Mavzu: Pedagogik qobiliyatning turlari va ularning tasnifi


Ko’pchilik o’qituvchilarga, ayniqsa xafsalasiz o’qituvchilarga, o’quv materiali oddiygina va hyech qanday aloxida tushuntirish hamda izoh berishni talab qilmaydigandek tuyuladi



Yüklə 15,8 Kb.
səhifə2/6
tarix23.12.2023
ölçüsü15,8 Kb.
#156812
1   2   3   4   5   6
Pedagogik qobiliyat turlari va ularning tavsifi

Ko’pchilik o’qituvchilarga, ayniqsa xafsalasiz o’qituvchilarga, o’quv materiali oddiygina va hyech qanday aloxida tushuntirish hamda izoh berishni talab qilmaydigandek tuyuladi.

Bunday o’qituvchilar o’quvchilarni emas, balki birinchi galda o’zlarini nazarda tutib ish olib boradilar. Shuning uchun ham o’quv materialini o’ziga qarab tanlaydilar. Qobiliyatli, tajribali o’qituvchilar esa o’zlarini o’quvchi o’rniga qo’yib, kattalar uchun aniq-ravshan va tushunarli bo’lgan material o’quvchilar uchun noaniq va tushunarsiz bo’lishi mumkin degan nuqtai nazarda bo’ladila. Materialni bayon etish jarayonida qobiliyatli o’qituvchi turli o’quvchilarning qanday tushunayotganliklari va zarur bo’lganda dars bayonotiga alohida e’tibor berishga intilayotganliklari kabi qator belgilariga qarab to’g’ri tasavvur qilib, xulosa chiqara oladi.

Ana shunday pedagogik qobiliyatni aniqlash uchun psixolog N.F.Gonobolin juda qulay test tavsiya etadi. Bu testga ko’ra bilish xarakteridagi matnda o’qituvchining fikri buyicha ayrim sinfo’quvchilari uchun qiyin deb hisoblangan qismlarni alohida ko’rsatib, nima uchun bu qismlarning qiyinligini tushuntirib berish, shundan so’ng esa matnni o’quvchilarga yengil va ularning o’zlashtirishlari uchun qulay qilib qayta tuzish tavsiya etiladi.

Akademik qobiliyatlar – matematika, fizika, biologiya, ona tili, adabiyot, tarix va boshqa shu kabi fanlarga xos qobiliyatlardir.

Akademik qobiliyatlar – matematika, fizika, biologiya, ona tili, adabiyot, tarix va boshqa shu kabi fanlarga xos qobiliyatlardir.

Qobiliyatli o’qituvchi o’z fanini faqat kurs hajmidagi emas balki atroflicha keng, chuo’ur bilib, bu soxada erishilgan yutuqlar va kashfiyotlarni doimiy ravishda kuzata borib, o’quv materialini mutlaqo erkin egallab, unga kata qiziqish bilan qaraydi hamda ozgina bo’lsada tadqiqot ishlarini olib boradi.

Ko’pchilik tajribali pedagoglarning aytishlaricha, o’qituvchi o’z Fani buyicha yuksak bilim saviyasiga erishish, boshqalarni qoyil qilib xayratda qoldirish, o’quvchilarda katta qiziqish uyg’ota olish uchun u yuksak madaniyatli, har tomonlama mazmunli, keng erudisiyali /bilimdon/ odam bo’lmog’i lozim.


Yüklə 15,8 Kb.

Dostları ilə paylaş:
1   2   3   4   5   6




Verilənlər bazası müəlliflik hüququ ilə müdafiə olunur ©genderi.org 2024
rəhbərliyinə müraciət

    Ana səhifə