Mavzu: Pedagogik kompitentlikni shakillantirishda zamonaviy ta’lim texnologiyasini konseptual asoslari Reja: Kirish



Yüklə 0,83 Mb.
səhifə1/6
tarix29.11.2023
ölçüsü0,83 Mb.
#140697
  1   2   3   4   5   6
Pedagogik kompitentlikni shakillantirishda zamonaviy ta’lim texnologiyasini konseptual asoslari


Mavzu: Pedagogik kompitentlikni shakillantirishda zamonaviy ta’lim texnologiyasini konseptual asoslari
Reja:
Kirish

  1. Komp’yuter dasturlari tasnifi

  2. Ta’lim muassasalarida pedagogik va axborot texnologiyalarining joriy etilishi

  3. Pedagogik kompyuter dasturlari va ularni ta’limdagi ahamiyati

  4. Ingliz tilini o’rgatuvchi dastur

  5. O’zbekistondagi ta’lim portallari va ularni pedagogik ahamiyati

  6. Ta’limda qo’llaniluvchi Ispring dasturi va uning imkoniyatlari

Xulosa
Foydalanilgan adabiyotlar

Kirish
Ta’lim muassasasidagi o‘quv xonalari va ma’ruza zallari multimedia texnikalari bilan jihozlanib, o‘quv jarayonida zamonaviy komputerlardan foydalanilmoqda. Talabalar fanlar bo‘yicha ma’lumotlarni internet orqali masofadan turib olish imkoniyatiga ega. O‘qitishning bu usuli talabalarning vaqtdan samarali foydalanishi, o‘quv materiallarini puxta o‘zlashtirishi va ta’lim sifatining oshishiga xizmat qilmoqda.
Mustaqillik yillarida mamlakatimizda ta`lim tizimi tubdan isloh etilib, ertangi kunimizning munosib davomchilari bo'lgan barkamol avlodni voyaga yetkazishga alohida e`tibor qaratilmoqda.Birinchi Prezidentimiz Islom Karimov rahnamoligida qabul qilingan sohaga oid bir qator davlat dasturlariga asosan ko'plab ta`lim muassasalari yangidan qurildi, ta`mirlandi, eng zamonaviy o'quv anjomlari bilan ta`minlandi.Milliy hamda umuminsoniy qadriyatlarga asoslangan, bugungi davr talablariga javob bera oladigan ta`lim-tarbiya tizimi yaratildi.Bu boradagi ishlar bugungi kunda ham jadal davom etmoqda, mustaqil fikr, intellektual jihatdan rivojlangan, o'z dunyoqarashiga ega bo'lgan yoshlarni tarbiyalash har doimgidek dolzarb bo'lib qolmoqda.Ayniqsa, dunyo taraqqiyoti shiddati, unda kechayotgan voqealar rivoji barcha sohalar kabi ta`lim-tarbiya jarayoniga ham yangicha yondashuv, innovatsiyalarni tatbiq etishni taqazo etmoqda. Avvalo bu, o'quv dasturlari, darsliklar, metodikalarni yanada takomillashtirish, o'qituvchi-pedagoglar saviyasini muntazam oshirib borish, jarayonga eng zamonaviy va ilg'or axborot hamda ta`lim texnologiyalarini joriy etish bilan bog'liq muammolarda ko'rinmoqda.
- Darhaqiqat, yosh avlodga sifatli bilim berish uchun, avvalo, o'qituvchi-pedagoglar malakasi va mahorati davr talabiga javob berishi lozim. Ayniqsa, bugun yoshlar juda tez va ilg'or fikrlamoqda. Darslarni ularning talabiga mos - yuqori darajada tashkil etish uchun o'qituvchi muntazam ravishda o'z mahoratini oshirib borishi, har bir mashg'ulotga alohida tayyorgarlik ko'rishi zarur. Shu bois xalq ta`limi tizimiga yangi va zamonaviy ta`lim texnologiyalari, o'quv dasturlarini joriy etish bilan birga, pedagoglarning kasbiy mahoratini oshirishga ham muntazam ravishda e`tibor qaratib borish zarur.

Yüklə 0,83 Mb.

Dostları ilə paylaş:
  1   2   3   4   5   6




Verilənlər bazası müəlliflik hüququ ilə müdafiə olunur ©genderi.org 2024
rəhbərliyinə müraciət

    Ana səhifə