Mavzu: Pedagogik psixologiya


Pedagogik psixologiyaning predmeti



Yüklə 20,93 Kb.
səhifə4/4
tarix30.12.2023
ölçüsü20,93 Kb.
#167515
1   2   3   4
psixologiya topshiriq 2

Pedagogik psixologiyaning predmeti


Pedagogik psixologiyaning predmeti – ta’lim va tarbiya jarayonlarining psixologik qonuniyatlarini hamda pedagogik faoliyatning psixologik xususiyatlarini o‘rganishdir.
Psixolog I.A.Zimnyaya bo‘yicha pedagogik psixologiyaning predmeti –inson tomonidan ijtimoiy-madaniy tajribani o‘zlashtirishning qonuniyatlari, mexanizmlarini, Shuningdek, bu jarayon natijasida yuzaga keluvchi ta’limning turli sharoitlarida pedagog tomonidan tashkil etiluvchi va boshqariluvchi o‘quv faoliyati sub’ekti sifatida inson shaxsi rivojlanishi va intellektual darajasidagi o‘zgarishlarni o‘rganishdan iborat.
Pedagogik psixologiyaning muhim vazifalaridan biri – maktabdagi ta’lim jarayonini yanada takomillashtirishning psixologik asoslarini ishlab chiqishdan iborat bo‘lib,bu hol yangi ta’lim dasturiga o‘tish bilan bog‘liqdir. Pedagogik psixologiya uch bo‘limdan iborat: ta’lim psixologiyasi, tarbiya psixologiyasi va o‘qituvchi psixologiyasi.

Tarbiya psixologiyasi


Shaxs odam ishtirok etadigan ijtimoiy munosabatlar sistemasining ta'siri ostida va unda o'zi bajaradigan faoliyat ta'siri ostida tarkib topadi. Ijtimoiy muhitning, kollektivning shaxsga ta'siri to'g'risida gapirilar ekan, sosial psixologiya ishlab chiqayotgan referent guruh tushunchasiga asoslanish zarur.Gap shundaki, hamma odamlar ham, hatto eng yakin tevarak- atrofdagi odamlar ham maktab o'quvchisining shaxsiga ta'sir qilavermaidi ko'plarning fikrlariga u befarq qaraydi. Har bir odam uchun bo'lganidek, har bir maktab o'quvchisi uchun ham ayrim guruhlar (ba'zan bunday guruh bir kishidan tarkib topgan bo'lishi mumkin) mavjud bo'ladi, u shaxs sifatida bu guruhlarning fikrlari, o'zi uchun nihoyatda ahamiyatli bo'lgan muloxazalari bilan hisoblashadi. Oila, sinf, sinfdagi ayrim o'quvchilar ba'zi, o'qituvchilar, xovlidagi ulfatlar, yakin do'st va hokazolar muayyan maktab o'quvchisi uchun ana shunday referent guruhlar bo'lishi mumkin. Maktab o'quvchisining tez- tez uchrab turadigan tarbiyaviy ta'sirlariga befarqyoki hatto salbiy munosabatda bo'lish hollariga ko'pincha o'quvchining tarbiyachiga ma'lum bo'lmagan referent guruh pozitsiyasida turishi sabab bo'ladi
A.V.Petrovskiyning oqilona fikrga ko'raagar tarbiyachi, maktab o'quvchisi xech narsa va xech kim ta'sir qila olmaydi, deb da'vo qiladigan bo'lsa, bu narsa odatda tarbiyasining maktab o'quvchisining axloqiy pozitsiyasini belgilab beradigan ta'sirli referent guruhlardan mutloko xabarsiz ekanligini bildiradi. Bolalik va maktab yoshida shaxs tarbiyasining hal qiluvchi ta'siri ostida tarkib topadi. Tarbiya maxsus faoliyat sifatida muayyan dasturning anglab olingan maqsadning mavjudligi bilan ta'sir ko'rsatishning maxsus ishlab chiqilgan va asoslar berilgan vositalari formalari hamda metodlarining qo'llanilishi bilan tasodafiy va stexiyali ta'sirlardan ajralib turadi. A.S.Makarenko alohida ta'kidlab bunday degan edi, sog'lomtarbiyaviy vaziyatsiz mukammal shaxs vujudga kelgan yoki aksincha, to'g'ri tarbiyaviy ish olib borilgan paytda buzilgan shaxs tarkib topgan birorta holni bilmayman. Maktab o'quvchisining muayyan koidalar va normalarini bilishi ma'naviy hulq atvorining zarur shartidir. Biroq axloq normalarini shu tariqa bilish o'z- o'zidan axloqiy hulq-atvorini tegishli darajaga erishtirmaydi. Buning ustiga, bilimlarni ma'naviy hulq-atvor praktikasiz o'zlashtirib olish ma'naviy bilimlar bilan ma'naviy hulq- atvori o'rtasidagi ajralishda ifodalanadigan (axloqiy formalizim) deb atalovchi formalizimning yuzaga kelishiga olib boradi.
Shuning uchun maktab muassasasi tarbiyalanuvchisi maktab o'quvchisining hayoti va faoliyatini to'g'ri tashkil qilish ijodiy axloqiy sosial ijtimoiy hulq atvor tajribasi uning shaxsini tarkib toptirishda asosiy narsa bo'lishi kerak. O'quvchida bu narsa tarbiyachi raxbarlygida hosil bo'ladi. Bu narsa o'quvchilarda oilimlar sistemasini- tabiiy, axloqiy va g'oyaviy-siyosiy bilimlar sistemasini, (bu bilimlar muayyan darajada yetakchi rol o'ynagan paytda tarkib toptirish bilan yuz berish kerak. Psixologlarning bergan ma'lumotlariga ko'rabirgina faoliyatning o'zida (bu faoliyatning bola uchun nima sababdan yuz berishga qarab) shaxsning har - xil (va hatto bir-biriga qarama-qarshi bo'lgan) sifatlari tarkib topishi mumkin. Masalan, biz tarbiyalanuvchilarni boshqalarni ochiqdan-ochiq va dadil tanqid qilishga o'rgatamiz. Ana shunday qilish bilan bolada prinsipiallik, jasurlik sofdillik tanqidiy ko'z bilan karash fazilatlari tarkib topadi deb hisoblaydilar.Ammo biz aytilganlani hisobga olmasak, hamisha ham o'zimiz ko'zlagan maqsadga erishavermaymiz. Chunki hulq - atvorning ana shu to'g'ri formasi negizida maktab o'quvchisi amal qiladigan motivlar yotadi.
Bu hulq-atvor shaxsan o'quvchining o'zi uchun qanday ma'noga ega bo'lishiga qarabundan har xil sifatlar tarkib topishi mumkin. Agar o'quvchi o'z o'rtog'ini prinsipial motivlar asosida tanqid qiladigan bo'lsa bu tanqid uning o'rtog'ida harakterning prinsipiallik, katiylik, halollik singari sifatlarini tarkib toptiryshga yordam beradi: bordi-yu o'z aybini o'rtog'ining bo'yniga kyuish istagi bilan tanqid qiladigan bo'lsa, bu xudbinlik, individualizimning tarkib topishiga yordam beradi, Agar shaxsiy araz bilan tanqid qilinadigan bo'lsa unda shu asosda qasoskorlik, makkorlik, insofsizlik hislatlari tarkib topadi. Agar bunday tanqid qilishga nixoyat o'qituvchidan kurkish va unga ёqit istagi yoki mag'rurlik istagi prinsipiallik sabab bo'lsa, unda laganbordorlik ikkiyuzlamachilik singari hislatlar tarkib topishi mumkii biibarim to'g'ri hulq-atvor tajribasi bu hattiharakat muayyan motivlar asosida amalga oshirilgan vaqtdagina ko'zlagan maqsadga olib keladi. Maktab o'quvchilarining yo'nalishiii tadqiq qildi va yo'nalishining uchta asosiy to'rini-kollektiv, shaxsiy na ishchanlik yo'nalnshlariini (ishga, faoliyat qarayoniga bo'lgan yo'nalishni, ijodiy faoliyatga qiziqishni") alohida ajratib ko'rsatdi. Yo'nalishining kollektiv, shaxsiy turlari bir xil, to'g'ri harakteristkasiga ega bulmasligi kerak.
Bu metodlar qo'llanilayotganda, tarbiyalaniyetgan o'quvchining yosh va individual xususiyatlarini, ikkinchidan, shu o'quvchi a'zo bo'lgan bolalar kollektivining xususiyatlarini, nixoyat, tarbiyaviy ta'sir ko'rsatiladigan muayyan konkret sharoitlarni hisobga olish zarur. Shaxsning ijobiy yo'nalishini tarkib toptirish uchun maktab o'quvchisining barchavaziyat va holatlarida to'g'ri yo'l tutishi uchun uning nima qilishni bilishi, o'zi xurmat qiladigan kishilarning nima qilayotganlarini ko'rishi va o'zi ham to'g'ri hulq-atvorli bo'lishi mashq qilishi (bu eng muhim) zarur bilimlar axloqiy tasavvurlar va tushunchalarining muayyan sistemasini egallamasdan turib haqiqiy e'tikodlarni tarkib toptirib bo'lmaydi. O'z-o'zidan bu bilimlar axloqiy hulq-atvorni belgilamasdan turib, unga muhim ta'sir ko'rsata olmaydi.Psixologik tadqiqotlada shu narsa aniqlanganki, axloqiy tushunchalarni o'zlashtirish jarayon bo'lib, unga maxsus raxbarlik qilishni talab etadi. O'quvchilarining tasodifiy xollar, ko'chadagilaning bema'ni ta'siri kattalarning yaramas hatti-harakatlari ta'sirida tarkib topadigan vxlokiy tushunchalari va kollektiv tomonidan to'g'ri g'oyaviy rahbarlik qilinmasa, xato, noto'g'ri, bo'zuk tushunchalarga aylanib qolishi mumkin. Ba'zan o'quvchi turmushdagi biror fakt yoki voqani, adabiy asarlardagi mazmunni, kino kartinalarni o'zi mustaqil tushuna olmay noto'g'ri xulosalarga kelib qoladi. Juda og'ir sharoitlarda o'quvchida xato fikrlargina emas, balki ma'naviy prinsiplar va ustanovkalar ruxiga ko'ra bizga yot bo'lgan xatolar ham yuzaga kelishi mumkin.
Yüklə 20,93 Kb.

Dostları ilə paylaş:
1   2   3   4




Verilənlər bazası müəlliflik hüququ ilə müdafiə olunur ©genderi.org 2024
rəhbərliyinə müraciət

    Ana səhifə