Mavzu: Pedagogik muloqot haqida tushuncha Reja


Muloqot asosida ma’naviy madaniyatni shakllantirish



Yüklə 127,41 Kb.
səhifə3/7
tarix23.12.2023
ölçüsü127,41 Kb.
#156817
1   2   3   4   5   6   7
Pedagogik muloqot haqida tushuncha

3. Muloqot asosida ma’naviy madaniyatni shakllantirish
mezonlari va omillari.
Inson o‘z qadr-qimmatini va o‘zligini umumta’lim maktablarida ta’lim-tarbiya jarayonida anglay boshlaydi. Ta’lim muassasalarida o‘qi­tuvchi tomonidan o‘zaro muloqot asosida olib boriladigan quyidagi xususiyatlar negizida o‘quvchilarda muloqot orqali ma’naviy madaniyatni shakllantirish mezonlari (O.Musurmonova) ifodalangan:
• har bir insonning qiziqishlarini ko‘ra bilish, his etish va hurmat qilish;
• milliy-ma’naviy madaniyat manbalarini o‘rganish, o‘zligini anglashga ehtiyoj;
• inson hayotida mehnatning o‘rnini to‘g‘ri tushunish;
• insonparvarlik, mehr-oqibat, iymon, e’tiqod, milliy qadriyatlarni e’zozlash;
• Vatanga muhabbat, sadoqat, o‘z manfaatlarini jamiyat, xalq man-faatlaridan yuqori qo‘ymaslik;
• ota-ona, qarindoshlar va boshqa atrof-muhitidagi kishilarga nis­batan muruvatli, sahovatli bo‘lish.
Ma’naviy madaniyatning muhim belgilarini shakllantirishda, ta’iim-tarbiya tizimini ma’naviy muhit, ma’naviy faoliyat va ma’naviy anglash bosqichlaridan iborat andozalar asosida tashkil etishda ushbu mezonlar talablariga rioya qilish belgilangan maqsadni samarali amalga oshirish imkoniyatini beradi. Bunda o‘qituvchining muloqoti asosida o‘quvchilar ma’naviy madaniyatini shakllantirish jarayoniga ta’sir etuvchi quyidagi omillar ham muhim ahamiyatga ega:
1. O‘quvchi ma’naviy faoliyat asosida o‘zligini anglashni shakl­lantirish uchun ma’lum bir muhitda ma’naviy qadriyatlar bilan harakat orqali muloqotga kirishadi. Harakatsiz muhit va faoliyat bo‘lishi mumkin emas. Shuning uchun o‘quvchilar ma’naviy madaniyatini shakllantirish samaradorligini ma’naviy harakat omili ta’minlaydi.
2. Ma’naviy qadriyatlarning mohiyati, ma’naviy-axloqiy tajriba, o‘qituvchining ta’sirchan nutqiy muloqoti vositasida o‘quvchilar ongiga singdiriladi. Nutqiy aloqalar tarbiya jarayoni ob’ektlari va subektlari orasida kechadi va o‘quvchi ma’naviy madaniyatini shakllantiruvchi omil bo‘lib xizmat qiladi. O‘quvchining xulq namunasi, ma’naviy harakati, nutqiy aloqalar samaradorligi o‘qituvchi va o‘quvchining muloqoti asosidagi faoliyat munosabatlari bilan belgilanadi.
3. Ma’naviy qadriyatlarning tarbiyaviy imkoniyatidan ta’sirlanish va amaliy faoliyatda ularga tayanish, umuminsoniy qadriyatlar darajasiga ko‘tarilishini ta’minlab, o‘quvchi ma’naviy madaniyatini tarbiyalashdagi ahamiyatini yanada takomillashtirish ta’lim-tarbiya jarayonining ishtirokchilaridan (o‘qituvchi va o‘quvchi) doimiy ijodkorlikni talab alladi. Ijodkorlik - milliy-ma’naviy qadriyatlar asosida o‘quvchi ma’naviy madaniyatini shakllantirishda muhim omil hisoblanadi.
O‘qituvchi ta’iim-tarbiya jarayonida uning imkoniyatlaridan keng va samarali foydalanadi.
4. O‘quvchi ma’naviy madaniyatini shakllantirishning muvaffaqiyati o‘qituvchining muloqot olib borish psixologik taktikasi omillariga ham bog‘liq. Ushbu omilni harakatlantiruvchi sharoitlar:
- o‘qituvchining pedagogik-psixologik va maxsus fanlar integratsiyasi bo‘yicha chuqur bilimga ega bo‘lishi;
- mutaxassisligi bo‘yicha kasbiy mahorati;
- o‘quvchilar bilan o‘zaro do‘stona muloqot madaniyati;
- o‘quvchilarning ruhiy holatini tez bilib olishi;
- o‘qituvchi ma’naviy madaniyatining shakllanganlik darajasi;
- ta’lim-tarbiyaning zamonaviy usul va metodlarini tanlay bilishi:
- zamonaviy pedagogik va axborot texnologiyalari to‘g‘risida chuqur ma’lumotlarga ega bo‘lishi;
- o‘qituvchining pedagogik jamoa orasidagi hurmat - e’tibori.
5. O‘qituvchi muloqot asosida o‘quvchilarda ham ijodkorlik omilini takomillashtirib boradi. O‘quvchida uning sifatlari quyidagi belgilar bilan namoyon bo‘ladi:
- ma’naviy qadriyatlarni, an’analarni o‘zlashtirishga qiziqishda ehtiyoj va talabning kuchliligi;
- o‘rganilayotgan fanlar asoslarini egallashga ijobiy munosabat;
- ma’naviy madaniyat saviyasi, dunyoqarashi;
- o‘z-o‘ziga nisbatan talabchanlik;
- tabiatga, atrof-muhitga ongli munosabat;
- yangiliklarni va axborot texnologiyalarini o‘rganishga qiziqish;
- ijtimoiy va shaxsiy faolligi;
- nazariy bilimlarni amaliyotda qo‘llay olish ko‘nikmasi;
- tashabbuskorligi va ijodkorligi.
O‘quvchilarda ma’naviy madaniyatni shakllantirish jarayonining muvaffaqiyatli borishi ta’lim mazmuniga asoslanib, o‘qituvchi va o‘quvchi­larning o‘zaro hamkorlikdagi faoliyatini to‘g‘ri tashkil etish saviyasiga bog‘liq. Bu quyidagi faoliyat turlarini mukammal bilishni taqozo etadi:
Birinchidan. o‘zaro hamkorlikdagi faoliyat ijodkorlikni, mas’u-liyatni, faollikni va eng asosiysi muloqot madaniyatiga rioya etishni taiab qiladi.
Ikkinchidan. har bir darsda o‘qituvchi ham, o‘quvchi ham belgilan­gan maqsadni aniq qo‘ya bilishi, amalga oshiriladigan vazifalarni to‘g‘ri belgilab olishi lozim.
Uchinchidan, dars jarayonida bilimlar mazmunining ilmiyligi, uzluksizligi, izchilligi va tarbiyaviy xarakteri, o‘qituvchining notiqlik san’ati asosida bayon etish shaklining mukammalligi, qiziqarliligi o‘quv-chilarda ta’limiy va tarbiyaviy tomondan o‘rganiladigan qadriyatlarga qiziqishni kuchaytiradi, ularda tarixiy, adabiy, milliy va diniy xarakterdagi milliy qadriyatlar bo‘yicha o‘z bilim va ko‘nikmalarini oshirish ishtiyoqi rivojlanadi.
To‘rtinchidan, o‘qituvchining pedagogik mahorati, nazariy va uslubiy tayyorgarligi, o‘z kasbiga, faniga munosabati, olib boradigan darsi andozasini va uning natijasini oldindan ko‘ra bilish, har bir dars samaradorligini ta’minlovchi texnik va texnologik belgilardan biridir.
Beshinchidan, dars jarayonida o‘quvchilar jamoasiga erkin fikr yuritish, o‘z fikr-mulohazasini erkin bayon etishga imkoniyat yaratish, o‘quvchilar jamoasi fikriga tayanish, ularning fikr-mulohazalari, istak-xohishlarini e’tiborga olish, o‘quvchilarning mustaqil ishlaridan keng foydalanish zarur.
Oltinchidan, o‘quvchilar bilimiga, xulqiga beriladigan bahoning xolisona va adolatli bo‘lishi barcha ta’lim va tarbiyaviy faoliyatni to‘g‘ri tashkil etilishiga ijobiy ta’sir etuvchi omil ekanligini unutmaslik kerak.



Yüklə 127,41 Kb.

Dostları ilə paylaş:
1   2   3   4   5   6   7




Verilənlər bazası müəlliflik hüququ ilə müdafiə olunur ©genderi.org 2024
rəhbərliyinə müraciət

    Ana səhifə