Mavzu: Pedagogik qobiliyatning turlari va ularning tasnifi



Yüklə 15,8 Kb.
səhifə3/6
tarix23.12.2023
ölçüsü15,8 Kb.
#156812
1   2   3   4   5   6
Pedagogik qobiliyat turlari va ularning tavsifi

Bunday o’qituvchilar haqida o’quvchilar «Maxmud aka xudi professorning o’ziginasi-ya. Biz uning bilmagan birorta soxasi bormikin deb tez-tez uylab turamiz. Darslarga u butun vujudi bilan kirishib ketadi» deydilar. Ba’zan o’quvchilar o’z o’qituvchisi haqida «Baqir-chaqir qiladi-yu, ammo zarracha bilimi yo’q» deb butunlay teskarisini aytsalar juda alam qiladi.

2. O’qituvchining perseptiv va nutqiy qobiliyatlari.

Perseptiv qobiliyatlar – bu o’quvchining, tarbiyalanuvchining ichki dunyosiga kira bilish, psixologik kuzatuvchanlik, o’quvchi shaxsining vaqtinchalik psixik holatlari bilan bog’liq nozik tomonlarini tushuna bilishdan iborat qobiliyatlardir.

Qobiliyatli o’qituvchi bolalarning har qanday mayda-chuyda xatti-harakatlarida, erkin ifodalanadigan ayrim holatlarida hamda ularning ichki dunyosida yuzaga keladigan o’zgarishlarni sezdirmasdan ilib oladi.

Nutq qobiliyati – kishining o’z to’yg’u-xislarini nutq yordamida, shu bilan birga mimika va pantomimika yordamida aniq va ravshan qilib ifodalab berish qobiliyatidir. Bu o’qituvchilik kasbiga muxim qobiliyatlardandir. Chunki o’qituvchidan o’quvchilarga axborot asosan ikkinchi signal tizimi – nutq orqali beriladi. Bunda mazmun jihatdan uning ichki va tashqi xususiyatlari nazarda tutiladi.

Darsda qobiliyatli o’qituvchining nutqi hamma vaqt o’quvchilarga qaratilgan bo’ladi. O’qituvchi yangi materialni tushuntiradimi, o’quvchining javobini sharhlab beradimi, o’quvchilar javobini, ularning xatti-harakatlari yoki xulq-atvorini ma’qullaydimi yoki tanbeh beradimi, xullas, nima qilishidan qat’iy nazar uning nutqi hamma vaqt o’zining ishonchliligi, jozibadorligi kabi ichki quvvat bilan alohida ajralib turishi lozim.

O’qituvchi nutqi jumlalarni, murakkab og’zaki izohlarni, qyin atamalarni va zarurati bo’lmasa, turli ta’riflarni ishlatmasligi lozim. Shu bilan birga o’qituvchi shuni ham hisobga olishi kerakki, o’qituvchining lunda-lunda bo’lib chiqqan qisqa nutqi ko’p hollarda o’quvchilarga tushunarsiz bo’lib qolar ekan. O’qituvchining o’z o’rnida ishlatilgan hazil aralash va xayrixohlik bildiruvchi arzimagan kinoyali nutqi o’quvchilarni juda jonlantirib, o’quvchilar tomonidan o’tu yaxshi qabul qilinar ekan.


Yüklə 15,8 Kb.

Dostları ilə paylaş:
1   2   3   4   5   6




Verilənlər bazası müəlliflik hüququ ilə müdafiə olunur ©genderi.org 2024
rəhbərliyinə müraciət

    Ana səhifə