Mavzu: Pedagogik muloqot haqida tushuncha Reja


Pedagogik muloqotning o‘ziga xos xususiyatlari va funksiyalari



Yüklə 127,41 Kb.
səhifə4/7
tarix23.12.2023
ölçüsü127,41 Kb.
#156817
1   2   3   4   5   6   7
Pedagogik muloqot haqida tushuncha

4. Pedagogik muloqotning o‘ziga xos xususiyatlari va funksiyalari.
Muloqot - yunoncha so‘z bo‘lib, suhbatlashuv, shaxslararo suhbat va o‘zaro fikr almashuv ma’nosini bildiradi hamda ikki yoki undan ortiq kishilarning so‘zlashuvida paydo bo‘ladi. Inson muloqot jarayonida ijti­moiy tajriba, ta’lim-tarbiya, turli munosabatlar, axloqiy me’yorlar g‘oya va mafkura omillari ta’sirida yashab ijtimoiylashadi va shaxs sifatida kamolotga yetadi. Kishilar o‘rtasidagi o‘zaro muloqot pedagogik-psixologik fanlarning asosiy kategoriyalaridan biri hisoblanib, u o‘z ichiga shaxslararo munosabatning eng muhim mexanizmlarini qamrab oladi.
Psixologiya fanida muomala kategoriyasi keng ma’noda tushuniladi hamda hamkorlik faoliyatining ichki aloqasini mujassamlashtirib, o‘zaro ta’sir va o‘zaro munosabatni aks ettiradi va ijtimoiy protsessual faoliyatni ifodalaydi.
Pedagogikada muloqot o‘qituvchi va o‘quvchilar jamoasining o‘zaro ta’sir malakasi, usuli va tizimini anglatib uning mohiyati, o‘zaro axborot almashishida, ta’lim va tarbiyaviy ta’sir o‘tkazishida, o‘zaro bir-birlarini tushunishga erishishlarida namoyon bo‘ladi hamda quyidagi xususiyatlarga ega:
• muloqot o‘qituvchining pedagogik faoliyatida eng muhim kasbiy qurol hisoblanadi;
• muloqot jarayonida uning maqsadga muvofiq amalga oshirishni ta’minlash uchun ijtimoiy nazorat va ijtimoiy qonuniyatlar muhim aha­miyatga ega;
• o‘qituvchi va o‘quvchi munosabatlarining eng muhim tarkibiy qismi muloqot sanalib, motivatsiyada motiv qanday ahamiyat kasb etsa, u ham xuddi shunday muhim rol o‘ynaydi;
• pedagogikada muloqot - o‘qituvchining o‘quvchilarga ta’sir o‘tka­zish asosida o‘zaro munosabatini faol tashkil qilishi, muayyan bir maq­sadni dastur asosida amalga oshirishning rejalashtirilgan funksiyasini bajarishidir;
• muloqot - hamkorlik faoliyatining ehtiyojidan vujudga kelib chiqadi va shaxslararo munosabat rivojlarushining ko‘p qirrali jarayoni hisoblanadi;
• noto‘g‘ri pedagogik muloqotdan o‘quvchilarda qo‘rquv, o‘z kuchiga ishonchsizlik paydo bo‘ladi, ularning diqqat-e’tibori, ishchanlik harakati susayadi, nutq dinamikasi buziladi, mustaqil va erkin fikrlash qobiliyati pasayadi.
Pedasogik muloqot - bu o‘qituvchining o‘quvchilar bilan darsda va darsdan tashqari faoliyatda o‘zi uchun eng qulay bo‘lgan psixologik muhitni vujudga keltirib, ijobiy ruhiy iqlimni yaratishi uchun imkoniyat beruvchi kasbiy munosabatidir.
O‘qituvchining o‘quvchilar bilan o‘zaro yaqin muloqotidan asosiy maqsad:
• salbiy holatlarni vujudga keltiruvchi barcha jarayonlarga barham
berish;
• o‘quvchilarda mustaqil fikr yuritish ko‘nikmalarini hosil qilish;
• o‘quvchilarni faollikka, erkin fikrlashga, o‘z fikr-mulohazalarini cho‘chimasdan bayon qilib unga tayanishga o‘rgatish;
• o‘quvchilarning yashirin qobiliyatlarini rivojlantirish;
• dars va darsdan tashqari jarayonlarda quvonch va shodlik kayfiyatini paydo qilish.
O‘qituvchining pedagogik muloqoti ijtimoiy-psixologik jarayon bo‘lib, quyidagi funksiyalar bilan xarakterlanadi:
PEDAGOGIK MULOQOT FUNKSIYaLARI
- o‘zaro axborot almashishni yo‘lga kuyish;
- ta’lim-tarbiyaviy faoliyatni birgadikda tashkil etish:
- o‘quvchilarni erkin fikr-muloxaza yuritishga o‘rgatish:
- salbiy xolatlarni sinf jamoasi bilan birgalikda bartaraf
- do‘stlar uchun kaygurish va ularga yordam berishga erishish:
- uzligini anglash. O‘quvchilar bilan muloqotda qoniqish xis etish.
Muloqot jarayonida o‘qituvchi qisqa muddatda o‘zining psixologik bilimlariga tayanib o‘quvchilarning psixik xususiyatlarini mukammal bilishga harakat qilishi lozim. O‘quvchilarning ichki dunyosiga, ruhiy holatiga kirib bormasdan, unga nisbatan turli tarbiyaviy jazolar qo‘llash, tanbeh berish mumkin emas. Bu holat o‘quvchilar bilan o‘zaro muloqotni tuzatib bo‘lmas darajada buzilishiga, o‘quvchilarning yashirin holatga, o‘z qobig‘iga kirib olishiga sabab bo‘ladi.
O‘qituvchilarning o‘zaro axborot almashishi bilan bog‘liq xusu­siyatlari, uning sinf jamoasiga singib keta olish qobiliyati bilan bog‘liq. Sinf jamoasida ro‘y berayotgan har qanday voqea va hodisalar o‘qituv­chilar nazoratida bo‘lishi, ularning oqibatini o‘qituvchilar tez va adolatli tahlil qilishi va oldini olishi lozim. Bu faqat faol o‘quvchilar bilan axbo­rot almashib turish natijasida amalga oshiriladi. Shundagina, o‘qituv­chining o‘quv tarbiyaviy jarayondagi faoliyati uchun qulay sharoitlar yaratiladi va ijobiy natijalar beradi.
Pedagogik muloqot tuzilishi jihatidan o‘qituvchi ijodkorligining noyob namunasidir. Pedagog olimlar o‘qituvchining o‘quvchilar bilan muloqotiga ko‘plab tavsiflarni ilmiy asarlarida bayon etsalarda, muloqot, avvalo, o‘qituvchining shaxsiy psixologik xususiyati sifatida namoyon bo‘ladi. Olimlar esa, muloqot uchun o‘qituvchiga yo‘nalish beradi xolos. Jumladan, rus pedagogi V.A. Kan-Kalikning fikricha, o‘qituvchining pedagogik muloqoti tuzilishi quyidagi yo‘nalishlarda amalga oshiriladi:
1. Prognostik bosqich (modellashtirish): O‘qituvchi tomonidan sinf jamoasi bilan bo‘lajak muloqotni modellashtirish.
2. Kommunikativ aloqa: O‘quvchi bilan dastlabki o‘zaro tanishuv jarayonida bevosita muloqotni tashkil etishga erishish.
3. Pedagogik jarayon: O‘qituvchining xatti-harakati, pedagogik mahorati bevosita muloqotni boshqarishga qaratilgan bo‘lishi kerak.
4. Natijalar tahlili: Amalga oshirilgan muloqotni tahlil etish, yutuq va kamchiliklarni xolisona baholab kelgusi faoliyat uchun model­lashtirish.
Olimning fikrlari asosida muloqotning ushbu yo‘nalishlarini quyidagicha ta’riflash mumkin?
Modellashtirish bosqichida auditoriyaning barcha andozalarga javob berishi, har bir o‘quvchining psixologik xususiyatlarini o‘rganishi, ta’lim-tarbiyaviy jarayonda uchrashi mumkin bo‘lgan qiyinchiliklar dinamikasini oldindan ko‘ra olish va bartaraf etish, muloqotning o‘zaro hamkorlik asosida qurilishi, ya’ni muloqot o‘qituvchi shaxsiga emas, balki o‘quvchi shaxsiga ham mos kelishini ta’minlash zarur.
Kommunikativ aloqa bosqichida sinf jamoasini o‘zaro muloqotga tez jalb etadigan suhbat texnikasini puxta bilish, ularning barcha qizi-qishlariga javob bera olish, erkin fikr bildirishlariga imkoniyat yaratish va o‘quvchilar ongiga ijobiy ta’sir etishning turli usullarini qo‘llash metodlarini egallash lozim.
Pedagogik faoliyatda o‘qituvchi muloqot asosida o‘quvchilar bilan yaxshi munosabatni tashkil eta olishi, demokratik talablarni qo‘llashi va birgalikda ijodiy faoliyat olib borishi kerak. Pedagogik muloqot esa, bu o‘qituvchi kasbiy faolligining bir ko‘rinishi bo‘lib, bunda ta’lim va tarbiya muammolari o‘qituvchi hamda o‘quv-tarbiya jarayonining boshqa ishtirokchilari o‘rtasidagi o‘zaro ta’sir vositasi bilan hal qilinadi. Bu vaziyatda o‘qituvchi baho beruvchi rolida namoyon bo‘ladi hamda uning o‘zi baho oluvchi hisoblanadi. bunday hollarda pedagogik ta’sir ko‘r­satish vazifalari va vositalari hamda o‘qituvchining o‘quvchilar bilan pedagogik muloqoti quyidagi prinsiplarda namoyon bo‘ladi:
Kommunikativ muloqot.
Interaktiv muloqot.
Perseptiv muloqot.
1. Kommunikativ muloqotda bir tomonlama axborot uzatiladi. Muomala o‘z ichiga hamkorlik faoliyatining qatnashchilari bilan o‘zaro axborot almashuvini qamrab olgan bo‘lib, kommunikativ muloqot sifatida tavsiflanishi mumkin. O‘qituvchi va o‘quvchi bir - birlari bilan muloqotga kirishishi jarayonida muloqotning muhim vositalari bo‘lmish til va nutq faoliyati bevosita muhim ahamiyat kasb etadi.
2. Interaktiv muloqotning muhim jihati ikki tomonlama bir-biriga ta’sir etishdir. Muloqotga kirishuvchi o‘qituvchi o‘zaro ta’sir etishda, o‘quvchilarning tarbiyaviy faoliyatiga nafaqat so‘z orqali, balki fikr almashinuv, xatti - harakat va xulq-atvori bilan o‘zaro ta’sir o‘tkazishi tushuniladi.
3. Perseptiv muloqotda o‘qituvchi va o‘quvchilar jamoasi o‘zaro bir-birlarini idrok qilishi, anglashi tushuniladi. Bunda muloqotga kirishuvchilar o‘zaro bir-birlarini idrok qilish asosida ulardan biri ikkinchisining ishonchini qozonadi, aqlli, farosatli, tajribali, yuksak tayyorgarlikka ega barkamol inson sifatida idrok qilinadi.
Muloqotning har uchala tomonini yaxlit olib qaraganda o‘zaro hamkorlik faoliyatini tashkil qilishning usullari va unda ishtirok etuvchilaming munosabatlari yaqqol namoyon bo‘ladi. Pedagogik muloqot muvaffaqiyatli tashkil etilishi uchun, o‘qituvchi o‘quvchilar bilan hamkorlik faoliyatiga chuqur kirishib keta olishi, shaxsni har tomonlama shakllantirishning maqsad va vazifalarini chuqur anglab, faoliyat olib borishi lozim.
Ishonchini qozonish usuli nafaqat o‘qituvchi bilan muloqot jara­yonida, balki ta’lim-tarbiyaviy faoliyatdan tashqari holatlarda ham o‘quvchiga ta’sir qiladi. O‘quvchi ishonchini qozonish ijobiy yoki salbiy natijalar paydo qilishi ham mumkin. O‘qituvchi ishontirish bilan o‘quvchida ijobiy hislatlarni uyg‘otishi uchun tarbiyaviy metodlarni o‘z o‘rnida qo‘llashi shart. Tarbiya jarayonida har bir o‘quvchining o‘ziga xos xususiyatlarini hisobga olishi zarur. Chunki bir xil yoshdagi o‘quv­chilar psixik jihatdan turli xarakterga ega bo‘lishi mumkin. O‘quv­chilarning qobiliyat va iqtidorlari, qiziqishlari, irodaviy hislatlari har xil bo‘lgani uchun bir o‘quvchiga nisbatan foydali bo‘lgan ishonchini qozo­nish usuli, boshqasiga zararli bo‘lishi mumkin. Shuning uchun har bir o‘quvchining ruhiyatini, psixologiyasini, ichki dunyosini o‘qituvchi mun­tazam o‘rganib borishi, o‘quvchilarning o‘ziga xos xususiyatlarini, tarbiyalanuvchi temperamentining umumiy tiplarini o‘rganish metodikasini bilish lozim. Masalan, ko‘rish va eshitish qobiliyati, faolligi, tez anglashi, sust fikr yuritishi, hovliqma yoki vazminligi, sergap yoki kamgapligi, serg‘ayrat yoki g‘ayratsizligi, yalqov yoki tirishqoqligi, pala-partish va chala ishlaydigan, yoki ishga tez khishib ketishi kabilar nerv faoliyati tizimiga bog‘liq bo‘lib, o‘qituvchi o‘quvchilar ishonchini qozonishi uchun ularni bilishi va zarur bo‘lgan xulosalarni ishlab chiqishi shart.
O‘quvchilar ishonchini qozonishning yana bir muhim xususiyati o‘quvchilarni shaxs sifatida rivojlanishida o‘z-o‘zini tarbiyalashidir. O‘z-o‘zini tarbiyalash o‘quvchining o‘zini o‘zi idora qilishi, o‘zida erkinlikni, ijtimoiy mavqeini, tashabbuskorlik va mustaqillikni shakllantirishdir. O‘quvchining yashirin qobiliyatlari o‘z-o‘ziga ishonch orqali yuzaga chiqadi. O‘quvchi uchun o‘z-o‘zini baholash qiyin jarayon. O‘quvchi ta’lim-tarbiya berayotgan o‘qituvchilarga ishonch bilan ergashib, o‘ziga nisbatan ishonch ruhida tarbiyalanar ekan, unda avvalo, mustahkam iroda shakllanadi, o‘z burchini to‘g‘ri tushunadi, bilish va o‘rganishga qiziqishi kuchayadi, o‘z-o‘zini har tomonlama takomillashtirishga intiladi, o‘ziga atrof-muhitdagi o‘rtoqlari ko‘zi bilan xolisona baho beradi, o‘ziga ishonadi va unda qoniqish hissi paydo bo‘ladi. Xarakteridagi salbiy odatlarni, zararli sifatlarni tez anglab, ularni yo‘qotish va bartaraf etishga intiladi.
O‘qituvchi o‘quvchilar jamoasi bilan pedagogik muloqotni har to­monlama mukammal tashkil etish va ko‘zlangan maqsadga erishishi uchun tarbiyaviy jarayonning jamiyat talablariga mos keluvchi yetakchi tamoyillaridan o‘rinli foydalanishi lozim:
1. Tarbiyaviy maqsadni amalga oshirishda demokratik yondashuv. Muloqot jarayonida o‘qituvchi o‘quvchini ijtimoiy qadriyat deb tan olishi, har bir bola, o‘smir va o‘spirinning betakror va o‘ziga xos xususiyatlarini hurmat qilishi, uning ijtimoiy xulqi va erkinligini e’zozlashi lozim. Zero, ta’limni isloh qilishdan asosiy maqsad, tarbiyada demokratiyaning ustunligi, tarbiyani ma’muriy ehtiyoj va qiziqishlardan yuqori qo‘yish, tarbiyachi va tarbiyalanuvchining bir-birlariga o‘zaro ishonchi, hamkorlik asosida pedagogik munosabat mohiyatini ijobiy tomonga yo‘naltirish demakdir. Muloqotni demokratik uslubda tashkil etishdan maqsad, ta’lim-tarbiyani insonparvarlashtirish, pedagogik faoliyat markazida inson shaxsi turganini unutmaslik, insonga nisbatan bebaho boylik sifatida munosabat tuyg‘ularini o‘quvchilarda ham shakllantirish vazifasi bajariladi.
2. O‘quvchilar bilan do‘stona munosabat. Aslida muloqotdan maqsad o‘quvchilar bilan do‘stona munosabatni ro‘yobga chiqarishdir. O‘quvchi shaxsini hurmat qilish o‘qituvchining insonparvarlik tuyg‘u-laridan kelib chiqadi. O‘quvchi shaxsini hurmat qilish, ularga cheksiz mehr-muhabbat ko‘rsatish va ularga ishonish shart. Bolalarga nisbatan hurmat tuyg‘usi ularning kuchiga kuch qo‘shadi, o‘z imkoniyatlariga ishonch tuyg‘usini shakllantiradi, tarbiyaning samaradorligini oshiradi. O‘quvchi shaxsini hurmat qilish va munosabatni adolatli talabchanlik mezonlari asosida qurishdir. Do‘stona muloqot o‘qituvchi bilan o‘quvchi o‘rtasidagi bilimlarni puxta o‘zlashtirilishini ta’minlaydi va mukammal shaxsiy fazilatlarni tarkib toptirishga xizmat qiladi. Pedagogik jarayonda sodir bo‘ladigan muomala odobi o‘qituvchilarning axloqiy madaniyati, tarbiyalanganlik darajasida aks etadi. O‘qituvchining o‘ziga va o‘z kasbiga, o‘quvchilarga bo‘lgan munosabati uning muloqotida yaqqol namoyon bo‘lishi mumkin.
3. Muloqotni ijtimoiy hayot qonuniyatlari bilan bog‘lab olib borish. Yosh avlodning o‘sib ulg‘ayishi va shakllanishiga hayot, ijtimoiy muhit qonuniyatlari ham muntazam ta’sir etadi. Muhit ijtimoiy omillarning eng muhim xususiyati bo‘lib, u shaxsga ijobiy yoki salbiy ta’sir ko‘rsatishi mumkin. Muhit deganda, shaxsning tarbiyalanib, shaklla­nishiga ta’sir etuvchi tashqi olam voqealari, hodisalar majmui tushuniladi. Muhit tushunchasi o‘zida geografik-hududiy, ijtimoiy va mikromuhit xususiyatlarini ifodalaydi. Ayniqsa, oila, maktab, do‘stlar davrasi, tengqurlar kabilarni o‘z ichiga oladigan mikromuhit shaxsni tarbiyalash jarayoniga muhim ta’sir etishi pedagog va psixolog olimlar tomonidan e’tirof etilgan. Oila muhiti o‘quvchining tarbiyasi va barkamol inson sifatida shakllanishida o‘ziga xos muhim tarbiyaviy ta’sirga ega. Shuning uchun o‘qituvchi muloqotni tashkil etishda ota-onalar, mahalla faollari, o‘quvchilar jamoasi faollari, uchastka nozirlari bilan doimiy aloqada bo‘lib, ular bilan birgalikda faoliyat olib borishi kerak. Muloqotda ijtimoiy hayot qonuniyatlarini hisobga olish, o‘quvchilarni maqsadli tarbiyalashda muvaffaqiyatlarga erishish uchun zamin yaratadi.
4. Muloqotni tashkil etishda mehnat faoliyatining o‘rni. Ta’lim muassasalarida o‘quvchi mehnat faoliyati bilan o‘z qobtliyati va iste’dodini namoyon qiladi. Mehnat - yosh avlodni yuksak ongli, mustaqil fikrlay oladigan, xulq-atvorini namoyon qiluvchi, kasbiy qobiliyatlarini uyg‘otuvchi, tarbiyaviy jarayonning eng qadimiy va sinalgan vositasidir. O‘quv mehnati va ijtimoiy foydali mehnat o‘quvchi shaxsiga ijobiy ta’sir etadi, bu ikki faoliyat birligi bolani jismonan chiniqtiradi va faollashtiradi, xulq mukammalligini ta’minlaydi, tashabbuskor va izlanuvchan qilib shakllantiradi. Shunday ekan, o‘qituvchi o‘quvchilar bilan muloqotni ularning mehnatsevarligiga yoki dangasaligiga qarab belgilasa ham bo‘ladi. Ta’lim muassasalarida bolalarni ilk yoshidan boshlab mehnatsevarlik ruhida, mehnatga muhabbat va mehnat qiluvchilarga hurmat ruhida tarbiyalashda o‘zaro muloqotning o‘rni cheksiz. Ta’lim muassasalarida o‘qishning o‘zi ham mehnatdir.



Yüklə 127,41 Kb.

Dostları ilə paylaş:
1   2   3   4   5   6   7




Verilənlər bazası müəlliflik hüququ ilə müdafiə olunur ©genderi.org 2024
rəhbərliyinə müraciət

    Ana səhifə