Mavzu: Pedagogik muloqot haqida tushuncha Reja



Yüklə 127,41 Kb.
səhifə1/7
tarix23.12.2023
ölçüsü127,41 Kb.
#156817
  1   2   3   4   5   6   7
Pedagogik muloqot haqida tushuncha




Mavzu: Pedagogik muloqot haqida tushuncha


Reja
1. Pedagogik muloqotda muomala inadaniyati
2. Sharqona tarbiya va muosharat odobining muloqotga ta’siri
3. Muloqot asosida ma’naviy madaniyatni shakllantirish mezonlari va omillari
4. Pedagogik muloqotning o‘ziga xos xususiyatlari va funksiyalari
5. O‘qituvchining muloqot asosida sinf jamoasini boshqarish usullari
6. O‘qituvchilar va o‘quvchilar faoliyatiga muomala madaniyati.

1. Pedagogik muloqotda muomala inadaniyati

Pedagogik muloqotda o‘qituvchining eng yaxshi fazilatlari va xatti-harakatlari o‘quvchining ideali sifatida namoyon bo‘ladi. O‘quvchining o‘qituvchi shaxsi haqidagi qarashlari, uning xatti-harakati, pedagogik mahorati uning ma’naviy madaniyatiga mos kelmasa, yaxlit pedagogik jarayonni mukammal tashkil etish ham ijobiy natijalar bermaydi. O‘qituvchi subekti bilan, o‘quvchi ob’ekti o‘rtasidagi qattiq avtoritar intizom ham o‘zaro muloqot madaniyatiga salbiy ta’sir etadi, natijada o‘quvchining ichki hissiyoti hamda shaxsiy fazilatlari rivojlanmaydi.


Pedagogik muloqot madaniyati o‘qituvchi faoliyatini muvaffaqiyatga yo‘naltiruvchi eng muhim vosita, bunda o‘qituvchining muhim fazilati, uning muloqot madaniyatiga asoslangan muomalasidir. Muomala barcha falsafiy va psixologik fanlarda o‘ziga xos ta’rifga ega. Pedagogikaning kategoriyasi sifatida muomala o‘quvchilar qalbiga yo‘l topa olish, ularga yondashish uchun mehrini qozonish, pedagogik nuqtai nazardan ta’lim-tarbiya jarayonida o‘quvchilar bilan o‘zaro aloqa bog‘lashga qaratilgan o‘qituvchining pedagogik qobiliyatidir.
O‘qituvchi o‘quvchilar bilan muomalaga kirishish asosida:
1. O‘z ijodkorligini va pedagogik mahoratini namoyish qiladi.
2. Yosh avlodni milliy mafkuramiz va milliy madaniyatimiz ruhida tarbiyalaydi.
3. Sharqona udum va urf-odatlarimiz asosida barkamol shaxsni shakllantiradi.
4. O‘zining ta’lim-tarbiyaviy imkoniyatlarini namoyish etgan holda, har bir o‘quvchi qalbiga yo‘l topadi.
Muomala o‘qituvchi faoliyatining muhim tarkibiy qismi bo‘lib, o‘zida ulkan pedagogik imkoniyatlarni mujassamlashtiradi. Pedagogik muomalada o‘qituvchi quyidagi faoliyatga qat’iy amal qilishi lozim:
- o‘qituvchida tarbiyalash mahoratining shakllanganligi. Uning tarbi­yaviy jarayonga oid so‘z va ohangni tanlay bilishi va ta’sir o‘tkaza olishi;
- muomala ob’ekti bo‘lmish o‘quvchilar diqqatini jalb qiluvchi nutq, pauza, harakat, imo-ishoralarni o‘z o‘rnida ishlatishi, tarbiyaviy ta’sirni bilishi;
- o‘quvchilarning ichki ruhiyatini, psixologik xususiyatlarini bilgan holda muomalaga jalb etishi, darsni boshlashdan oldin o‘quvchilarni ta’lim va tarbiyaviy muloqotga tayyorlashi;
- o‘quvchilarga og‘zaki, o‘zaro ta’sir ko‘rsatishning tarbiyaviy usul-larini bilishi. O‘qituvchining nutqi ravon, o‘quvchilar ongiga ijobiy ta’sir qiladigan bo‘lishi.
Nihoyat, o‘qituvchining o‘quvchilar bilan kundalik muomalasi shunga olib keladiki, u o‘quvchilarning xatti-harakatlaridagi chuqur ma’no va haqiqiy sabablarni turli vaziyatlarda payqab oladi, buning uchun namuna sifatida uning o‘zi tez-tez qayd qilgan dalillardan va o‘quvchilarning xulq-atvor usullaridan foydalanadi. O‘qituvchining o‘quvchilar bilan muomalasi tarbiyani boshqarish vositasi sifatida qaralib, birlashtiravchi hamda o‘rnini to‘ldiruvchi vazifasini bajaradi. Muomala o‘zaro munosabatlar doirasida sodir bo‘ladi. Boshqarish vositasi bo‘lgan muomala pedagogik faoliyatdan oldin sodir bo‘ladi.
O‘qituvchining o‘quvchilar bilan o‘zaro muloqot madaniyatiga erishishi natijasida quyidagi holatlar paydo bo‘ladi:
- pedagogik muloqot orqali o‘qituvchi tarbiyalanuvchi ob’ekt bilan o‘ziga xos muomala muhitini yaratadi. Bunday muhitda o‘qituvchi o‘zining psixologik, mimik, pantomimik, notiqlik san’ati, ta’sir o‘tkazish kabi qobiliyatlar tizimini namoyish etadi;
- o‘qituvchining shirinsuxanligi, ochiq chehrali bo‘lishi, samimiy muomalasi muloqotda ijobiy natijalarga erishish kalitidir;
- o‘quvchilar jamoasi bilan muomalada o‘qituvchining doimo psixologik bilimlarga tayanishi ta’lim-tarbiyaviy faoliyatda bir xil muvozanatni saqlaydi;
- o‘qituvchi o‘quvchilar jamoasi bilan o‘zaro muloqotga kirishar ekan, yaxshi muomalasi bilan ular hissiyotida yashiringan eng nozik qatlamlarni ham anglab olishga qodir bo‘ladi.
Mukammal shakllangan pedagogik muloqot madaniyati asosida ob’ekt va subektning ichki hissiyoti bilan ular harakatlarining uyg‘unlashuvi sodir bo‘ladi. Ushbu o‘zaro uyg‘unlashuvni yuzaga keltiradigan muomalaning asosiy bog‘lovchisi so‘zdir. So‘z - mazmunan o‘qituvchining nutqida, ma’ruzasida, dialog, monolog va deklaratsiyalarida o‘z ifodasini topadi.


Yüklə 127,41 Kb.

Dostları ilə paylaş:
  1   2   3   4   5   6   7




Verilənlər bazası müəlliflik hüququ ilə müdafiə olunur ©genderi.org 2024
rəhbərliyinə müraciət

    Ana səhifə