Mavzu: Pedagogik muloqot haqida tushuncha Reja


O‘qituvchining muloqot asosida sinf jamoasini boshqarish usullari



Yüklə 127,41 Kb.
səhifə5/7
tarix23.12.2023
ölçüsü127,41 Kb.
#156817
1   2   3   4   5   6   7
Pedagogik muloqot haqida tushuncha

5. O‘qituvchining muloqot asosida sinf jamoasini boshqarish usullari.
Pedagogik mahorat bolajak o‘qituvchilarda yosh avlod ta’lim-tarbiyasi uchun mas’uliyat hissini shakllantiradi. O‘qituvchi bunday mu­rakkab vazifalarni amalga oshiruvchi, davlat va jamiyatning ishonchli vakilidir. O‘quvchilar jamoasini birlashtiruvchi sinfda ta’lim-tarbiyaviy jarayonni tashkil etish va boshqarishda o‘qituvchining bilimi, pedagogik mahorati va psixologik xususiyatlari ochiq namoyon boladi. Avvalo, o‘qituvchi va o‘quvchilar orasida o‘zaro hamkorlik va bir-birlariga nisbatan ishonch tuyg‘ulari bo‘lishi hamda o‘qituvchi o‘z kasbiy bilimlaridan tashqari boshqa o‘quv fanlarini ham puxta egallagan bo‘lishi lozim.
Zero, sinf jamoasini boshqarish - pedagogik jamoa, ota-onalar oldi-da o‘qimvehining obro‘-e’tibori qay darajada ekanligini ko‘rsatuvchi mezon. O‘qituvchining axloqiy saviyasini, bilimini muloqot asosida sinf jamoasini boshqarishda erishayotgan yutuqlari belgilaydi. Odatda, o‘qituvchilarning xarakteri, individual xususiyatiga qarab: tashabbuskor, ijodkor, tashabbussiz, o‘z fikriga ega bo‘lmagan, barcha ishlarga befarq qarovchilar toifasiga ajratishadi. Pedagog va psixolog olimlarning ko‘p yillik ilmiy izlanishlari, kuzatishlari va ilmiy tajribalariga asoslangan holda o‘qituvchilarning rahbar sifatida sinf jamoasini boshqarishida qo‘llaydigan muloqot uslublari quyidagicha tavsiflanadi:
1. Avtoritar uslubda faoliyat ko‘rsatuvchi o‘qituvchilar.
2. Demokratik uslubda faoliyat ko‘rsatuvchi o‘qituvchilar.
3. Liberal uslubda faoliyat ko‘rsatuvchi o‘qituvchilar.
Avtoritar uslubda faoliyat olib boradigan o‘qituvchi ish faoliyati va xarakterida quyidagi xususiyatlar mujassamlashgan bo‘ladi:
- o‘zi yakka holda guruh faoliyatining yo‘nalishlarini belgilaydi;
-o‘zi o‘quvchilarga ko‘rsatmalar va buyruqlar beradi;
- ta’lim-tarbiyaviy jarayonga javobgarlikni o‘z zimmasiga oladi;
-o‘quvchilarning unga so‘zsiz bo‘ysunishini da’vo qiladi;
-qattiq intizom asosida ish olib boradi;
-topshiriqlarning to‘liq bajarilishini talab qiladi;
-gap qaytargan, fikr bildirgan o‘quvchini yoqtirmaydi;
- aytgan tashakkuri ham buyruqdek chiqadi, so‘zlari qattiq va qo‘pol;
- o‘quvchilarga biror muammoni to‘liq rushuntirmasdan talab qiladi. Avtoritar uslublarda pedagogik faoliyat olib boruvchi o‘qituvchi "Mening aytganim aytgan, deganim degan" shaklidagi prinsip asosida pedagogik faoliyat olib boradi. U sinf jamoasi bilan muloqotga kirishishda quyidagi uslublarni qo‘llaydi: buyruq, ko‘rsatma berish, qattiqqo‘llik bilan ishlash, tarbiyaviy jazo turlarini tez-tez qo‘llash. O‘qituvchi o‘quvchilar bilan muloqot jarayoniga qo‘pol, dag‘al, do‘q-po‘pisa, majbur etish, qo‘rqitish, cho‘chitish orqali kirishadi. Ushbu uslub o‘qituvchi asab tizimini doimiy taranglashib yurishiga sabab bo‘lib, uning sog‘ligiga putur etkazishi mumkin. Natijada o‘qituvchi tez charchaydi. Avtoritar usulning ijobiy tomonlari ham bor: ya’ni, ular faqat favqulodda vaziyatlar jarayonida ishlatilishi (yong‘inda, suv toshqinida, aholini evakuatsiya qilishda) mumkin. O‘qituvchi muloqotining ushbu uslubda boshqarilishi sinf jamoasini tarqoqlikka, hamjihatlikning buzilishiga olib keladi.
Demokratik uslub asosida faoliyat olib boradigan o‘qituvchining bosh shiori o‘quvchilarda mustaqil va erkin fikr yuritish ko‘nikmalarini va ongli intizomni hosil qilishdan iborat. O‘qituvchining muloqoti barcha demokratik talablar asosida quriladi. Zero, «Demokratik jamiyatda bolalar, umuman har bir inson erkin fikrlaydigan etib tarbiyalanadi. Ushbu uslubni mukammal egallagan o‘qituvchi o‘z pedagogik faoliyati va xarakterida quyidagi xususiyatlarni mujassamlashtiradi:
- pedagogik faoliyatda sinf jamoasining fikr mulohazalariga tayanib ta’lim-tarbiyaviy ishlarni tashkil etadi;
- sinf jamoasining tashabbusini ma’qullaydi, rivojlantiradi, o‘quvchilarning erkin fikr bildirishlariga imkoniyat yaratadi;
- muloqot jarayonida o‘quvchilar fikr-mulohazalarini inobatga olib, pedagogik faoliyatida qo‘llaydi;
- muloqotga kirishishning asosiy shakllari: iltimos, maslahat berish, samimiy muomala.
Demokratik uslubda muloqotni tashkil etuvchi o‘qituvchi hozirgi zamon talablariga, ta’lim sohasida olib borilayotgan islohotlardan kutilayotgan maqsadlarga javob bera oladi. O‘qituvchining vazifasi barkamol inson tarbiyasini davlat siyosatining ustuvor sohasi deb bilgan holda, yuksak ongli, mustaqil fikrlay oladigan, xulq-atvori bilan tengdoshlariga namuna bo‘ladigan bilimli, ma’rifatli, aql-zakovatli, yuksak ma’naviyatli o‘quvchilarni tarbiyalash uchun qizg‘in pedagogik faoliyat olib borishi lozim. Muloqot jarayonida o‘quvchilarning jamoa bo‘lib birlashishlari, ularda o‘zaro yordam tuyg‘usini o‘stirishga xizmat qilishi kerak. Samarali demokratik tarbiyaviy jarayon, sinf jamoasi a’zolarining qobiliyat va iste’dodlarini yuzaga chiqaradi, o‘quvchining jamoada har tomonlama rivojlanishi uchun keng imkoniyatlar paydo qiladi. O‘quvchilar bilan muloqotning erkin demokratik asosda tashkil etilishi sinfning ahil jamoa bo‘lib birlashib, tarbiyaviy ishlarni amalga oshirishda muvaffaqiyatlarga erishishiga zamin yaratadi. Yaxshi uyushgan jamoada har bir o‘quvchining fikri ulkan tarbiyaviy kuchga ega.
Liberal uslub asosida faoliyat olib boruvchi o‘qituvchi xususiyatlariga sho‘rolar zamonidan qolgan ta’lim-tarbiya tizimiga xos mafkuraviy qarashlar mujassamlashgan. O‘qituvchining pedagogik faoliyati va xarakterida quyidagi xususiyatlar mavjud:
- tashabbussiz, eski qolipda pedagogik faoliyat olib boradi;
- sinf jamoasining tarbiyaviy faoliyatiga aslo aralashmaydi;
- ta’lim-tarbiyaga oid muammolarga yuzaki qarab chiqadi;
- o‘z mustaqil fikriga ega emas, javobgarlikdan o‘zini olib qochadi;
- o‘quvchilarga berilgan topshiriqlarning natijalari bilan qiziqmaydi;
-o‘quvchilar kelajagiga, taqdiriga e’tiborsiz, beg‘am qaraydi;
-o‘z pedagogik faoliyatiga sovuqqonlik bilan munosabatda bo‘ladi.
Biroq, yillar o‘tib, zamonlar o‘zgargan sari, XXI asrda jamiyatning ijtimoiy talablaridan kelib chiqib, o‘qituvchining xulq-atvori, pedagogik va psixologik bilimlar saviyasi, o‘z kasbiy faoliyatiga nisbatan muno-sabati, pedagogik va axborot informatsion texnologiyalarini puxta o‘z-lashtirish saviyasi ham o‘zgarmoqda. Shu sababli, o‘qiruvchilar o‘z bilim va tafakkurlari nuqtai nazaridan kelib chiqib, sinf jamoasini boshqarishning turli shakl va metodlarini amalda qo‘llamoqdalar. Sinf jamo­asining har qanday boshqaruv uslubi o‘qituvchi muloqoti asosida tashkil etiladi. Muloqotdan kutilayotgan natija, tarbiya asosida o‘quvchining ongini va tafakkurini boyitish va o‘zgartirishdir.

    1. O‘qituvchining sinf jamoasini muloqot asosida boshqarish bosqichlari

Biz yuqorida ta’kidlab o‘tilgan fikrlarga asoslanib, muloqot asosida sinf jamoasini boshqarishda o‘qituvchi uchun lozim bo‘lgan quyidagi bosqichlarni tavsiya etamiz:
Sinf jamoasi bilan muloqotni tashkil etishning birinchi bosqichi.
Mazkur bosqichda talab faqat o ‘qituvchilar tomonidan qo‘yiladi. Bu sinf jamoasi shakllanishining boshlang‘ich nuqtasidir. Ushbu davrda o‘quvchilar jamoasi hali tarbiyalanuvchi jamoa bo‘lmay, balki «birlikni tashkil etuvchi» guruh hisoblanadi. Ushbu bosqichda o‘quvchilar o‘qituvchi tomonidan talablarning qo‘yilishiga e’tiborsiz qarashi tabiiy bir holat. O‘qituvchi tashkilotchi sifatida jamoa a’zolarining uzluksiz ijodiy faoliyatlarini tashkil qilishi va ularni yagona maqsad atrofida birlash-tirishga erishishi lozim, shundagina jamoa qaror topadi. O‘qituvchi muloqoti asosida o‘quvchilarning jamoa faoliyatida ishtirok etishi faollashadi, faoliyat natijasini birgalikda muhokama qilish, qilinajak ishlarni rejalashtirish jamoa a’zolarida mas’uliyat, javobgarlik, faoliyat birligi jamoa faoliyatiga nisbatan qiziqishni paydo bo‘lishiga olib keladi. O‘quvchilarning jamoa faoliyatini tashkil etish borasidagi tajribalarga ega emasliklari bois o‘qituvchining asosiy maqsadi muloqot asosida jamoa a’zolarini oddiy tarzda uyushtirishdan iborat.
Ushbu bosqichda o‘qituvchining talabchanligi, jamoaning barcha a’zolariga birday talabni qo‘ya olishi, u tomonidan qo‘yilayotgan talabning qat’iyligi, izchilligi hamda murosasizligi muhim omil hisoblanadi. Bu vaziyatda o‘qituvchining muloqotda «hukmdorlik» qilishi uzoq davom etishi mumkin. Jamoa hayotining birinchi bosqichida jamoa faollarining paydo bo‘lishi ushbu davr uchun xarakterli hodisadir.
Sinf jamoasi bilan muloqotni tashkil etishning ikkinchi bosqichi. Ushbu bosqichda jamoa faollarining o‘qituvchi muloqotidan kelib chiquvchi talablarni qo‘llab-quvatlashi hamda o‘z navbatida bu talablarni jamoa a’zolari zimmasiga qo‘yishi bilan tavsiflanadi. O‘qituvchi jamoada paydo bo‘ladigan muammolarni yo‘lg‘iz o‘zi hal qilmaydi. Jamoa faollari bilan qizg‘in muloqot natijasida tarbiyaviy ishlarni olib boradi.
O‘quvchilar amaliy faoliyatining doimiy ravishda murakkablashib borishi mazkur davrning muhim xususiyati sanaladi. Ikkinchi bosqichda o‘qituvchi muloqotni jamoaning muhim ishlarini o‘quvchilar tomonidan mustaqil rejalashtirilishiga, tadbirlarni o‘tkazishga, faoliyat natijalarini muhokama qilishga, jamoa faoliyatining ijodiy xususiyat kasb etishini ko‘rsatuvchi omillariga tayanib tashkil qiladi.
Jamoada mustaqil faoliyatning yuzaga kelishida jamoa faollarining roli beqiyosdir. Ammo jamoa faollari, jamoa a’zolari orasida hurmat qozona olishi, ularga namuna bo‘lishi, o‘z burchlarini aniq va puxta bajarishi hamda o‘z mavqelaridan noo‘rin foydalanmasliklari kerak.
Sinf jamoasi bilan muloqotni tashkil etishning uchinchi bosqichi. Sinf jamoasi faliyatida bu bosqich sermahsul hisoblanadi. Endilikda jamoa ishiga faqat faollargina emas, balki uning butun a’zolari qiziqadi. Jamoa hayotida ijtimoiy va erkin fikrlash vujudga keladi. O‘qituvchi mazkur yo‘nalishda muloqotni maqsadga muvofiq va izchil pedagogik faoliyat olib borgan sharoitdagina o‘quvchilarda erkin fikr yuritish va ongli intizomni shakllantirishga erishishi mumkin. Shu maqsadda o‘qituvchi muloqot asosida u yoki bu tadbir rejasini, jamoaning birgalikdagi faoliyatini va uning a’zolari xatti-harakatini jamoa bo‘lib muhokama qiladi, turli mavzularda suhbatlar va ma’ruzalar uyushtiriladi, o‘quvchilar o‘rtasida samarali axborot vositalari yordamida ijtimoiy-g‘oyaviy, axloqiy, estetik, ekologik, huquqiy, iqtisodiy va hokazo bilimlarning targ‘iboti tashkil etiladi.
Sinf jamoasi bilan muloqotni tashkil etishning to‘rtinchi bos­qichi. Bu bosqichda o‘qituvchi muloqoti barcha sinf a’zolarining jamoa oldida turgan vazifalari asosida o‘z-o‘zlariga qat’iy talablar qo‘ya olishlari bilan tavsiflanadi. Shuni aytish joizki, har bir bosqichda ham jamoa a’zolari o‘zlariga nisbatan muayyan talablar qo‘yishlari lozim. Ammo qo‘yilgan har bir talab o‘ziga xos yo‘nalishi bilan ajralib turishi zarur.
To‘rtinchi bosqich jamoa a’zolarining o’ziga nisbatan yuksak axloqiy talablar qo‘ya olishlari bilan ahamiyatlidir. Jamoaning hayoti va faoliyati mazmuni jamoa a’zolarining har biri uchun shaxsiy ehtiyojga aylanadi. Jamoadagi tarbiya jarayoni o‘z-o‘zini tarbiyalash asosida olib borilishi kerak. Biroq bu holat jamoaning muayyan shaxsni yanada rivojlantirishdagi roli va o‘rnini pasaytirmaydi. To‘rtinchi bosqichda o‘qituvchi muloqoti asosida amalga oshiriladigan vazifalar ancha murakkab va mas’uliyatlidir. Mazkur bosqichda jamoa oldiga istiqbolli, yuksak va murakkab talablarni qo‘yish uchun mutlaqo qulay sharoit yaratiladi.
A.S.Makarenko sinf jamoa a’zolari o‘rtasida yuzaga keluvchi munosabatlarning ichki xususiyatlariga ulkan ahamiyat bergan va jamoada shakllanadigan quyidagi eng muhim belgilarni ajratib ko‘rsatgan:
1) O‘z jamoasi bilan g‘ururlanish asosida o‘z qadr-qimmatini anglash.
2) Jamoaning har bir a’zosida qaror topgan do‘stona birlik.
3) Tarbiyali, ishchan harakatga yo‘llovchi faollik.
4) Hissiyotni boshqara olish hamda muloqot odobiga amal qilish. Tajribali pedagog olim tomonidan ta’kidlab o‘tilgan ushbu fikrlar
o‘qituvchining sinf jamoasi bilan tashkil etiladigan muloqotida va o‘quv­chilar oldiga qo‘yadigan talablarni tanlashda muhim ahamiyat kasb etadi. Puxta o‘ylab qo‘yilgan talablar tizimining muntazam amalga oshirilishi maktabda muayyan tartib o‘rnatilishini ta’minlaydi.
O‘qituvchi muloqotini ta’minlaydigan talablar quyidagi sharoit-larda ijobiy natijalar beradi:
1. Qo‘yilayotgan talablar o‘quvchi shaxsini hurmat qilish tuyg‘usi bilan uyg‘unlashgan bo‘lishi hamda ulaming yosh xususiyatlari inobatga olingan bo‘lishi kerak.
2. Talablar muayyan maktab yoki sinfdagi mavjud sharoitni hisobga olgan holda qo‘yilishi lozim.
3. Jamoaning ta’lim-tarbiyaviy faoliyatiga nisbatan qo‘yilayotgan talablari jamiyat talablari bilan uyg‘unlashgan holda olib borilishi shart.
4. O‘quvchilarning tashqi qiyofasi, kiyinishi, yurish-turishi hamda muomalasiga nisbatan qo‘yilayotgan talablar, ularda ma’naviy madaniyatni shakllantirishga xizmat qilishi lozim.
O‘qituvchining kommunikativ vazifalarni bajarishi — pedagogik faoliyatning turli shakllaridan, sinf jamoasining shakllanib ulgurgan darajasidan, muloqotni boshqarish tamoyillaridan, vaziyat qatnash­chilari bo‘lgan o‘quvchilarning individual yosh xususiyatlaridan, ta’sirning rejalashtirilayotgan metodlaridan kelib chiqadi. Pedagogik vazifaning kommunikativ vazifaga mutanosibligi, kommunikativ vazifani tanlangan ta’lim-tarbiyaviy ta’sir metodikasi bilan nisbatlash va ularning birligini tashkil etish muloqot jarayoni va umuman pedagogik o‘zaro hamkorlikning samaradorligini ta’minlaydi.
Bu o‘rinda quyidagi bogiiqlik ko‘zga tashlanadi: birinchidan, sinf jamoasi bilan ishlash metodikasi muloqot tizimi bilan vositalanadi, ikkinchidan esa, muloqot va joriy kommunikativ vazifalarni hal qilish yo‘llari tanlangan pedagogik ta’sir metodikasi strategiyasi bilan belgilanadi.

Yüklə 127,41 Kb.

Dostları ilə paylaş:
1   2   3   4   5   6   7




Verilənlər bazası müəlliflik hüququ ilə müdafiə olunur ©genderi.org 2024
rəhbərliyinə müraciət

    Ana səhifə