darajasiga etkazishni nazarda tutadi. 
O`zbekistonda tashqi iqtisodiy faoliyat ikki yo`nalishda olib borilmoqda: 
birinchidan, sobiq ittifoqdosh respublikalar bilan; ikkinchidan, respublika ilgari 
bevosita o`zaro munosabatlarda bo`lmagan xorijiy davlatlar bilan. 
Agar birinchi yo`nalish, O`zbekistonni kam xarajatlar sarflab, keng ko`lamda 
xom ashyo, tayyor mahsulotlar, texnalogiyalar, fan-texnika axborotlari bozoriga 
kirib borishini ta`minlasa, unga qudratli transport tarmoqlari va aloqa 
vositalaridan foydalanish imkoniyatini yaratsa, ikkinchi yo`nalish, respublika 
iqtisodiyotini keng ravishda jahon hamjamiyatiga birlashuvining iqtisodiy va 
tashkiliy-huquqiy asoslarini yaratish imkonini beradi. 
Hozirgi paytda respublikada yuqoridagi holatlarni hisobga olgan holda tashqi 
iqtisodiy faoliyatni boshqarish tuzimi shakllanmoqda va uni tarkibiga kirgan 
tashkilotlar faoliyati takomillashtirilmoqda, asosiy vazifalari aniqlanmoqda. 
Bozor iqtisodiyotiga o`tishning hozirgi bosqichida tashqi iqtisodiy faoliyatni 
boshqarish tizimining asosiy vazifalari quyidagilar hisoblanadi: 


~ 43 ~ 
Respublika 
milliy 
manfaatlariga 
javob 
beruvchi 
va 
uning 
jahon 
hamjamiyatidagi o`rnini ta`minlovchi tashqi iqtisodiy siyosatni ishlab chiqish 
va amalga oshirish; tashqi iqtisodiy faoliyatni tashkil etishning qonuniy 
asoslarini o`rnatish; mulkchilik ko`rinishining turli shakllaridan qat`i nazar, 
TIFning barcha ishtirokchilari uchun eng yuqori samaradorlikni ta`minlash, 
ularning faoliyati va manfaatlarini himoya qilish; 
milliy iqtisodiyotni muvoffaqiyatli isloh etish uchun tashqi iqtisodiy omildan 
to`liq foydalanish. 
Prezident, Oliy Majlis va Vazirlar Mahkamasi O`zbekiston TIFning rivojlanish 
strategiyasini aniqlaydi, uning normativ bazasini ishlab chiqadi va xalqaro 
iqtisodiy munosabatlarning barcha ishtirokchilari harakatiga umumiy 
rahbarlikni va ular ustidan nazoratni amalga oshiradi; 
tashqi iqtisodiy aloqa vazirligi – yagona TIFni amalga oshirishni, xalqaro 
aloqalarning barcha ishtirokchilari, ya`ni davlat, shirkat, paychilik, jamoat, 
xususiy tashkilotlar faoliyatini nazorat qilishni ta`minlaydi; 
TIF ni tartibga solishning davlat usullarini ishlab chiqadi va qo`llaydi (bojxona 
tariflari, eksport kvotalari, TIF bilan shug`illanishga ruxsat va boshqalar); 
vazirlikka taqdim etilgan ruxsatga mos keluvchi mahsulotlar bo`yicha eksport-
import operatsiyalarini o`tkazadi; 
tashqi iqtisodiy faoliyat sub`ektlari tomonidan tuziladigan tashqi iqtisodiy 
shartnoma va kelishuvlarni tekshirishni amalga oshiradi. 
"Innovatsiya", 
"O`zagroimpeks", 
"Interservis", 
"O`ztashqitrans", 
"O`zekspomarkaz" - Tashqi iqtisodiy aloqalar, savdo va investitsiyalar vazirligi 
tizimidagi yirik xo`jalik hisobidagi tashqi savdo va iqtisodiy tashkilotlar 
hisoblanadi. Ular shu tashkilotlar uchun belgilangan mahsulot va xizmat turlari 
bo`yicha tijorat-xo`jalik faoliyatini amalga oshiradilar. tashqi iqtisodiy 
operatsiyalarga xizmat ko`rsatadi, shuningdek eksport-import, sarmoyaviy va 
boshqa bitimlar tuzadi; korxonalar, tashkilotlar, xususiy shaxslarning 
valyutadagi hisob-kitoblarini olib boradi; xorijiy valyuta sarmoyalarini jalb 
etadi, ularga xizmat ko`rsatadi, valyutadagi kredit zahiralarini yig`adi va 
valyutada kreditlarni amalga oshiradi; valyuta zahiralarini yaratadi, saqlaydi va 
respublikaning valyuta manfaatlarini himoya qiladi. 


~ 44 ~ 
"O`zbekinvest" 
Davlat 
sug`urta 
kompaniyasi 
mamlakat 
va 
xorijiy 
investitsiyalarni sug`urtalash bo`yicha tashkilot hisoblanadi. 
Davlat Soliq qo`mitasi, Davlat bojxona qo`mitasi bojxona masalalari bo`yicha 
me`yoriy hujjatlarni ishlab chiqadi va ularning bajarilishi ustidan nazoratni 
amalga oshiradi. TIFni boshqarishning tarmoq tashkilotlari TIF ni amalga 
oshiruvchi vazirliklar, idoralar, yirik korxonalar va tashkilotlarning maxsus 
bo`linmalaridan tashkil topgan. Ular tarmoq, idora, korxona va tashkilotlar 
tashqi iqtisodiy faoliyatini rivojlantirish dasturini ishlab chiqadi, xorijiy 
sheriklar bilan shartnoma va bitimlar tuzadi, tashqi iqtisodiy aloqalarni 
rivojlantirishning aniq yo`nalishlari bo`yicha Vazirlar Mahkamasiga takliflar 
tayyorlaydi. 
Tashqi iqtisodiy faoliyatni boshqarishda funktsional tashkilotlar ham muhim rol 
o`ynaydi. Bu tashkilotlarga Tashqi iqtisodiy aloqalar, savdo va investitsiya 
vazirligi, Iqtisodiyot vazirligi, Moliya vazirligi, Davlat soliq qumitasi, Mehnat 
va aholini ijtimoiy muhofaza qilish vazirligi va boshqalar kiradi. Bu 
idoralarning har biri o`z mas`uliyat doirasiga kiruvchi masalalarni hal etadi va 
ularning natijasi uchun javobgardir. 
Tashqi iqtisodiy aloqalar, savdo va investitsiya vazirligi, respublika tashqi 
iqtisodiy faoliyatni tahlil qilishni va istiqbolini belgilashni amalga oshiradi, 
tashqi iqtisodiy aloqalar samaradorligini oshirishga, iqtisodiyotni ichki omillar 
vositasida ko`tarishga asoslangan, tashqi iqtisodiy faoliyatni yaxshilashga 
qaratilgan taklif va tavsiyalarni tayyorlaydi. 
Respublika Moliya vazirligi respublika valyuta zahiralarini jamlash, taqsimlash 
va foydalanishga javobgar bo`lib, bu jarayonlarni boshqarish usullarini ishlab 
chiqadi va qo`llaydi. Respublika hukumati topshirig`iga ko`ra va tuzilgan 
bitimlar, shartnomalar asosida valyuta fondi hisobidan qanday mablag`larni 
olish, o`tqazish yoki qo`yishni hal etadi. Vazirlikning valyuta boshqarmasi 
shuningdek respublikaning to`lov balansini ishlab chiqadi. Unda uning tashqi 
iqtisodiy faoliyatidan tushadigan barcha daromadlar va xarajatlar aks ettiriladi. 
Respublika Davlat soliq qo`mitasi tashqi iqtisodiy faoliyatni amalga 
oshirishdagi soliq solish masalalarini tartibga soladi, bu masalalar bo`yicha 


~ 45 ~ 
me`yoriy hujjatlarni ishlab chiqadi va ularning saqlanishi ustidan nazoratni 
amalga oshiradi. 
Bozor iqtisodiyoti sharoitida tashqi iqtisodiy aloqalarning asosiy ishtirokchilari 
mulkchilikning turli ko`rinishlaridagi korxona va tashkilotlar bo`lib oladi. SHu 
jumladan, qo`shma korxonalar ham tashqi iqtisodiy aloqa qatnashchisi bo`lib, 
ular O`zbekiston Respublikasining "Tashqi iqtisodiy faoliyat to`g`risida"gi 
Qonuniga muvofiq xorijiy sheriklar bilan eksport-import, sarmoyaviy va 
boshqa bitimlarni tuzishga ma`lum haquqlarga egadirlar. Tashqi iqtisodiy 
faoliyat bilan shug`ullanishga ruxsati bo`lgan korxona va tashkilotlarga ma`lum 
banklarda o`z valyuta hisoblari bo`lishga va bu mablag`lardan foydalanishga 
ruxsat berilagan. 


~ 46 ~ 

Yüklə 19,49 Mb.

Dostları ilə paylaş:
1   ...   7   8   9   10   11   12   13   14   15




Verilənlər bazası müəlliflik hüququ ilə müdafiə olunur ©genderi.org 2024
rəhbərliyinə müraciət

    Ana səhifə