Mavzu: Pedagogik muloqot haqida tushuncha Reja


Sharqona tarbiya va muosharat odobining muloqotga ta’siri



Yüklə 127,41 Kb.
səhifə2/7
tarix23.12.2023
ölçüsü127,41 Kb.
#156817
1   2   3   4   5   6   7
Pedagogik muloqot haqida tushuncha

2. Sharqona tarbiya va muosharat odobining muloqotga ta’siri
Ajdodlarimizning madaniy va ma’naviy merosi, ular yaratgan so‘z, xalq tilining tuganmas boyligi yosh avlodni tarbiyalashda mu­him ahamiyat kasb etadi. Bu o‘rinda Abu Nasr Forobiy, Abu Abdulloh al-Xorazmiy, Yusuf Xos Hojib, Ahmad Yugnakiy, Hisrav Dehlaviy, Abu Hamid G‘azzoliy, Kaykovus, Shayx Sa’diy, Alisher Navoiy, Zahiriddin Muhammad Bobur va boshqa Sharq va G‘arb donishmandlarining boy meroslarida farzandlarni tarbiyalash va kamolotga etkazish asosiy muammo sifatida targ‘ib qilingan. Ular so‘zni va nutqni ta’lim-tarbiyada ilohiy ne’mat va hikmat deb bilishgan hamda har bir so‘zning o‘z o‘rni va ahamiyati borligini, tarbiyada so‘zdan kuchliroq va qudratliroq narsa yo‘qligini, tilga e’tibor - elga e’tibor ekanligini, so‘z sehri mo‘jizalar yarata olishini ta’kidlab kelganlar. Bularning barchasi mudarris va shogirdlaming samimiy muloqoti jarayonida amalga oshirilgan. Mudarrislar barkamol va tarbiyalangan insonning o‘nta nishonasi borligini alohida ta’kidlashgan:
- birinchisi: xalq to‘g‘ri deb topgan narsaga noto‘g‘ri deb qaramaslik;
- ikkinchisi: yoshlikdan o‘z nafsiga erk bermaslik;
- uchinchisi: birovlardan aslo ayb qidirmaslik;
- to‘rtinchisi: yomonlik va omadsizlikni yaxshilikka yo‘yish;
- beshinchisi: agar gunohkor uzr so‘rasa, uzrini qabul qilish va kechirimli bo‘lish;
- oltinchisi: muhojirlar hojatini chiqarish;
- ettinchisi: doimo el g‘amini eyish;
- sakkizinchisi: aybini tan olish;
- to‘qqizinchisi: el bilan ochiq chehrali bo‘lish;
- o‘ninchisi: odamlar bilan doimo shirin muomalada bo‘lish. Muloqot Sharqona tarbiyada axloq ko‘rki sanalgan. Muallim har bir o‘quvchining qanday dunyoqarashga egaligi, tafakkuri, bilim saviyasi, hayotga nisbatan munosabati odamlar bilan o‘zaro muloqotida namoyon bo‘lishini uqtirishgan. Sharq mutafakkirlari merosida muloqot - azaldan insonlar o‘rtasidagi o‘zaro aloqa vositasi bo‘lgan. Muloqotning asosiy quroli til hisoblangan. Shuning uchun ham til - aloqa quroli sifatida ta’riflanadi.
Alisher Navoiy "Voiz olimning o‘zi avvalo halol ish ko‘ruvchi bo‘li-shini, uning nasihatidan chiqmaslikni" o‘z asarlarida bayon etgan. Shuning uchun til shirinligi va notiqlik san’ati ustida ishlash, nutq madaniyatini takomillashtirib borish har bir o‘qituvchining eng asosiy ijtimoiy burchi va mas’uliyati xicoblanadi. Ta’lim-tarbiya jarayonida nutqning ta’sir kuchi nihoyatda beqiyosdir. O‘qituvchining tili, nutqiy qobiliyati o‘quvchilarning o‘zlarini tuta bilishlariga, xulq-atvori va fikr yuritishlariga ulkan ta’sir etuvchi kuchli vositalardir. O‘qituvchining "til boyligi va notiqlik san’ati barcha zamonlarda yonma-yon yashab kelgan" (A.P.Chexov). Uning his tuyg‘usi, intilishlari, iroda va e’tiqodi nutqida aks etadi. O‘qituvchi til boyligi bilan o‘quvchilarda xursandchilik, ruhlanish, muhabbat, Vatanga sadoqat, g‘azablanish, nafratlanish hissiyotlarini uyg‘otadi, bilim olishga undaydi. Shuning uchun o‘qituvchi "tilning xalq o‘tmishi, hozirgi va kelajak avlodni buyuk bir yaxlitlikka, tarixiy, jonli bir jipslikka aylantiruvchi eng hayotiy, eng boy va eng mustahkam vosita" (K.D. Ushinskiy) ekanligini unutmasligi kerak.
Kishilarning bir-birlari bilan o‘zaro munosabatlarida shirin-suxanlik, go‘zallik, so‘zlashuv ohangidagi muloyimlik muosharat odobi deyiladi. Muosharat odobi insonning go‘dakligida ota-ona bag‘rida, oilada shakllantirilishi kerak. "Qush uyasida ko‘rganini qiladi" deyiladi xalq maqollarida. Oilada o‘rganilgan muosharat odobining poydevori mustahkam bo‘ladi. Bola maktabda, ulg‘aygach esa, ijtimoiy muhitda ko‘nikma hosil qilish jarayonida oilasida o‘rganilgan muosharat odo­bining kuch-qudratini doimo his qiladi.
Insonning eng ulug‘, lekin murakkab va mashaqqatli faoliyatlaridan biri odamlar orasida, ya’ni jamiyatda o‘z o‘rnini topib yashashidir. Bu faoliyatning murakkabligi shundaki, ko‘pchilikka qo‘shilish, ular bilan ahil bo‘lib yashash uchun insonda shunga yarasha muomala va munosabat bo‘lishi kerak. Muomala va munosabatda o‘quvchilarning diliga to‘g‘ri kelmaydigan qo‘pol va dilozor muloqot olib boruvchi o‘qituvchilarni hech kim yoqtirmaydi. O‘quvchilar xushfe’l, shirinsuxan, adolatparvar, muomalasi shirin o‘qituvchi va tarbiyachilarni dildan yoqtirishadilar va hurmat-e’tibor qilishadi. Insonlar orasida munosib o‘rinini topish, inoq va hamjihat bo‘lib yashash shartlaridan biri odamning kamtarligidir. Kamtarin inson hech qachon o‘zining yutug‘i bilan, badavlatligi bilan, ilm-hunari bilan maqtanmaydi, hamma vaqt kamgap, sodda bo‘ladi. Ammo insondagi kamtarlik samimiy bo‘lmog‘i zarur.
Muloqot madaniyati hamma joyda kerak. Ish joyida, transportda, uyda biz kim bilan qanday muomala qilishni bilishimiz zarur. O‘qi­tuvchining qanchalik bilimli, aql-zakovatli ekanligi o‘quvchilarning bir-birlari bilan va ota-onalari bilan olib boradigan muloqoti orqali namoyon bo‘ladi.
Odamlar butun ichki dunyosini, maqsadini, muomala va munosabatlarini bir-birlariga so‘z yordamida etkazadilar, amalga oshiradilar. Shu tufayli so‘zlashuv munosabatlari nihoyatda go‘zal va muloyim bo‘lishini hayot taqozo etadi. So‘zga boy, shirinsuxan kishilarning muomalalari yoqimli, ishi ham yurishgan bo‘ladi. Bunday kishilarni yoqtiradilar, hurmat qiladilar. So‘zlashuv ham o‘ziga xos san’atdir. Bu san’atning ildizi muosharat odobi bo‘lib, uni mukammal o‘rganish har bir inson uchun zarur. Shu bilan birga, ona tilini mukammal o‘rganmoq va sof adabiy tilda o‘quvchilar bilan muloqot qilish o‘qituvchining notiqlik qobiliyatidir.



Yüklə 127,41 Kb.

Dostları ilə paylaş:
1   2   3   4   5   6   7




Verilənlər bazası müəlliflik hüququ ilə müdafiə olunur ©genderi.org 2024
rəhbərliyinə müraciət

    Ana səhifə