Mavzu: Pedagogik kompitentlikni shakillantirishda zamonaviy ta’lim texnologiyasini konseptual asoslari Reja: Kirish


Komp’yuter dasturlari uch turga bo`linadi



Yüklə 0,83 Mb.
səhifə2/6
tarix29.11.2023
ölçüsü0,83 Mb.
#140697
1   2   3   4   5   6
Pedagogik kompitentlikni shakillantirishda zamonaviy ta’lim texnologiyasini konseptual asoslari

Komp’yuter dasturlari uch turga bo`linadi:
a) amaliy dasturlar — foydalanuvchi bevosita ishlashi uchun mo`ljallangan dasturlar, masalan matn va rasm muharrirlari va hokazo.
b) tizimli dasturlar — komp’yuter qurilmalarining ishchi holatini nazorat qiluvchi va boshqaruvchi dasturlar.
v) uskunaviy tizimlar — komp’yuter uchun yangi dasturlar tuzishni ta`minlash tizimi.
IBM PC komp’yuteri uchun yuz minglab har xil maqsadda ishlatiladigan amaliy dasturlar tuzilgan va bu dasturlardan foydalanib kelinmokda. Xususan, matn muharrirlari (WORD, LEXICON, WD, ChiWriter), jadvalli ma`lumotlarni qayta ishlash (Super Calc, Excel va hokazo), ma`lumotlar bazasini yaratish (KARAT, dBASE, ACCESS va hokazo), ko`rgazmali qurollar tayyorlash (slayd-shou) dasturlari, moliya-iqtisod maqsadida ishlatiladigan dasturlar (ish haqini hisoblash dasturlari), mul’tifil’m va videofil’mlar yaratish uchun ishlatiladigan dasturlar, avtomatlashtirilgan loyihalash das­turlari (iNChoat qismlarini chizish va loyihalash), komp’yuter o`yinlari, o`rgatuvchi, ma`lumot tizimlari va hokazo maqsadlarda ishlatiladigan dasturlar mavjud.
Tizimli dasturlarning keng sinfi qobiq dasturlar bo`lib, u foydalanuvchini komp’yuter bilan qulay va yaqqol muloqatini ta`minlaydi. Xususan, Norton Commander qobiq dasturi, Windows 3.1 va Windows 95, Windows 98, Windows 2000 uchun qulay qobiq dasturlar shular jumlasidandir.
Tizimli dasturlarning asosiy sinfi bu drayverlar bo`lib, u operatsion tizim xususan tashqi yoki ichki qurilmalar bilan ishlash imkonini beradi.
Tizimli dasturlar tarkibiga yordamchi ayrim dasturlar masalan, antivirus, arxivator, komp’yuterni diognostika qilish, diskdagi joylarni maqbullashtirish dasturlari ham kiradi.


Ta’lim muassasalarida pedagogik va axborot texnologiyalarining joriy etilishi



Pedagogik va axborot texnologiyalarining ta’lim jarayoniga joriy etilishi ta’lim vositalarining yangi avlodi va ta’limning so‘nggi turlari ko‘rinishida o‘z mohiyatiga ega bo‘lishi bilan ahamiyatlidir. Bugungi kunda ta’lim jarayonida foydalanilayotgan an’anaviy o‘qitish usullariga qo‘shimcha o‘quv vositalari deb hisoblangan barcha multimedia o‘quv uslubiy elektron mahsulotlar shular jumlasidandir. O‘quv-uslubiy elektron mahsulotlarning imkoniyatlari va kiritilgan ma’lumotlar asosida turlarga ajratish mumkin.
1. O‘quv darslikning elektron versiyasi
Namunaviy dasturga muvofiq fanning to‘liq kursini qamrab olgan ma’lumotlarning elektron variant holdagi mahsulot (ma’ruzalar, matnlar va boshqalar).
2. Elektron darslik
O‘quv darslik elektron versiyasining takomillashtirilgan holatidir. Elektron darslik matni, gipermatn, giperizoh, grafik, diagramma, rasm, chizma va ularning animatsiyalaridan iborat (elektron darslik va elektron darslik versiyasi professor o‘qituvchilarning o‘quv mashg‘ulotlarni o‘tkazishda va talabani darsdan tashqari mustaqil ta’lim olish uchun imkoniyat beradi).
3. O‘quv uslubiy elektron qo‘llanma
O‘quv fanini qisman qamragan bo‘lib, matn, rasm, gipermatn, chizma va animatsiyalardan iborat.
4. O‘quv uslubiy elektron ko‘rgazma
Ma’lum bir fan uchun kompyuterlashtirilgan, yaxshi dizaynga ega bo‘lgan miniplakatlar to‘plami. 2D grafik o‘lchamida tayyorlanadi (dars jarayonida multimedia proyektor orqali namoyish etiladi).
5. O‘quv uslubiy kompyuter dasturi
Ma’lum fanning mavzusi keng yoritiladi.Ushbu dastur algoritmlashtirilgan bloklardan iborat. Har bir blok o‘zining mazmuniga, matni, grafikasi, animatsiya, o‘quv va nazorat qismidan iborat bo‘lgan dastur.
6. Multimediali o‘quv-uslubiy kompyuter dasturi va ensiklopediyalar
O‘quv jarayoni uchun mo‘ljallangan dasturiy vositalarning psixologik-pedagogik, dasturiy texnik sifatini va ulardan o‘qitish jarayonida foydalanish baholash mezonlari orqali amalga oshirilishi maqsadga muvofiq. O‘quv uslubiy elektron mahsulotlarni ekspertizasi belgilangan tartibda maxsus ekspertlar tomonidan o‘tkazilishi kerak. Maxsus ekspert guruhi tarkibiga ta’lim muassasalaridan yuqori malakali pedagoglar, dastur tuzuvchilar, psixolog, dizayner va yetakchi mutaxassislar kiritilishi lozim.

Yüklə 0,83 Mb.

Dostları ilə paylaş:
1   2   3   4   5   6




Verilənlər bazası müəlliflik hüququ ilə müdafiə olunur ©genderi.org 2024
rəhbərliyinə müraciət

    Ana səhifə