Mavzu: O’zbekistonning mustqallik davrida falsafiy bilimlarning asosiy yo’nalishlarini o’rganish va o’rgatish vazifalari



Yüklə 391,25 Kb.
səhifə1/4
tarix09.05.2023
ölçüsü391,25 Kb.
#109268
  1   2   3   4
Marjona22.1grx

Mavzu:O’zbekistonning mustqallik davrida falsafiy bilimlarning asosiy yo’nalishlarini o’rganish va o’rgatish vazifalari

Tuzuvchi:G’aybullayeva Marjona

Reja

1.Fanlar tizimi,unda falsafaning o’rni va ahamiyati.

2.Falsafiy bilimlar tizimi va uning xususiyatlari.

3.Falsafiy g’oyalar, nazariyalarning asosiy yo’nalishlari va vazifalari.

4.O’zbekistonda falsafiy fanlarni rivojlantirish muammolari.

5.Xulosa

 Muayyan sohaga oid ilmiy bilimlar tizimi fan deb ataladi. Ular «Tabiiy fanlar», «Ijtimoiy fanlar», «Aniq fanlar», «Texnika fanlari» kabi sohalarga bo’linadi. Jamiyat va insonni o’rganuvchi, ular to’g’risidagi turli bilim sohalarini qamrab oladigan tarix, falsafa, adabiyotshunoslik, tilshunoslik kabi ijtimoiy fanlar yagona fan sohasi — ijtimoiy fanlar sohasiga kiradi. Fizika, ximiya, biologiya, matematika kabi fanlar esa tabiiy fanlar sohasiga mansub. («Fan falsafasi» bo’limida bu masalalarga atroflicha to’xtalamiz). Ushbu mavzuda esa, falsafiy fanlar tizimi nima, bu tizim qanday shakllangan degan masalalar xususida fikr yuritamiz. Ma’lumki, inson o’z qiziqishi va ehtiyojlarini qondirish maqsadida qadim zamonlardan boshlab dunyoni bilishga harakat qilgan. Jamiyat taraqqiyoti yuksalib borishi bilan kishilarning bilim doirasi engayib, tafakkuri rivojlanib borgan. Boshqacha aytganda, bilimlar tizimi insoniyat taraqqiyotini harakatlantiruvchi muharrikka (mexanizmga) aylangan. Qadimgi dunyo tarixidan xabardor bo’lgan kishilar miloddan oldingi VII — II asrlarda Yunoniston va Rimda fan va madaniyat taraqqiy etganini yaxshi biladi, albatta. O’sha davr boshlarida qariyb barcha bilimlar falsafa fani doirasida rivojlanib kelgan edi. Ammo ana shu davrning o’rtalariga kelib «Ritorika» (notiqlik san’ati) va «Politika» (siyosat) kabi fanlar falsafadan ajralib chiqdi. Insoniyat tarixining keyingi bosqichlarida falsafa tarkibidan matematika, fizika kabi aniq fanlarning ajralish jarayoni boshlandi. Qolaversa, keyingi asrlarda ijtimoiy va aniq fanlar tizimi shakllanadi, ba’zi qadimiy aniq fanlarning o’zi ham (matematika, fizika kabi) muayyan sohalarga (arifmetika, algebra va boshqalar) bo’linib ketdi. Insonning tashqi olamni bilishga bo’lgan intilishi muayyan davrga kelib, falsafiy-nazariy bilimni tarixiy zaruratga aylantirdi. Buning natijasida aqliy va jismoniy mehnat taqsimotining dastlabki shakli vujudga keldi va fanning nazariy jihatlarini o’rganuvchi kishilar toifasi paydo bo’ldi. Avvalgi mavzuda ta’kidlab o’tganimizdek, olam va odamning yaralishi, mavjudlik va rivojlanish qonuniyatlarini afsona va rivoyatlar asosida tushuntirishni maqsad qilib olgan dunyoqarash sohasi «Mifologiya» (mif — afsona, logos- ta’limotdegani) deb ataladigan bo’ladi. Ilohiy va ruhiy qarashlarning o’rni va ahamiyatini mutlaqlashtiradigan tafakkurning bir yo’nalishi «Teologiya» (teo — xudo, logos — ta’limot degani) degan nom oldi. Shunday qilib, insonning bilish jarayoni takomillashib borgani sari mustaqil fanlar izimi ham shakllanaverdi. Jamiyat rivojining muayyan bosqichlariga kelib, mifologik, diniy qarashlar olamni bilish talablariga javob bermay qoldi.

  •  Muayyan sohaga oid ilmiy bilimlar tizimi fan deb ataladi. Ular «Tabiiy fanlar», «Ijtimoiy fanlar», «Aniq fanlar», «Texnika fanlari» kabi sohalarga bo’linadi. Jamiyat va insonni o’rganuvchi, ular to’g’risidagi turli bilim sohalarini qamrab oladigan tarix, falsafa, adabiyotshunoslik, tilshunoslik kabi ijtimoiy fanlar yagona fan sohasi — ijtimoiy fanlar sohasiga kiradi. Fizika, ximiya, biologiya, matematika kabi fanlar esa tabiiy fanlar sohasiga mansub. («Fan falsafasi» bo’limida bu masalalarga atroflicha to’xtalamiz). Ushbu mavzuda esa, falsafiy fanlar tizimi nima, bu tizim qanday shakllangan degan masalalar xususida fikr yuritamiz. Ma’lumki, inson o’z qiziqishi va ehtiyojlarini qondirish maqsadida qadim zamonlardan boshlab dunyoni bilishga harakat qilgan. Jamiyat taraqqiyoti yuksalib borishi bilan kishilarning bilim doirasi engayib, tafakkuri rivojlanib borgan. Boshqacha aytganda, bilimlar tizimi insoniyat taraqqiyotini harakatlantiruvchi muharrikka (mexanizmga) aylangan. Qadimgi dunyo tarixidan xabardor bo’lgan kishilar miloddan oldingi VII — II asrlarda Yunoniston va Rimda fan va madaniyat taraqqiy etganini yaxshi biladi, albatta. O’sha davr boshlarida qariyb barcha bilimlar falsafa fani doirasida rivojlanib kelgan edi. Ammo ana shu davrning o’rtalariga kelib «Ritorika» (notiqlik san’ati) va «Politika» (siyosat) kabi fanlar falsafadan ajralib chiqdi. Insoniyat tarixining keyingi bosqichlarida falsafa tarkibidan matematika, fizika kabi aniq fanlarning ajralish jarayoni boshlandi. Qolaversa, keyingi asrlarda ijtimoiy va aniq fanlar tizimi shakllanadi, ba’zi qadimiy aniq fanlarning o’zi ham (matematika, fizika kabi) muayyan sohalarga (arifmetika, algebra va boshqalar) bo’linib ketdi. Insonning tashqi olamni bilishga bo’lgan intilishi muayyan davrga kelib, falsafiy-nazariy bilimni tarixiy zaruratga aylantirdi. Buning natijasida aqliy va jismoniy mehnat taqsimotining dastlabki shakli vujudga keldi va fanning nazariy jihatlarini o’rganuvchi kishilar toifasi paydo bo’ldi. Avvalgi mavzuda ta’kidlab o’tganimizdek, olam va odamning yaralishi, mavjudlik va rivojlanish qonuniyatlarini afsona va rivoyatlar asosida tushuntirishni maqsad qilib olgan dunyoqarash sohasi «Mifologiya» (mif — afsona, logos- ta’limotdegani) deb ataladigan bo’ladi. Ilohiy va ruhiy qarashlarning o’rni va ahamiyatini mutlaqlashtiradigan tafakkurning bir yo’nalishi «Teologiya» (teo — xudo, logos — ta’limot degani) degan nom oldi. Shunday qilib, insonning bilish jarayoni takomillashib borgani sari mustaqil fanlar izimi ham shakllanaverdi. Jamiyat rivojining muayyan bosqichlariga kelib, mifologik, diniy qarashlar olamni bilish talablariga javob bermay qoldi.

Yüklə 391,25 Kb.

Dostları ilə paylaş:
  1   2   3   4




Verilənlər bazası müəlliflik hüququ ilə müdafiə olunur ©genderi.org 2024
rəhbərliyinə müraciət

    Ana səhifə